HISSIYOT TUSHUNCHASI, UNING PSIXOLOGIK MOHIYATI
Full text
101 HISSIYOT TUSHUNCHASI, UNING PSIXOLOGIK MOHIYATI Islomova Shakaroy Dilmurod qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta;lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 25/3-guruh talabasi [email protected] Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17893113 Annotatsiya: Ushbu maqolada hissiyot tushunchasi, uning psixologik mohiyati va asosiy nazariyalari yoritilgan. Hissiyotning inson ruhiy holatiga, xulq-atvoriga va faoliyatiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, hissiyotlarning turlari hamda ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni ochib berilgan. Pedagogik faoliyatda hissiyotlarni boshqarishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur ish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Hissiyotlarni boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun ta’klif va tavfsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: Hissiyot, emotsiya, affekt, stress, motivatsiya, hissiy holat, shaxs psixologiyasi, hissiy intellekt. Annotation: This article discusses the concept of emotion, its psychological essence and main theories. The impact of emotion on a person’s mental state, behavior and activity is analyzed on a scientific basis. The types of emotions and their role in the educational process are also revealed. The importance of managing emotions in pedagogical activity is shown. This work is of theoretical and practical importance for future primary school teachers. Suggestions and recommendations are given for the formation of skills in managing emotions. Keywords: Emotion, emotion, affect, stress, motivation, emotional state, personality psychology, emotional intelligence. KIRISH: Hissiyot - bu insonning tashqi olamdagi hodisa va voqealarga, odamlar bilan munosabatlarga nisbatan ichki kechinmalari, tuygʻulari va ruhiy holatlaridir.Hissiyot – bu insonning ichki sezgi va kechinmalari.Inson hayotida hissiyotlar muhim o‘rin egallaydi. Hissiyotlar orqali inson atrofmuhit hodisalariga munosabat bildiradi, o‘z kechinmalarini ifodalaydi va xulq-atvorini boshqaradi. Hissiyotlar shaxsning ichki dunyosini tashkil etuvchi muhim psixologik jarayonlardan biri hisoblanadi.Psixologiya fanida hissiyotlar inson faoliyatining ajralmas qismi sifatida qaraladi. Ayniqsa, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hissiy munosabatlar bilim berish samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli hissiyot va uning nazariyasini o‘rganish pedagoglar uchun juda muhimdir.Hissiyotning mohiyati, uning turlari hamda asosiy nazariyalari yoritilib, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Hissiyot tushunchasining mohiyati.Hissiyot – insonning muayyan voqea-hodisalar, odamlar va vaziyatlarga nisbatan subyektiv munosabatini ifodalovchi psixik jarayon. Ular insonning ichki kechinmalari orqali namoyon bo‘ladi. Hissiyotlar quyidagi muhim xususiyatlarga ega: Subyektiv xarakterga ega Ijtimoiy tajriba asosida shakllanadi Xulq-atvorga ta’sir ko‘rsatadi Faoliyatni motivatsiyalaydi
102 Hissiyotlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi: emotsiya, affekt, kayfiyat, stress, frustratsiya va boshqalar. Hissiyotlarning turlari.Psixologiyada hissiyotlar bir necha turga bo‘linadi: 1. Ijobiy hissiyotlar: quvonch, zavq, faxrlanish, mehr. 2. Salbiy hissiyotlar: qo‘rquv, g‘azab, xafalik, nafrat. 3. Neytral hissiyotlar: hayrat, hayajon, befarqlik. Shuningdek, namoyon bo‘lishiga ko‘ra: Affektlar – kuchli va qisqa muddatli hissiy portlashlar. Kayfiyat – uzoq davom etuvchi hissiy holatlar. Stress – organizmning kuchli zo‘riqish holati. Bu hissiyotlar inson ruhiy muvozanatini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Hissiyot nazariyalari: Hissiyotlarni tushuntiruvchi bir nechta asosiy nazariyalar mavjud: a) Jeyms–Lange nazariyasi Bu nazariyaga ko‘ra, avval jismoniy o‘zgarishlar yuz beradi, keyin esa hissiyot paydo bo‘ladi. Ya’ni, inson yig‘lagani uchun xafa bo‘ladi, qo‘rqqanidan emas. b) Cannon– Bard nazariyasi Bu nazariya Jeyms–Lange nazariyasiga qarshi chiqib, hissiyot va jismoniy reaksiyalar bir vaqtda sodir bo‘lishini isbotlaydi. c) Shaxter va Singer nazariyasi Bu nazariyaga ko‘ra, hissiyot kognitiv baholash va fiziologik holatning birgalikdagi natijasidir. Hayajon paydo bo‘lishi uchun organizmning jismoniy holati va vaziyatni idrok etish muhimdir. Hissiyotlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati Boshlang‘ich ta’limda bolalarning hissiy holati muhim ahamiyatga ega. O‘quvchining ijobiy hissiyotda bo‘lishi uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘qituvchi quyidagilarni hisobga olishi lozim: O‘quvchilarda ijobiy hissiyotlarni qo‘llabquvvatlash Stress va salbiy hissiyotlarni kamaytirish Dars jarayonida qulay psixologik muhit yaratish Hissiy intellektni rivojlantirish Bu holat o‘quvchilarni har tomonlama barkamol bo‘lib yetishishiga yordam beradi. XULOSA Hissiyotlar inson psixikasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning xulq-atvori va faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Hissiyot nazariyalarini bilish pedagoglarga bolalarning ruhiy holatini tushunishga yordam beradi.Boshlang‘ich ta’limda hissiyotlarni to‘g‘ri boshqarish, bolalarning ruhiy rivojida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun bo‘lajak pedagoglar hissiyotlar psixologiyasini chuqur o‘rganishlari zarur. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. G‘oziev E. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 2. Karimova V.M. Shaxs psixologiyasi. – Toshkent, 2019. 3. Abdullaeva Sh. Pedagogik psixologiya. – Toshkent, 2021. 4. Rubinshteyn S.L. Umumiy psixologiya asoslari. 5. Petrovsky A.V. Psixologiya asoslari. 6. Internet manbalar: ziyonet.uz, talim.uz.