BARQAROR MODA TAMOYILI: ILG'OR TAJRIBALARNING ZAMONAVIY MODAGA INTEGRATSIYASI
Abstract
Ushbu maqolada XXI asr moda sanoatining ekologik va ijtimoiy muammolari fonida barqaror moda konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ekologik harakatlarning modaga ta’siri, slow fashion konsepsiyasining nazariy asoslari, etik mehnat tamoyillari, aylanma iqtisodiyot modeli hamda Earth Logic kabi zamonaviy yondashuvlarning ilmiy mazmuni yoritilgan.
Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 19 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us BARQAROR MODA TAMOYILI: ILG’OR TAJRIBALARNING ZAMONAVIY MODAGA INTEGRATSIYASI Abdullayeva F.S. K.Behzod nomidagi MRDI instituti “Libos dizayni” kafedrasi o‘qituvchisi, s.f.f.d. (PhD) Saidova A.M. K.Behzod nomidagi MRDI instituti “Libos dizayni” kafedrasi 1-kurs magistranti Anotatsiya: Ushbu maqolada XXI asr moda sanoatining ekologik va ijtimoiy muammolari fonida barqaror moda konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ekologik harakatlarning modaga ta’siri, slow fashion konsepsiyasining nazariy asoslari, etik mehnat tamoyillari, aylanma iqtisodiyot modeli hamda Earth Logic kabi zamonaviy yondashuvlarning ilmiy mazmuni yoritilgan. Kalit so‘zlar: Barqaror moda; ekologik dizayn; slow fashion; aylanma iqtisodiyot; tekstil chiqindilari; etik mehnat; circular economy; eco-design; zero-waste dizayn; ekologik barqarorlik; modada innovatsiya. XXI asr modasi globallashuv, texnologik taraqqiyot va iste’mol madaniyatining o‘zgarishi natijasida keskin rivojlandi. Biroq bu rivоjlanish bilan birga moda sanoatining ekologik va ijtimoiy muammolari ham chuqurlashdi. Bugungi kunda moda sanoati dunyoda neft sanoatidan keyin ikkinchi yirik ifloslantiruvchi soha sifatida tilga olinmoqda. Tekstil chiqindilarning ko‘payishi, sintetik to‘qimalardan chiqayotgan mikroplastiklar, paxta yetishtirishda sarflanadigan suvning haddan tashqari ko‘pligi, ishlab chiqarish jarayonidagi kimyoviy moddalar va mehnatning ekspluatatsiya qilinishi modaning an’anaviy tizimiga nisbatan keskin tanqidlarni kuc haytirdi. Shu sharoitda barqaror moda tushunchasi ilmiy-nazariy yo‘nalish sifatida shakllana boshladi. Mazkur konsepsiya ekologik barqarorlik, ijtimoiy adolat, iqtisodiy samaradorlik, madaniy merosni saqlash va texnologik innovatsiyalarni bir butun tizim sifatida ko‘rib chiqadi. Barqaror moda nafaqat ekologik muammolarga javob bo‘lishi, balki modaning kelajakdagi rivojlanish strategiyasini shakllantiruvchi nazariy platforma sifatida qaralishi bilan ahamiyatlidir. Qayd etish joizki, globalizatsiyaning moda sanoatiga integratsiyasi natijasida shakllangan “fast fashion” moda tendensiyalarining bir necha o‘n yilliklar davomida ekologiyaga ko‘rsatgan salbiy ta’siri hamda, moda sohasining o‘rta va quyi segmentlari
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 20 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun tanlangan mamlakatlarda ishchilar uchun yaratilgan qoniqarsiz shart sharoitlar sekin asta ushbu moda tendensiyalariga nisbatan ekologiyani asrash tashkilotlari tomonidan xalqaro ta’qiqlarni paydo bo‘lishini sabab bo‘ldi. Bu jarayondagi global muammolarning yechimi sifatida shakllantirilgan “barqaror moda” tamoyili so‘nggi o‘n yillikda global ta’sir kuchiga ega bo‘lib kelmoqda. “Barqaror moda (sustainable fashion) - atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmasdan, ekologik va ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli tarzda ishlab chiqariladigan, sotiladigan, foydalaniladigan va utilizatsiya qilinadigan moda mahsulotlarini yaratish faoliyati” . “Barqaror moda” tushunchasi “barqaror rivojlanish” (inglizcha: sustainable development; sustainability – “barqaror”) atamasi bilan bog‘liq bo‘lib, u ilk marotaba BMTning atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha Butunjahon komissiyasining 1987 yildagi “Our Common Future” hisobotida qo‘llanilgan. Unda hozirgi avlodlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish kelajak avlodlarni bunday imkoniyatlardan mahrum qilmasdan amalga oshirilishi zarur degan inson taraqqiyoti modeli tasvirlangan. 2004 yilda BMT Bosh kotibi Kofi Annan “G‘amxo‘rlik g‘alabaning omili” hisobot ma’ruzasida barqaror biznesning ESG tamoyillarini shakllantirdi: E (inglizcha: atrofmuhit) - atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat; S (ing. social - ijtimoiy) - yuqori ijtimoiy mas’uliyat; G (inglizcha governance - menejment) - yuqori sifatli korporativ boshqaruvni ta’minlashni o‘z ichiga oladi . [1.] Barqaror moda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ishchilar uchun xavfsiz va ahloqiy mehnat sharoitlari, tabiiy resurslardan mas’uliyat bilan foydalanish, chiqindilarni minimallashtirish yoki yo‘q qilish, ishlab chiqarish hududi iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi kabi talablarni shular jumlasiga kiritish mumkin. E’tiborlisi shundaki, o‘z brendlarini barqaror moda tamoyili asosida rivojlantirayotgan kompaniyalar ishlab chiqarish faoliyalarida uglerod gazini kamaytirishga, tabiiy mo‘yna, teri va patlardan foydalanishdan bosh tortishga, qayta ishlash usullaridan foydalanishga va mahsulotlarni ekologik toza qadoqlashga intilmoqdalar. Oqibatida, bugungi kunda - B Corp, Bluesign, Fair Trade USA kabi bir qator xalqaro sertifikatlar mavjud bo‘lib, ular iste’molchilarga moda brendining barqarorligini baholash imkonini bermoqda. [2, 117-b.] Bugungi kun zamonaviy moda industriyasida “Barqaror moda” tamoyilining bir necha ustuvor yo’nalishlari amaliyotini kuzatish mumkin. Xususan: 1. Barqaror moda tamoyilining shakllanishi: ekologik va ijtimoiy asoslar. Barqaror modaning dastlabki nazariy ildizlari 1960–1980 yillardagi ekologik harakatlarga borib taqaladi. Aynan shu davrda iste’mol jamiyati va sanoatlashtirish
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 21 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us oqibatida paydo bo‘lgan ekologik muammolar jiddiy ilmiy muhokamalarni keltirib chiqardi. Tekstil ishlab chiqarishdagi suv va energiya sarfi, bo‘yoqlarning kimyoviy tarkibi, global transport tizimining karbon izi va chiqindilarning to‘planishi barqarorlikka doir ilk ilmiy qarashlarni shakllantirdi. 1972-yilda nashr qilingan “The Limits to Growth” (Rome Club) hisobotida cheksiz iqtisodiy o‘sishning ekologik chegaralari borligi ta’kidlangan bo‘lib, bu fikr keyinchalik moda sanoatiga ham tatbiq qilina boshlandi. Tekstil dizaynerlari hamda ishlab chiqaruvchilar ekologik dizayn, biomateriallardan foydalanish va energiya samaradorligi kabi tamoyillarni izlay boshlashdi.1990-yillarga kelib barqaror moda konsepti ilmiy muhitda shakllanib, “eko-dizayn”, “eco-efficiency”, “LCA – hayotiy sikl tahlili” kabi tushunchalar paydo bo‘ldi. Shu davrda moda mahsulotini faqat obyekt sifatida emas, balki tizim sifatida ko‘rish g‘oyasi yetakchi o‘rin egalladi. XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari modasi uchun ratsionallik, ekologiklik, dolzarblikning etnik tendensiyalarda e’lon qilingan uyg’unligi uning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Bugungi kunda zamonaviy modaning muhim g’oyalaridan biri — bu ekologik yo’nalish bo'lib, u ishlab chiqarishdan tortib mahsulotni iste'mol qilishgacha bo’lgan barcha sohalarni qamrab oladi. Moda uchun “tabiatga ehtiyotkor munosabat” XX asrning oxirgi choragida “cheksiz iste'mol” davrida dolzarb amaliyotga aylandi. Aynan shu davr “fast fashion” (tezkor moda) fenomenining paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi, bu fenomen mass-market segmentida o'z ifodasini topdi, uning toifalaridan biri mahsulot assortimentining “cheksizligi” va iste’molchi uchun yangiliklarning tez mavjudligiga bo'lgan talabni qondirish bo'ldi. Shu bilan birga, mass-market industriyasi shakllanish bosqichida mahsulotlarning va ularni ishlab chiqarishning ekologikligiga e'tibor bermaslik orqali o'zini obro'sizlantirdi. Bu ishlab chiqarish va yetkazib berishda atrof-muhitning ifloslanishi, korxonalarning offshor zonalarda joylashishi [3.]. 2. Barqaror modaning ilmiy rivojlanish davri: slow fashion, etik mehnat va dizayn innovatsiyalari. 2000-yillarda barqaror moda akademik tadqiqotlar markaziga aylandi. Mazkur davrda Kate Fletcher tomonidan “slow fashion” konsepsiyasining ishlab chiqilishi barqaror moda nazariyasi uchun burilish nuqtasi bo‘ldi. Fletcher modaning iqtisodiy samaradorlikdan tashqari ekologik ong, madaniy barqarorlik va uzoq umrli mahsulot yaratish kabi mezonlarga asoslanishi zarurligini ta’kidladi. Slow fashion quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mahsulotning uzoq umrli bo‘lishi; iste’molning ongli va mas’uliyatli bo‘lishi; mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 22 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us quvvatlash; qo‘lda bajariladigan va an’anaviy hunarmandchilikni tiklash; sifatni miqdordan ustun qo‘yish. Shu bilan birga, 2000–2010-yillar davomida Fair Trade, etik yetkazib berish zanjirlari, mehnat huquqlari va ishlab chiqarish shaffofligi bo‘yicha jahon miqyosidagi harakatlar kuchaydi. Bangladesh, Kambodja va Hindistondagi tikuvchilik fabrikalarida mehnat ekspluatatsiyasi jiddiy xalqaro muhokamalarga sabab bo‘lib, barqaror modaning ijtimoiy komponenti alohida ahamiyat kasb etdi. 3. Aylanuvchan iqtisodiyot (circular economy) tamoyillari va barqaror modaning yangi paradigmalari. 2010-yillardan boshlab barqaror moda rivojining asosiy vektorlari aylanishchi iqtisodiyot (circular economy) tamoyillariga o‘tdi. Bu modelda “olish–ishlatish–tashlab yuborish” tizimi o‘rniga “qayta tiklash–qayta ishlash–yopiq sikl” tamoyillari ustunlik qila boshladi. Aylanishchi iqtisodiyotning (circular economy) modaga tatbiqi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: materiallarning doimiy aylanishini ta’minlash; chiqindilarni resurs sifatida qayta ishlash; Cradle to Cradle (C2C) sertifikat tizimi; qayta yaratiladigan tolalar (regenerative fibers); biologik parchalanadigan mato tayyorlash; qayta ishlangan poliester va organik paxta hom ashyosini ishlab chiqarishni rag’batlantirish. Aytish mumkinki, McDonough va Braungart tomonidan ishlab chiqilgan - “Cradle to Cradle” modeli modada kimyoviy “yashil formulalar”, toksik moddalardan voz kechish va yopiq siklli ishlab chiqarish tizimlarini joriy etishga asos bo‘ldi. Zero-waste dizayn yo’nalishi esa Timo Rissanen, Alison Gwilt kabi tadqiqotchilar tomonidan ijodiy dizayn metodologiyasi sifatida ishlab chiqildi. Ushbu yondashuv libos konstruktsiyasini qurish jarayonida matodan 100% foydalanishni ko‘zda tutadi, bu esa moda sanoatida eng katta muammolardan biri — chiqindi matolarning kamayishiga xizmat qiladi. 4. Zamonaviy bosqich: Earth Logic, madaniy barqarorlik va post-iste’mol konsepsiyasi. So‘nggi bosqich barqaror modaning yanada keng qamrovli, tizimli va madaniy asoslangan yondashuvini o‘z ichiga oladi. Fletcher va Tham tomonidan taklif etilgan Earth Logic Fashion Action Research Plan modaning kelajagini ekologik manfaatlar markaziga qaytarishni talab qiladi. Ushbu modelda quyidagi tamoyillar ilgari suriladi: modani iqtisodiy o‘sish vositasi sifatida emas, balki ekologik tizimning bir qismi sifatida talqin qilish; iste’molni keskin kamaytirish (“less fashion”); modada madaniy merosni tiklash va qo‘llab-quvvatlash; lokal dizayn va lokal ishlab chiqarishga qaytish; jamiyat ehtiyojlariga moslashtirilgan dizayn modellarini yaratish.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 23 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Earth Logic modeli modaga antropotsentrik yondashuvni emas, balki ekologik adolat va madaniy barqarorlikni ustun qo‘yadi. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, “Barqaror moda” tushunchasi bir necha bosqichda shakllangan murakkab tamoyildir. 1960–1980-yillardagi ekologik harakatlar bu g‘oyaga asos yaratgan bo‘lsa, 2000-yillardan keyingi ilmiy izlanishlar barqaror modani mustaqil akademik soha sifatida shakllantirdi. Slow fashion, ecodesign, circular economy va Earth Logic kabi yondashuvlar modaning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda asosiy konsepsiyalar sifatida maydonga chiqdi. Bugungi kunda barqaror moda shunchaki alternativ yondashuv emas, balki moda sanoatining kelajagi, uning global ekologik mas’uliyatni qabul qilishi va inson salomatligi hamda madaniy merosni asrashga qaratilgan umumjahon harakatidir. Adabiyotlar ro’yhati 1. Кручинина Д. Устойчивая мода в современном научном дискурсе: исследовательские подходы. https://cyberleninka.ru/article/n/ustoychivaya-modav-sovremennom-nauchnom-diskurse-issledovatelskie-podhody. 2. F.Abdullayeva. Modalar dizayni aspektlarining ustuvor tamoyillari. S.f.f.d. (PhD) dissertatsiyasi. 2024 y. 117 b. 3. М. В. Яковлева Влияние моды на развитие творческих (креативных) индустрий.2022 4. Rissanen, T., & McQuillan, H. Zero waste fashion design. Bloomsbury Publishing. 2016. 5. Sandin, G., & Peters, G. M. Environmental impact of textile reuse and recycling – A review. Journal of Cleaner Production, 184, 2018, 353–365. 6. Sherburne, A. The business of sustainable fashion. Journal of Fashion Marketing and Management, 13(2), 2009, 187–201. 7. Turker, D., & Altuntaş, C. Sustainable supply chain management in the fast fashion industry. Journal of Corporate Social Responsibility and Environmental Management, 21(4), 2014, 193–204.