O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QURILISH SOHASINING RIVOJLANISH TENDENSIYASI
Abstract
Qurilish mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi sohalaridan hisoblanadi. Ayniqsa oxirgi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan jadal investitsion siyosat sharoitida qurilish ishlari dinamikasini tadqiq qilish zarurati sezilmoqda. Mazkur maqolada 2015-2024 yillar bo’yicha statistik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida qurilish sohasining holati va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish vazifasi quyilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 53 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QURILISH SOHASINING RIVOJLANISH TENDENSIYASI F.Q.Komilov SamDAQU “Biznesni boshqarish” kafedrasi doktoranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17884162 Annotatsiya. Qurilish mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi sohalaridan hisoblanadi. Ayniqsa oxirgi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan jadal investitsion siyosat sharoitida qurilish ishlari dinamikasini tadqiq qilish zarurati sezilmoqda. Mazkur maqolada 2015-2024 yillar bo’yicha statistik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida qurilish sohasining holati va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish vazifasi quyilgan. Kalitli so’zlar: Investisiya, qurilish ishlari, mulkchilik shakllari. Аннотация. Строительство является одной из ведущих отраслей экономики нашей страны. Особенно в последние годы, в условиях активной инвестиционной политики, проводимой главой государства, возникает необходимость изучения динамики объемов строительных работ. Целью данной статьи является выявление состояния и тенденций развития строительной отрасли на основе анализа статистических данных за 2015–2024 годы. Ключевые слова: Инвестиции, строительные работы, формы собственности. Abstract. Construction is one of the leading sectors of our country's economy. Especially in recent years, in the context of the intensive investment policy pursued by the head of our state, there is a need to study the dynamics of construction work. This article is aimed at revealing the state and development patterns of the construction industry based on the analysis of statistical data for 2015-2024. Keywords: Investment, construction work, forms of ownership. Kirish. Qurilish sohasida mahsulotning yuqori sifat darajasiga ko’tarish muhim nazariy va amaliy muammo hisoblanadi. Ushbu muammoning dolzarbligi O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy bosqichida yanada oshib bormoqda. Bugungi kunda xalqaro raqobatbardoshlikning asosiy bo’g’ini bo’lmish sifat menejmenti tizimining joriy qilinishi ham ushbu maqsadga yetaklovchi yo’llardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, qurilish tashkilotlarida sifat menejmentini joriy qilish ularning salohiyatini oshirish va imkoniyatlarini baholashni taqozo qiladi. Oxirgi yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qurilish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 apreldagi “Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-66-son Farmonida qurilish sohasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha vazifalar belgilab berilgan [1]. Adabiyotlar tahlili. Qurilish sohasining rivojlanish va takomillashtirish masalalari bilan xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan. [4,5,6,7]. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida ma’lumotlarni guruhlash, tizimli tahlil, axborot mantiqiy tahlil, qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanildi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 54 Asosiy qism. Qurilish tashkilotlarining tashqi muhitiga pudratchi bozorda faoliyat va xattiharakatlarning tabiatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan omillar majmuasi tushuniladi. Sifat menejmenti tizimlarining faoliyatida katta rol o’ynaydigan tashkiliy-huquqiy muhit mamlakatda ijtimoiy munosabatlarning amaldagi xususiyatiga mos keladigan qurilish majmuasi faoliyatining me’yoriy va qonunchilik va huquqiy muhitidir. Tarmoqni jadal rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotni davlat boshqaruviga yondashuvlarning o’zgarishi atrof-muhit omillarining o’zgaruvchanligiga olib keladi. Shundan kelib chiqqan holda, tadqiqotlarimiz mamlakatimiz rahbarining eng muhim qarorlari, shuningdek, davlatning qonunchilik-me’yoriy bazasidagi o’zgarishlar asosida amalga oshirildi. So’nggi yillarda qurilish tarmog’ini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida, bizning fikrimizcha, mamlakatimiz qurilish sohasini rivojlantirishga qaratilgan ikkita muhim hujjat qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-fevraldagi “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan oshirish va qurilishda nazorat tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4586-son qarori bo’lib, mazkur qarordan ko’zlangan maqsad qurilish sifatini oshirish, shuningdek, qurilish mahsulotlari sifati sohasida davlat siyosatini takomillashtirishdan iborat [3]. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi “O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF5963-son Farmoni [2]. Ushbu hujjatning asosiy xususiyati texnik jihatdan tartibga solish sohasida xorijiy ilg’or normativ hujjatlarni keng joriy etish hisoblanadi. Ushbu farmonda ko’p jihatdan eskirgan milliy qurilish me’yorlari va qoidalarini moslashtirish, ularni qurilishdagi zamonaviy tendensiyalar va mamlakat taraqqiyotining hozirgi bosqichi talablariga moslashtirish muammosini hal qiladi. Shu bilan birga qurilish sifatini tartibga solish sohasida to’laqonli me’yoriy bazasini yaratish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi. Xuddi shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 apreldagi “Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish choratadbirlari to’g’risida”gi PF-66-son Farmonining qabul qilinishi qurilish sohasiga bir qator vazifalar belgilab berdi. Ushbu farmonning maqsadi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini kuchaytirish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, qurilish-montaj ishlarining sifati va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish, issiqlik taʼminotidan foydalanish, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini koʻrsatish hamda ulardan foydalanish yuzasidan taʼsirchan davlat nazoratini taʼminlashdan iborat. Yuqoridagi hujjatlarning qabul qilinishi keyingi yillarda mamlakatimizda qurilish sohasining rivojlanishiga katta e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. O’zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy o’sish samaradorligini oshirishga, birinchidan, mehnat resurslari sonining o’zgarishiga muvofiq kapital hajmini oshirish, ya’ni ishlab chiqarish omillari o’sishining mutanosibligini ta’minlash, ikkinchidan, ularning cheklanganligini hisobga olgan holda tabiiy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirish orqali yerishish mumkin.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 55 Birinchi holda, mehnat resurslari malakasini doimiy ravishda oshirishni ta’minlash, innovasion faoliyatni rivojlantirish, yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosida milliy iqtisodiyotni modernizasiya qilishga alohida ye’tibor qaratish lozim. Shu maqsadda iqtisodiyotga investisiyalar hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, investisiyalarning yangi manbalarini aniqlash va ularni real sektorga investisiya qilish maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy o’sish dinamikasini investisiya-qurilish faoliyati ko’rsatkichlari misolida ko’rishimiz mumkin (1.1-rasm). 1-rasm. 2015-2024 yillardagi O’zbekiston Respublikasining investisiya qurilish faoliyati dinamikasi,% 2015-2024 yillarda asosiy kapitalga yo’naltirilgan investisiyalar hajmi 2018 yilgacha barqaror o’sib bordi. 2019 yilga kelib asosiy kapitalga yo’naltirilgan investisiyalar hajmi 2018 yilga nisbatan 141.1 foizga ko’payganiligini ko’rishimiz mumkin. Qayd etish mumkinki, 2024yilda yalpi ichki mahsulotdagi investisiyalar ulushi o’tgan yilga nisbatan 8,7 foiz ko’paygan bo’lsa, 2015-yilga nisbatan esa 62,4 foizga oshgan. Xuddi shu kabi tendensiya qurilish ishlarida ham kuzatilgan. 2015-2016 yillarda qurilish ishlarini bajarishga yo’naltirilgan investisiyalar hajmi barqaror o’sib borganligini ko’rishimiz mumkin. 2017-2018 yillarda investisiyalar hajmi biroz kamaygan. 2019 yildan boshlab yana qurilish ishlarining ulushi oshib borganligini kuzatishimiz mumkin. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan bajarilgan qurilish ishlari hajmlarining ulushi 2015 yildagi 12,09 foizdan 2024 yilda 15,05 foizga oshgan. Shu bilan birga, qurilish ishlarining o’sish sur’ati investisiyalarning o’sish sur’atlaridan sezilarli darajada ortda qolayotganini ta’kidlash lozim. O’rganilayotgan davrda investisiyalar hajmi 8,64 baravar ko’paygan bo’lsa, qurilish ishlari hajmi 5,92 baravar oshdi. Binobarin, investisiyalarni qurilish quvvatlari bilan ta’minlash uchun sohada iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish choralarini ko’rish zarur.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 56 Mamlakat iqtisodiyotini samarali rivojlantirish uchun kapital qurilishning katta ahamiyati sohada iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish bo’yicha davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi. Ushbu siyosatning asosiy yo’nalishi qurilish kompleksi tashkilotlarining raqobatbardoshligini oshirish uchun huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratishdir. Makroiqtisodiy darajada kapital qurilish sohasida qurilish majmuasida bozor mexanizmini shakllantirish va rivojlantirishga hissa qo’shadigan muhit yaratildi. Ushbu sohadagi haqiqiy qadam qimmat narxlardan voz kechish va sanoatni boshqarish tizimini qayta tashkil yetishdir. Ushbu chora-tadbirlar investisiya jarayoni subyektlari o’rtasida yangi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishini tezlashtirishga yordam berdi. Avvalo, bu qurilish majmuasi ishtirokchilarining sifat tarkibining o’zgarishi bilan kuzatilishi mumkin. Nodavlat mulkchilik shakllari tez sur’atlar bilan rivojlandi. Natijada, qurilishda bozor boshqaruv mexanizmlari mustahkamlandi. Bundan tashqari, mamlakatda qurilish tashkilotlari soni doimiy ravishda o’sib bormoqda. Qurilish bozorining alohida segmentlarini nazorat qilgan trestlar va birlashmalar o’rniga ko’plab mustaqil kichik va o’rta qurilish tashkilotlari maydonga kirib, sog’lom raqobatni rivojlantirishga va sohada bozor mexanizmlarini rivojlantirishga yordam beradi. Qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlarning 97,2 % dan ortig’i nodavlat mulkchilik shakllariga tegishli. Bu, birinchi navbatda, davlat tomonidan doimiy ravishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash natijasidir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa sohalari va tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmidagi ulushni oshirish orqali ham namoyon bo’lmoqda. Kapital qurilishda nodavlat sektorining rivojlanish dinamikasini bajarilgan qurilish ishlari hajmidan kuzatish mumkin (1jadval). 1-jadval O’zbekiston Respublikasida 2015-2023 - yillarda qurilish-montaj ishlari hajmlarining o’zgarishi dinamikasi, mlrd. so’m t.r. Ko’rsatkich Yillar 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 1 Jami qurilish ishlari, shu jumladan mulkchilik shakllari bo’yicha 25329,1 29265,8 34060,8 47260,7 68854,4 87823,8 107447,6 130767,1 149864,1 233832,9 Davlat 1516,7 1463,3 1634,9 2174,0 3899,2 3688,6 5587,3 4490,4 4151,9 7703,3 Nodavlat 23812,4 27802,5 32425,9 45086,7 64955,2 84135,2 101860,3 126276,7 145712,2 226129,6
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 57 2 Mulkchilik shakllari bo’yicha bajarilgan ishlarning ulushi, % 100 100 100 100 100 100 100 100 100 100 Davlat 6,0 5,0 4,8 4,6 5,7 4,2 5,2 3,4 2,8 3,3 Nodavlat 94,0 95,0 95,2 95,4 94,3 95,8 94,8 96,6 97,2 96,7 Ushbu ma’lumotlar davlat tashkilotlarining qurilish-montaj ishlarini bajarishda ishtirok juda pastigini ko’rsatmoqda. Faqatgina 2015 yilda bajarilgan ishlarning umumiy hajmining 6,0 foizigacha davlat ishtiroki ulushi kuzatilgan bo’lsa, 2024 yilda ushbu ko’rsatkich 3,3 foizni tashkil qilgan. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan qurilish tashkilotlarining ko’p qismi aynan nodavlat sektorga tegishliligini ko’rishimiz mumkin, bu yerda yetakchi rol nodavlat korxonalariga tegishli. Xulosa. Bugungi kunda nodavlat sektorda faoliyat olib borayotgan qurilish tashkilotlarining ko’pchiligi kichik korxona va mikrofirmalarga to’g’ri keladi. Statistik ma’lumotlarga nazar solsak oxirgi yillarda kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi yirik pudrat tashkilotlari va norasmiy sektorga nisbatan keskin farq qilganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, birgina 2024 yilda kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 40,0 foizni tashkil qilgan. Bugungi kunda qurilishda kichik biznes subyektlarining ustunlikga ega bo’lishining salbiy tomonlari yuzaga kelayotganini hisobga olib, qurilishda boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qurilish tashkilotlari resurslarini jamlash usullari va shakllarini rivojlantirish bo’yicha ilmiy va uslubiy muammo yuzaga keladi. Adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 apreldagi “Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-66-son Farmoni 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 martdagi “O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5963-son Farmoni. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 fevraldagi “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan oshirish va qurilishda nazorat tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4586-son Qarori 4. Э. Деминг. Менеджмент нового времени: Простые механизмы, ведущие к росту, инновациям и доминированию на рынке. — М.: Альпина Паблишер, 2019. — 192 с. 5. Буриев Х.Т., Усманов И.А. Пути совершенствования организационно-экономического механизма повышения качества строительства: Монография. (2020). 6. Верстина Н.Г., Еленева ЮЛ. Обеспечение конкурентоспособности строительных предприятий на основе стоимостного подхода // Экономика строительства. 2004. № 4. С. 4. 7. Леонова Т.И., Бабарин М.С. Фундаментальные категории экономики качества. Журнал правовых и экономических исследований, 2014, 2: 103–108