Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 40 QURILISH KORXONALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Saydirasulov Alisher Zokirovich Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Biznesni boshqarish” kafedrasi oʻqituvchisi. Shamshitdinova Nozima Jahongir qizi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Biznesni boshqarish” ta’lim yo’nalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17883479 Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida qurilish korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari keng yoritilgan. Tadqiqotda qurilish sohasida menejment tizimining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy etish, raqamli transformatsiya, inson resurslarini rivojlantirish hamda xarajatlarni optimallashtirish orqali korxona faoliyatining iqtisodiy natijalarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalariga ko‘ra, qurilish korxonalarida samarali boshqaruv tizimini shakllantirish raqobatbardoshlikni oshirish, foydalilik darajasini yuqorilatish va barqaror rivojlanishni ta’minlashning muhim omili sifatida e’tirof etiladi. Kalit so‘zlar: iqtisodiy samaradorlik, boshqaruv tizimi, qurilish korxonasi, innovatsion menejment, raqamlashtirish, resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardoshlik. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qurilish tarmogʻi yetakchi sohalardan biri bo‘lib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda qurilish hajmlarining ortib borishi bilan bir qatorda, bu sohada samaradorlikni oshirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.[1] Zamonaviy qurilish korxonasi raqobatbardosh bo‘lishi uchun faqat ishlab chiqarish quvvatini oshirish emas, balki boshqaruv jarayonlarini strategik, innovatsion va texnologik yondashuv asosida tashkil etish zarur.[2] O‘zbekiston iqtisodiyotida qurilish sohasi yirik tarmoqlardan biri bo‘lib, mamlakatning infratuzilma rivoji, investitsion muhitni yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirishda bevosita ahamiyat kasb etadi. Hozirda qurilish sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda, biroq ayrim korxonalarda boshqaruv tizimi hali ham an’anaviy usullarga asoslanmoqda.[3] Bu esa resurslardan to‘liq foydalanmaslik, mehnat unumdorligining pastligi va iqtisodiy samaradorlikning yetarli darajada bo‘lmasligiga olib keladi. Shu sababli, hozirgi bosqichda qurilish korxonalarida boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan biridir. Qurilish korxonasi faoliyatida iqtisodiy samaradorlik quyidagi omillar orqali namoyon bo‘ladi: Ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish: Qurilish jarayonida mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish korxona natijadorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Resurslar balansi saqlanmasa, tannarx oshadi va foyda kamayadi;
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 41 Loyihalash va rejalashtirish jarayonlarining samaradorligi: Qurilish korxonasining iqtisodiy muvaffaqiyati ko‘p jihatdan loyiha-smeta hujjatlarining aniqligi, xarajatlarni oldindan to‘g‘ri baholash va ish jarayonlarini optimallashtirish darajasiga bog‘liq; Mehnat unumdorligi va inson kapitalining rivojlanganligi: Malakali mutaxassislar, ilg‘or mehnat usullari va mehnatni rag‘batlantirish tizimi korxona iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.xarajatlar va foyda nisbatini muvozanatlashtirish; Loyiha boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash: Bugungi kunda qurilish sohasi jadal rivojlanayotgan sharoitda raqobatbardosh bo‘lish uchun korxonalardan tezkor qaror qabul qilish, aniq rejalashtirish va resurslarni samarali taqsimlash talab etiladi. Ushbu maqsadga erishishda zamonaviy axborot texnologiyalarini loyiha boshqaruviga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari yordamida qurilish jarayonining barcha bosqichlari - loyihalash, moliyalashtirish, qurilish, monitoring va nazorat - yagona integratsiyalashgan tizim orqali boshqariladi. Bu esa vaqt, xarajat va sifat ko‘rsatkichlarini muvozanatlash imkonini beradi.[4] Mazkur omillarni boshqaruv tizimi orqali muvofiqlashtirish korxona rentabelligini oshirishga xizmat qiladi. Boshqaruv tizimidagi mavjud muammolar. O‘zbekistondagi ko‘plab qurilish korxonalarida quyidagi muammolar kuzatiladi: Boshqaruvning markazlashgan va samarasiz shakli - O‘zbekiston qurilish tarmog‘idagi ko‘plab korxonalarda hali ham boshqaruvning markazlashgan, vertikal tizimga asoslangan shakli saqlanib qolgan. Bu holat korxonaning ichki moslashuvchanligini, tezkor qaror qabul qilish imkoniyatini cheklaydi va natijada iqtisodiy samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi;[7] Loyiha boshqaruvi madaniyatining yetarli darajada shakllanmaganligi - qurilish korxonalarida loyiha boshqaruvi madaniyati — bu korxona ichidagi loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish va baholash jarayonlariga nisbatan xodimlarning bilim, ko‘nikma va professional yondashuvlari to‘plami hisoblanadi;[5] Raqamli boshqaruv vositalarining sust joriy etilishi - zamonaviy qurilish korxonalari uchun raqamli boshqaruv vositalari (BIM, ERP, PM dasturlari, IoT sensorlar, dron monitoringi va boshqalar) loyihalarni samarali rejalashtirish, nazorat qilish va resurslardan optimal foydalanish imkonini beradi. Afsuski, ko‘plab O‘zbekiston qurilish korxonalarida bu vositalar sust va qisman joriy etilgan, natijada iqtisodiy samaradorlik past bo‘lmoqda; Mehnat motivatsiyasi va inson kapitaliga yetarli e’tibor berilmasligi - qurilish korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirishda inson kapitali va mehnat motivatsiyasi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ammo ko‘plab O‘zbekiston qurilish korxonalarida xodimlarning malakasi, tajribasi va motivatsiyasiga yetarli e’tibor qaratilmayapti. Bu esa ish unumdorligi va loyiha samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xarajatlarni rejalashtirishda an’anaviy yondashuvning ustunligi - O‘zbekiston qurilish korxonalarida ko‘plab hollarda bu yondashuv zamonaviy raqamli va dinamik boshqaruv metodlariga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Natijada, loyihalarda samaradorlik pasayadi va resurslar yetarli darajada optimallashtirilmaydi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 42 Boshqaruv tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari. Qurilish korxonalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun quyidagi yo‘nalishlar muhim hisoblanadi: 1. Innovatsion boshqaruv mexanizmlarini joriy etish. “Lean construction” (yo‘qotishsiz qurilish) tamoyillarini qo‘llash. Zamonaviy qurilish bozorida raqobatbardoshlikni oshirish va loyihalarni samarali amalga oshirish uchun innovatsion boshqaruv mexanizmlari — raqamli texnologiyalar, yangi boshqaruv metodologiyalari va samarali tashkiliy yondashuvlarni joriy etish zarur. O‘zbekiston qurilish korxonalarida ko‘plab hollarda bu mexanizmlar yetarli darajada ishlatilmaydi.[6] 2. Axborot texnologiyalarini keng joriy etish. – BIM (Building Information Modeling), “Enterprise Resource Planning” ERP ya’ni "Korxona resurslarini rejalashtirish" tizimlari orqali loyiha va resurslarni boshqarish. Zamonaviy qurilish sanoatida axborot texnologiyalari (IT) samarali boshqaruv, resurslarni optimallashtirish va loyihalarni muddatida bajarishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekiston qurilish korxonalarida IT tizimlari yetarli darajada qo‘llanilmayotgani tufayli, ko‘plab jarayonlar an’anaviy va qo‘lda amalga oshiriladi. 3. Kadrlar malakasini oshirish va motivatsiya tizimini kuchaytirish. Rahbarlar va mutaxassislar uchun doimiy treninglar tashkil etish. Soha yangiliklari, texnologiyalar yoki ichki jarayonlar bo‘yicha muntazam o‘quv dasturlari. Tajribali xodimlar yangi ishchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi. Sertifikatlash va professional darajani oshirish imkoniyati. Tajriba va eng yaxshi amaliyotlarni bo‘lishish platformalari (forumlar, vebinarlar). Natijada xodimlar samaradorligi oshadi, sifatli ishlash darajasi ko‘tariladi, yangi vazifalarga moslashuv osonlashadi. 4. Xarajatlarni optimallashtirish va moliyaviy boshqaruvni raqamlashtirish. Elektron buxgalteriya va monitoring tizimlari orqali shaffoflikni ta’minlash. Keraksiz xarajatlarni qisqartirish va resurslardan samarali foydalanish. Moliyaviy jarayonlarni elektron tizim orqali boshqarish va tezkor qaror qabul qilish. 5. Sifat menejmenti tizimini takomillashtirish. ISO 9001 standartlariga asoslangan ichki audit va nazorat mexanizmlarini joriy etish. Mahsulot va xizmat sifatini nazorat qilish va oshirish. Jarayonlarni standartlashtirish va samaradorlikni kuchaytirish. Mijozlar ehtiyojlariga moslashuvchanlik va raqobatbardoshlikni oshirish. Xulosa. O‘zbekiston qurilish tarmog‘i mamlakat iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi va infratuzilma, investitsion muhit va aholi turmush darajasini yaxshilashda bevosita ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ko‘plab korxonalarda boshqaruv tizimi an’anaviy shaklda yuritilmoqda, bu esa resurslardan to‘liq foydalanmaslik, mehnat unumdorligining pastligi va iqtisodiy samaradorlikning yetarli darajada bo‘lmasligiga olib kelmoqda. Qurilish korxonalarida innovatsion boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, kadrlar malakasini oshirish va motivatsiya tizimini rivojlantirish, xarajatlarni optimallashtirish hamda sifat menejmenti tizimini takomillashtirish korxonalarning raqobatbardoshligini oshiradi, loyihalarni muddatida va sifatli bajarishga imkon beradi hamda barqaror rivojlanish yo‘lini ta’minlaydi. Shu boisdan, qurilish korxonalarida innovatsion menejment yondashuvlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish va raqamli boshqaruv tizimlariga o‘tish O‘zbekistonda ushbu tarmoqning raqobatbardoshligini oshirishning muhim shartidir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 43 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2022 yildagi PF-165-son 2022– 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi doirasida qurilish sohasini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda buning uchun zarur normativhuquqiy bazani mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar. https://lex.uz/uz/docs/-6102462 2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 15 sentyabrdagi “Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini joriy etish to’g’risida”gi 580-son Qarori 3. X.T. Buriyev. Qurilishda menejment. Toshkent. 2021 yil. 400 bet 4. Buronov O.B., Rahmonova F.M., Jumanov Sh.N., Egamov R.M., Mirzayev Z.A., Saydirasulov A.Z. Qurilish industriyasi korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish. Darslik. Toshkent-2024 5. Bekmurodov A., Yusupov N. Loyihalashtirish jarayonlarining iqtisodiy samaradorligi. – Samarqand: SamDAQI nashriyoti, 2021. – 245 b. 6. Yuldashev F.I. Qurilish sohasida iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish yo’nalishlari. – Toshkent: Innovasion taraqqiyot, 2024. – 300 b. 7. Qurilish kompaniyalarida boshqaruv samaradorligini oshirish strategiyalari. Z.D. Arifdjanova. American Journal of Economics and Business Management globalresearchnetwork.us 8. Nuriddinovna, Mukumova Nargis, and Saydirasulov Alisher Zokirovich. "The Main Stages in the Development of the Digital Economy of Uzbekistan." Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal 2.6 (2023): 178-182. 9. Muxammadiyev, U. A., and A. Z. Saydirasulov. "Management Decisions: their Nature and Content." EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY 3.12 (2023): 1-4. 10. Erkinovna, Olimova Lola, and Saydirasulov Alisher Zokirovich. "Conditions for Providing Sources of Investment Financing in Our Country." Miasto Przyszłości 36 (2023): 238-241. 11. B.К. Abdusamatov, R.М. Egamov, A.Z. Saydirasulov and R.T.Murodov. “THE NEED FOR EFFECTIVE ESTABLISHMENT OF INNOVATIVE EVENTS IN CONSTRUCTION ENTERPRISES”. AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies Volume 02, 2024. 12. O’.A. Muxammadiyev, Sh. N. Jumanov, A. Z. Saydirasulov. “INSON RESURSLARINI JALB ETISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH”. Kielce: Laboratorium Wiedzy Artur Borcuch. International Journal of Economy and Innovation | Volume 57 | Gospodarka i Innowacje. 2025. 13. Komilova Mukammal Shavkatovna, Saydirasulov Alisher Zokirovich. “WAYS TO DEVELOP LABOR RELATIONS AND PERSONNEL POTENTIAL IN CAPITAL CONSTRUCTION IN THE CONDITIONS OF ECONOMIC MODERNIZATION”. Miasto Przyszłości Kielce. Vol. 47 (2024). 14. Ismoilova Sanobarxon, Saydirasulov Alisher, Abipova Gulmira, Matkarimov Nizomjon, Babayeva Maxfuza, Makhmudova Nargiza, Matkarimov Inomjon. “INVESTIGATING THE IMPACT OF GREEN HUMAN RESOURCE MANAGEMENT DIMENSIONS ON
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 44 SUSTAINABLE ORGANIZATIONAL DEVELOPMENT”. Procedia Environmental Science, Engineering and Management 12 (2025) (2) 419-427. 4th International Congress on Agriculture, Environment and Allied Sciences (AEAS) 25-26 March 2025, Istanbul, Turkey