scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JADIDLARNING MILLIY TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLARI

Raxmonova, Nafosat Bohodirovna

Abstract

Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda vujudga kelgan jadidchilik faoliyati to‘g‘risida va bu faoliyatning yetakchilari bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat kabi bir qator jadidlarimiz haqida fikr yuritiladi. Ushbu jadidlarning yosh avlodni ta’lim olishligi uchun xususiy maktablarga asos solganligi, va ularning pedagog sifatida amalga oshirgan ko‘plab islohotlari bayon etiladi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 10 DOI: https://10.5281/zenodo.17890592 JADIDLARNING MILLIY TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLARI Raxmonova Nafosat Bohodirovna Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikum tarix fani o‘qituvchisi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda vujudga kelgan jadidchilik faoliyati to‘g‘risida va bu faoliyatning yetakchilari bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat kabi bir qator jadidlarimiz haqida fikr yuritiladi. Ushbu jadidlarning yosh avlodni ta’lim olishligi uchun xususiy maktablarga asos solganligi, va ularning pedagog sifatida amalga oshirgan ko‘plab islohotlari bayon etiladi. Kalit so‘zlar: Jadidchilik, Yevropa, O‘rta Osiyo, Rossiya, Farg‘ona, Qrim-tatar, ma’orif, maktab, “Kitobat ul-atfol”, “Turkiy Guliston yoxud axloq”. XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyoti talablariga javob bermay qolgani, eski maktab va madrasalar zamonaviy fanlardan yiroqligi millatning intellektual rivojlanishini sekinlashtirayotgan edi. Ana shunday murakkab sharoitda maydonga kelgan jadidlar harakati xalqni uyg‘otish, milliy o‘zlikni saqlash va zamonaviy ta’lim asoslarini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Jadidlarning eng asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri — milliy ta’lim sohasidagi tub islohotlar bo‘ldi. Jadidchilik XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston, Buxoro va Xiva hududlarida shakllangan ma’rifatparvarlik oqimi bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi: GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 11 jamiyatni ilm bilan uyg‘otish, xalqni qoloqlikdan chiqarish, milliy o‘zlikni saqlagan holda zamonaviy taraqqiyotga erishish, kabi maqsadlarni ko‘zlagan edi. Jadidchilik harakatining XXasr boshidagi yetakchilari, hurriyatga yetishmoq uchun avvalo yosh avlodni Yevropa ilmlari darajasida tarbiyalash g‘oyasini ilgari surmoqda edilar. Ular tomonidan tashkil etilgan usuli jadid maktablari 1890-yilda Farg‘ona vodiysida, 1893-yilda Samarqandda ochilgan edi. Ilk jadidchilikning markaziy muammosi, zamonaviy maktab va zamonaviy ma’lumot edi. Shoir Sadriddin Ayniyning XX asr boshida yozilgan quyidagi sheridan jadidchilikning o‘sha paytlaridagi manzarasi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. “Maktabsizlik bizni qildi yapyalang‘och, Maktabsizlik bizni etdi talontaroj. Maktabsizlik Turon e’lin o‘ldirdi och Ko‘zingni och, bu xo‘rlikdan maktabga qoch”. Demak, ilk jadidlarning eng katta dardlari yangicha ya’ni zamonaviy maktab ochish masalasi edi[1]. Qrim-tatar ma’rifatparvari bo‘lgan Ismoilbek G‘aspirali 1884-yilda Bog‘chasaroyda birinchi jadid maktabiga asos soladi. 1893-yilda Ismoil G‘aspirali Buxoroga kelib amir bilan uchrashadi va yangi maktab ochishga muvaffaq bo‘ladi. Ismoilbek G‘aspirali tashabbusi bilan paydo bo‘lgan bu yangilikni Turkiston maktablarida Avloniy, Hamza, Shakuriy kabi pedagoglar hayotga joriy eta boshladilar va maktablar uchun qator darsliklar yaratdilar.Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Hoji Muin, Sadriddin Ayniy, Ishoqxon Ibrat kabilar ham jadidchilik faoliyatining yetakchilari bo‘lganlar. Ular o‘zlarining pedagogik qarashlarida yangi maktablar ochish, yangi darsliklar yaratish, bilimli talabalarni chet elga o‘qishga yuborish kabi g‘oyalarni ilgari surganlar. O‘rta Osiyo jadidlarining otasi deb sharaflangan Mahmudxo‘ja Behbudiy Toshkentda birinchi maktabga asos soldi. Behbudiyning muhim darsliklaridan biri “Kitobat-ul atfol’’ kitobidir. Ushbu kitobda o‘quvchilar xat yoki maqola yozayotgan vaqtlarida nimalarga ahamiyat berishlari zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu o‘quv GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 12 darsligi o‘lka miqyosida ta’lim-tarbiya muassasalarieski va yangi maktablar uchun katta ahamiyat kasb etdi. Talabalarga Turkiston, turkiylar tarixini o‘rgatishga alohida e’tibor berildiki, bu ularning milliy ongini uyg‘otishga, jamiyatni etnik jihatdan birlashtirishga xizmat qilardi. Mahmudxo‘ja Behbudiy O‘z urug‘i otini bilmagan, yetti otasini tanimagan qul manqurtdir degan so‘zlari talabalarni milliy o‘zlikni anglashga chaqirar edi. Munavvar qorining «Adibi avval», « Adibi Soniy», Mahmudxo‘ja Behbudiyning « Kitobatul atfol», «Bolalar maktubi», « Muxtasar tarixi islom», «Jug‘rofiya», Abdulla Avloniyning « Adabiyot», « Birinchi muallim», «Turkiy Guliston», «Maktab Gulistoni» kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori saviyaga ko‘tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma’naviy yetuk, o‘z xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o‘zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqarildi[2]. XX asr boshlarida jadid maktablari uchun ilk darsliklar yaratish Munavvar qori zimmasiga tushdi. U 19071920 yillar orasida o‘ngga yaqin turli fanlar bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratdi. Har qanday « fanniy dars ga muallif metodik tavsiyalar, ko‘rsatmalar beradi, ko‘rgazmali vositalardan foydalanish masalasiga o‘qituvchilar e’tiborini qaratadi: «Ushbu darslarni bir kurrasining masna yoki xaritalardan ko‘rsatib, dengiz va qit’alarni tushundurmak muallif afandilarning vazifasi lozimadalaridur»( Adibi soniy, 10bet). Jadidchi namoyandalardan biri bo‘lgan Abdulla Avloniy o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda, ularning og‘zaki nutqini o‘stirishda maktabning pastki sinflaridayoq ifodali o‘qish metodiga alohida e’tibor beradi. Shuning uchun ham muallifning «Birinchi muallim», « Ikkinchi muallim» darsliklari usuli jadid maktablarida keng qo‘llangan va bir necha bor qayta nashr qilingan[3]. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axoq» asari yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta’lim va axloqiy tarbiya berish uchun darslik sifatida o‘qitilgan Ushbu asarni chuqur o‘rganar ekanmiz, biz o‘sha davrdagi maktabdagi o‘quvchilarga dars berishda umuminsoniy va diniy qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodi, GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 13 Quron oyatlari,hadislar shuningdek,buyuk allomalarimizning hikmatli so‘zlaridan imkon qadar foydalanganliklarini ko‘ramiz. Bu esa ta’lim va tarbiyaning uzviylikda olib borilganiga misoldir[4]. Jadidchilik namoyandalaridan yana biri Ishoqxon Ibrat hisoblanadi. U 1885-yilda o‘z maktabiga asos solad. Uning maktabi hijo metodiga asoslangan «usuli qadim’’maktablaridan tubdan farq qilar edi. «Mana emdi banda o‘zum usuli savtiyaning avlodi islomg‘a yordamini ko‘rub o‘z masjidimizda maktab ochdim. Bir sanada ko‘b yoshlar, hattoki katta yoshga kirgan tujjorlardan o‘quv, xat-savodini chiqorib, maishat va tijoratlarida osonliklar mushohada qildilar’’-deb yozadi. Is’hoqxon Ibrat o‘z maktabiga nisbatan ilg‘or bo‘lgan, savodga o‘rgatishda ancha yengillik vujudga keltiruvchi usuli savtiyani-hozirgi atama bilan aytganda, «analitik tovush metodi»ni tatbiq qildi va uni «usuli qadim» tarafdorlaridan, mutassib din peshvolaridan himoya qildi[5]. Jadidlar xalqning milliy ongini uyg‘otish, xalqqa yangi g‘oyalarni singdirish uchun ko‘plab gazeta va jurnallar nashr etadilar Jadidlar 1905-yilga qadar o‘z gazetalarini chiqarishga imkon topa olmagandilar. Ular, 1906-yildan e’tiboran “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Osiyo”, “Buxoroi Sharif”, “Turon”, “Samarqand”, “Sadoi Farg‘ona”, “Sadoi Turkiston”, “Qozoq”, “Bolopon” gazetalarini, “Oyna” va “Isloh” va “Yurt” jurnallarini nashr etdilar. Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish mumkinki, jadidlarimiz xalqni mustaqil qilish uchun dastlab ilmni, ma’orifni yoyishga harakat qilganlar. Shu sababdan ko‘plab jadid maktablarini tashkil qildi. Yuqoridagi jadidlarning har biri maktab ta’limi uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqdi. Jadidlar milliy ta’lim sohasida amalga oshirgan islohotlar nafaqat o‘z davri, balki bugungi kun uchun ham nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Ularning sa’y-harakati tufayli o‘zbek xalqi zamonaviy ma’rifat sari katta qadam qo‘ydi. Jadidlarning merosi - bugungi ta’lim tizimining poydevorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 14 ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti 2. Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova «O‘zbekiston tarixi» Toshkent «IqtisodMoliya»-2016. 226-b. 3. U.Dolimov. «Turkistonda jadid maktablari». Toshkent «Universitet»-2006. 100108-betlar 4. [email protected], [email protected] maqolasidan 5. I.To‘ra Ibrat. «Jadidlar». Yoshlar nashriyot uyi, Toshkent 2022. 10-11-betlar. 6. Sh.Sh.Parmonov. The reasons for general Joʻrabekʼs transition to the service of the turkestan general-governorate: an analysis of historical. // Western European Journal of Historical Events and Social Science. Volume 3, Issue 5, May 2025. p165-169. https://westerneuropeanstudies.com/index.php/4/article/view/2560/1773