scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLIY NERV FAOLIYATI VA UNING SHAKILLANISH XUSUSIYATLARI

Poyonova Ma'mura Zafar qizi; Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li

Full text

118 OLIY NERV FAOLIYATI VA UNING SHAKILLANISH XUSUSIYATLARI Poyonova Ma’mura Zafar qizi Chirchiq davlat pedogogika universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi, 1-kurs 25/3 guruh [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17893848 Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy nerv faoliyati tushunchasi, uning shakllanishi, xususiyatlari va insonning psixik faoliyatidagi roli keng yoritilgan. Maqolada oliy nerv faoliyatining fiziologik va psixologik asoslari, turlari, shuningdek, ta’lim va tarbiyada qo‘llanilishi tahlil qilinadi.Olimlarning oliy nerv faoliyatiga o’zlarining nazariyalari va qarashlari keltitilgan. Kalit so‘zlar: Oliy nerv faoliyati, miya, refleks, xotira, e’tibor, tafakkur, hissiy jarayonlar, psixika, ta’lim Abstract: This article broadly covers the concept of higher nervous activity, its formation, characteristics and role in human mental activity. The article analyzes the physiological and psychological foundations, types of higher nervous activity, as well as its use in education and upbringing. Scientists present their theories and views on higher nervous activity. Keywords: Higher nervous activity, brain, reflex, memory, attention, thinking, emotional processes, psyche, education. KIRISH: Oliy nerv faoliyati insonning psixik va jismoniy faoliyatini boshqaruvchi murakkab tizimdir. Oliy nerv faoliyati asosan, hayvonlar bilan odamda umumiy boʻlgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman shartli reflekslar yigindisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga qaramasdan birinchi signal sistemaning shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki yillarida Oliy nerv faoliyatining asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi oʻsish davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyati maʼlum oʻrinni egallaydi. Lekin odamda mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojlanishi munosabati bilan ikkinchi signallar paydo boʻldi va rivojlandi.Mashhur olim Ivan Pavlovning fikriga ko‘ra, oliy nerv faoliyati miya markazlarida hosil bo‘ladigan shartli reflekslar orqali namoyon bo‘ladi. L.S. Vygotskiy esa oliy nerv faoliyatini ijtimoiy tajriba orqali shakllanadigan psixik jarayonlar sifatida talqin qilgan. Oliy nerv faoliyati insonning aqliy, hissiy va harakat faoliyatini boshqaradi, shuningdek, ta’lim va tarbiyadagi samaradorlikka bevosita ta’sir qiladi. G.V. Ivanitskiyning fikricha, oliy nerv faoliyati rivojlangan shaxsda xotira, tafakkur va e’tibor uzviy bog‘liq bo‘ladi.Quyida oliy nerv faoliyati tushunchalari va xususiyatlari keltirilgan. Oliy nerv faoliyati tushunchasi va xususiyatlari:Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy boʻlimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. Oliy nerv faoliyatif. terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatini "psixik faoliyat" bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi oliy nerv faoliyati elementlaridandir. Oliy nerv faoliyatida markaziy hodisa shartli reflekslar boʻlib, ular jahon neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obyekti hisoblanadi. Pavlov 119 va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatining asosiy faktlari va izchilligining toʻgʻri ekanligi olimlarning koʻpgina ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazariyasini ishlab chiqib, bu nazariyani funksiyalar evolyusiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyusion jarayonning umumiy qonuniyati boʻlgan sistemogenez tushunchasini yaratdiUning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: Moslashuvchanlik: yangi sharoitlarga tez moslashish qobiliyati.Tajriba orqali rivojlanish: o‘qish va tajriba natijasida o‘zgarishlar yuz beradi. Murakkab reflekslar: shartli va shartsiz reflekslar orqali namoyon bo‘ladi. Hissiy bog‘liqlik: xotira, e’tibor, tafakkur va hissiyotlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Fiziologik asoslar: Miya tuzilishi: Oliy nerv faoliyati asosan miya korteksi orqali boshqariladi, lekin gipokampus, talamus va boshqa subkortikal tuzilmalar ham muhim rol o‘ynaydi. Neyronlar va sinapslar: Neyronlar orasidagi aloqalar va neyrotransmitterlar ma’lumotlarni uzatadi. Reflekslar: Shartsiz reflekslar tug‘ma, shartli reflekslar esa tajriba va o‘qish orqali shakllanadi. Ma’lumotni qabul qilish va ishlov berish: Sensor ma’lumotlar miyaga keladi, u yerda qayta ishlanadi va javob refleksi hosil bo‘ladi. :Psixologik jihatlari: E’tibor: ma’lumotlarni qabul qilish va tartibga solishda muhim. Xotira: qisqa va uzoq muddatli xotira orqali tajriba saqlanadi. Tafakkur: muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish va ijodiy fikrlash asosidir. His-tuyg‘ular: hissiy jarayonlar psixik faoliyatni boshqarishda katta rol o‘ynaydi. XULOSA: Oliy nerv faoliyati insonning psixik va fiziologik faoliyatini boshqaruvchi murakkab tizimdir. U reflekslar, xotira, e’tibor, tafakkur va hissiy jarayonlar orqali namoyon bo‘ladi. Ta’lim va tarbiyadagi faoliyat oliy nerv faoliyatini rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi. Oliy nerv faoliyati rivojlangan shaxs o‘qishga tez moslashadi, ijodiy fikrlaydi va ijtimoiy hayotga faol ishtirok etadi. Yuqoridagi olimlar fikrlari qarashlari shuni ko’rsatadiki oliy nerv faoliyati yaxshi rivojlangan insonlarda dunyoqarash va fikrlash jihatdan tafakkuri balki har tamonlama rivojlangan bo’lishi ta’kidlab o’tilgan. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Pavlov I.P. Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi asoslari. Moskva, 1951. 2. Vygotskiy L.S. Fikrlash va nutq. Moskva, 1982. 3. Anokhin P.K. Neyrofiziologiya asoslari. Moskva, 1969. 4. Shukurov S. Oliy nerv faoliyatining pedagogik asoslari. Toshkent, 2010. 5. Ashmarin I.P. Oliy nerv faoliyati va xulq-atvor. Moskva, 1974.