ONA TILI TA'LIMIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ona tili ta’limida interfaol metodlardan o‘rinli foydalanish masalasi yoritilgan. Shuningdek, interfaol metodlar talabalarini o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifatini oshirishga yordam beradi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 53 DOI: https://10.5281/zenodo.17890833 ONA TILI TA’LIMIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Sattorova Xadicha Jabborovna Nizomiy nomidagi TDPU BTMN kafedrasi dotsenti ANNOTATSIYA Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ona tili ta’limida interfaol metodlardan o‘rinli foydalanish masalasi yoritilgan. Shuningdek, interfaol metodlar talabalarini o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifatini oshirishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: interfaol metodlar, ta’lim, shakllantirirsh , o‘zaro hamkorlik, sifatini oshirish, mantiqiy fikrlash , munozaralar, ko‘nikma, rivojlantirish . АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается целесообразность использования интерактивных методов в обучении будущих учителей начальной школы на родном языке. Кроме того, интерактивные методы способствуют повышению качества усвоения учащимися учебных материалов. Ключевые слова: интерактивные методы, образование, формирование, взаимодействие, повышение качества, логическое мышление, дискуссии, навыки, развитие.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 54 ABSTRACT This article examines the appropriate use of interactive methods in teaching students their native language. Interactive methods also help students improve the quality of their learning materials. Keywords: interactive methods, education, development, interaction, quality improvement, logical thinking, discussions, skills. Bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda dars rejasi (loyihasi)ni interfaol metodlar va axborot kommunikatsiya texnologiyalar asosida aniq va mukammal ishlab chiqish ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirish sifatini oshirishning muhim omilidir. Respublikamizda so‘nggi yillarda til o‘qitishga yangicha yondashish va takomillashtirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning huquqiy me’yoriy asoslari yaratilmoqda. “Mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yagona yondashuv asosida tubdan takomillashtirish, mazkur yo‘nalishda oliy ta’lim dasturlarini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish, shuningdek, ta’lim sohasida uzviylik va uzluksizlikni hamda ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsad qilingan.” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.04.2025 yildagi PF73-sonli Oʻqitish metodlari oʻqituvchining talabalar bilan muayyan maqsadlarga erishish yoʻlidagi faoliyatidan tarkib topgan boʻlib, kimga nimani qanday oʻrgatish zarurligi haqidagi masalalarni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun talabalarning bilish faoliyatlarini faollashtirish va ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari uchun qoʻllaniladigan interfaol metod va usullarni mos ravishda tanlash kelgusida kadrlar tayyorlashda oʻz samarasini beradi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol metod va didаktik ta’limiy o‘yinlаr talabalarning his-tuyg‘usigа tа’sir etib, undа o‘qishgа ijоbiy munоsаbаt vа qiziqish hislаtini tаrkib tоptirаdi. Bunda talabalarning dars jaraonida faol ishtiroki va o‘zlashtirish darajasi takomillashadi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 55 Talabalar faolligini oshirishga metodlarni to‘g‘ri tanlab, o‘quv-bilish faoliyatini oqilona boshqarish yordamida erishiladi. Dars jarayonida qo‘ydagi interfaol metodlardan o‘rinli foydalansa dars samaradorligini oshiradi. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida interfaol metodlardan foydalanish talabalarning faolligini oshirish, ularning o‘quv jarayoniga qiziqishini uyg‘otish va til ko‘nikmalarini rivojlantirishning eng samarali yo‘llaridan biridir. Interfaol metodlar talabalarni dars davomida faol ishtirok etishga undaydi, ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va o‘quv materialini yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish darslarida interfaol metodlardan foydalanishning afzalliklari: Interfaol metodlar talabalarni dars davomida passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. O‘quv jarayonining qiziqarli va dinamik bo‘lishi talabalarda o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi. Interfaol metodlar o‘quvchilarning o‘qish, yozish, gapirish va tinglash ko‘nikmalarini va tanqidiy rivojlantirishga yordam beradi. Munozaralar, guruhli ishlar va loyihalar talabalarda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va o‘z fikrlarini bayon qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Interfaol metodlardan foydalanish ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini qiziqarli, samarali va talabalar uchun foydali qiladi. O‘qituvchilar bu metodlarni o‘z darslarida qo‘llash orqali talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirishlari mumkin.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 56 “Insert” strategiyasi metodi Insert strategiyasi (Interactive Notetaking System for Effective Reading) – bu oʻqish jarayonida matnni chuqurroq tushunish, undagi asosiy gʻoyalarni ajratish va oʻzlashtirishga yordam beradigan interfaol usuldir. Insert – bu o‘quv jarayonida o‘z anglashini faol kuzatish uchun talaballarga imkoniyat beradigan kuchli vositadir. Maqsadi: talabalarga o‘quvchilarni matnni oxirigacha o‘qib, mazmunni anglab qayta hikoya qilishga o‘rgatish haqida metodik tavsiya berish. Vazifasi: faol bo‘lmagan talabalarni darsga qatnashishlarini ta’milash hamda qo‘shimcha m’lumotlarga ega bo‘lish. O‘qituvchi “Insert” strategiyasi interfaol metodidan “Hikoya o‘qitish metodikasi” mavzusini o‘tganda O‘qish savodxonligi darsligida berilgan Zamira Ibrohimovaning “Sayroqi qushcha ” hikoyasi matni ustida ishlashda foydalanish mumkin. “V” bilganlarimni tasdiqlaydi “ + ” Yangi axborot “ - ” bilganlarimga zid keladi “ ? ” meni o‘ylantirib qo‘ydi Sayroqi va go‘zal ovozli qushlar borligini bilaman. Qushning xafa bo‘lishi va sayramasligi menga yangilik bo‘ldi.Chumchuq bilan kanareykaning farqini bilib oldim. Nega birdan qo‘shning ovozi o‘chib qolishi mumkin? Bu haqida o‘ylab ko‘rmagan ekanmankana Kanareyka qanday sayrashi mumkin? Qo‘shning xafa bo‘lishiga nima sabab bo‘ldi? Buni tasavvur qilish qiyin. “Insert” strategiyasi "Sayroqi qo‘sh" hikoyasini tushunish va o‘zlashtirish uchun juda foydali interfaol metoddir. Ushbu metoddan foydalanish orqali o‘quvchilar nafaqat matnni yaxshiroq tushunadilar, balki o‘zaro muloqot qilish. o‘z fikrlarini bayon etish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar. Demak, ilgʻor pedagogik va interfaol metod ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o‘qituvchi, talaba, talabalar guruhi, shuningdek, jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish, gʻoyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta’lim oluvchi (talaba)ning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit hamda
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 57 muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga ega. Interfaol ta’limning eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan interfaol metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim maqsadlarni amalga oshirishda ma’lum darajada samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Eng muhimi o‘qituvchilar interfaol metodlarni tanlashda o‘rganilayotgan mavzu, muammo yoki hal qilinishi lozim bo‘lgan masalaga e’tibor qaratishlari lozim. Qolaversa, interfaol metodlarni qo‘llashda talabalar yoki o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, dunyoqarash darajasi, hayotiy tajribalari inobatga olinsa, dars samaradorligi yanada oshadi. Bu esa o‘qituvchilardan kasbiy mahorat, malaka, bilimdonlik, sezgirlik va intuitsiyaga ega bo‘lishni taqozo etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73son Fаrmоnі https://lex.uz/uz/docs/-7499721 2. Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Xoliqova Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi. Met.qo‘llanma.T.:TDPU, 2013 y. 3. Sattorova X. J .Boshlang‘ich sinf ona tili darslarda interfaol metodlardan foydalanish . European Multidisciplinary Journal of Modern Science . OAK tasarrufidagi Xalqaro nufuzli bazalarda indekslanadigan, yuqori impakt factorga ega bo‘lgan jurnal, № 6(75), 2022 g . 100-102 s 4. M.I. Toirova “O‘qish savodxonligi” darslik 4sinf uchun Iqism. O‘zbekiston NMIUda chop etilgan . 2023yil 80b. 5. Toirova M. Oʻqish savodxonligi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining – 3-sinfi uchun darslik. I qism./ Toshkent: “Novda Edutainment”, 2023. – 80 b. 64-bet.