scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JAMIYATDA OILA, BOLA VA YOSHLAR HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

Ibadullayeva, Maftuna Ilhomboy qizi

Abstract

Ushbu maqolada jamiyatda oila, bola va yoshlar huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlar asosida ularning huquqiy himoyasini ta’minlash masalalari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z boradi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 15 DOI: https://10.5281/zenodo.17890652 JAMIYATDA OILA, BOLA VA YOSHLAR HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI Maftuna Ibadullayeva Ilhomboy qizi OʻzMPU Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi(huquq ta’limi) 1-kurs magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada jamiyatda oila, bola va yoshlar huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlar asosida ularning huquqiy himoyasini ta’minlash masalalari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: oila, bola, yoshlar, konstitutsiya, huquqiy kafolat, davlat siyosati, himoya, qonun. АННОТАЦИЯ В статье анализируются конституционные гарантии прав семьи, детей и молодёжи в обществе. Рассматриваются вопросы обеспечения их правовой защиты, а также приоритетные направления государственной политики, основанные на Конституции Республики Узбекистан, Семейном кодексе, законах «О правах ребёнка» и «О государственной молодёжной политике». Ключевые слова: семья, ребёнок, молодёжь, Конституция, правовые гарантии, государственная политика, защита, право. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 16 ABSTRACT This article analyzes the constitutional guarantees of the rights of the family, children and youth in society. It discusses the issues of ensuring their legal protection, as well as the priority areas of state policy, based on the Constitution of the Republic of Uzbekistan, the Family Code, the Laws "On the Rights of the Child" and "On State Policy on Youth". Keywords: family, child, youth, constitution, legal guarantee, state policy, protection, law. Hozirgi zamonaviy jamiyatda oila, bola va yoshlar huquqlarining qonuniy jihatdan kafolatlanishi har qanday davlatning asosiy ijtimoiy siyosat yo‘nalishlaridan biridir. Davlatning barqaror rivojlanishi, eng avvalo, oilaning mustahkamligiga, yoshlarning barkamolligiga va bolalarning to‘laqonli huquqiy himoyasiga bog‘liqdir. Shu bois O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida mazkur sohalarga alohida e’tibor qaratilgan. 2023-yilda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan yangi Konstitutsiyada oila, bola va yoshlar masalalari mustaqil bob — XIV bob “Oila, bolalar va yoshlar” shaklida ifodalangan bo‘lib. Konstitutsiyasida oila, bola va yoshlarning huquqiy himoyasi masalalari, 76–80-moddalar mazmuni asosida oila institutining jamiyatdagi o‘rni, bolalarning huquqiy maqomi hamda yoshlarning rivojlanishini ta’minlashga doir davlat kafolatlari yoritilgan bo‘lib. Bu o‘z navbztida avlat va jamiyat uchun oila, bola va yoshlar muhim o‘rin tutushining yaqqol dalilidir. Jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini sifatida oilada yoshlarning shakllanish jarayonida, uning axloqiy, ma’naviy va huquqiy dunyoqarashini rivojlantirishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosi deb e’tirof etilgan. Unga ko‘ra, davlat oila, onalik, otalik va bolalikni muhofaza etadi. Bu tamoyil ‘Oila kodeksi’da yanada batafsil mustahkamlangan. Mazkur hujjatda oila a’zolarining huquqlari, ularning o‘zaro majburiyatlari, nikoh, vasiylik va homiylik kabi institutlar huquqiy asosda tartibga solingan. Bu es mamlakatimizda oila, bola va GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 17 yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlatning asosiy burchi sifatida belgilanganligini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 76-moddasida bola jamiyat va davlat himoyasida ekani ta’kidlangan. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik huquqiy kafolatlangan. Bola huquqlari nafaqat milliy qonunchilikda, balki xalqaro me’yorlarda ham mustahkam o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi 1992-yilda ‘Bola huquqlari to‘g‘risida’gi BMT Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan bo‘lib, bu xalqaro hujjat asosida mamlakatimizda bola manfaatlarini ta’minlovchi ko‘plab qonunlar qabul qilingan. Yoshlar esa har qanday jamiyatning eng faol, ijodkor va istiqbolli qatlamidir. Shu boisdan ham ‘Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida’gi Qonun yoshlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash, davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga, ma’naviy kamolotiga oid kafolatlarni belgilab bergan. Bu qonun asosida har yili davlat miqyosida yoshlar siyosatini rivojlantirishga doir dasturlar amalga oshirilmoqda. Oila va yoshlar siyosatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qator farmon va qarorlar qabul qilingan. Xususan, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida oilani mustahkamlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish alohida yo‘nalish sifatida belgilangan. Jumladan, bola huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi, ularni kamsitish, zo‘ravonlikka duchor etish, ekspluatatsiya qilish qat’iyan man etiladi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim olish, mehnat qilish, ijodiy faoliyat yuritish va davlat boshqaruvida ishtirok etish huquqlari konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 18 Xulosa qilib aytganda, jamiyatida oila, bola va yoshlar huquqlari konstitutsiyaviy kafolati O‘zbekiston davlati siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada qabul qilingan qonun va normativ hujjatlar inson huquqlarini ta’minlashga, oila mustahkamligini ta’minlashga, bolalar manfaatini himoya qilishga, yoshlarning har tomonlama kamol topishiga, yoshlarning barkamol avlod sifatida voyaga yetishini qo‘llab-quvvatlashga, oilaning ijtimoiy institut sifatidagi rolini mustahkamlash uchun huquqiy asos yaratadi. Bu me’yorlar mamlakatimizda ijtimoiy adolat, insonparvarlik va farovonlik tamoyillarini mustahkamlaydi. Ma’lumki, jamiyat va davlatning kelajaki yosh avlod hisoblanadi. Bu o‘z navbatida davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantiradi. Demak, oila, bola va yoshlar huquqlarini himoya qilish O‘zbekistonning demokratik va huquqiy davlat sifatida taraqqiy etishining muhim kafolatidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023-yil tahriri). 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni – ‘2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi’. 3. O‘zbekiston Respublikasining ‘Oila kodeksi’. 4. O‘zbekiston Respublikasining ‘Bola huquqlari to‘g‘risida’gi Qonuni. 5. O‘zbekiston Respublikasining ‘Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida’gi Qonuni, 2016-yil 14-sentabr. 6. Ergashev I. ‘Yoshlarning ijtimoiy faolligi’. – T.: Akademiya, 2020. 7. Mamatqulov R.U. ‘Yoshlarda milliy manfaat va o‘zlikni anglash ruhiyatini tarbiyalash – taraqqiyotning muhim omili’.