scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IDROK JARAYONIDA KUZATUVCHANLIKNING O'RNI

G'ulomnazirova Fazilat; Ozodqulov Olimjon baxodir o'g'li

Full text

150 IDROK JARAYONIDA KUZATUVCHANLIKNING O‘RNI G‘ulomnazirova Fazilat Chirchiq davlat pedagogiki universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Texnonogik te’lim kafedrasi talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pisixologiya kafedrasio‘qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon baxodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17895130 Annotatsiya Ushbu maqolada idrok jarayonida kuzatuvchanlikning tutgan o‘rni, uning psixologik mexanizmlari va inson faoliyatidagi ahamiyati yoritiladi. Kuzatuvchanlikning tashqi va ichki turlari, shuningdek idrokning fiziologik va psixologik asoslari haqida ilmiy-tahliliy ma’lumotlar keltiriladi. Maqolada idrokning inson ongidagi ijodiy jarayon sifatidagi roli, appersepsiya, diqqat, tafakkur va hissiy holatlarning idrok sifatiga ta’siri o‘rganiladi Kalit so‘zlar: idrok, kuzatuvchanlik, sezgi aʼzolari, tafakkur, diqqat, appersepsiya, konstantlik (barqarorlik), introspeksiya, psixologik holat, yaxlit obraz. Annotation: This article examines the role of observation in the perceptual process, its psychological mechanisms, and its significance in human activity. It provides scientific and analytical information on both external and internal types of observation, as well as the physiological and psychological foundations of perception. The study explores the role of perception as a creative process in human consciousness, and the influence of apperception, attention, thinking, and emotional states on the quality of perception Keyword: perception, observational skill, sense organs, thinking (cognition), attention, apperception, constancy (perceptual constancy), introspection, psychological state, holistic image. KIRISH: Insonning atrof-muhitni qanday qabul qilishi, uni qanday anglab yetishi va unga qanday munosabat bildirishida idrok jarayoni asosiy o‘rinni egallaydi. Idrok - tashqi olamdan kelayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, ularni birlashtirish va talqin qilish jarayonidir. Ushbu jarayon sezgi a’zolaridan olingan signallarni qayta ishlash orqali ongda yaxlit obrazlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Idrokning to‘liq va mazmunli kechishi ko‘p jihatdan kuzatuvchanlikka bog‘liq. Kuzatuvchanlik-bu obekt va hodisalarni diqqat bilan, tizimli va maqsadga muvofiq tarzda idrok etish qobiliyatidir. U insonning bilimlari, hayotiy tajribasi, ehtiyojlari, qiziqishlari va psixologik holati bilan bevosita bog‘liq. Kuzatuvchanlik insonning biror hodisani ko‘rarkan, uning rang, shakl, o‘lcham, harakat, tovush kabi barcha xususiyatlarini sezishga yordam beradi. Bu jarayon nafaqat ko‘z bilan, balki eshitish, hid bilish, tegish sezgisi orqali ham amalga oshadi. Kuzatuvchanlik natijasida to‘plangan ma’lumotlar inson tafakkuri tomonidan qayta ishlanadi. Shaxs ob’ektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlaydi, ularni umumlashtiradi va mantiqiy xulosalar chiqaradi. 151 Har bir inson idrok jarayoniga o‘zining bilimlari, kasbiy tajribasi va hayotiy kuzatuvlari asosida yondashadi. Masalan, oddiy kuzatuvchi uchun texnik vosita faqat tashqi ko‘rinishdan iborat bo‘lsa, mutaxassis uni tuzilishi, vazifasi va xususiyatlari bilan birgalikda idrok qiladi. Kuzatuvchanlik diqqatning barqaror va to‘plangan bo‘lishini talab qiladi. Tizimli mashqlar orqali insonning bir ob’ektga uzoq vaqt e’tibor qaratish qobiliyati oshadi. Bu esa o‘quv jarayonida, mehnat faoliyatida, ijodiy ishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatuvchanlik qiziqish bilan chambarchas bog‘liq. Qiziqish mavjud bo‘lgan joyda inson o‘rganayotgan hodisa haqida yanada ko‘proq ma’lumot izlaydi va idrok jarayoni chuqurlashadi. Kuzatuvchanlik insonning ijtimoiy hayotida ham muhim rol o‘ynaydi. U odamlarning xatti-harakati, imo-ishoralari, nutqi va hissiyotlarini tushunishga yordam beradi. Psixologiya, pedagogika, tibbiyot kabi sohalarda bu juda muhim kompetensiyadir. Bu tashqi dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarni bevosita kuzatishdir. Masalan, tabiatdagi o‘zgarishlar, inson harakatlari, tajriba jarayonlari. Bu insonning o‘z fikri, hissiyoti va ruhiy holatini tahlil qilishi. Psixologlar uchun introspeksiya muhim ilmiy metodlardan biri bo‘lib, u xatti-harakatlarning ichki sabablarini tushunishda yordam beradi. Idrok faqat sezgi emas, balki ongning ijodiy faoliyatidir. Uning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘idagi analiz va sintez jarayonlariga tayanadi. Sezgi a’zolariga kelayotgan signallar miyada qayta ishlanib, yaxlit obrazga aylanadi. Inson bir vaqtning o‘zida bir nechta belgilarni qabul qilib, ularni bir butun sifatida anglab yetadi. Idrok jarayonida uyushmalar, tajriba, bilimlar va abstrakt tafakkur faol ishtirok etadi. Shu sababli bir xil hodisani turli odamlar turlicha idrok qiladi. Masalan:tajribali haydovchi avtomobilning texnik holatini tezda sezadi; rassom manzaraning rang uyg‘unligini chuqurroq idrok qiladi; psixolog suhbatdoshning kayfiyati va holatini nozik farqlaydi. Bu farqlar appersepsiya orqali shakllanadi. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri konstantlik, ya’ni barqarorlikdir. Inson ko‘rgan obyektning obrazini xotirasida saqlab, uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Tasavvur jarayoni idrokning ajralmas qismi hisoblanadi. Hissiy kechinmalar ham idrok sifatiga ta’sir qiladi. Masalan: kayfiyat yomon bo‘lganda tabiat manzaralari xira ko‘rinadi; kayfiyat yaxshi bo‘lganda esa ular yorqin va jozibador bo‘lib tuyuladi. Demak, idrok nafaqat fiziologik, balki psixologik omillar bilan ham boshqariladi.Kuzatish qadim yunon faylasufi Aristotel davridan buyon ilmiy tadqiqotlarning eng muhim vositasi hisoblanadi. Psixologiyada kuzatish quyidagi xususiyatlarga ega: rejali, uzluksiz, batartib, mukammal bo‘lishi kerak. Kuzatishning sifatiga quyidagilar ta’sir qiladi: aniqlik bilan qo‘yilgan maqsad, kuzatilayotgan obyekt haqida oldindan bilimga ega bo‘lish, kuchli va barqaror diqqat, faol fikrlash. Psixologiyada tashqi va ichki kuzatish turlari qo‘llanadi. Kuzatish bugungi kunda:sistemali, epizodik, dala sharoitida, laboratoriyada, tabiiy sharoitda amalga oshirilishi mumkin. To‘plangan ma’lumotlar matematik-statistik usullar yordamida tahlil qilinadi. XULOSA Idrok va kuzatuvchanlik insonning kognitiv faoliyatini tashkil etuvchi asosiy mexanizmlardir. Kuzatuvchanlikning rivojlanishi natijasida shaxsning tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarish va ijtimoiy munosabatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish qobiliyati ortadi. Idrok esa sezgilardan olingan axborotni ongli ravishda qayta ishlash orqali inson faoliyatini yo‘naltiradi. Kuzatuvchanlikni rivojlantirish ta’lim jarayonida, kasbiy tayyorgarlikda va shaxsning o‘zini anglashida alohida ahamiyatga ega. Ilmiy kuzatish metodlarini qo‘llash esa psixologik hodisalarni chuqur tahlil qilishga imkon beradi. 152 Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Atkinson, R. L., Atkinson, R. C., Smith, E. E., & Bem, D. J. (2000). Introduction to psychology (13th ed.). Harcourt Brace College Publishers. 2. Bremer, K. (2016). Perception and cognition: Psychological foundations. Oxford University Press. 3. Feldman, R. S. (2018). Understanding psychology (14th ed.). McGraw-Hill Education. 4. Goldstein, E. B. (2019). Sensation and perception (10th ed.). Cengage Learning. 5. Hilgard, E. R., Atkinson, R. C., & Atkinson, R. L. (2002). Introduction to psychology (15th ed.). Harcourt College Publishers. 6. Passer, M. W., & Smith, R. E. (2017). Psychology: The science of mind and behaviour (4th ed.). McGraw-Hill.