scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

EMOTSIYA VA UNING INSON FAOLIYATIDAGI OʻRNI

Karimberdiyeva Mohigul Komiljon qizi; Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li

Full text

106 EMOTSIYA VA UNING INSON FAOLIYATIDAGI OʻRNI Karimberdiyeva Mohigul Komiljon qizi Chirchiq davlat pedogogika universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi, 1-kurs, 25/3 guruh [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17893258 Annotatsiya: Mazkur tezisda emotsiyaning psixologik mohiyati, uning inson faoliyatidagi oʻrni va ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, emotsiyalarning xulq-atvorni boshqarishdagi roli, emotsional ifodalanish shakllari va emotsional nazoratning psixologik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari emotsiyaning insonning moslashuv jarayoni, muloqot sifati va ruhiy barqarorligiga ta’sirini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: emotsiya, ijobiy emotsiya, salbiy emotsiya, neytral emotsiya, emotsional barqarorlik, murakkab emotsiya. Abstract: This thesis examines the psychological nature of emotions, their role and significance in human activity from a scientific perspective. It also analyzes the role of emotions in controlling behavior, forms of emotional expression, and the psychological significance of emotional control. The results of the study show the impact of emotions on a person's adaptation process, the quality of communication, and mental stability. Keywords: emotion, positive emotion, negative emotion, neutral emotion, emotional stability, complex emotion. KIRISH: Emotsiya (fransuzcha, lotincha - “larzaga keltiraman, hayajonlantiraman”) - odam va hayvonlarning tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga nisbatan subyektiv reaksiyalari sifatida namoyon bo‘ladi. Emotsiyalar qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qo‘rquv, g‘azab va boshqa shakllarda yuzaga keladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat bo‘lib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimal darajada kuchaytirish yoki takrorlash istagini paydo qiladi. Emotsiyaning xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Masalan, ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam bo‘lsa, emotsiya salbiy (qo‘rquv, g‘azab) shaklda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, emotsiyalar shaxsning xulq-atvori, fikrlashi, qaror qabul qilishi va ijtimoiy munosabatlarini shakllantiruvchi asosiy psixik jarayonlardan biridir. Psixologik adabiyotlarda emotsiyalarning kelib chiqishini izohlovchi bir nechta nazariyalar mavjud: 1. Jeyms–Lange nazariyasi: emotsiyalar fiziologik javoblardan keyin yuzaga keladi. 2. Kennon–Bard nazariyasi: emotsiyalar va fiziologik javob bir vaqtning o‘zida yuz beradi. 3. Shaxter–Singer nazariyasi: emotsiya fiziologik holat va kognitiv izoh natijasida shakllanadi. Zamonaviy neyropsixologik tadqiqotlar emotsiyalarning limbik tizim, xususan amigdala va prefrontal korteks faoliyati bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shu asosda, emotsiyalar insonning ruhiy barqarorligi, muloqot sifati va moslashuv jarayonlariga bevosita ta’sir qiladi. 107 Emotsiya turlari: Emotsiyalar shaxsning ichki holatini va tashqi muhitga munosabatini aks ettiruvchi subyektiv javoblardir. Ular inson xulq-atvori va qaror qabul qilish jarayonlariga bevosita ta’sir qiladi. Ijobiy emotsiyalar: quvonch, mamnunlik, ishonch, mehr, faxr. Motivatsiyani oshiradi, ijodkorlikni rivojlantiradi, ruhiy barqarorlikni mustahkamlaydi. Salbiy emotsiyalar: qo‘rquv, g‘azab, qayg‘u, xavotir. Xavfdan ogohlantiradi, ehtiyotkorlikni oshiradi, muammolarni hal qilishga yordam beradi. Neytral emotsiyalar: hayrat, shubha, kutish. Ijobiy yoki salbiy bo‘lmasligi mumkin, lekin qaror qabul qilish va xulq-atvorga ta’sir qiladi. Murakkab emotsiyalar: rashk, uyalish, ijtimoiy qo‘rquv, or-nomus. Ijtimoiy tajriba va tarbiya natijasida shakllanadi, shaxsning ijtimoiy xulqini boshqaradi. Emotsiyaning asosiy funksiyalari: Motivatsion: harakatga undaydi, ijodiy va himoya faoliyatini rag‘batlantiradi. Baholovchi: voqealarni ijobiy yoki salbiy baholash orqali qaror qabul qilishni ta’minlaydi. Signal va ogohlantiruvchi: yuz ifodasi, imo-ishora va nutq orqali his-tuyg‘ularni yetkazadi, xavfni bildiradi. Kommunikativ: muloqotda kayfiyat va niyatni tushunishga yordam beradi, ijtimoiy o‘zaro ta’sirni osonlashtiradi. XULOSA: Emotsiya inson psixikasining ajralmas qismi bo‘lib, uning xulq-atvori, fikrlashi, qaror qabul qilishi va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Mazkur tezisda emotsiyaning psixologik mohiyati, turlari va funksiyalari ilmiy asosda yoritildi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, ijobiy emotsiyalar - quvonch, mamnunlik, ishonch - insonning ijodiy va faoliyatga bo‘lgan intilishlarini kuchaytiradi, ruhiy barqarorlikni mustahkamlaydi. Salbiy emotsiyalar esa - qo‘rquv, g‘azab, qayg‘u - xavfli vaziyatlardan ogohlantiradi, ehtiyotkorlikni oshiradi va muammolarni hal qilishga yordam beradi. Neytral va murakkab emotsiyalar shaxsning ijtimoiy xulqini boshqaradi, jamiyat normativlariga moslashishga xizmat qiladi. Shuningdek, emotsiyalar xulq-atvorni boshqarish, muloqot sifatini oshirish va ruhiy barqarorlikni ta’minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, emotsiyalar insonning moslashuv jarayoni, ijtimoiy munosabatlar sifati va psixologik salomatligiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli, emotsiyalarni ilmiy o‘rganish va ularni ongli boshqarish inson faoliyati va ruhiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Zokirova R. Umumiy psixologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 2. G‘oziyev E. Psixologiya asoslari. Toshkent: Fan, 2017. 3. Niyozov V. Psixologiya asoslari. Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. 4. Rahmonov A., Yo‘ldoshev A. Psixologiya tushunchalari lug‘ati. Toshkent: Fan, 2015. 5. Goleman D. Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ. New York: Bantam, 1995.