scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

EVFEMIZMLARNING CHOGʻISHTIRILISHIDA MONOSEMANTIK VA POLISEMANTIK JARAYON

Kadirova Xurshida Batirovna

Abstract

Maqolada evfemik birliklarning ma’no koʻlamiga koʻra turlari chogʻishtirma tilshunoslikda oʻrganilishi haqida soʻz boradi. Unda tadqiqotlar sharhi va olingan xulosalarga munosabat bildidilardi. Evfemik koʻchimlarning pragmatik vaziyatdagi ma’nolari nisbiy ekanligi, turli tillarda turlicha yondashuv borligi xulosa qilinadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1014 EVFEMIZMLARNING CHOGʻISHTIRILISHIDA MONOSEMANTIK VA POLISEMANTIK JARAYON Kadirova Xurshida Batirovna f.f.d., dotsent, Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU https://doi.org/10.5281/zenodo.17894142 Annotatsiya. Maqolada evfemik birliklarning ma’no koʻlamiga koʻra turlari chogʻishtirma tilshunoslikda oʻrganilishi haqida soʻz boradi. Unda tadqiqotlar sharhi va olingan xulosalarga munosabat bildidilardi. Evfemik koʻchimlarning pragmatik vaziyatdagi ma’nolari nisbiy ekanligi, turli tillarda turlicha yondashuv borligi xulosa qilinadi. Kalit soʻzlar: monosemantik evfemizatsiya, polisemantik evfemizatsiya, politkorrekt evfemizm, chogʻishtirma tilshunoslik Abstract. This article examines the study of euphemism types based on their semantic scope in comparative linguistics. It provides an overview of the research and comments on the findings. It concludes that the meanings of euphemisms in pragmatic situations are relative, and different languages apply different approaches to them. Keywords: monosemantic euphemism, polysemantic euphemism, politically correct euphemism, comparative linguistics Bu koʻchimning ma’no koʻlamiga koʻra qoʻllanilish darajasi qiyosiy-chogʻishtirma tahlilga ham tortilgan. Jumladan, xitoy tili ham sharq xalqlari madaniyatiga oid boʻlgani bois oʻzbek tili bilan tipologik jihatdan muqoyasa qilinishga moyilligi bilan ajralib turadi. Masalan, Sh.Q.Shamsiyeva: “Xitoy va oʻzbek tillarida evfemizmlarning ikkinchi turi leksik vositalar, bir guruh soʻzlar turli nutqiy situatsiyalarda evfemik vazifa bajarib keladi. Leksik evfemizmlar evfemik vazifa bajarish uchun hosil qilinmaydi, balki nutqiy vaziyatga mos maʼnosi bilan evfemik vazifada qoʻllanadi. Ular metafora, metonimiya va kinoya yordamida ham shakllanadi” [Шамсиева, 2020: 13], deydi. Oʻzbek tilida ham monosemantik va polisemantik evfemizmlarga toʻxtalingan. “Mоnоsеmаntik evfеmizmlаr, аytilgаnidеk, аdib ijоdidа fаqаt bir mа’nоni ifоdаlаshgа хizmаt qilаdi. Bundаy evfеmizmlаr bir evfеmik mа’nоni ifоdаlаshgа хоslаngаnligi, mа’nо koʻlаmi oʻtа tоrligi vа muаyyanligi bilаn аjrаlib turаdi. Mаsаlаn, oʻlim bilаn bоgʻliq evfеmik birliklаrning аksаriyati turgʻunlаshgаn boʻlib, bоshqа bir mаzmunni аnglаtmаydi: Yarim sоаtdаn kеyin skoʻriy pоmоsh kеlib оlib kеtdi, jаrоhаti оgʻir, ehtimоl, qаzо qilsа [Қодирий, 2007: 212]” [Kadirova, 2023: 67]. Monosemantik evfemizatsiyaga siyosiy xolislikni ham kiritish mumkin. Siyosiy xolislik dunyoning keng koʻlamli hodisasi boʻlib, dunyo xalqlari hayotining turli jabhalariga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Rus tilshunosligi lugʻatida bugun tez-tez qoʻllanilayotgan политкорректность (siyosiy xolislik) atamasi koʻp qirraga ega. Uni ham ortofemik, ham evfemik birlik sifatida qabul qilish mumkin. Yaʼni soʻzlovchining niyatiga koʻra u yoki bu koʻrinishni olish xususiyatiga ega. Shuning uchun, aksariyat ishlarda bu atama evfemik priyom deb ham talqin qilinadi. Baʼzi olimlar hodisaning lingvistik xususiyatini ajratib koʻrsatishadi. Siyosiy xolislik ham mohiyatan, ham shaklan til kodining korrektirovkasiga tegishli. Bunda nutq diskriminatsiyasidan xalos qilish belgilari bilan ishlov beriladi, ifodalarning yumshatilish holatlari kuzatiladi. Evfemizm esa INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1015 yumshatish xususiyati tufayli salbiy assotsiyatsiyalarni yoʻq qilishning samarali vositasidir (masalan, “негр” – “афроамериканец”, “инвалид” – “лицо с ограниченными возможностями” [Комлев, 1999: 1308]). OАV tili, publitsistika yoki rasmiy tilning evfemik priyomi, siyosiy diskursning evfemik ifodasi sanaladi va u monosemantikdir. Politkorrekt evfemizmlarning tipologiyasi tadqiqiga bagʻishlangan lingvistik tadqiqotlar miqdori soʻnggi yillarda sezilarli darajada oshmoqda. Xususan, N.I.Serkovaning “Политкорректные эвфемизмы русского и английского языков в современной лексикографической практике” nomli maqolasida politkorrekt evfemistik birliklarning quyidagi mavzuiy guruhlari ajratiladi: “Раса / Этнос (Race / Ethnicity), Гендер / Сексуальные меньшинства (Gender / Sex Minorities), Возраст (Age), Внешность (Appearance), Cоциальное положение (Social Status), Носители непрестижных профессий (Those in Less Reputable Employment), Состояние здоровья / Умственные отклонения (Illness / Low Intelligence), Социально порицаемое действие (Anti-Social Behavior).” [Серкова, 2015: 24] Bu mavzuviy doira umumiy qabul qilingan evfemik birliklar bilan qoʻllanilishining guvohi boʻlamiz. Ushbu til resursi siyosiy xolislik fenomeni sifatida XX asrning davr talabi boʻldi. Kuzatishlarga koʻra, ingliz va rus tillarida umumeʼtirof etilgan axloqiy meʼyorlardan turli ogʻishlarni bildiruvchi soʻnggi evfemizmlar miqdoriy jihatdan ustun. Bizningcha, tarixiy jihatdan bu mavzuiy guruh eng qadimiy hisoblanadi. Bu, xususan, “muntazam ravishda evfemik vazifani bajaradigan juda koʻp lisoniy (a narcotic taken illegally (наркотик, принимаемый незаконно) birligi oʻrniga powder (пудра), yoki rus nutqida “бездельничать” birligi oʻrniga “лежать на печи” kabi) evfemizmlar qatorida eskirgan (evfemizatsiyasi sustlashgan), evfemik boʻyogʻi oʻchgan (a bribe (подкуп) oʻrniga present (подарок), yoki rus nutqida “взятка” birligi oʻrniga “благодарность”) birliklar ham sanaladi.” [Серкова, 2015: 25]. “Pоlisеmаntik evfеmаlаr koʻchimning turlаrigа koʻrа mеtаfоrik, mеtоnimik, sinеkdохik, vаzifаdоshlik vа kinоyaviy аsоsdаgi turlаrgа аjrаlаdi.” [Kadirova, 2023: 70] Oʻbek tilida bunday koʻchimlar tadqiq etilgan boʻlib, bunday imkoniyatlar boshqa tillarda ham mavjud boʻlishi tilning emotsional ekspressiv xususiyati bilan bogʻliq. “Masalan, tashqi koʻrinish bilan bogʻliq leksik evfemizmlar borasida xitoy va oʻzbek tillarida yaqinlik kuzatiladi. Masalan, semizlik toʻgʻridan-toʻgʻri 肥胖 (semiz) soʻzi bilan aytilmaydi, uning oʻrnida 富态 (oʻnglangan) yoki丰满 (toʻlishgan) soʻzlari qoʻllanadi: 虽然现在贾玲长得比较富态,不过深受网友喜爱的她最 近被曝,年轻时原来也是一位美女,对此,贾玲机智回应称:“我深情地演绎了” (Garchi Szya Lin ulgʻayib ancha toʻlishgan boʻlsa-da, lekin yaqinda u internetdagi doʻstlari tomonidan yoshligida aslida ham goʻzal bir qiz boʻlganligi fosh qilindi). Oʻzbek lingvomadaniyatida ham “semiz” tushunchasi yumshatilib, birmuncha pardalab ifodalanadi: kishining shunday sifati ifodalanganda ochiqdan-ochiq semiz yoki semirgan emas, toʻla, toʻladan kelgan, toʻlishgan deyiladi: Oyisini u es-es biladi. ...Oppoq, toʻladan kelgan xotin edi oyisi (Oʻ.Umarbekov. Boboyongʻoq)” [Шамсиева, 2020: 14]. Toʻla birligi “toʻliqlik” tushunchasidan oʻsib chiqqan “semizlik” birligining LSVi hisoblanib, bu oʻzbek tilida shu ma’noda qoʻllanuvchi faol soʻzlardan biridir. “Oʻtkan kunlar” asaridagi Rahmat obrazi yuzining semizligi “...yuzga toʻla, ozroqqina soqol-murtlik, yigirma besh yoshlar chamaliq bir yigit...” (Oʻtkan kunlar - 2) tarzida tasvirlanadi. Tarjimada semizlik denotatiga mos LSV toʻla evfemizmi qoʻllangan boʻlib, tarjimada u …молодой человек небольшого роста, круглолицый, с редкой бородкой и усиками, примерно лет двадцати INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1016 пяти… (Минувшие дни – 5) shaklida namoyon boʻladi. Chogʻishtiramiz (1-2-rasmlarga qarang): Koʻrinadiki, asliyatdagi semiz komponenti oʻrnida qoʻllangan evfemik koʻchim (1) rus tilida shakliga koʻra metafora asosiga qurilgan LSVdan foydalanilgan, (2) manbada nazarda tutilgan jismoniy holat maqsad tilida jismoniy shaklga aylangan, (3) oʻzbek tilidagi evfemik polisemiya tarjimada ortofemik birlikka xoslangan. Chunki rus tilida uning ekvivalenti (полнолицый) mavjud emas. Evfemizmlarnining lisoniy aspektda chogʻishtirma-qiyosiy oʻrganilishining aksariyati ingliz tili bilan bogʻliq. Chunki u taraqqiy etib borayotgan tillardan biri va bir-birini tushunmaydigan koʻpgina xalqlarning oʻzaro muloqot tili hisoblanadi. Ingliz va tojik tili evfemizmlarining leksik-semantik tahlilida, muqoyasa qilinayotgan tillarning umumiy idrok va ifoda etish holatlari ham qayd qilinadi. Masalan, tojik tili zaharli (chaquvchi) hasharotlar Toʻla emas → oriq → dumaloq emas → choʻzinchoq Toʻla → oriq emas (semiz) → dumaloq → choʻzinchoq emas 1-rasm. “Yuzga toʻla” evfemizmining tasavvurdagi holati 2-rasm. “Yuzga toʻla” evfemizmining asl koʻrinishga nisbatan boshqa ko‘rinishlari INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1017 nomlarini almashtiradigan evfemizmlarga ega. “Goʻyo uning nomi ifoda etilganda, zararkunanda paydo boʻladi-yu, ziyon yetkazadi degan qarash odamlar ongiga singib ketgan” [Хакимова, 2018: 16] ligi M.Hakimova tadqiqotida taʼkidlanadi. Evfemizatsiyaning bu koʻrinishi ingliz tili vakillarida ham mavjud ekanligi mazkur tadqiqot ishida qayd qilingan. Unda quyidagi misollar ajratib koʻrsatiladi: “black widow (черный паук – “черная вдова”), deaf adder (неядовитая змея), bom, Moloch (ящерица) va hokazo” [Хакимова, 2018: 26]. Xullas, muallif tomonidan ikki til evfemizmlarining polisemik holati oʻxshashligi dalillanadi. Bizningcha, Oʻrta Osiyo xalqlarining asariyatidagi bunday xarakter oʻz ijtimoiy doirasida turli evfemik birliklarni paydo qilgan. “Maʼlumki, odob-axloq meʼyori talabiga koʻra, qadimdan turmush oʻrtogʻi, qaynota-qaynonasi va boshqa qarindoshlarning nomini tilga olmaslik, oʻzi ijod qilgan maxsus laqab-evfemik nom bilan murojaat etish – Markaziy Osiyo xalqlarida urf. Xususan, oʻzbek oilalarida turmush oʻrtoqlarini bosh farzand nomi bilan atash bugungi kunga qadar saqlangan” [Кадирова, 2012: 28]. Goʻyoki uning ismi yomonlik yetkazuvchilarga yetib boradi-yu, unga ziyon yetkazadi. Mazkur voqelik, dastavval, oʻziga xos asrab-avaylashning bir koʻrinishi boʻlib tugʻildi, keyinchalik madaniy tus oldi. Ayniqsa, aytish noqulay boʻlgan uyat voqelik, tana aʼzosiga ishora qiluvchi evfemik birliklar denotati aksariyat chogʻishtirilayotgan tillar uchun polisemantik LSV sifatida oʻz aksini topadi. Evfemizmlarni shakllantirishning semantik usullari V.P.Moskvinning “Hozirgi rus tilining leksik tizimidagi evfemizmlar” asarida toʻliq taqdim etilgan, bu yerda evfemizmni kodlashning 14 ta usuli beriladi: - metonimik nominatsiya; - metaforik nominatsiya; - sinekdoxa; - pronominalizatsiya – - yaqin tovushli soʻz bilan almashtirish; - abbreviatsiya; - kitobiy soʻzlar va iboralar (terminlar)dan foydalanish - xorijiy soʻzlardan foydalanish; - soʻzni mos keladigan umumiy tushuncha nomi bilan almashtirish; - parafrazalash; - antonomaziya; - tur-jins almashinuvi; - meyozis; - ellipsis. [Москвин, 2010: 264] Oʻzbek tilida ham metaforik evfemizm, metonimik evfemizm, sinekdoxik evfemizm, vazifadoshlik asosidagi evfemizm, kinoyaviy evfemizmlar ajratiladi [Kadirova, 2023]. Masalan (1-jadvalga qarang): 1-jadval. O‘zbek tilida polisemantik evfemizmlar Metaforik evfemizm 1. Boʻyin egmоq (“tаslim boʻlmоq”): “Mаngа oʻхshаsh boʻynini ekkаn хumsаlаring judа koʻp ekаn” [Қодирий, 2007: 288]; 2. Boʻyni yoʻgʻоn (“zoʻrаvоn”, “beta’sir”): “Mаhаllа-koʻylаrimizdа bittаbittа boʻyni yoʻgʻоn – boʻyni gʻаvslаr bоrligʻini hаr bir kimsа bilur vа ulаrning mаhаllа ijtimоiyotidа oʻynаyturgʻаn roʻllаri kаttа-kichikkа bеlgulikdir” [Қодирий, 2007: 140]. Metonimik 1. Dori (“aroq”): “Uхlаgʻаnim yoʻq, hеz, dоringni quy-chi!” [Qodiriy, 2008: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1018 evfemizm 157]; 2. Zahar (“aroq”): “– Bir vаqt оshsuvdаn qutulib Nоrpоchchахоnim minаn bir piyolа zаhаrni ichib oʻltursаm, eshikdаn nоrtuyadеk boʻrtib ikkitа yallаchi oʻlgur kеvоtti” [Қодирий, 2007: 359]; 3. Kеlim (“daromad”): “Birаr jоydаn kеlim boʻlmаgʻаnliqdаn bu оilа koʻp tаnglikkа tushib, охiridа Sоlih mахdum tаhsilni tаrk etishgа, qоrin toʻydirаrliq bir kаsb izlаshkа mаjbur boʻlаdi” [Қодирий, 1994: 9]. Sinekdoxik evfemizm 1. Tuyoq (“farzand”): “Аmmо siz hurmаtlulаrgʻа mа’lumdir, bizning shul Оtаbеkdаn oʻzgа fаrzаndimiz boʻlmаy, dunyodа oʻzimizdаn kеyin qоlаturgʻоn tuyoqimiz vа koʻz tikkаn оrzu-hаvаsimiz, umid hаdаfimiz fаqаt shul Оtаbеkdir” [Qodiriy, 2008: 141]. 2. Turmaslik (“ona qornida bolaning nobud bo‘lishi”): “– Mаrgʻilоnliq хоtiningizdаn bоlаngiz bоrdir? – Yoʻq... – Boʻlsа hаm turmаdimi, uylаngаningizgа аnchа boʻldi shеkillik? – Turmаdi” [Qodiriy, 2008: 285]. 3. Quloq (“ayg‘oqchi”): “Yorqоriyеvgʻа qulоqlаrdаn оlingаn “qаrzlаr” kifоya qilmаydi, chunki, “ehtiyoj” zoʻr... [Қодирий, 2007: 387]; Qulоqlаr ishi, dеgаn mulоhаzаni bildirаdi” [Қодирий, 2007: 395]. Vazifadoshlik asosidagi evfemizm Arra (“yarim ulush”): “Shаhаrdа mаshhur ishоnchliq muttаhаmlаrdаn ibоrаt kаmisioʻnniy mаgаzin оchildi... Kаmissiya hаqi judа аrzоn: sоtib bеrilgаn mоlning оqchаsi аrrа” [Қодирий, 2007: 97]. Kinoyaviy evfemizm Izzat, hurmat (“laganbardorlik”, “xushomad”): “Shuning uchun аnvо’i erkаlikkа, nеchа хil mukаyifоtkа, rаng-bаrаng “izzаt, hurmаtkа” oʻrgаngаn koʻngli bu хаridоrsizlik bаlоsigа tuz sеpkаn yarаdеk аchir edi” [ Қодирий, 2017: 67]. Demak, evfemizmlarning chogʻishtirilishidagi leskik-semantik muammolar globallashuv jarayonida oʻzining yangi yoʻnalishlarini ochib borish xususiyatiga ega. Bunda monosemantik va polisemantik jarayonlar chogʻishtirilishi mumkinligi, natijada har bir tilning koʻchimlardan mental qoʻllash samaradorligi, pragmatik idrok etishning madaniy belgilari namoyon boʻladi. Evfemalarning leksik-semantik holati koʻpincha muayyan maqsadlar tufayli, dunyodagi rivojlangan tillar bilan chogʻishtirilishi koʻzga tashlanadi. Aksincha, keng ommalashmagan tillardagi evfemik birliklar koʻpincha badiiy, milliy-madaniy ruh aks etgan matnlarda uchraydi va chogʻishtirilish jarayonida tafovutlar yuzaga chiqadi. Shuningdek, mintaqaviy oʻrin ham muhim ahamiyat kasb etib, Sharq va Gʻarb madaniyatidagi evfemik birliklarning leksik-semantik vazifalari farqlanishi kuzatiladi. Bu belgilar disfemik koʻchimda ham oʻz aksini topadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Kadirova X. Evfemik va disfemik birliklarning ma’no munosabati va ma’no qamrovi asosidagi tiplari. Иностранные языки в Узбекистане, 20 декабря 2023 г., – С. 70. https://doi.org/10.36078/1703660236. 2. Kadirova Xurshida Batirovna. (2025). Oʻzbek va rus tillaridagi evfemizm/disfemizmlar oʻzaro tarjimasining funksional-pragmatik (dinamik) modeli. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”, 1(2), 685–692. https://doi.org/10.5281/zenodo.15463694 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1019 3. Kadirova Хurshida Batirovna. (2025). Evfеmizm va disfеmizm mavzusidagi izlanishlar borasidagi ayrim nuqtai nazarlar. Hamkor Konferensiyalar, 1(15), 11–15. Retrieved from https://academicsbook.com/index.php/konferensiya/article/view/2239 4. Qodiriy A. Oʻtkan kunlar. Roman. – Toshkent: www.ziyouz.com kutubxonasi, 2008. – B. 285. 5. Кадирова Х.Б. Абдулла Қодирийнинг эвфемизм ва дисфемизмдан фойдаланиш маҳорати: Филол.фанлари номзоди дисс... автореф. – Тошкент, 2012. – Б. 72. DOI: 10.13140/РГ.2.2.22449.94561 6. Комлев Н.Г. Словарь иностранных слов / Н.Г. Комлев. – М.: Эксмо-пресс, 1999. – 1308 с. 7. Қодирий А. Диёри бакр. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2007. – Б. 97. 8. Қодирий А. Меҳробдан чаён. – Тошкент: Info Capital Group, 2017. – Б. 67. 9. Қодирий А. Меҳробдан чаён. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1994. – Б. 9. 10. Москвин В.П. Эвфемизмы в лексической системе современного русского языка. – Волгоград: Ленанд, 2010. – 264 с. 11. Серкова Н.И. Политкорректные эвфемизмы русского и английского языков в современной лексикографической практике. // «Социальные и гуманитарные науки на Дальнем Востоке», 2015, № 1 (45). – С. 24. 12. Хакимова М.М. Лексико-сравнительный анализ эвфемизмов в таджикском и английском языках: Дисс. канд. фил. наук. – Хужанд, 2018. – 26 с. 13. Шамсиева Ш.Қ. Хитой ва ўзбек тилларидаги маиший эвфемизмларнинг лингвомаданий тадқиқи. Фил. фан. бўйича фалс. док. (PhD)... дисс. автореф. – Тошкент, 2020. – Б. 14.