XALQARO STANDARTLASHTIRISH TALABLARI ASOSIDA QURILISH SINOV LABORATORIYALARINING FAOLIYATINI BAHOLASH
Abstract
Ushbu maqolada O’zbekistonda muvofiqlikni baholash tizimi, O’zbekiston akkreditatsiya markazi DM faoliyati, muvofiqlikni baholash organlari, qurilish sinov laboratoriyalari xalqaro talablar asosida faoliyatini baholash va sohadagi mavjud muammolar va ularga amaliy takliflar keltirilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 75 UDK. 65. 658.5. 658.5.011 XALQARO STANDARTLASHTIRISH TALABLARI ASOSIDA QURILISH SINOV LABORATORIYALARINING FAOLIYATINI BAHOLASH N.Sh. Muminov Toshkent arxitektura – qurilish universiteti, “Shahar infraturilmasi” kafedrasi professori, t.f.d. O.Sh. Eshmurodova Toshkent arxitektura – qurilish universiteti, “Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi tayanch doktoranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17885277 Annatatsiya. Ushbu maqolada O’zbekistonda muvofiqlikni baholash tizimi, O’zbekiston akkreditatsiya markazi DM faoliyati, muvofiqlikni baholash organlari, qurilish sinov laboratoriyalari xalqaro talablar asosida faoliyatini baholash va sohadagi mavjud muammolar va ularga amaliy takliflar keltirilgan. Kalit so’zlar: Akkreditatsiya, muvofiqlikni baholash organlari, sinov laboratoriyalari, ISO 17025, xalqaro standartlar. Аннотация. В данной статье рассматривается система оценки соответствия в Узбекистане, деятельность Центра аккредитации ДМ Узбекистана, органов по оценке соответствия и строительных испытательных лабораторий на основе международных требований, а также текущие проблемы в данной области и практические предложения по их решению. Ключевые слова: Аккредитация, органы по оценке соответствия, испытательные лаборатории, ISO 17025, международные стандарты. Abstract. This article presents the conformity assessment system in Uzbekistan, the activities of the Uzbekistan Accreditation Center DM, conformity assessment bodies, and construction testing laboratories based on international requirements, as well as current problems in the field and practical proposals for them. Keywords: Accreditation, conformity assessment bodies, testing laboratories, ISO 17025, international standards. Qurilishda foydalaniladigan qurilish materiallarining sifat va xavfsizlik ko’rsatkichlari bu bino va inshoatlarning naqadar umrboqiy, zilzilzbardosh, mustahkam, ishonchli bo’lishida bevosita ta’sir ko’rsatadi. Qurilish materiallarning sifatli va xavsiz bo’lishi va bu materiallarning xossalari xalqaro standart talablari asosida faoliyat ko’rsatuvchi laboratoriyada to‘g‘ri, aniq va ishonchli natija bilan baholansa, demakki, bu materialdan foydalanish orqali mustahkam bino va inshoatlar barpo etiladi. “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi Oʻzbekiston Respublikasining muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha yagona vakolatli organ hisoblanadi [1]. Akkreditatsiya - muvofiqlikni tasdiqlash organiga rasmiy hujjat shaklida berilgan va muvofiqlikni baholash boʻyicha aniq vazifalarni bajarish vakolatini rasmiy tan olish uchun xizmat qiladigan uchinchi, mustaqil tomon tomonidan muvofiqlikni tasdiqlashni anglatadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 76 Muvofiqlikni baholash deganda muvofiqlikni baholash organlarining tehnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash boʻyicha faoliyat tushuniladi. Ushbu talablar ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) kabi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standartlarda keltirilgan [1]. 1 - rasm. Respublikamizdagi akkreditatsiyadan o’tgan muvofiqlikni baholash organlari Sinov va kalibrlash laboratoriyalari ham faoliyat ko’rsatishi uchun O’zbekiston akkreditatsiya organi tomonidan ISO/IEC 17025:2019 standart talabi doirasida akkreditatsiyadan o’tishi lozim. Hozirgi kunda respublikamizda sinov laboratoriyalarida amalga oshirilayotgan sinov natijalari xalqaro darajada tan olinishi dalzarb mavzulardan biri hisoblanadi. 2022 yil 14-sentyabr kuni “Oʼzbekiston akkreditatsiya markazi” DK nufuzli tashkilot - Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʼyicha xalqaro hamkorlik (ILAK) ning toʼla huquqli aʼzosi safiga qabul qilindi, 28-sentyabr kuni esa yana bir nufuzli tashkilot, Xalqaro akkreditatsiya forumining toʼla huquqli aʼzosi safiga qabul qilindi. ISO/IEC 17021-1 menejment tizimini sertifikatlash sohasining 5 ta yoʼnalishida akkreditatsiya natijalarini oʼzaro tan olish toʼgʼrisidagi koʼp tomonlama bitimga (IAF MLA) qoʼshildi. Buning natijasida Oʼzbekistonda amalga oshirilgan sinovlar dunyoning 116 ta davlatida tan olinishiga erishildi. IAF va ILAC koʼp tomonlama oʼzaro tan olish Bitimlari (MLA/MRA) ikki yoki undan ortiq tomonlarning bir-birining sinov natijalarini tan olishi toʼgʼrisidagi hujjatdir[1]. Bizda amalga oshirilgan sinovlar xalqaro darajada tan olinishiga erishish uchun avvalo, shu mamlakatlar ham laboratoriyada foydalanilayotgan sinov usullarini dolzarb va xalqaro darajada e’tirof etiladigan sinov usullaridan foydalanganini rasmiy tan olishi lozim. Ammo, respublikamizdagi sinov laboratoriyalarning sinov bayonnomalari xalqaro darajada tan olinish masalasi dolzarb hisoblanadi. Misol uchun: O‘zbekiston hududida joylashgan sinov laboratoriyasi Xalqaro e'tirofga ega hamda Yevropa akkreditatsiya tashkiloti (EA) orqali ILAC MRA ga erishgan Turkiyaning TURKAK akkreditatsiya tashkilotida akkreditatsiyadan jami 21 sinov usuli bilan o‘tdi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 77 Ushbu laboratoriya Xalqaro darajada tan olingan 15 ta ISO (xalqaro standart), 4 ta EN (Yevropa standarti), 1 ta AOAC (Association of Official Analytical Chemists) hamda validatsiya ma'lumotlari to‘liq berilgan 1 ta ГОСТ asosida TURKAK akkreditatsiyasini oldi. Huddi shu laboratoriya O‘ZAKK dan o‘tganida 230 dan ortiq asosan 70-90 yillardagi ГОСТ, O‘z DSt va boshqalardagi sinov usullari bo‘yicha akkreditatsiyasi tasdiqlandi [2]. Endi sinov laboratoriyasining kompetentligiga talab ya'ni ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standartidagi sinov usuliga talabni ko‘zdan kechirsak 7.2.1.2 hamda 7.2.1.3 bandlarga ko'ra laboratoriya aktual (dolzarb) hamda amaldagi standartlarni qo'llashi lozimligi belgilangan [3]. gar aktual va amaldagi sinov usullari har xil bo‘lsa laboratoriya buyurtmachi bilan konsensusga ya'ni kelishuvga keladi hamda maqsadga muvofiq keladigan ma'qul metodni tanlaydi va sinov o‘tkazadi. Alohida ta'kidlash joizki, yuqorida aytganimiz 70-90-yillardagi ГОСТ lar hamda O‘z DSt lar mana shu bazada "Amaldagi" hisoblanadi. O‘ZAKK ning bu "Amaldagi" sinov usullari basharti verifikatsiya bilan tasdiqlangan ekan uni rad etishga haqi yo'q. Akkreditatsiya tashkilotining asosiy vazifasi esa sinov usuli qanchalik ishonchli natija bera olishini validatsiya yoki verifikatsiya yo‘li bilan tasdiqlanishini tekshirib ishonch hosil qilishdir [2]. O‘ZAKK tomonidan ma’qullangan 230 ta sinov usullari TURKAK tomonidan 21 sinov usulidan boshqasi aktual va amalda bo’lmaganligi sababli tan olinmagan. Xulosa va tavsiyalar: Qurilish sinov laboratoriyalarining zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi ularning xalqaro tan olinishi uchun asosiy omillardan biridir. Shu bois, davlat byudjeti, xalqaro grantlar va xususiy investitsiyalar hisobidan laboratoriyalarni modernizatsiya qilish dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish zarur. Modernizatsiya jarayonlari laboratoriya infratuzilmasining energiya samaradorligi, raqamlashtirish va xavfsizlik talablariga muvofiqligini ham qamrab olishi lozim. Eskirgan usullardan voz kechish va ularni tartibga solish tizimini kuchaytirish. Hozirda ayrim sinov laboratoriyalarida ma’nan va texnik jihatdan eskirgan o‘lchash hamda sinov usullari saqlanib qolgan. Bunday usullar xalqaro akkreditatsiya talablariga mos kelmaydi. Qurilish sohasida har bir laboratoriya o‘z yo‘nalishiga mos yangi sinov usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Har bir sohada tajribali laboratoriyalarni yangi sinov protokollarini ishlab chiqishga undash hamda bu faoliyatni ilmiy loyihalar darajasida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tavsiya etiladi. Eng asosiysi Xalqaro tan olingan usullarni o’zlashtirish, ma’nan va texnik jihatdan eskirgan usullardan voz kechish. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Akkred.uz – O’zbekiston akkreditatsiya markazi sayti. 2. Mahmud.uztelegram kanali 3. O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompitentligiga qo’yiladigan talablar” O’zbekiston respublikasi davlat standarti