scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QURILISHDA BOSHQARUV TUZILMALARINING TURLARI AHAMIYATI VA ULARNING TAHLILI

Raximova Nilufar Abduazizovna; Nurllayev Bekzodbek Mansurbek o'g'li

Abstract

Bu maqolada tashkiliy tuzilmalarning turlari, afzalligi va kamchiliklari hamda tashkilotlarda o’rni, vazifalari va tasnifi tahlil qilingan. Mualliflar tomonidan boshqaruv tuzilmalarni taxlil qilishning yangicha yondashuvi taklif qilingan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 45 QURILISHDA BOSHQARUV TUZILMALARINING TURLARI AHAMIYATI VA ULARNING TAHLILI Raximova Nilufar Abduazizovna SamDAQU Biznesni boshqarish kafedrasi o’qituvchisi Nurllayev Bekzodbek Mansurbek o’g’li 402 Biznesni boshqarish talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17883765 Annotatsiya. Bu maqolada tashkiliy tuzilmalarning turlari, afzalligi va kamchiliklari hamda tashkilotlarda o’rni, vazifalari va tasnifi tahlil qilingan. Mualliflar tomonidan boshqaruv tuzilmalarni taxlil qilishning yangicha yondashuvi taklif qilingan. Kalit so’zlar: Tuzilma, tashkiliy tuzilma, boshqaruv tuzilmalarining turlari, tuzilmaning afzalligi va kamchiligi. Kirish. Yangi O’zbekistonni strategik rivojlantirish sharoitida boshqaruv tuzilmalarini takkomillashtirish muammolari albatta dolzarb va ustuvor maqsadga aylangan. Boshqaruv tuzilmalarini to’g’ri tanlanganligi korxonalarni innovasion rivojlantirishini tezlashtirish asosida muvofaqiyatga yetaklaydi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Bugungi kunga qadar ko’plab olimlar boshqaruv tuzilmalari haqida ko’plab izlanishlar olib borganlar. Xususan, tashtilotlarda boshqaruv tuzilmarinining o’rni va uning turlari haqida Meskon M.X.,Gerchikova I.N., Ansoff I., Vixanskiy O.S., Ivanova S.P., Paraxina V.N. kabi olimlarning asarlarida yortib berilgan bo’lsa, boshqaruv tuzilmalarining alohida sohalar bo’yicha Maxmudov M.K., Zhelikhovskiy D. O., Beliakov S. I., Damilola Ekundayo, Carol Jewell, Oluwaseyi A. Awodele kabi olimlar shug’ulangan. Tahlil va natijalar Tashkilotlarning tuzilmalari boshqaruvda tizimli-funksional yondashuvining asosiy bo’g’inlaridan hisoblanadi. Umumiy tarzda tashkilotning boshqaruv tuzilmasi undagi ishlab chiqarish, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy munsobatlar tartibi va darajasini ko’rsatishga qaratiladi. Shunga asosan tuzilmalar bir qancha vazifalarni bajarishi ko’zda tutiladi: - Tashkilotdagi rasmiy munosabatlarning mazmunini yoritib berish. Aynan tuzilmada tashkilotning bo’g’inlari va pog’onalari orasidagi munosabatlar mohiyatini ko’rish va taxlil qilish mumkin; - Tashkilotda boshqaruv shaklini ochib berish. Tuzilmaning rasmiy ko’rinishi boshqaruvning markazlashtirish darajasi, individual va jamoaviy boshqaruvlarning o’rni, boshqaruv kadrlarining vakolat doirasi ko’rsatiladi; - Tuzilmada har bir bo’linma va xodimning o’ziga xos o’rnini aniqlashtirish. Tashkilotda vazifalar va majburiyatlarning taqsimlanishi, mas’uliyatning yuklatilishi tuzilmada yaqqol namoyon bo’ladi; - Boshqaruv faoliyatini tashkilotning ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatiga moslashtirish. Bozor iqtisodiyotida har qanday tashkilot xo’jalik subyekti sifatida taniladi, shuning bilan tuzilmada xo’jalik vazifalarini bajarish ustunligi saqlanib qoladi; - Boshqaruv samaradorligini oshirish. Ushbu vazifa tuzilmani doimiy takomillashtirish, ya’ni undagi bo’g’inlar sonini optimallashtirish va ular orasidagi aloqalarni aniqlashtirish orqali amalga oshiririladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 46 Tashkilotlarning xilma-xilligi ularning tasnif qilish tamoyillari va tartibiga o’ziga xos talablarni qo’yadi. Keng tarqalgan tasnif belgilari bo’yicha boshqaruv tuzilmalari quyidagi turlarga bo’linadi: a) Tuzilmalar boshqaruv vazifalarining taqsimlanish tamoyiliga ko’ra: chiziqli, funksional, shtabli, matrisali, loyixaviy va boshqalar. Ushbu tuzilmalarning mazmuni va boshqaruvdagi ahamiyati menejmentga oid adabiyotlarda keng yoritilgan hamda boshqaruv amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda. Tuzilmalarning aloxida turlarining ijobiy va salbiy jihatlarini quyidagi jadvaldan ko’rishimiz mumkin. 1-jadval Tuzilma turlariining ijobiy va salbiy tomonlari, korxonalarga mos kelishi Tuzilmaning turi Bo’ysunish tartibi Ijobiy tomoni Salbiy tomoni Korxonaga mosligi Chiziqli Vertikal, tepadan pastga Boshqaruvning osonligi, tuzilmaning soddaligi Qarorlarni tez qabul qilish va aniq ijro Byurokratiyaning kuliligi, Qarorlar sifatining pastligi startap Funksional Gorizontal Har bir bo’lim alohida boshqariladi Qaror sifatining yuqoriligi Qarorlarning ijro darajasi nisbatan past, bo’limlarning o’zaro aloqasi pastligi, ma’suliyatning pastligi Kengaygan, funksiyasi ko’p korxonalarda Chiziqli funksional Vertikal va gorizontal Har bir bo’lim ishining ustasi, vaqtdan yutish boshqaruvchilarning ko’pligi Takroriy ishlarni bajaradigan korxonalarda Matrisali Programmamaqsadli Ishchilarning mahoratini ko’rsatishga imkon yaratadi, adaptiv Vaqtinchalik, kelishmovchilikning ko’pligi Loyihaviy va programmali Divizional Ko’p pog’onali Bozor o’zgarishlariga tez moslashadi, egiluvchan takrorlanishlar Xalqaro kompaniyalara Tarmoqli Ochiq aloqalarga asoslangan Egiluvchan, xarakatchan Boshqarishning qiyinligi Diversifikasiya b) Tuzilmalarning mazmuni va o’rni bo’yicha taxlil qiladigan bo’lsak ularning barchasini uchta guruhga birlashtirishimiz mumkin: ishlab chiqarish tuzilmalari, tashkiliy-ma’muriy tuzilmalar va ijtimoiy tuzilmalar. Ishlab chiqarish tuzilmalari tashkilotning iqtisodiy subyekt sifatida samarali faoliyat ko’rsatish aloqalarini aks ettiradi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 47 Bunda ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bir tomondan, ishlab chiqarish bo’g’inlarining o’zaro munosabatlari ikkinchi tomondan o’z ta’sirini ko’rsatadi. Texnologik vazifalar xom ashyoni qayta ishlash natijasida tayyor maxsulotga aylantirish jarayonini maqbullashtirishga qaratilgan bo’ladi va shuning uchun gorizontal tuzilma deb yuritiladi. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va ritmliligini ta’minlashga qaratilgan aloqalar vertikal tuzilma deb ataladi, uning vazifasi barcha bo’linmalarning ishini asosiy texnologik jarayonga bog’lashdir. Tashkiliy-ma’muriy tuzilmalarga boshqaruv faoliyati bilan shug’ullanadigan xodimlarning samarali mehnatini asoslaydigan xujjatlar, munosabatlar va aloqalar kiritiladi. Bu turdagi tuzilmalar bo’ysunish tamoyillarini hamda lavozim va boshqaruv pog’onalari faoliyatini tartibga soladi. Ijtimoiy tuzilmalarning asl mohiyati inson omilini hisobga olish hamda undan samarali foydalanish bilan bog’liq bo’ladi. Ushbu atamaning birinchi jixati jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi jixati tashkilotlarda inson resurslari boshqarishda ijtimoiy menejment usullarini qo’llashga asoslanadi. Bugungi kunda hatto mukammal ishlaydigan boshqaruv sxemalari ham muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ehtimoli katta. Buning sababi yangi qonuniy talablarning paydo bo’lishi, o’zgaruvchan bozor va biznes ta’sir qila olmaydigan hodisalar bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham qurilish sohasida doimiy va universal boshqaruv tuzilmasi bo’lishi mumkin emas. Qurilish tashkilotining tuzilishi, boshqa har qanday kompaniyaning tuzilishi kabi, bo’linmalarni qurish, funksiyalarni taqsimlash, bo’ysunish darajalari, menejerlar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarning tartibli modeli sifatida tushuniladi. Strukturaviy yondashuv butun qurilish kompaniyasining ishlashi va rivojlanishini ta’minlaydi. Tuzilmaning ajralmas qismi xodimlar, xizmatlar, bo’limlar, boshqaruv sohalari va ishlab chiqarish va boshqaruv munosabatlari bilan o’zaro bog’langan boshqa bo’g’inlardir. Bunday bog’lanishlar munosabatlar teng bo’lgan gorizontal va bir boshqaruv organi boshqasiga bo’ysunadigan vertikalga bo’linadi. Tashkilotning turiga, hajmiga, bajarilgan ishlarning tabiatiga va tashqi sharoitlarga qarab, tuzilish elementlarining tarkibi va soni o’zgarishi mumkin. Qurilish ishlarining muvaffaqiyati bevosita bo’limlarning harakatlari qanchalik muvofiqlashtirilgan, professional va o’z vaqtida bajarilishiga bog’liq. Samarali boshqaruv tuzilmasini qanday tanlash mumkin Boshqaruv tuzilmasini tanlashga ta’sir qiluvchi omillar orasida quyidagilarni e’tiborga olish muhimdir: • Ichki korporativ muhit va falsafa. • Geografik va hududiy joylashuvi. • Tashqi muhitning o’ziga xos xususiyatlari. • Tashkilot hajmi va strategiyasi. • Kompaniya faoliyatidagi jarayonlar/mahsulotlarni diversifikasiya qilish. • Menejmentdagi texnologik jihatlar (texnik ta’minot va uning imkoniyatlari). Ko’pgina qurilish kompaniyalarining ishi diversifikasiyaning yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Qurilishning katta hajmlari va yuqori ekologik notinchlik tufayli ishlab chiqarish va moliyaviy resurslar turli hududlarda taqsimlanadi. Shubhasiz, bu holatlar qurilish tashkilotining boshqaruv tuzilmasini shakllantirish talablariga ta’sir qiladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 48 Xulosa. Korxonalarga mos keladigan turli xil boshqaruv modellari mavjud. Asosiysi, ularni berilgan strategiyaga muvofiq tanlash. Har bir o’zgarish o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega, ular qaror qabul qilishdan oldin obyektiv baholanishi kerak. Adabiyotlar 1. Vixanskiy, O. S. Menedjment: uchebnik / O. S. Vixanskiy, A. I. Naumov. – 6-ye izd., pererab. i dop. – Moskva: Magistr Infra-M, 2019. – 656 s. 2. Yo.Abdullayev, Sh.To’lyaganova menejment va marketing asoslari Toshkent-2006y. 3. M.Toshniyozov Korxonalarda boshqaruv faoliyati asoslari. Toshkent-1995y. 4. Avtoreferat Makarchenko M.A. ―teoriya i metodologiya formirovaniya 5. Organizasionnoy kulturы kak faktora razvitiya Strukturы i metodov upravleniya predpriyatiyem‖ 6. Vladimirova, I.G. Organizasionnыye strukturы upravleniya kompaniyami // 7. Menedjment v Rossii i za rubejom.- 1998. - may-iyun. 8. Struktura upravleniya uchrejdeniyem. - V kn.: Menedjment organizasii: 9. uchebnoye posobiye / Z.P. Rumyanseva, N. A. Salomatin, R.Z. Akberdin, [i dr.] - M.:INFRAM, 1996. 10. Slovar-spravochnik menedjera / pod red M.G. Lapustы. - M.: INFRA-M, 1996. 11. Raximova N. Qurilish sohasida funksional boshqaruv tuzilmalarining xususiyatlari. Iqtisodiyot taraqiyoti va samarali boshqaruv: xalqaro tajriba, tendensiyalar va dolzarb masalalar. Samarqand-2023. 12-16 b.