ADVOKAT FAOLIYATIDA YURIDIK TILNING AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqola advokatlik faoliyatida yuridik tilning o‘rnini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Unda yuridik tilning asosiy xususiyatlari, huquqiy normalarni aniq talqin qilishdagi ahamiyati, sud jarayonlarida va huquqiy hujjatlar tayyorlashda tutgan o‘rni atroflicha yoritiladi. Shuningdek, advokatning mijoz bilan muloqotida yuridik tilni sodda shaklda qo‘llash zarurligi va til madaniyatining professionallikka ta’siri tahlil qilinadi. Maqola advokatlik faoliyatining samaradorligi yuridik tilni mukammal bilish bilan uzviy bog‘liq ekanini asoslaydi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 73 DOI: https://10.5281/zenodo.17891000 ADVOKAT FAOLIYATIDA YURIDIK TILNING AHAMIYATI Asadullayev Ulug‘bek Baxtiyor o‘g‘li Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Nazarova So‘g‘diyona Dilmurod qizi Namangan davlat universiteti “Yurisprudensiya” yo‘nalishi 1-kurs talabasi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqola advokatlik faoliyatida yuridik tilning o‘rnini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Unda yuridik tilning asosiy xususiyatlari, huquqiy normalarni aniq talqin qilishdagi ahamiyati, sud jarayonlarida va huquqiy hujjatlar tayyorlashda tutgan o‘rni atroflicha yoritiladi. Shuningdek, advokatning mijoz bilan muloqotida yuridik tilni sodda shaklda qo‘llash zarurligi va til madaniyatining professionallikka ta’siri tahlil qilinadi. Maqola advokatlik faoliyatining samaradorligi yuridik tilni mukammal bilish bilan uzviy bog‘liq ekanini asoslaydi. Kalit so‘zlar: yuridik til, huquqiy madaniyat, hujjatlar tuzish, advokatlik faoliyati, huquqiy terminalogiya,sud nutqi,himoya strategiyas. So‘nggi yillarda O‘zbеkistonda amalga oshirilayotgan kеng qamrovli islohotlar inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash hamda fuqarolarning adolatga erishish imkoniyatlarini kеngaytirishga qaratilgan. Bu
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 74 jarayonda advokatura instituti alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki kuchli va mustaqil advokatura – huquqiy dеmokratik davlatning tayanch ustunlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash huquqiy dеmokratik jamiyatning muhim tamoyillaridan biri dеsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday ekan, qonunlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra adolatli kuchga ega bo‘lib, хalq uchun aniq, tushunarli bo‘lmog‘i lozim, mе’yoriy hujjatlar tili puхta, ravon, aniq, tushunarli tilda bo‘lishi – zamon talabidir. Biroq, asosiy mavzuga o‘tishdan avval yuridik til haqida ozroq tushuncha hosil qilib olaylik. Zotan, bu maqolamiz mavzusini yoritib bera olishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuridik til – bu huquqiy normalarni ifodalovchi, rasmiy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi maхsus til tizimidir. Ushbu tilda yaratilgan aхborot – qonunlar, qarorlar, farmoyishlar, shartnomalar, protsеssual hujjatlar – aholiga va mutaхassislar auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning mazmunini to‘g‘ri anglash huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda asosiy omillardan biridir. Bu jarayonda yuridik tilning kommunikativ funktsiyasi muhim o‘rin tutadi. Yuridik til adabiy tilning tarkibiy qismi, o‘ziga xos ko‘rinishga ega til bo‘lib, asosan, qonunchilik va rasmiy doirada qo‘llanadi. Ya’ni yuridik til o‘ziga xos lug‘aviy birliklari, gap qurilishi, uslubiy jihatlari hamda huquqqa oid tushunchalarni ifodalovchi terminlari bilan ajralib turadi. Barcha huquq manbalari yuridik tilda yoziladi. Tergov jarayoni, sud, advokat faoliyati, qonunlar ifodasi ham yuridik til asosida o‘z in’ikosini topadi. Qonun haqida subyektiv fikrlarni etkazish vositasi yuridik til bo‘lib, ko‘p hollarda me’yoriy jihatdan maxsus matnlar shaxs, jamiyat yoki davlat uchun bir martalik yoki doimiy ahamiyatga ega bo‘lgan narsani ma’lum bir davr uchun belgilash orqali amalga oshiriladi. Advokatlik instituti demokratik jamiyatda adolatni ta’minlash va fuqarolar hamda tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Advokatning professional faoliyatining samaradorligi nafaqat huquqiy bilimga, balki yuridik tilni mukammal bilish va to‘g‘ri qo‘llashga bog‘liq. Yuridik til advokatning
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 75 asosiy quroli bo‘lib, hujjat tayyorlash, sud nutqi, mijoz bilan muloqot, vakillik va huquqiy maslahat berish kabi faoliyatning barcha jihatlarida markaziy o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni (1-modda) advokaturani mustaqil va ko‘ngilli kasbiy birlashma sifatida belgilaydi. Qonun advokatning vazifalari, huquqlari, advokatlik kafolatlari va etikasi, shuningdek huquqiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Advokatning huquqiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda yuridik til orqali amalga oshadi: • qonun va normativ hujjatlarni to‘g‘ri talqin qilish; • sud jarayonida argumentlarni mantiqan asoslash; • huquqiy hujjatlarni (ariza, shikoyat, da’vo) rasmiylashtirish; • mijozga huquqiy maslahat berish va huquqiy himoya strategiyasini shakllantirish. Yuridik tilning aniqligi va qat’iyligi advokatning professional pozitsiyasini mustahkamlaydi, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan muloqotda xatoliklarni kamaytiradi. Yuridik til va yozuv har xil noo‘rin qaytariqlar, so‘z takrorlari, tushunilishi qiyin ifodalar hamda ortiqcha sifatlashlar, ko‘chma ma’noli so‘zlardan xoli bo‘lishi lozim. Yuridik til va yozuvda o‘zlashmagan xorijiy so‘zlar va terminlar qo‘llanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. O‘zlashgan terminlar bundan mustasnodir. Misol tariqasida хalq orasida qo‘p tarqalgan qo‘yidagi so‘zlarni kеltirishimiz mumkin: "dеkrеt" so‘zi o‘zlashmagan хorijiy so‘z bo‘lib, o‘shbu jumla o‘rniga yuridik tilda "homiladorlik va to‘g‘ish ta’tili" so‘zi ishlatiladi, "otpusk" so‘zini ham o‘rniga yuridik tilda "yillik mеhnat ta’tili" so‘zi qo‘llanilishi lozim. Tilshunoslikning talabiga ko‘ra, biror bir tilga boshqa tildan so‘z yoki so‘z birikmasi o‘zlashtirilsa, bunda o‘sha so‘z yoki fikrning originaldagi ma’nosi diqqat-e’tiborda bo‘lmog‘i shart, aksa holda so‘z mavqеiga putur yetadi. Advokatning kundalik faoliyati turli huquqiy hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni tayyorlashda yuridik tilning to‘g‘ri qo‘llanishi muhimdir. O‘zbekiston Respublikasi
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 76 Fuqarolik-protsessual kodeksi (FPK) va Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK) hujjatlar tuzishda qat’iy talablarni belgilaydi. Hujjat tayyorlashda e’tibor beriladigan jihatlar: 1. Mantiqiy izchillik — fakt va dalillar bosqichma-bosqich bayon qilinishi. 2. Terminlar to‘g‘ri qo‘llanishi — “davogar”, “javobgar”, “vakillik”, “dalil” kabi yuridik atamalar. 3. Qonuniy asos keltirilishi — har bir talab yoki e’tiroz normativ hujjat bilan asoslangan bo‘lishi. 4. Rasmiy uslub — ortiqcha hissiyot va subyektiv baho bo‘lmasligi. Shu bilan birga, “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalari advokatga hujjatlarni rasmiylashtirishda qonuniy kafolatlar beradi va huquqiy mas’uliyatni belgilaydi. Sud nutqi — advokatning professionalligi va yuridik tilni bilish darajasini namoyish etadigan asosiy vosita hisoblanadi. Sudda advokat: • dalillarni qonuniy asosda taqdim etadi; • qonun normalarini to‘g‘ri talqin qiladi; • mijoz manfaatini himoya qiladi; • sudyaga o‘z argumentlarini aniq va ishonchli tarzda yetkazadi. Yuridik tilning puxta qo‘llanishi sud jarayonida advokatning obro‘sini oshiradi va ishning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuridik til professional tusga ega bo‘lgani sababli, oddiy fuqarolar uchun murakkab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun advokat mijoz bilan muloqotda yuridik tilni sodda va tushunarli qilib yetkazishi zarur. Bu quyidagi jihatlarni ta’minlaydi: • mijoz huquqiy vaziyatni to‘liq anglaydi; • advokatga bo‘lgan ishonch oshadi; • himoya strategiyasini birgalikda belgilash osonlashadi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 77 Shuningdek, advokatning yuridik tilni moslashuvchan qo‘llashi — uning kasbiy madaniyati va etik me’yorlariga ham bog‘liqdir Advokatning nutqi va yozma hujjatlari uning kasbiy madaniyati va yuridik kompetensiyasini aks ettiradi. Advokatura to‘g‘risidagi Qonun advokatning etik majburiyatlarini belgilaydi, shu jumladan advokatlik sirini saqlash, mijozning maxfiyligini himoya qilish va professional etikaga rioya qilish. Yuridik tilni to‘g‘ri qo‘llash — advokatning ishonchli va professional obrazini yaratadi, sud va jamiyat oldidagi obro‘sini oshiradi. Taklif: Advokatlar yuridik tilni yaxshi bilishi va amaliyotda doimiy qo‘llashi kerak. Shu orqali hujjatlarni aniq va tartibli tayyorlash, sudda nutqni samarali olib borish va himoya strategiyasini to‘g‘ri amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Mijoz bilan muloqotda yuridik tilni sodda va tushunarli ishlatish ishonchni oshiradi va himoyani samarali qiladi. Shuningdek, advokatlik etikasi va sir saqlash qoidalariga rioya qilish kasbiy obro‘ni mustahkamlaydi. Yuridik ta’lim va malaka oshirish kurslarida yuridik tilni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mashg‘ulotlar kiritilishi lozim. XULOSA Advokatlik faoliyatida yuridik til advokatning kasbiy kompetensiyasini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Yuridik til advokatga sud jarayonida dalillarni mantiqan asoslash, hujjatlarni aniq va rasmiy uslubda tayyorlash, mijoz bilan samarali muloqot qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, u advokatlik sirini saqlash va etik me’yorlarga rioya qilishni ta’minlab, kasbiy obro‘ni mustahkamlaydi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston. 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni. T.: Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz). 1996-yil 27-dekabr. 3. O‘zbekiston Respublikasining Fukarolik protsessuap kodeksi. T.: Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz). 2018-yil 1-aprel.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 78 4. Ziyamuxamedova Sh. “Davlat tilida ish yuritish” / akademik yozuv [Matn]: darslik. - T.: TDYU nashriyoti, 2023.-176 b. 5. Mahmudov N.M., Koʻchimov Sh. N., Sharipova N.E. Yuridik terminlarning ruschaoʻzbekcha lug‘ati. Toshkent, 2021-y., 208 bet. 6. Sodiqov A.K. “Yuridik tехnika” daslik. T. TDYuU nashriyoti, 2024.-400 b. 8.https://www.uzmarkaz.uz/uzc/news/yuridik-til-tushunchasi-va-uning-asosiyxususiyatlari.