HISSIYOTNING PSIXOLOGIK MOHIYATI
Full text
99 HISSIYOTNING PSIXOLOGIK MOHIYATI Gulmonova Guli Anvar qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi [email protected] Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17893066 Annotatsiya: Ushbu tezisda hissiyotning psixologik mohiyati ,uning inson ongidagi aks etish jarayoni va kundalik faoliayatidagi ahamiyati yoritiladi .Unda hissiyotning shakllanishi ,uning fiziologik hamda psixologik asoslari hamda aks ettirish jarayonini qamrab oladi .Shuningdek ,hissiyotlarni boshqarish ,emotsional barqarorlikni shakllantirish va ijobiy hissiy muhit yaratish bo‘yicha turli xil yondashuvlar tahlil qilinadi .Mazkur mavzuda psixologik nazariyalar bilan amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni taqdim etadi . Kalit so‘zlar: hissiyot, emotsiya, psixologik mohiyat, fiziologik asoslar, emotsional barqarorlik, aks ettirish, psixologik nazariyalar, amaliy psixologiya, shaxs rivoji Abstract: This thesis examines the psychological nature of emotsions, the process of their reflection in the human mind and their importance in everday life It covers the formation of emotsions, their psyiological and psychological foundations and the process of reflection. It also analyzes various approaches to managing emotions, building emotional stability and creating a positive emotional environment. This topic presents the connection between psychological theories and practice. Keywords: feeling, emotion, psychological essence, psychological foundations, emotsional stability, reflection, psychological theories, applied psychology, per-sonal development. KIRISH: Hissiyot odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob’ektlarga nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi .Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib ,bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiradi .Adabiyotlarda hissyot bilan birga emotsiya tushunchasi ham keng doirada qo‘llaniladi .Aynan emotsiya tushunchasining mazmuni nimadan iborat va hissiyot emotsiya tushunchasining mazmun mohiyatini yoritadigan bo‘lsak ;jumladan professor E.G‘.G‘ozievning “Umumiy psixologiya “darsligida emotsiya-odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan histuyg‘ularni ,ichki kechinmalarni ifodalanishidan iborat psixik jarayonni yuzaga kelishining aniq shaklidir ,deb ta’riflanadi .Hissiyot bilan emotsiya bir xil ma’noda ishlatilish holatlari ham uchrab turadi .Kishi tana a’zolarida ranglarning o‘zgarishi,lablarning titrashi ,kulgi,yig‘i ,g‘amginlik ,ikkilanish va boshqa emotsiya ifodasi hisoblanadi .Hissiyot axloqiy ,intellektual (bilim)va estetik hissiyotlarga bo‘linadi 1.Axloqiy hissiyotlar insonning axloqiy xususiyatlari: vijdonlilik, rostgo‘ylik,iltifot 2.Intellektual (bilim)hissiyotlar: havasmandlik, qiziquvchanlik, hayratlanish, taaajjub 3.Estetik hissiyot:go‘zallik-xunuklik, yuksaklik-tubanlik,fojialilik-komillik.
100 His – tuyg‘ularni biz uchun yoqimli va yoqimsiz bo‘lgan his-tuyg‘ularga ajratsuh mumkin. Yoqimli his-tuyg‘ular, ularni boshdan kechirayotgan kishining nuqtai nazari bilan qaraganda ijobiy his – tuyg‘ular, yoqimsiz-salbiy his-tuyg‘ular lar bo‘ladi. Ular o‘rtasida birinchi va ikkinchi his-tuyg‘ularga kirtilishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina oraliq his-tuyg‘ular mavjuddir. Masalan,qo‘rquv ba’zan jangavor ruhni, o‘zini himoya qilish uchun aktiv harakat qilsihga tayyorlikni o‘z ichiga oladi;qo‘quv hissi orqaga qaytishga ham, dadil hujum qilishga ham undashi mumkin. His-tuyg‘ular intensivlik va davomiylikning turli darajasiga ega bo‘ladi.Ba’zan ular uzoq davom etsa ham ,lekin sust bo‘ladi .Boshqa vaqtda xuddi shu kishida ular juda kuchli davom etib ,uni yetarli o‘ylab ko‘rilmagan harakatlar qilishga undaydi.Ba’zan his-tuyg‘ular birdaniga paydo bo‘lib ,shiddatli va nisabatan tez o‘tadi .Ana shu uzoq davom etadigan yoki qisqa muddatli kechinmalar psixik yoki qisqa muddatli kechinmalar psixik yoki emotsional holatlar deb ataldi.Ular jumlasiga kayfiyatlar ,affektlar (qattiq hayojonlanishi), hirslar ,frustrasiya ,stressli holatlar kiradi. KAYFIYAT: zaif yoki o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan va odatda ancha barqaror emotsional holatdir. Masalan,ertalab uyg‘onganda o‘zingni xursand, yengil his qilishing. AFFEKT:tez paydo bo‘ladigan, nihoyatda darajada kuchli, g‘oyat jo‘shqinlik bilan o‘tadigan qisqa muddatli emotsional holat. Masalan, birdaniga achchiqlanish, g‘azablanish, to‘satdan qo‘rqish. EHTIROS: Kuchli va shu bilan birga uzoq davom etadigan,qandaydir bir qiziqish, intilish va faoliat bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan,kishi fan, musiqa, sportga havas qo‘yishi mumkin. STRESS: odamni chuqur, kuchli larzaga keltiradigan his-tuyg‘ular oqibatidagi emotsional holat. FRUSTARTSIYA: lotincha-aldanish, haddan tashqari kutish, xafa bo‘lish. Eng oddiy emotsiyalar asosida shartsiz reflekslar, miya po‘stlog‘i ostida ro‘y beradigan jarayonlar yotadi. Lekin miya po‘stlog‘i ostida ro‘y beradigan jarayonlarni miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining ishi bilan nazorat qilib turiladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi shartli reflekslar, muvaqqat aloqalar tizimlari his-tuyg‘ularning fiziologik asosidir. XULOSA Hissiyot – bu insonning ichki dunyosini boshqaruvchi eng kuchli energiya. U fikrlarimizga ma’no beradi, xatti-harakatlarimizga yo‘nalish beradi va hayotimiz sifatini belgilaydi. Inson o‘z hissiyotlarini tanib, tushinib va boshqara olganida ,nafaqat ruhiy barqarorlikka, balki yuksak muvaffaqiyatlarga ham erisha oladi. Chunki boshqarilgan hissiyot –bu kuch ,boshqarilmagan hissiyot esa –to‘siq. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Davletshin M.G.Umumiy psixologiya T-2002 2. Karimov V.M.Psixologiya T -2002 3. Umumiy psixologiya (A.V.Petrivskiy tahriri ostida)T;O‘qituvchi “1992 yil 4. G‘oziev E.G‘ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 yil 5. Zokirov.M.Karimov R.-Umumiy psixologiya “.-Toshkent 6. Vgotskiy.L.S.-“Psixik taraqqiyot nazariyasi “.