Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 128 DOI: https://10.5281/zenodo.17892431 O‘QITUVCHI KASBIY FAOLIYAT SAMARADORLIGINI METAKOGNITIV OMILLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI Raximov Zoyir Jumayevich Navoiy innovatsiyalar universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o‘qituvchining kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishda metakognitiv omillar va ularning pedagogik-psixologik mexanizmlari tahlil qilingan. Xususan metakognitiv jarayonlar — rejalashtirish, monitoring, o‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya, kognitiv moslashuvchanlik kabi komponentlarning ta’lim jarayoniga ta’siri uning shakllanishida va bu muammolarni o‘ziga xos usullar bilan bartaraf etish yo‘llari nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida asoslangan. O‘zbekiston ta’lim tizimi sharoitida o‘qituvchilarning metakognitiv kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan model ishlab chiqildi va pedagogik eksperiment orqali sinovdan o‘tkazildi. Natijalar metakognitiv kompetensiyalarni rivojlantirish orqali o‘qituvchilarning kasbiy samaradorligini 30–40% ga oshirishga imkon berishini ko‘rsatdi. Maqolada metakognitiv treninglar, reflektiv amaliyotlar, “o‘z-o‘zini boshqarish” texnologiyalari hamda kasbiy refleksiya tizimini keng joriy etishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: metakognitsiya, o‘qituvchi kompetensiyasi, refleksiya, monitoring, kasbiy o‘sish, pedagogik psixologiya, o‘z-o‘zini boshqarish.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 129 PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL MECHANISMS OF IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF TEACHER PROFESSIONAL ACTIVITY ON THE BASIS OF METACOGNITIVE FACTORS ABSTRACT This article analyzes metacognitive factors and their pedagogical-psychological mechanisms in increasing the effectiveness of the teacher’s professional activities. In particular, the influence of components such as metacognitive processes — planning, monitoring, self-control, reflection, cognitive flexibility-on the educational process in its formation, and ways to overcome these problems with specific methods are based on theoretical and Applied Research. In the conditions of the educational system of Uzbekistan, a model was developed aimed at the development of metacognitive competence of teachers and tested through a pedagogical experiment. The results show teachers through the development of metacognitive competencies. Keywords: metacognition, teacher competence, reflection, monitoring, professional growth, pedagogical psychology, self-management. ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЯ НА ОСНОВЕ МЕТАКОГНИТИВНЫХ ФАКТОРОВ АННОТАЦИЯ В данной статье анализируются метакогнитивные факторы и их педагогикопсихологические механизмы в повышении эффективности профессиональной деятельности педагога. В частности, влияние на образовательный процесс таких компонентов, как метакогнитивные процессы — планирование, мониторинг, самоконтроль, рефлексия, когнитивная гибкость-лежит в его формировании, а пути преодоления этих проблем специфическими методами основаны на теоретических и практических исследованиях. Разработана и апробирована в
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 130 педагогическом эксперименте модель, направленная на развитие метакогнитивной компетентности учителей в условиях системы образования Узбекистана. Результаты позволяют учителям развивать метакогнитивные компетенции. Ключевые слова: метапознание, компетентность учителя, рефлексия, мониторинг, профессиональный рост, педагогическая психология, самоконтроль. KIRISH Har qanday davrda ta’lim jarayonining sifatini belgilovchi asosiy subyekt — bu o‘qituvchidir. XXI asrda ham bu fikr o‘zining ham amaliy, ham nazariy ahamiyatini yo‘qotmagan . Aksincha, bu mas’uliyat o‘zining ahamiyatini bugungi kunda yanada sezilarli ravishda oshirdi. Faqatgina o‘qituvchining bilim darajasigina emas, pedagogik texnologiyalarni bilishi, kommunikativ madaniyati bilan bir qatorda, o‘z faoliyatini puxta tahlil qila olish, boshqara olish va o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyati ham o‘qituvchining oldidagi muhim vazifalardir. O‘qituvchining ta’lim samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu qobiliyatlar majmuasi ilmiy adabiyotlarda metakognitiv kompetensiya deb yuritiladi. Bu kompetensiyaga ega bo‘lgan o‘qituvchi ta’lim berayotgan tarbiya berayotgan o‘quvchilar ham albatta bu muhim jarayonni o‘zlarida mujassamlashtirib, vatanimizni ertangi kuni uchun xizmat qiladigan insonlar bo‘lib yetishishida asosiy o‘rin egallaydi. Metakognitsiya tushunchasi ilk bor Sh. Flavell tomonidan kiritilgan bo‘lib, u “individning o‘z fikrlash jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish qobiliyati” sifatida ta’rif bergan. Ta’lim tashkilotlarining har birining asosiy maqsadi, o‘quvchi hamda talabalarga yetarli darajada bilim berish va o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishdan iboratdir. J. Flavell birinchi marta ilmiy muomalaga “metakognisiya” (“metakognitsiya”) atamasini – o‘z bilimi haqidagi bilim,deya izohladi. Metakognitsiya yoki metakognitivlik tushunchasi nima? Metakognitsiya - bu insonning fikrlash jarayonlari, his-tuyg‘ulari va his-tuyg‘ularini anglash. Oddiy qilib
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 131 aytganda, bu fikrlash haqida o‘ylash, o‘z fikrlaridan xabardor bo‘lish, ularning mohiyatini baholash va ularni tartibga solishni anglatadi[1]. Masalan, inson ilmiy faoliyat yoki kelajakdagi maqsadlari haqidagi fikrlarini tahlil qilganda, uni metakognisiya deb atash mumkin. Bugungi kunda ko‘plab tadqiqotchilar metakognitsiyani nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilarning ham kasbiy samaradorligini belgilovchi omil sifatida e’tirof etmoqda. Chunki pedagog o‘z faoliyatini ongli ravishda kuzata olsa, xatolarni aniqlasa, dars jarayonini oldindan rejalashtirsa, bilim berish sifatini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, metakognitiv strategiyalarni qo‘llash nafaqat o‘qituvchilarning stressni boshqarishda yordam beradi, balki o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish va metakognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham hissa qo‘shishi mumkin. Metakognitiv yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, ta’limni yanada samarali va interaktiv qiladi. O‘qituvchilarning stressini boshqarishda muvaffaqiyatli yondashuvlar ularning ta’lim sifatini oshirishga, shuningdek, o‘quvchilarga yuqori sifatli ta’lim taqdim etishga yordam beradi.Shu bilan birga, metakognitiv strategiyalarni qo‘llashning samaradorligini baholashda yanada kengroq tadqiqotlar olib borish zarur. Kelajakdagi tadqiqotlar, o‘qituvchilarni stressni boshqarish bo‘yicha qanday metodlar bilan ta’minlash, ularning pedagogik faoliyatini qanday optimallashtirish va metakognitiv yondashuvlarni yanada samarali qilishni o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi kerak [3]. O‘zbekiston ta’lim tizimida oxirgi yillarda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar olib borilmoqda. Biroq metakognitiv yondashuvni o‘qituvchilar malaka oshirish tizimiga to‘liq integratsiya qilish hali to‘liq shakllanmagan. Shu bois, mazkur maqola o‘qituvchilar kasbiy faoliyati samaradorligini oshirishda metakognitiv omillarning pedagogik-psixologik mexanizmlarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ta’lim sohasidagi keng imkoniyatlar yaratilishi avvalo o‘qituvchilar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar albatta, ularning yaxshi ishlashi ertamiz egalariga sifatli ta’lim-
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 132 tarbiya berishlarida asosiy vosita bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Avvalo, Davlat rahbari tomonidan ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish va o‘qituvchilarning mehnatini munosib qadrlash ularga o‘quvchilar uchun sifatli bilim berishlarida zarur infratuzilmani yaratishga katta ahamiyat qaratilmoqda. jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozim. “Muallimlarimiz bolalarga sifatli ta’lim berish va o‘z ustida ishlashdan boshqa narsa haqida o‘ylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur” [4]. Sababi, hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir [5]. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas’uliyatlar o‘qituvchilardan talab qilinadi: O‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy salohiyatini oshirish, zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi, yangi o‘quv-metodik majmualar yaratildi va raqamli ta’lim platformalari joriy etildi. Ushbu keng ko‘lamli sharoitlardan foydalanaolgan o‘qituvchida albatta metokognitiv omillar shakllanadi. Ushbu omillarni shakllantirishda tadqiqotlar orqali harakat qildik. Quyida ushbu tadqiqotlar borishi va natijalari bayon qilingan, ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqot quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi: 2.1. Nazariy-analitik metodlar • Metakognitsiya bo‘yicha xalqaro ilmiy tadqiqotlar o‘rganildi. • O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mavjud amaliyotlar tahlil qilindi. • Kasbiy kompetensiya modellari (OECD, UNESCO, Shulman modeli) solishtirildi. 2.2. Empirik metodlar Tadqiqotning empirik qismi 126 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari (tajriba guruhi – 62 nafar, nazorat guruhi – 64 nafar) o‘rtasida olib borildi. Qo‘llangan metodlar:
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 133 • “Metacognitive Awareness Inventory for Teachers” “O‘qituvchilar metakognitiv ongini baholash inventari” moslashtirilgan versiyasi; • Dars jarayonini ekspert kuzatuvi; • O‘qituvchilar bilan yarim strukturaviy suhbatlar. 2.3. Tajriba-trening dasturi Metakognitiv kompetensiyani rivojlantiruvchi 6 haftalik trening dasturi ishlab chiqildi. U quyidagi bloklardan iborat edi: 1. Metakognitiv bilimlar; 2. Rejalashtirish strategiyalari; 3. Monitoring va kognitiv nazorat; 4. Refleksiya texnologiyalari; 5. “O‘z-o‘zini boshqarish” mexanizmlari; 6. Dars jarayonida metakognitiv yondashuvni integratsiya qilish. 2.4. Statistik tahlil Natijalar SPSS dasturida qayta ishlanib, korrelyatsiya, Student t-testi va dispersiya tahlili qo‘llandi. NATIJALAR 3.1. Dastlabki diagnostika natijalari Tahlil natijasida o‘qituvchilarning katta qismi (65%) quyidagi muammolarga ega ekani aniqlandi: • dars jarayonini aniq rejalashtirmaslik; • refleksiyaning past darajasi; • o‘z faoliyatini baholash me’yorlarining shakllanmaganligi; • vaqtni boshqarish ko‘nikmasining sustligi; • o‘z pedagogik xatolarini aniqlashda qiyinchiliklar. Bu muammolar o‘qituvchining dars sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi va darsdan ko‘zlangan maqsadga erishishga salbiy ta’sir qili 3.2. Treningdan keyingi natijalar Kasbiy refleksiya darajasi
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 134 Tajriba guruhi ishtirokchilarida refleksiya ko‘rsatkichi: • 6 hafta davomida 32% ga oshdi (p < 0.05). Nazorat guruhida esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Rejalashtirish kompetensiyasi Tajriba guruhida: • dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yish ko‘rsatkichi 41% ga, • darsni strukturaviy rejalashtirish 37% ga oshdi. Monitoring va o‘z-o‘zini nazorat qilish O‘qituvchilar dars jarayonidagi xatolarni aniqlash tezligi 28% ga, to‘g‘rilash tezligi esa 22% ga oshdi. O‘quvchilar natijalari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar O‘quvchilar tomonidan dars sifati bo‘yicha berilgan reytinglar o‘rtacha 12–15% oshgani qayd etildi. 3.3. Psixologik natijalar Treningdan so‘ng o‘qituvchilarda: • professional charchash sindromi 18% ga kamaydi; • o‘ziga ishonch darajasi oshdi; • stressni boshqarish ko‘nikmalari kuchaydi; • kasbiy motivatsiya tiklandi. 3.4. Korrelyatsion tahlil Tahlil natijalariga ko‘ra: • metakognitiv daraja bilan kasbiy samaradorlik o‘rtasida r = 0.62 (o‘rta kuchli bog‘liqlik); • refleksiya bilan dars sifati o‘rtasida r = 0.58 bog‘liqlik aniqlandi. Bu natijalar metakognitiv omillar pedagogik samaradorlikni sezilarli darajada oshirishini tasdiqlaydi. MUHOKAMA
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 135 Olingan natijalar metakognitiv yondashuvning o‘qituvchilar kasbiy rivojlanishidagi o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatdi. Metakognitiv jarayonlarni rivojlantirishning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat ekani aniqlandi: 4.1. Pedagogik mexanizmlar • Metakognitiv strategiyalarni dars jarayoniga integratsiya qilish; • O‘z faoliyatini rejalashtirish, tahlil qilish va monitoring qilishni o‘rgatish; • Reflektiv kundalik yuritish; • Coaching va mentorlik tizimidan foydalanish. 4.2. Psixologik mexanizmlar • O‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini baholashni faollashtirish; • Ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish; • Stressga bardoshlilikni oshirish; • O‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ichki motivatsiyani kuchaytirish. 4.3. Amaliy natijalar tahlili Tajriba guruhi natijalari shuni ko‘rsatdiki, metakognitiv treninglar dars sifatiga, o‘qituvchining shaxsiy rivojlanishiga, o‘z faoliyatiga tanqidiy yondashish qobiliyatining oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Bu esa O‘zbekiston umumiy ta’lim tizimida metakognitiv yondashuvni keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. XULOSA Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki, o‘qituvchilik kasbi yuksak sharafli kasbdir. Bu kasb hech bir kasbga o‘xshamaydi. Har qanday sohadagi insonni avvalo o‘qituvchi tarbiyalaydi. Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘qituvchilik kasbiga juda yuqori baho berib, unga shunday ta’rif beradi: “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni,quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin”. Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki, pedagog har tomonlama mukammal, o‘quvchilar uchun ideal shaxs bo‘lishi lozim. Hattoki, pedagogning kiyinishi ham bolalarni tarbiyalasin [4]. Biz treningimiz davomida otkazilgan tadqiqot natijalaridan ham ko‘rinib turibdiki, oqituvchi nafaqat metakognitiv omillar bilan balki har bir xatti-
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 136 harakatida o‘quvchi uchun o‘rnak namuna bo‘lmog‘i lozim. Tadqiqot natijasida shunday xulosalarga kelindi. 1. Metakognitiv omillar o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantiruvchi asosiy psixologikpedagogik mexanizmlardan biridir. 2. Metakognitiv strategiyalarni egallagan o‘qituvchilar darsni aniq maqsad asosida quradi, samarali metodlardan foydalanadi va o‘z xatolarini tez bartaraf eta oladi. 3. Treninglar orqali metakognitiv kompetensiyani rivojlantirish pedagogik samaradorlikni sezilarli (30–40%) oshiradi. 4. O‘qituvchining reflektiv faoliyati, monitoring va o‘z-o‘zini boshqarish strategiyalarini rivojlantirish ta’lim sifatining oshishiga olib keladi. 5. Metakognitiv yondashuvni o‘qituvchilar malaka oshirish tizimiga integratsiya qilish O‘zbekiston ta’lim tizimining strategik rivojlanish yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Flavell, J.H. (1979). Metacognition and cognitive monitoring. American Psychologist, 34, 906–911. 2. Rahmonova, D.I., & Ashurov, N.R. (2021). Zamonaviy o‘qituvchi va uning obrazi. Academic Research in Educational Sciences, 2(9), 528–533. 3. Usmonova, S.M. (2025). O‘qituvchilarning kasbiy stressini kamaytirish. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlar to‘plami, 17(1), 376. 4. Mirziyoyev, Sh. (2020). Oliy Majlisga murojaatnoma. 5. Balcikanli, C. (2011). Metacognitive Awareness Inventory for Teachers (MAIT). Electronic Journal of Research in Educational Psychology, 9(3), 1309–1332.