TEMPERAMENTNING BIOLOGIK ASOSLARI VA PSIXOLOGIK TASNIFI
Full text
115 TEMPERAMENTNING BIOLOGIK ASOSLARI VA PSIXOLOGIK TASNIFI Po'latova Maftuna Sardor qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasI [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17893719 Annotatsiya: ushbu tezisda temperamentning psixologik tasnifi, uning biologik asoslari va shaxsning emotsional hamda xulq-atvor dinamikasiga ta’siri yoritiladi. Gippokrat, Galen, Pavlov va boshqa olimlarning temperament haqidagi qarashlari tahlil qilinib, sangvinik, xolerik, flegmatik va melanxolik turlarining asosiy xususiyatlari qisqacha bayon etiladi. Temperamentni pedagogik jarayonda inobatga olish individual yondashuv va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ko‘rsatiladi. Kalit so’zlar: temperament, psixologik tasnif, shaxs xususiyatlari, emotsional reaktsiya, nerv tizimi, sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik, Pavlov, Gippokrat, pedagogik yondashuv. Annotation: this thesis highlights the psychological classification of temperament, its biological basis and the influence of the individual on emotional and behavioral dynamics. The views of Hippocrates, Galen, Pavlov and other scientists on temperament are analyzed, summarizing the main characteristics of the sangvinic, Choleric, Phlegmatic and melancholic types. Consideration of temperament in the pedagogical process is indicated to serve to increase the effectiveness of an individual approach and education. Keywords: temperament, psychological classification, personality characteristics, emotional reaction, nervous system, sanguine, Choleric, Phlegmatic, melancholic, Pavlov, Hippocratic, pedagogical approach KIRISH: Insonning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish zamonaviy psixologiya, pedagogika, gospital psixologiya va boshqaruv sohalarining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Inson psixologik tuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri – temperament bo‘lib, u shaxsning hissiy reaksiyalari, xulq-atvori dinamikasi, faoliyat sur’ati va atrof-muhitga moslashish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Temperament tug‘ma biologik omillarga tayanadi va asosan nerv tizimining kuchi, muvozanati va harakatchanligi bilan belgilanadi. Zamonaviy psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, temperamentni tushunish pedagogik yondashuvlarni, shaxsiy rivojlanishni va ta’lim samaradorligini oshiradi. Psixologiya fanining taraqqiyot jarayonida temperament masalasi haqida bildirilgan fikrlar turlicha bo‘lib, ular shaxsning psixologik xususiyatlarini izohlashda muhim o‘rin tutib kelgan. “Temperament” atamasi lotincha temperamentum - “mutanosib aralashma” degan ma’noni bildiradi. Temperament – insonning individual psixologik xususiyatlarini ifodalovchi, tug‘ma va barqaror psixofiziologik omillar yig‘indisi hisoblanadi. Ilmiy manbalarda bu tushunchani baʼzilar qadimgi yunon tabibi Gippokratga, boshqalar esa Rim tabibi Klaudio Galenga nisbat berishadi. Yevropa olimlari orasida temperamentni o‘rganishga sezilarli hissa qo‘shganlar qatorida I. Kant va E. Kretschmer nomlari ham bor. Kretschmer o‘zining konstitutsion tipologiya haqidagi
116 ilmiy yondashuvida tana tuzilishi va xarakter o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatgan. U leptosomatik, piknik, atletik va displastik tana tuzilishlarini ajratib, ularning psixologik xususiyatlariga oid tavsiflar bergan. Temperamentning to‘rt asosiy turi qadimdan beri quyidagicha talqin qilib kelinadi: Sangvinik: Kuchli, harakatchan va muvozanatli nerv tizimiga ega. Faol, tashabbuskor va ijtimoiy faol shaxs. Kayfiyati tez ko‘tariladi, optimistik, yangi sharoitlarga moslashadi. Stressli vaziyatlarda nisbatan barqaror, tezkor qaror qabul qiladi. Sangviniklar jamoaviy ishlarda va o‘quv faoliyatida yuqori natija ko‘rsatadi, biroq ba’zan yuzaki yondashuv kuzatilishi mumkin. Xolerik: Kuchli, harakatchan, lekin muvozanatsiz nerv tizimiga ega. Emotsional reaksiyalari kuchli va tezkor, ba’zan sabrsiz va keskin bo‘ladi. Tashabbuskor, energiyali, lekin o‘zini boshqarish qiyin bo‘lishi mumkin. Stressga tez beriladi, ammo kurashuvchanligi yuqori. Xoleriklar rahbarlik va ijodiy faoliyatlarda muvaffaqiyatli bo‘ladilar. Flegmatik: Kuchli, muvozanatli, ammo sust harakatchan nerv tizimiga ega. Sokin, vazmin, sabrli va barqaror. Vazifani sekin, ammo puxta bajaradi. Stress vaziyatlarida o‘zini yaxshi boshqara oladi. Flegmatiklar ilmiy izlanish, hisob-kitob va tartib-intizom talab qiluvchi faoliyatlarda muvaffaqiyatli bo‘ladilar. Melanxolik: Sust va muvozanatsiz nerv tizimiga ega shaxs. Juda sezgir, ichki hissiyotlar bilan emotsional reaksiyalarni boshdan kechiradi. Tez ranjiydi, o‘ziga yuqori talab qo‘yadi. Stressga chidamliligi past bo‘lishi mumkin. Melanxoliklar ijodiy, san’atkorlik va analitik faoliyatlarda muvaffaqiyatli bo‘ladilar. Temperamentning psixologik tasnifi shaxsning individual xulq-atvori, emotsional reaksiyalari, ruhiy jarayonlar tezligi va psixofiziologik barqarorligini anglashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Turli temperament turlari - sangvinik, xolerik, flegmatik va melanxolik - shaxsning emotsional reaksiyalari, faoliyat sur’ati, ijtimoiy moslashuvi va xulq-atvori dinamikasini belgilab beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, temperament o‘zgarmas bo‘lsa-da, to‘g‘ri tashkil etilgan tarbiya, psixologik yondashuv va pedagogik usullar orqali uning ijobiy jihatlarini rivojlantirish, salbiy tomonlarini esa yumshatish mumkin. XULOSA: Pedagogik jarayonda temperamentni hisobga olish o‘quvchining individual xususiyatlariga mos ta’lim-tarbiya berish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish va psixologik qulay muhit yaratish uchun zarurdir. Temperamentni chuqur o‘rganish o‘qituvchi va tarbiyachi faoliyatining samaradorligini oshiradi, shaxs rivojining tabiiy imkoniyatlarini to‘liq ochishga xizmat qiladi.Shunday qilib, temperamentning psixologik tasnifi shaxsni har tomonlama tushunish, pedagogik jarayonni optimallashtirish va insonning individual imkoniyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Abdullayeva, Sh.I. Kasbiy psixologiya. Toshkent, 2022. 2. G’oziyev, E. Umumiy psixologiya. Shaxsning psixologik xususiyatlari. Temperament. Toshkent, 2020. 3. Hippocrates; Galen. On the Nature of Man, 2024. https://asset.library.wisc.edu/1711.dl/PMBLOIAHWP3M69B/R/file-b40a6.pdf 4. Muhammedova, D.G’, Mullaboyeva, N.M., Rasulov, A.I. Umumiy psixologiya. Mas’ul
117 muharrir: G’oziyev E.G’. Toshkent: MUMTOZ SO’Z, 2018. https://in-academy.uz 5. Pavlov, I.P.; Eysenck, H.J. Personality and Individual Differences, 1992. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/019188699290168O 6. Strelau, J. Temperament: A Psychological Perspective. Plenum Press, 1998. https://en.wikipedia.org/wiki/Jan_Strelau 7. Xalmamatova, L.A. Psixologiya asoslari. Toshkent: “Tafakkur avlodi”, 2021.