scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QURILISH LOYIHALARIDA SIFATNI SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Murodov Rustam Tohir oʻgʻli; Mahmudova Shaxzoda Shaymardon qizi

Abstract

Ushbu maqolada qurilish loyihalarida sifatni shakllantirish bosqichlari, ularning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Qurilish jarayonida sifat ko‘rsatkichlari loyiha ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda obyektni foydalanishga topshirish bosqichlarida shakllanadi. Maqolada har bir bosqichda sifatni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar, nazorat va boshqaruv mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va standartlarning roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sifatni shakllantirish jarayonida kompleks yondashuv, innovatsion usullar va me’yoriy hujjatlarga rioya etish yuqori sifatli, xavfsiz va barqaror qurilish obyektlarini yaratishning asosiy omilidir. Qurilish obyektlarini loyihalash jarayonida amalga oshirish uchun loyihalashtirish jarayonini boshqarish dolzarb muammo hisoblanadi. Maqolada qurilishda loyihalashtirishga jarayonli yondashuv asosida tahlil qilish uslubiyatini rivojlantirish masalalari bayon qilingan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 91 QURILISH LOYIHALARIDA SIFATNI SHAKLLANISH BOSQICHLARI Murodov Rustam Tohir oʻgʻli Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Biznesni boshqarish” kafedrasi oʻqituvchisi. Mahmudova Shaxzoda Shaymardon qizi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Biznesni boshqarish” ta’lim yo’nalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17886064 Annotatsiya. Ushbu maqolada qurilish loyihalarida sifatni shakllantirish bosqichlari, ularning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Qurilish jarayonida sifat ko‘rsatkichlari loyiha ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda obyektni foydalanishga topshirish bosqichlarida shakllanadi. Maqolada har bir bosqichda sifatni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar, nazorat va boshqaruv mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va standartlarning roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sifatni shakllantirish jarayonida kompleks yondashuv, innovatsion usullar va me’yoriy hujjatlarga rioya etish yuqori sifatli, xavfsiz va barqaror qurilish obyektlarini yaratishning asosiy omilidir. Qurilish obyektlarini loyihalash jarayonida amalga oshirish uchun loyihalashtirish jarayonini boshqarish dolzarb muammo hisoblanadi. Maqolada qurilishda loyihalashtirishga jarayonli yondashuv asosida tahlil qilish uslubiyatini rivojlantirish masalalari bayon qilingan. Kalit so’zlar: investitsion-qurilish jarayoni, loyihalash, jarayonli yondashuv, bosqichlar, ta’sir kuchlari, natijalar. Qurilish sohasining rivojlanishi mamlakatimizda investitsion siyosatining muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi, shu sababli mazkur muammo O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qat’iy nazoratga olingan. 2025-yilning o’zida qurilishdagi islohotlar masalalari to’rtta Prezident ishtirokidagi videoselektorlarda muhokama markazida bo’lgan hamda Prezident Farmoni [1] va Vazirlar Mahkamasining qaroriga asos bo’lgan [2]. Mazkur yig’ilishlar va hujjatlarda qurilish sohasidagi muammolarni hal qilish bo’yicha vazirliklar va idoralar oldiga qator vazifalar belgilab berildi. Prezident qarorlaridan biri — “Qurilish sohasida boshqaruv tizimini raqamlashtirish choratadbirlari to’g’risida”. Bu qaror 2025-yil boshlarida qabul qilindi va qurilish sohasidagi boshqaruv jarayonlarini tubdan yangilash, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda byurokratik to’siqlarni kamaytirishni asosiy maqsad qilib oldi. Qarorning qabul qilinishi davlat siyosatining muhim yo’nalishi — qurilish jarayonlarida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashga qaratilganini ko’rsatadi [4]. Qarorda quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:  Yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va barcha qurilish obyektlarini shu tizimda qayd etish;  Loyiha-smeta hujjatlarini elektron tarzda ko’rib chiqish va tasdiqlash jarayonini joriy etish;  Qurilish jarayonlarini real vaqtda onlayn monitoring qilish;  Davlat buyurtmalari bo’yicha qurilishlarni elektron tender asosida tashkil etish; ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 92  Qurilish sohasiga oid ma’lumotlarni ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Yana bir Prezident qarori esa — “Qurilish sohasida sifat nazorati va loyihalash jarayonlarini takomillashtirish to’g’risida”. Bu qaror 2025-yilning ikkinchi yarmida qabul qilindi va u qurilish sohasidagi eng muhim muammolardan biri — sifat nazorati va loyihalashdagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan [5]. Bu ikki hujjatning qo’shma ta’siri natijasida:  qurilish sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari keng joriy etildi;  boshqaruv tizimida hisobdorlik va tezkorlik oshdi;  loyiha va qurilish ishlarining sifatini nazorat qilishning aniq mezonlari yaratildi;  davlat va xususiy sektor hamkorligi yangi bosqichga ko’tarildi. Natijada, 2025-yildagi bu islohotlar qurilish sohasini nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki transparentlik, sifat va innovatsiya tamoyillari asosida qayta shakllantirdi [6]. Ko’rinib turibdiki, qurilish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari nafaqat amaliy harakatlar va dasturlar, balki nazariy-uslubiy mazmunga ega. Ko’rsatib o’tilgan har bir yo’nalish tarkibida turli fanlarga taalluqli tadqiqotlarni olib borish zarurati katta o’rin egallaydi. Muammoning yechimidan biri investitsion-qurilish jarayonini tashkil qilishning ilmiyuslubiy jihatlarini rivojlantirish, mavjud qonuniyatlar va tendensiyalarni aniqlash va takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqish bilan bog’liq. Ayniqsa, investitsion-qurilish jarayonining alohida bosqichlarini tadqiq qilish uslubiyatini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Loyihalashtirish bosqichi investitsion qurilish jarayonining eng muhim va murakkab bosqichlaridan biri bo’lganligi sababli, uni tadqiq qilish bir qancha ilmiy yondashuvlarni kompleks qo’llanisihini taqozo qiladi. Avvalambor, qurilish loyihasi mohiyatidan kelib chiqsak, uni murakkab va yirik tizim sifatida qaralishi lozim. Bunda tizim elementlari nafaqat ijrochi va resurslar, balki qurilish loyihasining tarkibiy qismlari ham muhim o’rin egallaydi. Tizimli yondashuvni qo’llash uslubiyati loyiha bosqichini elementlarini aniqlash hamda ular o’rtasidagi tashkiliy, texnik, texnologik va iqtisodiy aloqalarni o’rganishga asoslanadi. Olib borilgan izlanishlar jarayonida bizlar jarayonli yondashuv, nazariy-uslubiy tahlil, dekompozitsiya, mantiqiy tahlil hamda menejment fanida qo’llaniladigan umue’tirof etilgan tanqidiy usullardan foydalanganmiz. Qurilish sohasida loyihalashtirishning mohiyati va va investitsion-qurilish jarayonidagi o’rnini ochib berilishi ko’plab mahalliy va xorijiy adabiyotlarda amalga oshirilgan [3,4,5]. Shu bilan birga loyihalashning xususiyatlari va tartibi bo’yicha respublikamizda bir qancha ilmiy ishlanmalar bajarilgan [6,7,8]. Mazkur masala bo’yicha qurilish sohasining me’yoriy-texnik talablarida ham loyihalarning sifatini ta’minlash masalalari ko’rib chiqilgan [4,6]. Amaliyotda keng qo’llaniladigan yondashuv loyiha bosqichini jarayon sifatida qabul qilishga asoslanadi. Boshqaruv fanida jarayonli yondashuv har qanday tadqiqot obyektini alohida bo’g’inga ajratishi, ularning vaqt resurslari bilan bo’g’lanishini, hamda mazkur resursning ustuvor ahamiyatga egaligini ko’zda tutadi. Mavjud ilmiy uslubiy qarashlarning kamchiliklariga ularning faqat loyihalash jarayonining borishiga e’tibor qaratganligidadir, ya’ni ba’zi qo’llab-quvvatlovchi va ta’minlovchi jarayonlar e’tiborga olinmagan va har qanday loyiha tashkilotning ichki muammosi deb tan olingan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 93 Bizning tadqiqotimizda jarayonli yondashuvni qo’llash uchun loyihani ketma-ket bosqichlarini namoyon qilinishini maqsad qilganmiz (1-rasm). 1-rasm. Loyiha ishlarini boshqarish jarayonining bosqichlari* *muallif tomonidan ishlangan Ishlab chiqilgan yondashuvga ko’ra loyihalash jarayonida bir qancha omillarning ta’sirini aks ettiruvchi kompleks uslubiyatdan foydalanish zarur. Loyihalash jarayonining biz ajratgan sakkizta bosqichining amalga oshirilishi ushbu bosqichlarga parallel ravishda bajarilishi lozim bo’lgan shartlar majmuasi tomonidan belgilab beriladi: 1. Loyihani bajarishning har bir bosqichi zarur resurslar bilan ta’minlanishi lozim. Zarur resurslar deganda ma’lum bosqichni bajarish uchun loyiha tashkilotining moddiy-texnik resurslari, jihozlari va me’yoriy-texnik hujjatlar bilan ta’minlanganligi tushuniladi. Ushbu shartning tashkiliy-boshqaruv xususiyati shundaki, yuqoridagi resurslarni sohagacha jalb qilish, tayyorlash hamda faollashtirish loyiha uchun mas’ul rahbar-xodimlarning vazifasi hisoblanadi. Agar bosqichning tayyorgarlik ishlarini alohida jarayon deb tan olinsa, loyiha ishlarini boshqarish jarayonida yana bir mustaqil harakatlar zanjiri paydo bo’lib, uning ijrochilari funksiyalar rahbar xodimlar va mutaxassislar hisoblanadi. 2. Loyihalashning har bir bosqichini boshlash uchun zarur ruxsatnomalar va asoslovchi hujjatlar bo’lishi lozim. Tashkiliy jihatdan bosqichlarni bog’lab turuvchi talab shundan iboratki, keyingi bosqichga o’tish uchun oldingi bosqich talab darajasida bajarilganligi tasdiqlanishi lozim. Demak, jarayonni davom etish ma’lum shakldagi hujjatlar oqimi bilan bog’liq bo’ladi. Mazkur talablar loyihaning sifati va samaradorligini ko’rsatuvchi tizimning bir qismi bo’lib xizmat qiladi. Yuqoridagi ilmiy taxminni qabul qiladigan bo’lsak zarur ruxsatnomalar ham zarur shartsharoitlarning bir qismi bo’lib qabul qilinadi. Loyihalash jarayonida buyurtmachi, texnik talablar bergan tashkilotlar va boshqa manfaatli tomonlarning shartlari bosqichdan bosqichga o’tishda to’xtashlarga olib kelishi mumkin. 3. Loyihalashning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan yana bir shart bu har bir bosqichni tugallanganligini tasdiqlovchi natijadir. Tayyor qurilish loyihasi loyiha tashkiloti uchun yakuniy mahsulot bo’lib hisoblansada, har bir bosqich natijasi oraliq mahsulot vazifasini bajaradi, demak uning ham sifati baholanishi mantiqan zarur hisoblanadi. Eskiz tayyorlash Loyiha jamoasini shakllantirish Me’yoriy chizma Konstruktiv sxema Ishchi chizmalar Maxsus sxemalar Smeta ishlar Ekspertiza ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 94 Bosqich yakunlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish (dalolatnoma, kelishuv va boshqalar) loyihalash jarayonidagi harakatlarning ulushi zanjirini tashkil qiladi. Ma’lum jihatdan bosqichning natijasini tasdiqlash ham ularning uzluksiz bajarilishi va loyihalash muddati o’zgarishiga sabab bo’lishi mumkin. Qurilish obyektlarini loyihalash jarayonining samaradorligini ta’minlashda yuqoridagi shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda jarayonning ichki va tashqi ishtirokchilari o’rtasida tashkiliy-iqtisodiy bog’liqliklarni kuchaytirish zarur degan fikrga keldik. Loyihalash jarayonining ichki ishtirokchilariga loyiha tashkilotining rahbar xodimlari, loyiha shartnomasi a’zolari, loyihalash bosqichida esa undan oldingi va keyingi bosqichlar bo’yicha mas’ullarni kiritish mumkin. Tashqi ishtirokchilarga jarayonda ishtirok etmaydigan manfaatli tomonlar, ya’ni buyurtmachi, pudratchi, shaharsozlik tashkilotlari va boshqalar kiritiladi. Qurilish loyihalarida sifatni shakllantirish bosqichlari jarayonning barcha etaplarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yakuniy natijaning samaradorligini, ishonchliligini va barqarorligini belgilaydi. Sifatni ta’minlash loyihaning dastlabki g‘oyasidan tortib, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda obyektni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda uzluksiz nazoratni talab etadi. Qurilish obyektlarini loyihalashda jarayonli ishtirokchilarining harakatlarini boshqarishga bog’liq, bu esa ularning funksional vazifalarini to’la hajmda bajarilishini talab qiladi. Biz olib borgan izlanishlar va tavsiyalar loyiha tashkilotlarida menejment funksiyalarini takomillashtirishga imkon yaratib beradi. Shuningdek, sifatni shakllantirishda zamonaviy texnologiyalar, standartlashtirish va sertifikatlash tizimlaridan foydalanish, loyiha ishtirokchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham muhim omillardan biridir. Bu esa qurilish mahsulotining raqobatbardoshligini oshirish, xavfsizlik talablariga to‘liq javob beruvchi, ekologik barqaror inshootlarni yaratish imkonini beradi. Qurilish loyihalarida sifatni shakllantirish – bu faqat texnik jarayon emas, balki boshqaruv, rejalashtirish va innovatsion yondashuvni o‘z ichiga olgan kompleks tizimdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.04.2025 yildagi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida PF-66-son Farmoni 2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 15 sentyabrdagi “Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini joriy etish to’g’risida”gi 580-son Qarori 3. Abdullayev A.X. Qurilish iqtisodiyoti va boshqaruvi. – T.: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, 2021. – 312 b. 4. Nazarov B.B. Investisiya loyihalarini iqtisodiy tahlil qilish. – T.: Iqtisod, 2020. – 285 b. 5. Umarov Sh., Kadirov O. Qurilish sohasida loyiha boshqaruvi asoslari. – Samarqand: SamDAQI, 2022. – 240 b. 6. Bekmurodov A., Yusupov N. Loyihalashtirish jarayonlarining iqtisodiy samaradorligi. – Samarqand: SamDAQI nashriyoti, 2021. – 245 b. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 95 7. Yuldashev F.I. Qurilish sohasida iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish yo’nalishlari. – Toshkent: Innovasion taraqqiyot, 2024. – 300 b. 8. Qurilish kompaniyalarida boshqaruv samaradorligini oshirish strategiyalari. Z.D. Arifdjanova. American Journal of Economics and Business Management globalresearchnetwork.us