TEMPERAMENTNING PSIXOLOGIK MAZMUNI, UNING NERV TIZIMI FAOLIYATI BILAN BOG'LIQLIGI
Full text
108 TEMPERAMENTNING PSIXOLOGIK MAZMUNI, UNING NERV TIZIMI FAOLIYATI BILAN BOG’LIQLIGI Madrahimova Iroda Baxtiyor qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi [email protected] Ozodqulov Olimjon Bahodir o’g’li Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17893529 Annotatsiya: Ushbu tezisda temperamentning psixologik mazmuni, uning nerv tizimi faoliyati bilan bog’liqligi va asosiy turlari yoritilgan. Shuningdek, temperamentning shaxsiy rivojlanishdagi roli, kundalik hayot va ta’lim jarayoniga ta’siri ilmiy ravishda tahlil qilingan. Asosan, sangvinik, xolerik, melanxolik va flegmatik temperamentlarining psixologik xususiyatlari to’la ochib berilgan. Xulosa qismida temperament bilish shaxsni to’g’ri anglash, individual yondashuvni shakllantirish va kasb tanlashda muhim omil ekanligi ta’kidlanadi. Kalit so’zlar: temperament, psixika dinamikasi, sangvinik, melanxolik, flegmatik, xolerik, shaxs xususiyatlari, emotsional barqarorlik, individual yondashuv, psixologik tip, psixodiagnostika. Abstract: This thesis covers the psychological content of temperament, its connection with the functioning of the nervous system and its main types. Also, the role of temperament in personal development, its impact on everyday life and the educational process is scientifically analyzed. Basically, the psychological characteristics of sanguine, choleric, melancholic and phlegmatic temperaments are fully revealed. The conclusion emphasizes that knowing temperament is an important factor in correctly understanding a person, forming an individual approach and choosing a profession. Keywords: temperament, dynamics of the psyche, sanguine, melancholic, phlegmatic, choleric, personality traits, emotional stability, individual approach, psychological type, psychodiagnostics. KIRISH: Temperament psixologiya fanida shaxsning psixik faoliyati, ya’ni dinamikasini belgilovchi eng muhim kategoriyalardan biridir. U insonning tug’ma biologik xususiyatlariga asoslanga bo’lib, emotsional reaksiyalar tezligi, mustahkamligi, tashqi ta’sirlarga javob berish sur’ati, xulqatvorning umumiy ritmi va barqarorligini ifodalaydi. Temperament shaxsning mazmuniy jihatlarini emas, balki uning psixik jarayonlarining qanday tezlikda yoki qanchalik barqaror kechishni belgilaydi. Shu bois, temperament shaxsning umumiy faoliyatida, muloqot jarayonida va turli vaziyatlarga moslashishida to’g’ridan to’g’ri namoyon bo’ladi. Temperament ilmiy asosda birinchi bor I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati tog’risidagi nazariyasi orqali chuqur o’rganilgan. Olim temperamentni nerv tizimining kuchi, muvozanati va harakatchanligi bilan bog’langan: 1.Nerv tizimining kuchi - insonning tashqi ta’sirlariga bardoshlilik darajasini belgilaydi. 2. Muvozati - qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlaring uyg’unligi. 3. Harakatchanlik - reaksiyalarning tez almashishi, yangi sharoitga moslashish sur’ati. Mazkur xususiyatlar tug’ma
109 bo’lib, hayot davomida o’zgarishi juda cheklangan, ammo ko’rinishlariga ma’lum darajada ta’sir eta oladi. Psixologiya fanida temperamentning to’rt asosiy tipi mavjud: 1. Sangvinik – juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi; yolg’on dalillarga jahli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb qiladi. Imo-ishoralarni ko’p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo’lishiga qaramay, kuchsiz ta’sir (qo’zg’atuvchilarni)ni seza olmaydi, serg’ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatida, intizomli, o’zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-harakati jo’shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aqlidroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o’zgaruvchan. Ko’nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko’ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi. Xayoloti (fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan: tashqi ta’sirlarga hozirjavob va hokazo. 2. Xolerik – sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va rektiv. Ko’pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, serzarda, tinimsiz. Sangvinikka qaraganda silliqroq, lekin ko’proq qotib qolgan. Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarda qat’iylik mavjud. Biroq diqqatni bir joyga to’plashda qiynaladi. Nutq sur’ati tez va hokazo. 3. Flegmatik – senzitivligi sust, his-tuyg’usi (emotsiyasi) kam o’zgaruvchan, shunga ko’ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish. Kayfiyatini buzish qiyin. Ko’ngilsiz hodisa, xavfxatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo’ladi. Vazmin, kamharakat. Imo-ishorasi, mimikasi ko’zga yaqqol tashlanmaydi, lekin serg’ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur’ati sust. Farosati qiyiqroq. Diqqatni to’plashi osoyishta. Qotib qolgan (rigid). Diqqatni ko’chirish qiyin. Introvertlashgan, kamgap, ichimdan top. Yangiliklarni qabul qilishi murakkab. Tashqi ta’sirlarga sustlik bilan javob qaytaradi. 4. Melanxolik – senzitivligi yuksak. Tortinchoq, g’ayratsiz, arazchan va xafaxon. Jimgina yig’laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toliqadi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati barqaror. His-tuyg’usi sust o’zgaradi. Qotiq qolgan (rigid) va introvertlashgan. Bundan tashqari, temperament shaxsning kasb tanlashida ham muhim omildir. Masalan, sangviniklar kommunikativ kasblarda, flegmatiklar analitik yondashuv talab qiladigan sohalarda, xoleriklar rahbarlik yoki faoliyatining dinamik turlarida, melanxoliklar esa san’at, tahlil, adabiyot kabi nozik sezgirlik talab etadigan sohalarda muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. XULOSA: Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar temperamentning shaxs psixik faoliyatidagi o’rni juda muhim ekanligini ko’rsatib beradi. Asosiysi, temperamentni chuqur o’rganish psixologiya fanining muhim vazifalaridan biri bo’lib, shaxsning imkoniyatlarini to’g’ri baholash, tarbiyaviy yondashuvni optimallashtirish hamda shaxs rivojlanishiga yo’naltirilgan samarali strategiyalarni ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. I.P.Pavlov Vysshaya nervnaya deyatel’nost’ cheloveka. Moskva: Nauka, 1950. 2. Hippocrates & Galen. Classical Typologies of Temperament. Cambridge University Press, 2004. 3. Jung,C.G. Psychological Types. Princeton University Press, 1971. 4. Eysenck, H. J The Biological Basis of Personality. Springfield: Charles C Thomas, 1967. 5. Keirsey, D. Please Understand Me: Character & Temperament Types. Prometheus Nemesis Book Co, 1998.
110 6. Zimbardo.P & Gerrig.R. Psychology and Life. Pearson Education, 2002. 7. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Psixologiya bo’limi. Toshkent: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. 8. G’oziyev,E. Umumiy psixologiya. Toshkent: O’qituvchi, 2002. 9. Rahimov,H.R. Psixologiya asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. 10. Atkinson,R.L. va boshqalar. Psixologiya: asosiy tamoyillar. Toshkent: O’zbek tiliga tarjima, 2019.