scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMASHUNOSLIKNING SHAKLLANISHI, RIVOJI VA ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Dildora ABDUSODIQOVA ToshDO'TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti – ingliz tili yo'nalishi talabasi

Abstract

Ushbu maqola tarjimashunoslik fani, ushbu fanning paydo bo‘lishi tarixi haqida, shuningdek, fan rivojiga hissa qo‘shgan yetakchi o‘zbek olimlari haqida ma’lumot beradi. Maqolada tarjimashunoslik fanidagi yutuq va kamchiliklar, fanning kelajakdagi istiqbolli masalalari haqida so‘z boradi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 TARJIMASHUNOSLIKNING SHAKLLANISHI, RIVOJI VA ZAMONAVIY MUAMMOLARI Dildora ABDUSODIQOVA ToshDO‘TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti – ingliz tili yo‘nalishi talabasi Annotatsiya: Ushbu maqola tarjimashunoslik fani, ushbu fanning paydo bo‘lishi tarixi haqida, shuningdek, fan rivojiga hissa qo‘shgan yetakchi o‘zbek olimlari haqida ma’lumot beradi. Maqolada tarjimashunoslik fanidagi yutuq va kamchiliklar, fanning kelajakdagi istiqbolli masalalari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: tarjimashunoslik, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, ilmiy adabiyot, badiiy adabiyot, folklor, maqol, tag ma’no. Abstract: This article provides information about the science of translation studies, the history of the emergence of this science, as well as about leading Uzbek scientists who contributed to the development of the science. The article discusses the achievements and shortcomings of the science of translation studies, and future promising issues of the science. Keywords: translation studies, socio-political literature, scientific literature, fiction, folklore, proverb, tag meaning. Аннотация: В статье представлена информация о науке переводоведения, истории её возникновения, а также о ведущих узбекских учёных, внёсших вклад в её развитие. В статье рассматриваются достижения и недостатки науки переводоведения, а также перспективные направления развития науки. Ключевые слова: переводоведение, общественно-политическая литература, научная литература, художественная литература, фольклор, пословица, значение тега. newjournal.org zenodo.org 2 Tarjima sohasining eng keng tarmog‘i badiiy tarjima hisoblanadi. Dunyoda yaratilgan eng sara badiiy adabiyotlarni tarjima qilishga har doim ehtiyoj tug‘iladi. Badiiy asarlar uzluksiz ravishda yozilgani, sotilgani, xarid qilinganligi bois nashriyotlar asarlarni tarjima qildirishga qiziqish bildirib keladilar. Badiiy tarjima sohasida o‘z o‘rniga ega tarjimonlar sifatida quyidagilarni sanash mumkin. M.Osim, N.Alimuhamedov, Sh.Shomuhamedov, K.Qaxxorova, O.Sharopov, Sh.Tolipov, V.Ro‘zimatov, Q.Mirmuhamedov, A.Rashidov, M.Hakimov, I.G‘afurov, M.Mirzoidov, G‘.To‘rabekovlar professional tarjimon sifatida tanilganlar. Ammo, shu bilan birgalikda, hozirgi kunda o‘zbek va turkiy tillardagi ijtimoiysiyosiy, ilmiy va badiiy asarlarni xorijiy tillarga tarjima qilish jarayoni kuchaydi. Buning asosiy sababi tarixda juda ko‘plab ma’naviy tahdidlarga uchragan o‘zbek va turkiy xalqlarning bebaho ma’naviy merosi hisoblangan badiiy va ilmiy asarlarning qayta tiklangani, arxeologik izlanishlar asosida qaytadan kashf etilgani bilan bog‘lash mumkin. Darhaqiqat, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi asosida yaratilgan asarlar tarjimalarini ilmiy jihatdan o‘rganish va tadqiq qilish bugungi kun tarjimashunoslik fanining dolzarb vazifalari sirasiga kiradi. O‘zbek tarjimashunosligida ijtimoiy-siyosiy asarlar tarjimasi masalasi bir qator ilmiy ishlarda o‘z aksini topgan. Jumladan, bu sohada o‘zbek tarjimashunoslik maktabining asoschisi hisoblangan G‘aybulla Salomovning “Matn, tarjima va istiloh” kitobini va ayni shu sohada yaratilgan maqolalarini misol qilib keltirish mumkin. Xorij tarjimashunoslik maktabiga nazarga tashlab, quyidagi xulosaga kelish mumkin: V.N.Komissarov o‘zining “Tarjima nazariyasining asoslari” nomli asarida tarjimada ekvivalentlik darajalarini aniqlash zarurligini ta’kidlaydi va tarjimon nafaqat so‘zlarning ma’nosini, balki matnning kommunikativ funksiyasini ham hisobga olishi lozimligini qayd etadi. Komissarov fikricha, “tarjima jarayonida original mazmunini to‘liq saqlab qolish amaliy jihatdan imkonsiz, shuning uchun tarjimon kompromissga tayyor bo‘lishi kerak”1. 1 Komissarov V. N. (1990). Tarjima nazariyasining asoslari. Moskva: Oliy maktab nashriyoti, 25-45-betlar. newjournal.org zenodo.org 3 Hozirgi vaqtda bir qator siyosiy adabiyotlar ham tarjima qilinmoqda. Bu holat tarjimonlar va tarjimashunos mutaxassislar oldiga muhim vazifa qo‘yadi. Ya’ni bir so‘z va uning noto‘g‘ri tarjimasi va talqini sababli davlatlar o‘rtasida nizo va tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. Bu tarjimonni xushyor bo‘lishga va keng fikrli, izlanuvchan bo‘lishga chaqiradi. Misol uchun tarjimon O‘tkir Toyirov tomonidan “Qo‘mita 300: dunyo hukumati sirlari” kitobi nashr etildi. Ushbu asar muallifi Jon Koleman – amerikalik publitsist va Britaniya maxsus xizmatlari sobiq xodimi. Yopiq jamiyatlar va ommaga ochilmaydigan siyosiy o‘yinlar haqidagi bu asar 30 yillik tadqiqotlar natijasi hisoblanadi. Ammo tarjimon bir nechta o‘rinda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan. Misol uchun “…Qo‘mita 300ga bo‘ysungan barcha maxfiy jamiyat va tashkilotlarning nomlarini ochiqlash va ularning muhokamasini yoyishdir”2. “Ularning muhokamasini yoyish” jumlasi g‘aliz hiosblanadi. Ushbu jumlani “Ularning kirdikorlarini fosh etish” tarzida tahrir qilish maqsadga muvofiqdir. Xulosa qilib aytganda, tarjimalarda bu kabi kamchiliklarni ko‘plab uchratish mumkin. Tarjimashunoslik fanini oldda istiqbollar bilan birgalikda, turli xavflar va o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham qarshi olishi muqarrar. Soha mutaxassislari ushbu dolzarb muammolar bo‘yicha turli yechimlar va ilmiy asoslar keltirishi, soha rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishlari zarur. Adabiyotlar 1. Komissarov V. N. (1990). Tarjima nazariyasining asoslari. Moskva: Oliy maktab nashriyoti, 25-45 betlar. 2. Chernov G. V. (1987). Sinxron tarjima nazariyasi. Moskva: Yazyki russkoy kultury, 15-29 betlar. 3. Nyumark P. (1981). Approaches to Translation. New York: Pergamon Press, 12-20 betlar. 4. Rizaev Sh. R. (2005). Tarjima nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: Fan va texnologiya, 33-48 betlar. 2 Jon Koleman. Qo‘mita 300. - Toshkent: Zukko kitobxon, 2022. – 352 b. newjournal.org zenodo.org 4 5. Zohidov F. (2018). Tarjimada madaniyatlararo tafovutlar: Nazariy va amaliy yondashuvlar. Toshkent: Akademnashr, 50-60 betlar. 6. Google Translate. (2024). Tarjima xizmatlari. URL: https://translate.google.com 7. DeepL. (2024). DeepL Translate. URL: https://www.deepl.com