scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINFDA XALQ OG'ZAKI IJODI ASARLAR USTIDA ISHLASHDA TA'LIMIY O'YINLARDAN FOYDALANISH

Sattorova, Xadicha Jabborovna; Ibragimova, Mohida Nurullayevna

Abstract

Mazkur maqolada o‘qish savodxonligi darslarida xalq og‘zaki ijodi asarlar ustida ishlashda ta’limiy o‘yinlardan o‘rinli foydalanish masalasi yoritilgan. Shuningdek, ta’limiy o‘yinlar o‘quvchlarini o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifatini oshirishga yordam beradi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 92 DOI: https://10.5281/zenodo.17891825 BOSHLANG‘ICH SINFDA XALQ OG‘ZAKI IJODI ASARLAR USTIDA ISHLASHDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH Sattorova Xadicha Jabborovna Nizomiy nomidagi O‘zMPU BTMN kafedrasi dotsenti Ibragimova Mohida Nurullayevna Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti BT 401-guruh talabasi ANNOTATSIYA Mazkur maqolada o‘qish savodxonligi darslarida xalq og‘zaki ijodi asarlar ustida ishlashda ta’limiy o‘yinlardan o‘rinli foydalanish masalasi yoritilgan. Shuningdek, ta’limiy o‘yinlar o‘quvchlarini o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifatini oshirishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: xalq og‘zaki ijodi, ta’limiy o‘yin, ertak, maqol, topishmoq, tez aytish, dostonlar, boyitish, vatanparvarlik, mantiqiy fikrlash. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается целесообразность использования развивающих игр на уроках чтения и грамоты при работе с произведениями народного устного творчества. Кроме того, развивающие игры способствуют повышению качества усвоения материала учащимися. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 93 Ключевые слова: народное устно.е творчество, развивающая игра, сказка, пословица, загадка, скороговорка, былины, обогащение, патриотизм, логическое мышление ABSTRACT This article examines the feasibility of using educational games in reading and literacy lessons when working with works of folklore. Furthermore, educational games contribute to improving the quality of student learning. Keywords: folklore, educational game, fairy tale, proverb, riddle, tongue twister, epics, enrichment, patriotism, logical thinking Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarning shaxsiy fazilatlarini shakllantirish, milliy qadriyatlarni singdirish va estetik didni rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Aynan shu davrda o‘quvchilar xalq og‘zaki ijodi bilan yaqindan tanishib, xalq donishmandligidan bahramand bo‘ladilar. Ertaklar, maqol va matallar, topishmoqlar, dostonlar bolalarni ezgulikka undaydi, ularda tafakkur, nutq va ma’naviy ongni rivojlantiradi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz 1 ” degan da’vatlari ta’limning sifatli va samarali tashkil etilish zarurligini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, boshlang‘ich sinfda xalq og‘zaki ijodi asarlar ustida ishlashda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish dars jarayonini nafaqat qiziqarli va jonli qiladi, balki o‘quvchilarning ma’naviy, madaniy va tafakkurni o‘sishiga ham xizmat qiladi. Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Xalq so‘zi. 2016-yil 16-dekabr GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 94 Boshlang‘ich sinfda xalq og‘zaki ijodi asarlaridan foydalanishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda axloqiy me’yorlar, ma’naviy ong va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishdir. Maqol, matal, ertak, topishmoq va dostonlar xalq donishmandligining asrlar davomida shakllangan mahsuli bo‘lib, o‘quvchilar ongiga tez singadi. Boshlang‘ich ta’limda xalq og‘zaki ijodi muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, vatanparvarlik, o‘z xalqining o‘tmishiga hurmat, uning an’analarini o‘rganish, jamiyatda axloqiy-tarbiya, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirishga imkon beradi. Xalq og‘zaki ijodi o‘quvchining og‘zaki nutqini rivojlantiradi, uning ma’naviy rivojlanishi va tasavvuriga ta’sir qiladi. Maqol va matallar bolalarga asrlar davomida sinovdan o‘tgan va bizning davrimizda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan xalq donoligini o‘rgatadi. Topishmoqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarga mantiqiy fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi. Tez aytishlar o‘quvchilarga nutq nuqsonlarini bartaraf etish, og‘zaki nutqni rivojlantirish, mantiqiy to‘g‘ri gaplar qurish imkonini beradi. Didaktik ta’lmiy o‘yin - ta’lim beruvchi usul bo‘lib, muayyan ta’limiy maqsadlarga erishish va o‘tilgan o‘quv materiallarini aniqlashga, mustahkamlashga qaratilgan bo‘ladi. Ta’lmiy o‘yinni o‘tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Xalq og‘zaki ijodi asarlarni o‘rganishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. “Davomini top” o‘yini bunda oʻquvchilar maqol va matallarni eslab qolish, mazmunini anglash kerak boʻladi. Oʻqituvchi maqolning bir qismini aytadi, o‘quvchilar uni davom ettiradi. Aytar soʻzni ayt, aytmas ………(soʻzdan qayt) Vataning tinch..... (Sen tinch) Doʻst achitib gapirar, ……..(dushman – kuldirib) Ona yurting omon bo‘lsa, Rangi ro‘ying ……….(somon bo‘lmas) O‘z yurtingning Qadri O‘zga ……………..(yurtda bilinear) GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 95 “Sehrli qop” o‘yini oʻquvchilar xalq ertaklari va qahramonlarini eslab qolishi kerak boʻladi. Qop ichiga ertak qahramonlari (Zumrad, Qimmat, Boy-bola, Yalmog‘iz kampir) yozilgan kartochkalar solinadi. O‘quvchi kartochkani olib, unga oid ertakni aytib beradi yoki qisqa ta’rif beradi. Masalan: Zumradning halolligi, mehnatsevarligi , Qimmatning dangasalik va yomon xulqi haqida misollar keltiradi. “Kim topog‘on” o‘yini oʻquvchilarning tafakkurni charxlash, tezkor javob berishni rivojlantiradi. Guruhlar bir-biriga topishmoqlar aytadilar, raqib guruh tezda javob qaytaradi. Zar gilam, zar-zar gilam, Ko‘taray desam, og‘ir gilam. (Yer) O‘zi uzun, beli ingichka, boshi temir. ( igna) “Kim g‘olib?” o‘yindan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun sinf ikki guruhga ajratiladi, xalq qo‘shiqlardan misol keltiradi va aytishadi . Ma’lum bir belgilangan vaqt ichida ko‘p misol topgan guruh g‘olib sanaladi. Demak, xalq og‘zaki ijodi asarlari ustida ishlashda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarda topqirlik, chaaqqonlik, tez harakat qilish jarayonlari shakllanibiradi hamda darsga qiziqish va o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifatini oshirishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Xalq so‘zi. 2016-yil 16-dekabr 2. 4. M.I. Toirova “O‘qish savodxonligi” darslik 4sinf uchun Iqism. O‘zbekiston NMIUda chop etilgan . 2023yil 80b. 3. Sh.U.Sariyev, G.U.Raxmanova. O‘zbеk adabiyotini o‘qitishda yangi pеdagogik tеxnologiya usullarini qo‘llash. – T.: Science and innovation, 2022. – 531-533-b. 4. Boymurodova G, Sаttorovа X vа boshqаlаr. Oʻqish 3-sinf uchun. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma. Toshkent: Sharq, 2016–yil 5. Toirova M. Oʻqish savodxonligi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining – 3-sinfi uchun darslik. I qism./ Toshkent: “Novda Edutainment”, 2023. – 80 b. 64-bet.