scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MOTIVLAR VA EHTIYOJ IJTIMOIY FAOLLIK SIFATIDA

Arashova Dilfuza Hikmatovna; Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li

Full text

87 MOTIVLAR VA EHTIYOJ IJTIMOIY FAOLLIK SIFATIDA Arashova Dilfuza Hikmatovna Chirchiq davlat pedogogika universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi, 1-kurs, 25/3 guruh [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li ol[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17890868 Annotatsiya: Ushbu maqolada inson faoliyatining asosiy manbai bo‘lgan ehtiyoj va motivlar tushunchasi keng qamrovda tahlil qilinadi. Ehtiyoj va motivlarning inson faolligiga ta’siri, ularni shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Ehtiyoj va motivlarning o’xshash va farqli jihatlari berilgan. Maqolada psixolog olimlarning fikrlari, amaliy misollar va pedagogik nuqtai nazar ham keltiriladi. Kalit soʻzlar: Ehtiyoj, motiv, faollik, shaxsiy rivojlanish, psixologiya, motivatsiya, pedagogika. Abstract: This article comprehensively analyzes the concept of needs and motives, which are the main source of human activity. The impact of needs and motives on human activity, ways of their formation and development are considered. Similar and different aspects of needs and motives are given. The article also presents the opinions of psychologists, practical examples and pedagogical points of view Keywords: Needs, motives, activity, personal development, psychology, motivation, pedagogy. KIRISH: Ehtiyojlar shaxsning kunlik faoliyati va qarorlarida asosiy rol o‘ynaydi. Masalan, bolalarda o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni rag‘batlantirish orqali ularning darsdagi qatnashuvi va faolligi oshadi. Motiv - bu ehtiyojni amalga oshirish yo‘lidagi ichki kuch va istakdir. Motivlar shaxsning faoliyatini yo‘naltiradi, unga maqsad sari harakat qilishga yordam beradi. Maslou piramidasiga ko‘ra:Pastki darajadagi ehtiyojlar (ovqat, suv, xavfsizlik) qondirilgach, shaxs yuqori darajadagi motivlar - o‘zini rivojlantirish, bilim olish, ijodiy va kasbiy intilishlarga yo‘naltiriladi. Motivlar shaxsning qaror qabul qilishi, faoliyatga kirishishi va maqsadga erishishida katalizator rolini o‘ynaydi. Psixolog olim K. Levin motivni shaxsning faoliyatdagi qarorlariga ta’sir qiluvchi ichki kuch sifatida ta’riflagan. Shu bilan birga, motivlar ijtimoiy sharoit va muhit bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, jamiyatdagi qo‘llab-quvvatlash va rag‘bat motivlarni mustahkamlaydi. Ehtiyoj va motivlar faollik manbai sifatida:Ehtiyoj va motivlar insonning faolligini shakllantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Agar shaxs o‘z ehtiyojini anglab, unga mos motivlar ishlab chiqsa, u faol va samarali bo‘ladi. Amaliy misollar:alaba o‘z kelajagi va bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj tufayli darslarga faollik bilan qatnashadi. Bolalar o‘yin orqali ijtimoiy ehtiyojlarini qondirib, bir-biri bilan muloqot qiladi va faollik ko‘rsatadi.Motivatsiya jarayoni shaxsning o‘z-o‘zini anglashini, mas’uliyatni oshirishini va ijobiy 88 xulq-atvorni shakllantiradi. Shu sababli, ehtiyoj va motivlarni rivojlantirish pedagogik jarayonda muhim hisoblanadi. Ehtiyoj va motivlarni rivojlantirish yo‘llari: Shaxsiy maqsadlarni aniqlash va rag‘batlantirish: talaba yoki bola o‘z maqsadlarini aniqlab, ularga erishish uchun ichki kuch hosil qiladi. Salbiy motivlarni ijobiyga aylantirish: masalan, qo‘rquvni o‘rganish intilishiga aylantirish. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va hurmatni oshirish: o‘qituvchilar va ota-onalar rag‘bati motivatsiyani mustahkamlaydi. O‘z-o‘zini anglash va ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish: shaxsiy muvaffaqiyatlar va yaratuvchan ishlar ehtiyoj va motivlarni oshiradi. Pedagogik jarayonda bolalar va talabalarda motivlarni shakllantirish, ularning faoliyatini rag‘batlantirish orqali ularni ijobiy yo‘nalishga yo‘naltirish mumkin. XULOSA: Xulosa qilib shuni aytish joyizki,ehtiyoj va motivlar inson faolligining asosiy manbai bo‘lib, shaxsning shaxsiy rivojlanishi va muvaffaqiyatga erishishida muhim rol o‘ynaydi. Ularni to‘g‘ri aniqlash va rivojlantirish orqali insonning harakatlari samarali va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Pedagoglar va tarbiyachilar bolalarda ehtiyoj va motivlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratishi, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy o‘sishga imkon yaratishi zarur. Shu bilan birga, motivatsiya jarayoni shaxsning ichki kuchini oshiradi, faollik va ijodiy ishlarni rag‘batlantiradi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Prezident nutqlari va maqolalari, 2021–2023. 2. Maslow A.Mativatsiya psixologiyasi. - M.: Piter, 2019. 3. Levin K. Motivatsiya nazariy asoslari. - SPb.: Piter, 2018. 4. Mirzoev Sh.Shaxs psixologiyasi. - T.: Fan, 2020. 5. Prezident nutqlari va maqolalari, 2021–2023. 6. Rivojlanish psixologiyasi.O’quv qo’llanma. I. P. Pavlova. — M.: Prosveshchenie, 2022. 7. Dovzhenko V.Motivatsiya va shaxs.- Kiev: Naukova dumka, 2021. 8. Sokolova N. V. Faoliyat psixologiyasi.- M.: Akademiya, 2020. 9. Bekhtov V.Inson psixologiyasi. - SPb.: Piter, 2019.