DIQQATNING QONUNIYATLARI
Full text
189 DIQQATNING QONUNIYATLARI Qayumova Lola Najmiddin qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich va maktabgacha ta'lim fakulteti talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17896581 Annotatsiya Ushbu maqolada diqqatning asosiy xususiyatlari va uning psixologik qonuniyatlari ilmiyqonuniyatlari - yo‘naltirilganlik, barqarorlik, maqsadlilik, selektivlik kabi jihatlar ilmiy asosda bayon etiladi. Tadqiqot natijalari diqqatning o‘quvchilarning bilim faoliyatidagi roli va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar:diqqatning barqarorligi,diqqatning qonuniyatlari,diqqatning bo‘linishi,diqqatning ko‘lami,diqqatning kuchi. Annotation: This article provides a scientific and theoretical overview of the main characteristics of attention and its psychological laws. It analyzes such features of attention as concentration, stability, switchability, distribution, and volume, along with their significance in the learning process. The article also compares different types of attention: voluntary, involuntary, and post-voluntary. Additionally, it examines the factors that strengthen or weaken attention, external and education specialists. Keywords: attention, properties of attention, switchability of attention, distribution of attention, span of attention, strengh of attention, stability of attention, division of attention, laws of attention KIRISH. Diqqat deb, bir nuqtaga to‘plab,muayyan bir obyektga faol qaratilishini aytamiz;biz o‘z faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa,har bir hodisa,o‘zimizning qilgan ishlarimiz, o‘y fikrlarimiz diqqatning obyekti bo‘la oladi. Diqqatning qonuniyatlari. Diqqatning barqarorlik qonuniyati-Inson bir faoliyatga qancha uzoq muddat chalg‘imasdan e’tibor bera olsa, diqqat shuncha barqaror bo‘ladi. Murakkab va qiziq topshiriqlar barqarorlikni oshiradi. Diqqatning bo‘linish qonuniyati-Inson diqqatini bir vaqtning o‘zida bir nechta ishga qaratishi mumkin, lekin diqqatning bo‘linish darajasi cheklangan. Masalan: yozib turib eshitish mumkin, lekin yozib turib matn o‘qish qiyin. Diqqatning ko‘chish qonuniyati-Diqqat bir faoliyatdan ikkinchisiga ko‘chadi. Ko‘chish tezligi odamning tajribasi, qiziqishi va mashqiga bog‘liq. Diqqatning hajm qonuniyati-Bir paytda ongimizda o‘rtacha 5 - 7 ta predmetni saqlab turish mumkin. Bu miqdor ortsa diqqat pasayadi. Diqqatning selektivlik (tanlab olish) qonuniyatiAtrofdagi ko‘plab signal va axborotlar ichidan inson o‘zi uchun muhimini tanlab oladi. Masalan, shovqin bo‘lsa ham o‘z ismimizni eshitsak, darhol e’tiborimiz o‘sha tomonga qaratiladi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat qonuniyati-Ixtiyorsiz diqqat - qiziqarli, yangi, kuchli ta’sirlar o‘z-o‘zidan e’tiborni tortadi. Ixtiyoriy diqqat - odam o‘zini majburlab e’tibor qiladi. U ko‘proq kuch va iroda talab qiladi. Diqqatning chalg‘ish qonuniyati-tashqi shovqin, o‘y-fikrlar, telefon va boshqa omillar diqqatni oson chalg‘itadi. Agar chalg‘ituvchi omil kuchli bo‘lsa, asosiy diqqat susayadi.
190 Diqqatning kuchi va barqarorligi uning muhim xossasidir. Diqqatning kuchi turli darajada bo‘lishi - diqqat kuchli va kuchsiz bo‘lishi mumkin. Diqqat qanchalik kuchli bo‘lsa, u diqqat obyektiga shunchalik ko‘p to‘planadi, boshqa, ayni vaqtda keraksiz bo‘lgan narsalarga shunchalik kam chalg‘iydi. Biz tashqi tomondan diqqatning kuchi to‘g‘risida asosan, uning chalg‘ish darajasiga qarab hukm chiqaramiz. O‘quvchining diqqati har xil, hatto kuchsiz darajadagi chetki qo‘zg‘ovchilardan, chumoli, qalamning tushib ketishiga, qo‘shni partadagi o‘rtodlarining pichirlashganiga, koridorda bo‘layotgan gaplarga chalg‘ib ketaversa - bu ayni vaqtda o‘quvchining diqqati kuchsizligidan dalolat beradi. Agar o‘quvchi bunday chetki qo‘zg‘ovchilar (ba’zan hatto kuchli qo‘zg‘ovchilar) ta'sirini ham go‘yo “sezmay”, balki muayyan bir ishga berilib qunt bilan ishlasa, bu ayni vaqtda o‘quvchi diqqatining kuchliligidir. Eng kuchsiz diqqat, odatda, tarqoq diqqat, parishon diqqat yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri parishonlik deyiladi. Parishonlik odamning o‘z diqqatini biron-bir muayyan ishda tutib tura olmasligidir. Parishonlikda odamning diqqati bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ravishda o‘tib turadi, bu narsalardan birontasida ham to‘xtab turnaydi. Parishonlik holatini biz bolalar hayotining dastlabki kunlarida uchratishimiz mumkin: yosh bola diqqatini hali hech bir narsa ustida tutib tura olmaydi. Parishonlik holati katta yoshdagi odamlarda ham bo‘ladi, masalan, charchaganda, nerv kasalligiga duchor bo‘lganda, nerv sistemasi zaharlanganda. Diqqatning ko‘lami - diqqatga eng qisqa vaqt ichida (go‘yoki birdaniga) sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar soni bilan belgilanadi. Diqqat ko‘lami jihatidan tor yoki keng bo‘lishi mumkin. Tajriba qilib tekshirishda diqqatning ko‘lami, odatda, tekshirilayotgan odanga ayni bir vaqtning o‘zida bir qancha o‘zaro bog‘lanmagan harflarni, so‘zlarni, narsalarni va turli shakllarni ko‘rsatish yo‘li bilan aniqlanadi. Tekshirilayotgan kishi bu narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko‘pini birdaniga idrok eta olsa (diqqat doirasiga sig‘dira olsa), uning diqqat doirasi shunchalik keng bo‘ladi. Diqqatning ko‘lamini aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus asbob qo‘llaniladi. Bu asbob yordamida kishiga idrok ettiriladigan narsalar juda tez ko‘rsatiladi. Bunda idrok qilinadigan narsalar taxistoskopning ekranidagi teshikdan ko‘rsatiladi va bu teshik juda qisqa vaqt ichida yopilib qoladi. Taxistoskop vositasi bilan o‘tkazilgan tajribalar ko‘rsatishicha, katta yoshli odam ayni vaqtning o‘zida diqqat doirasiga uchtadan to oltitagacha bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni, masalan, undosh harflarni, shakllarni sig‘dira oladi. Lekin idrok qilinadigan narsalar ma'no jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa va yoki bu narsalar yaxlit bir narsaning elementlari bo‘lsa, bunda diqqat doirasiga shu kabi narsalarning ko‘pi sig‘ishi mumkin. Taxistoskop vositasi bilan diqqat ko‘lami yuzasidan o‘tkaziladigan eksperimental tekshirishlarda diqqatning ayrim individual xususiyatlari ham aniqlangan. Diqqatning ko‘lami - diqqatga eng qisqa vaqt ichida (go‘yoki birdaniga) sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar soni bilan belgilanadi. Diqqat ko‘lami jihatidan tor yoki keng bo‘lishi mumkin.Tajriba qilib tekshirishda diqqatning ko‘lami, odatda, tekshirilayotgan odanga ayni bir vaqtning o‘zida bir qancha o‘zaro bog‘lanmagan harflarni, so‘zlarni, narsalarni va turli shakllarni ko‘rsatish yo‘li bilan aniqlanadi. Tekshirilayotgan kishi bu narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko‘pini birdaniga idrok eta olsa (diqqat doirasiga sig‘dira olsa), uning diqqat doirasi shunchalik keng bo‘ladi. Diqqatning ko‘lamini aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus asbob qo‘llaniladi. Bu asbob yordamida kishiga idrok ettiriladigan narsalar juda tez ko‘rsatiladi. Bunda idrok qilinadigan narsalar taxistoskopning ekranidagi teshikdan ko‘rsatiladi va bu teshik juda qisqa vaqt ichida yopilib qoladi. Taxistoskop vositasi bilan o‘tkazilgan tajribalar ko‘rsatishicha, katta yoshli odam ayni vaqtning o‘zida diqqat doirasiga uchtadan to oltitagacha bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan
191 narsalarni, masalan, undosh harflarni, shakllarni sig‘dira oladi. Lekin idrok qilinadigan narsalar ma'no jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa va yoki bu narsalar yaxlit bir narsaning elementlari bo‘lsa, bunda diqqat doirasiga shu kabi narsalarning ko‘pi sig‘ishi mumkin. Diqqatning kuchuvchanligi. Diqqatning ko‘chishi deganda, biz uning bir narsadan ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o‘tishini tushunamiz. Masalan, odam o‘z diqqatini kitob o‘qishdan surat ko‘rishga, surat ko‘rishdan esa o‘z fikrlarini bayon etishga ko‘chirishi mumkin. O‘quvchilar o‘z diqqatlarini bir fan o‘qishdan boshqa fanga ko‘chiradilar, chunonchi, matematikadan tarixga, tarixdan rus tiliga va shuning kabilar. Diqqatning ko‘chishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy tarzda sodir bo‘lishi mumkin. Diqqatni ko‘chirishning nerv-fiziologik asosi, asosan, ikkinchi signallar sistemasining signallari orqali bosh miyaning po‘stida paydo bo‘lgan optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘ining o‘rin almashitrishidir. Diqqatning ko‘chirilishi ko‘p hollarda qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ba’zan diqqatni bundan oldingi obyektdan ajratish qiyin bo‘lsa, boshqa hollarda oldingi ishining ketidan qilinadigan yangi ishga kirishib ketish qiyin bo‘ladi. Diqqatni ko‘chirishning yengillik yoki qiyinligi bir qaratiigan bo‘limasa kerak, deb o‘ylash lozim. Bo‘lingan diqqat bu diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tezlik bilan ko‘chishidir. Diqqatning kuchuvchanligi. Diqqatning ko‘chishi deganda, biz uning bir narsadan ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o‘tishini tushunamiz. Masalan, odam o‘z diqqatini kitob o‘qishdan surat ko‘rishga, surat ko‘rishdan esa o‘z fikrlarini bayon etishga ko‘chirishi mumkin. O‘quvchilar o‘z diqqatlarini bir fan o‘qishdan boshqa fanga ko‘chiradilar, chunonchi, matematikadan tarixga, tarixdan rus tiliga va shuning kabilar. Diqqatning ko‘chishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy tarzda sodir bo‘lishi mumkin Diqqatning ko‘chirilishi ko‘p hollarda qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ba’zan diqqatni bundan oldingi obyektdan ajratish qiyin bo‘lsa, boshqa hollarda oldingi ishining ketidan qilinadigan yangi ishga kirishib ketish qiyin bo‘ladi. Diqqatni ko‘chirishning yengillik yoki qiyinligi bir qaratiigan bo‘limasa kerak, deb o‘ylash lozim. Bo‘lingan diqqat bu diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tezlik bilan ko‘chishidir. Yuliy Sezar haqida shunday qissa saqlanib qolgan. U go‘yoki bir vaqining o‘zida bir narsani yozib, boshqa narsa haqida o‘ylash, uchinchi narsani eshitish va to‘rtinchi narsa haqida gapirish kabi murakkab ishlarni bajar olgan emish. Psixologiya nuqtayi nazaridan, bunday hodisaning bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. Har holda Yuliy Sezar diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko‘chirish qobilyatiga ega bo‘lsan bo‘lsa kerak. Shu sababli, Yuliy Sezar o‘z diqqatini bir vaqining o‘zida to‘rt xil faoliyatga qarata oladi, deb o‘ylaganlar. Shunday hollar ham bo‘ladiki, bunda kishi biron doklad yoki ma'ruza eshitib o‘tirar ekan, ayni shu vaqining o‘zida xayol surishi, qandaydir boshqa narsalar haqida o‘ylashi, kitob yoki gazeta o‘qishi mumkin. Bu narsa hammaga o‘z turmush tajribasidan ma'lum. Diqqatning barqarorligi. Diqqat ma'lum darajada barqaror va begaror bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatgacha bir narsaning o‘ziga qaratilib tura oladigan diqqat barqaror diqqat deyiladi. Agar diqqat biron-bir faoliyat jarayonida boshqa narsalarga, keraksiz narsalarga chalg‘iyversa yoki tez sustlashib va so‘nib qolsa, bunday diqqat begaror diqqat deyiladi. Masalan, o‘quvchi butun dars davomida darsning borishiga diqqat qilib o‘qituvchining tushuntirishlarini boshqa narsalarga chalg‘itmay tinglab borsa, biz o‘quvchining diqqatini barqaror diqqat deymiz. Bordi-yu, o‘quvchi o‘qituvchining tushuntirishlariga avval boshda quloq solib borib, lekin 10 - 15 daqiqadan keyin boshqa narsa bilan shug‘ullansa, yoki boshqa narsalar to‘g‘risida xayolga berlib ketsa, yoki o‘qituvchining tushuntirishidagi ayrim moment.
192 Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Pavlov I.P. Vysshaya nervnaya deyatelnost cheloveka. - Moskva: Nauka, 1951. 2. Nemov R.S. Psixologiya: Uchebnik dlya studentov ped. vuzov. - Moskva Vlados, 1998. 3. Craik F., Lockhart R. Levels of Processing Framework. - Journal of Verbal Learning and Verbal Behavior, 1972. 4. Atkinson R., Shiffrin R. Human Memory: A Proposed System and Its Control Processes. - New York: Academic Press, 1968. 5. Broadbent D.E. Perception and Communication. - London: Pergamon Press, 1958. 6. Solso R. Cognitive Psychology. - Boston: Allyn & Bacon, 2005. 7. O‘zbekiston Respublikasi Pedagogika ensiklopediyasi. - Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015. 8. G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. - Toshkent: O‘qituvchi, 2002.