scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJTIMOIY TARMOQLARDA INGLIZ TILINI O'RGANISH

Mustafoyeva Feruza Nuriddinovna Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

Abstract

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ingliz tilini o‘rganish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi . Tadqiqotda Instagram , You Tube , TikTok va boshqa raqamli platformalardan foydalanish o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish , talaffuzni yaxshilash va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga qanday ta’ sir ko‘rsatishi ko‘rib chiqiladi . Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning visual va audio multimodal xususiyatlari o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishi , shuningdek , mustaqil o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishi ta’ kidlanadi .

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 IJTIMOIY TARMOQLARDA INGLIZ TILINI O‘RGANISH Mustafoyeva Feruza Nuriddinovna Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Annotatsiya : Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ingliz tilini o‘rganish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi . Tadqiqotda Instagram , You Tube , TikTok va boshqa raqamli platformalardan foydalanish o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish , talaffuzni yaxshilash va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga qanday ta’ sir ko‘rsatishi ko‘rib chiqiladi . Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning visual va audio multimodal xususiyatlari o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishi , shuningdek , mustaqil o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishi ta’ kidlanadi . Kalit so‘zlar : Ijtimoiy tarmoq , ingliz tili , onlayn ta‘lim , video darslar , interaktiv, Instagram , You Tube. Kirish : Hozirgi globallashuv asrida insonlar yangi til o‘rganishga harakat qilishyapti va ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan xohish xoh yoshlar orasida , xoh kattalar orasida bo‘lsin oshib boryapti . Mamlakatimizda “ Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ 1875 -sonli hamda “ O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihaydan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 5117 -sonli qarorlarining qabul qilinganligi hozirgi kunda ta ‘lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish , zamonaviy o‘quv -uslubiy materiallar bilan ta’ minlashni yanada takomilllashtirish , zamonaviy pedagogik va axborot - kommunikatsiyatexnologiyalaridan foydalanib , chet tillarini o‘rgatish hamda o‘rganilgan bilim , ko‘nikmalarni mustaqil ravishda amalda qo‘llashga o‘rgatish chet tillari o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yukladi.Vaholanki ingliz tilini ustoz bilan o‘rganishdan ko‘ra ba’zilar o‘zlari mustaqil o‘rganishni afzal ko‘radilar. Ingliz tili hozirgi kunda ommalashib boryotganligi tufayli ko‘pchilik muloqot uchun o‘rganishadi . Insoniyat yaralibdiki, ko‘rinishi , fikrlashi , xarakteri , o‘zlashtirishi jihatidan bir-biridan tubdan far qiladi, xususan tilni o‘zlashtirishi ham jular newjournal.org zenodo.org 2 jumlasidandir . Shu sababli kimdir ingliz tilini “self-study” qilib o‘rganishni afzal ko‘rsa , boshqalar ustoz bilan onlayn yoki o‘quv markazda ta’ lim olishni afzal ko‘radilar. Instagram , You Tube , turli xil saytlar orqali o‘quvchilar o‘zlariga qulay usulda o‘zlashtirishi mumkin , chunki onlayn ta’lim vaqtni , pulni tejashga yordam beradi. Onlayn platformalar orqali ingliz tilini o‘rganish turli darajadagi o‘quvchilarga ingliz tilini yanada samarali va qisqa muddatda o‘rganishga yordam beradi . “Duolingo” , “Rosetta Stone ”, “Babbel” kabi taniqli platformalar mavjud. Masalan , “ Duolingo” o‘yinlashtirilgan yondashuvni qo‘llaydi , bu esa o‘quvchilarni til o‘rganish jarayoniga ko‘proq jalb qiladi . Har bir to‘g‘ri javob uchun ballar va mukofotlar beriladi , bu esa motivatsiyani oshiradi. “Rosetta Stone ” esa tilni tabiiy muhitda , immersiv usulda o‘rganishga urg‘u beradi., o‘quvchilarga so‘zlar va iboralarni kontekst doirasida , vizual va eshitish elementlari yordamida o‘rganish imkonini beradi. “Babbel” platformasi esa grammatika va leksikani qat’ iy nazorat qiluvchi darslar bilan bir qatorda , mahalliy nutqiy odatlarni o‘rgatishga ham e’ tibor qaratadi .Hozirda ingliz tili ijtimoiy tarmoqlarda global aloqa vositasi sifatida beqiyos rol o‘ynamoqda .Ijtimoiy platformalar – Twitter , Instagram , TikTok , Facebook va boshqa ko‘plab tarmoqlar – har kuni millionlab foydalanuvchilarni birlashtiradi , ularning aksariyati ingliz tilidan asosiy aloqa tili sifatida foydalanadi . Maktablarda o'quvchilar ingliz tilini grammatik metodlar asosida o'rganishadi , vaholanki bu usul ancha eskirgan bo'lib ingliz tilini o'rganayotgan o'quvchilar uchun zerikarli bo'lishi va ularning til o'rganishga bo'lgan xohishini, motivatsiyasini pasaytirishi mumkin. Shu sababli ularga to'g'ridan to'g'ri metod orqali ya'ni grammatik qoidalar bilan emas balki hayotiy misollar bilan tushuntirish afzallik beradi.Ustozlar You Tube platformasidagi kinolar, suhbatlar, multfilmlar orqali ingliz tilini o'rgatishi yanada samaraliroq hisoblanadi.Bundan tashqari kommunikativ metod mavjud bo'lib, o'quvchilarning gapirish va tinglash qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Bu uchun free 4 talk.com ,speak pal kabi platformalar yordam beradi.Bu sayt va platformalar orqali o'zlari xohlagan millat vakillari bilan ingliz tilida muloqot qilishlari va ingliz tilida gapirish va eshitish qobiliyatlarini oshirishlari mumkin.Ma'lumki hozirgi kunda yoshlar tilni o'rganish bo'lsin, xoh ishlash bo'lsin,qiziqarli tarzda bo'lishini xohlashadi,chunki ular turli xil o'yinlar, munozaralar orqali, role play orqali o'rganganda diqqat e'tiborini newjournal.org zenodo.org 3 jamlashi oson bo'ladi. Britaniya kengashi shu tufayli ingliz tilini oson, samarali va qisqa muddatda o'rganish uchun turli ilovalarni taklif etadi.Ushbu ilovalarda ingliz tilini turli xil viktorinalar,radio hikoyalar, videolar orqali o'rganishi mumkin.Shuningdek , ijtimoiy tarmoqlarda ingliz tilini o'rganishning bir qancha kamchiliklari bor.Avvalo texnik muammolar,ya'ni ba'zi joylarda internet uzilishi kuzatiladi .Texnik muammolar internet ulanish tezligi past bo'lgan joylarda o'quvchilarning dars mashg'ulotlarini o'zlashtirishiga halaqit berishi mumkin.Eng muhimi ustoz bilan yuzmayuz ishlamaslik bo'lib , o'quvchilarning hammasi ham o'zlari mustaqil o'rgana olmaydilar. Shu tufayli ustoz bilan ishlash samaraliroq bo'lib tushunmagan narsalarini o'sha vaqtda so'rash,nafaqat ustoz, balki boshqa o'quvchilar bilan ham muloqot qilib, tushunmagan narsalarini so'rash va elektron gadjetlardan qochishga yordam beradi.Hozirgi kunda onlayn tarzda ustoz va o'quvchilar qulay,oson ishlashi mumkin bo'lgan platformalar bor. My teacher platformasi ko'pgina qulayliklarga ega bo'lib, ingliz tilini native ya'ni haqiqiy ingliz ustozlar olib borishadi. O'quvchilarga bu darsga qo'shimcha tarzda o'sha platformada jonli dars o'tkazib beriladi va ular speaking mashg'ulotlarini yoki o'zlari tushunmagan mavzular bilan ishlashi uchun qo'shimcha yana bitta ustoz yuklanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ta'lim olish,tilni o'rganish hozirgi kunda muammo emas.Shu bois yildan yilga til o'rganuvchilar soni oshib bormoqda.So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlar orqali ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi. Buning bir nechta asosiy sabablari mavjud: Telegram, Instagram, YouTube kabi platformalarda ingliz tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan kanallar, bloglar va videodarslar ko‘paygani sababli foydalanuvchilar tilni istalgan joyda va istalgan vaqtda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.Ko‘plab kontent yaratuvchilar grammatikadan tortib, speaking, listening, vocabulary darslarigacha bepul taqdim etmoqda. Bu, ayniqsa, yoshlar va talabalar orasida qiziqishni yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda til o‘rganuvchilar jamoalari shakllangan. Ular challenge’lar, mini-testlar, kundalik vazifalar orqali birbirini rag‘batlantirib, motivatsiyani yuqori darajada ushlab turadi.Xorijda o‘qish, onlayn ishlash, IT va biznes sohalarida rivojlanish uchun ingliz tilining zarurligi sababli ko‘pchilik aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali qulay o‘rganish usullarini newjournal.org zenodo.org 4 izlamoqda.Qisqa videolar, vizual izohlar, real muloqot namunalarini ko‘rsatish, speaking bo‘yicha jonli efirlar o‘quvchilar uchun ancha samarali bo‘lib qolmoqda. Shu sababli an’anaviy darsliklarga nisbatan ko‘proq qiziqish kuzatilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1.Rajabov.X Onlayn platformalar orqali ingliz tilini o'rganishning afzalliklari// Oriental Renaissance: Innovative , educational,natural and social sciences.- Toshkent.- 2024.B.3. 2.O'razimbetova L. Ingliz tili va ijtimoiy tarmoqlar //Problems and solutions of scientific and innovative research.- Toshkent.- 2024.B. 6. 3.British.com 4.Usmonova D.Raqamli ta'lim texnologiyasi vositalarining zamonaviy ta'limdagi o'rni // Scientific journal construction and education. Toshkent. - 2024. B. 43. 5.Rahmatullayeva Sh. So'zlarning kelib chiqishi va interaktiv yondashuvlar// Journal of new scientific innovation.Toshkent.- 2024. B. 45.