scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QASHQADARYO HUDUDIDA TUPROQ DEGRADATSIYASI MUAMMOLARI

Mo'minov, Jasurbek Toshtemirovich

Abstract

Qashqadaryo viloyati yer resurslari tarkibida sug‘oriladigan yerlar salmoqli o‘rin tutadi. Viloyatning sug‘oriladigan yer maydonlari turlicha geoekologik jarayonlar ta ‘sirida bo‘lib ular ichida yerlarning sho‘rlanish darajasi va uning oldini olish masalalari dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur maqolada viloyat yer resurslarining sho ‘rlanish darajasini aniqlash va uning oldini olish chora-tadbirlari bayon etilgan.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 66 DOI: https://10.5281/zenodo.17890916 QASHQADARYO HUDUDIDA TUPROQ DEGRADATSIYASI MUAMMOLARI Mo‘minov Jasurbek Toshtemirovich Qarshi Davlat Texnika Universiteti magistranti ANNOTATSIYA Qashqadaryo viloyati yer resurslari tarkibida sug‘oriladigan yerlar salmoqli o‘rin tutadi. Viloyatning sug‘oriladigan yer maydonlari turlicha geoekologik jarayonlar ta ‘sirida bo‘lib ular ichida yerlarning sho‘rlanish darajasi va uning oldini olish masalalari dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur maqolada viloyat yer resurslarining sho ‘rlanish darajasini aniqlash va uning oldini olish chora-tadbirlari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: degradatsiya, yer resurslari, sug‘oriladigan yerlar, sho‘rlanish, tuproq darajasi. ПРОБЛЕМЫ ДЕГРАДАЦИИ ПОЧВ В КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ Муминов Джасурбек Таштемирович Магистрант Каршинского Государственного Технического Университета АННОТАЦИЯ Орошаемые земли занимают важное место в земельных ресурсах Кашкадарьинской области. На орошаемые территории региона воздействуют различные геоэкологические процессы, среди которых одной из актуальных GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 67 задач является повышение уровня засоления и его предотвращение. В данной статье описаны мероприятия по определению уровня засоления земельных ресурсов региона и его предотвращению. Ключевые слова: деградация, земельные ресурсы, орошаемые земли, засоление, уровень почвы. SOIL DEGRADATION PROBLEMS IN THE KASHKADARYA REGION Muminov Jasurbek Master’s student of Karshi State Technical University ABSTRACT Irrigated land occupies an important place in the land resources of Kashkadarya region. The irrigated land areas of the region are affected by various geoecological processes, among them, the level of salinity and its prevention is one of the urgent tasks. This article describes the measures to determine the level of salinity of the land resources of the region and its prevention. Key words: degradation, irrigation systems, land resources, irrigated land, salinity, soil level. KIRISH Qashqadaryo viloyati O‘zbekistonning janubida joylashgan bo‘lib, quruq va yarim quruq hududlar uchun xos bo‘lgan tuproq degradatsiyasi jarayonlari bu yerda kuchli namoyon bo‘ladi. Degradatsiyaning asosiy omillari-sho‘rlanish, shamol eroziyasi, suv tanqisligi va noto‘g‘ri sug‘orish amaliyotlaridir. So‘nggi yillarda suv ta’minoti tizimlarining eskirishi, yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi, agrotexnik tadbirlarning yetarli darajada qo‘llanilmasligi tuproq unumdorligini pasaytirgan. Tuproqning organik moddalar miqdori kamaymoqda, strukturasi buzilmoqda va o‘simliklar uchun qulay sharoit yetishmayapti. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 68 ASOSIY QISM Hozirgi kunda Yer shari aholisining ko‘payib borishi bilan bir vaqtda uning oziqovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabining ortib borishi, o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish va ularning tarkibini takomillashtirish masalalarining dolzarbligini belgilab beradi. Yer shari aholsining yashashi va mehnat faoliyatini yuritish uchun eng avvalo yer resuslari muhim ahamiyat kasb etadi. Yer resurslaridan foydalanishni tartibga solishning iqtisodiy vositalarini joriy qilish xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan ekologik talablarga zid, ekstensiv foydalanish faoliyatini chegaralaydi. Bu esa yer resurslaridan foydalanishda uning sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishini talab etadi. Yerning sifatini hisobga olish uning tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi sifatidagi qimmatini belgilab beruvchi belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday belgilar jumlasiga yerlarning tuproq, o‘simliklar va relyef tuzilishi bo‘yicha tavsifi tuproqning suv va shamol eoziyasiga uchraganligi, botqoqlashganligi, sho‘rlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, oziqlanuvchi moddalar bilan ta’minlanganligi va boshqalar kiradi. Bu omillarni hisobga olgan holda yer resurslaridan oqilona foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Bunday holatni Qashqadaryo viloyati misolida ko‘rganimizda quyidagi manzaralarga duch kelamiz. Qashqadaryo viloyatining umumiy yer maydoni 2856,8 ming gektarni tashkil etadi (2020 yil yanvar holatida). Shu jumladan sug‘oriladigan yerlar 513,3 ming gektarga teng. Viloyatda jami ekin yerlari 675,4 ming gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan qismi 417,3 ming gektarga teng. Ko‘p yillik daraxtzorlar jami maydoni 38,9 ming gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan qismi 36,6 ming gektar. Bo‘z yerlarning jami maydoni 21,9 ming gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan qismi 4,6 ming gektarga teng. Pichanzor va yaylovlar jami maydoni 1406,5 ming gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan qismi 0,1 ming gektarga teng. Jami qishloq xo‘jaligi yerlari 2143,3 ming gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan yerlar 417,2 ming va lalmi yerlar 253,2 ming gektardan iborat. Tomorqa yerlari jami maydoni 80,4 ming gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan qismi 48,7 ming gektarga teng. O‘rmonzorlar jami maydoni 164,2 ming gektarni, bog‘lar va uzumzorlar 35,7 ming gektarni tashkil etadi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 69 Bog‘dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilik uyushmalarining jami yerlari 0,3 ming gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan qismi 0,2 ming gektarga teng va boshqa yer maydonlari 450,8 ming gektarni tashkil qiladi. Viloyatda 2020 yil ko‘rsatkichi bo‘yicha jami sug‘oriladigan ekin maydonlari 513,3 ming gektar yer mavjud bo‘lib, shundan sho‘rlanadigan yerlar maydon 230,9 ming gektarni ya’ni 45 % dan ortiqroq qismini tashkil qiladi. Sho‘rlanishning eng katta ko‘rsatkichi Qarshi cho‘li va havzasiga to‘g‘ri kelib, bu hududlar viloyatdagi asosiy sug‘oriladigan hududlar hisoblanadi. Sug‘oriladigan hududlarda paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik qilinadigan hududlarning landshafti va xakozo. Chalacho‘l landshaftlarning iqlim sharoitlari dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay. Tog‘- chalacho‘l landshaftlari tarqalgan hududlar g‘alla yetishtiriladigan lalmikor dehqonchilikda foydalaniladi. Bundan tashqari, bu yerda bog‘dorchilik, uzumchilik va go‘sht-sut yo‘nalishidagi chorvachilik ham rivojlangan. Adirlar va past tog‘larning landshaftlari yaylovlari va pichanzorlar sifatida foydalaniladi. Sug‘orish dehqonchilikni intensivlashtirish va tabiiy landshaftlarni o‘zgartirishning kuchli omili bo‘lib, u o‘z ichiga bir qancha majmuali xo‘jalik tadbirlarini biriktiradi. Bular: qurilish, irrigatsiya sistemalari (kanallar, suv omborlari va. b), yer tuzish, qishloq xo‘jalik maydonlarini va aholi tomorqalarni sug‘orish, qishloq xo‘jalik ekinlarini qayta ishlash va boshqalar. Natijada sug‘oriladigan yerlarda tabiat komponentlari (relyef, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, tuproq, grunt suvlari, mikroiqlim va.b) sezilarli ravishda o‘zgaradi. Arid iqlimli Qashqadaryo viloyatning Qarshi cho‘li yerlarini sug‘orish natijasida qayta sho‘rlanish, zax bosish (botqoqlanish), irrigatsiyali eroziya, cho‘kish va boshqa salbiy ta’sirlar kuzatiladi. Sug‘oriladigan yerlarning kengayishi asosan Qarshi cho‘lida sug‘orilayotgan yerlarning qayta sho‘rlanishi natijasida kengayib bormoqda. Qarshi cho‘lini majmuali o‘zlashtirish va sug‘orishga tayyorlash oldidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda bu yerda o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan 1,0 mln. gektar maydonning 80 % qismida tuproqlar turli darajada sho‘rlanganini ko‘rsatgan edi. Kuchli sho‘rlangan tuproqlar G‘uzordaryo va Qashqadaryoning konussimon GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 70 yoyilmalarida, janubiy - sharqiy tog‘oldi tekisliklarida va qadimiy qoldiq platolar atrofida mavjud. O‘rganishlar natijasida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumoti bo‘yicha (2020 yil 1-yanvar holati) viloyatda jami sho‘rlanmagan maydon 54,8 %, jami sho‘rlangan maydon 45,2 % bo‘lib, shundan kuchli sho‘rlangan maydon 1,9 %, kuchsiz sho‘rlangan maydon 35,9 % va o‘rtacha sho‘rlangan maydon 7.4% ni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatida ayni paytda tuproqlarning va suvlarning sho‘rlanish darajasi agrotexnik tadbirlarning nooqilona olib borilishi, ya’ni mineral o‘g‘itlardan meyoridan ortiq foydalanish va zararkunandalardan himoya qilish maqsadida zaharli kimyoviy vositalaridan foydalanilib kelinganligi oqibatida xam kuchayib bormoqda. Ayniqsa, vohaning arid tekisliklarida yog‘inning juda kamligi, tuproqdan namning ko‘p bug‘lanishi, tuproqlarni sho‘r bosishini kuchaytiradi. Havo haroratining sutkalik va yillik amplitudasining keskin o‘zgarib turishi nurashni kuchaytiradi. Tuproqni shamol eroziyasi (deflyatsiya) quruq iqlimli, yillik bug‘lanish yillik yog‘in-sochin miqdoridan ortiq, bahor va yoz oylarining harorati yuqori va havoning nisbiy namligi past bo‘lgan yerlarda tarqalgan. Shamol eroziyasini ikki turga: tuproqning mahalliy yoki kundalik eroziyasi va chang bo‘ronli eroziyasiga bo‘ladilar. Shamol eroziyasining oldini olish uchun tuproqlarga ular nam bo‘lganda ishlov berish kerak. Yerlarni haydash va jo‘yak olishda kuchli shamollarning yo‘nalishi hisobga olinishi lozim. Bir yillik ekin ekiladigan dalalar oralig‘ida ko‘p yillik o‘simliklardan iborat shamol to‘siqlar bunyod etish, ariq va kanallar bo‘yiga daraxt ekish tavsiya etiladi. Shamol mayda zarralarni uchirib, tuproq toshloq bo‘lib qolgan yerlarni bahorgi loyqa suvlar bilan bostirib sug‘orish lozim. Qashqadaryo viloyatida tezligi kuchli keying ikki yilda shamollar soni meteostansiyasida quyidagicha ko‘rinishda: Qarsida 45 kun, Guzorda 35 kun, Chimqo‘rg‘onda 27 kun, Muborakda 26 kun Oqrabotda va Dehqonobodda 25 kunni tashkil etgan. Qashqadaryo viloyatida vujudga kelgan degredatsiyalashgan yerlar qishloq xo‘jalik ekin maydonlariga, yaylovlarga va ekosistemalariga katta zarar yetkazmoqda. Shuningdek, hudud tabiatiga antropogen ta’sirning kuchliligi landshaftekologik GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 71 muammolarni keltirib chiqarmoqda hamda ekotizimlarning o‘zaro modda va energiya almashinuvida va muvozanatini buzilishiga sabab bo‘lmoqda. XULOSA Muammoni hal etish uchun quyidagi choralar samarali: tuproqni mulchalash, tomchilatib sug‘orish tizimlarini kengaytirish, o‘rmonzorlarni restavratsiya qilish va barqaror yer resurslari boshqaruvini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan salbiy holatlar sabablarini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni ilmiy-amaliy asoslangan yechimlarini topish, tuproqlar degradatsiyasi, ayniqsa sho‘rlanish jarayonlarini oldini olish, uni sodir etgan oqibatlarini bartaraf etish, sug‘oriladigan yerlari unumdorligi va mahsuldorligi hamda ekinlar hosildorligini oshirish maqsadga muvofiq. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Abdullayev X.A “Biogeoximiya va tuproq muhofazasi asoslari” Toshkent, “O‘qituvchi” 1989 yil 2. Abdullaev S.I. Aholining o‘sishiga bog‘liq holda yer zaxiralaridan oqilona foydalanish. - “Muxandisldik-ekologiya yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish uslubiyoti va ilmiy izlanishlar” mavzusidagi Respublika ilmiy uslubiy seminarining ilmiy ishlar to‘plami. T., 2002 58-60 b 3. Doshchanov M.V “O‘zbekistonda tuproq eroziyasi va qarshi kurash”. O‘zbekiston “Bilim” jamiyati. Toshkent 1967 4. Eshboyev B.T, Yusupov Sh.D. Tabiiy resurslardan nooqilana foydalanishning muammolari “O‘zbekistonning innovatsion taraqqiyotida yoshlarning o‘rni” mavzusidagi yosh olimlar va iqtidorli talabalarning respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami. Qarshi 2023, (344-346 b.). 5. Xushmurodov F.M, Ahmedova K, Hamroqulova Sh. Qashqadaryo viloyati sug‘orma dehqonchiligining shakllanishida yer resurslaridan foydalanishning tabiiy salohiyati "Экономика и социум" №2(117)-1 2024 6. Muxamedov G. “Tuproq eroziyasi” dehqonchilik uchun katta ofat. Toshkent, GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 72 “O‘zbekiston” 1975 7. Абдуллаев С.И., Жанкобилов И.Х., Мукумова Х.И. “Сугорма дехкончилик геоэкологияси”. География ва геоэкология. -Самарканд, 2017. -Б. 30-35. 8. Гарифуллин Ф.Ш. “Оптимальные параметры почв и урожай сельскохозяйственных культур. Почвенные условия и эффективность удобрений”. - Уфа, 1984. С. 3-12. 9. Рахмонов К. Р. “Метеорологик кургодчиликка идлим узгаришининг таъсирини бахолаш”. “Янги узбекистонда география фани ва таълимидаги муаммолар” Республика илмий-амалий конференцияси материаллари Жиззах - 2022. 405-408 b.