scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOTIRANING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI VA NAZARIYALARI

Turg'anbayeva Diana; Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li

Full text

207 XOTIRANING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI VA NAZARIYALARI Turg‘anbayeva Diana Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va Boshlang‘ich fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining1 - kurs talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17896819 Annotatsiya Ushbu maqolada xotiraning nerv fiziologik asoslarini o‘rganamiz. Xotira - axborotni qabul qilish, saqlash va qayta tiklash jarayoni bo‘lib, uning nerv - fiziologik asoslari neyronlar o‘rtasidagi sinaptik bogʻlanishlar, neyroplastiklik va miya tuzilmalarining (gippokamp, korteks, amigdala) hamkorligi orqali amalga oshadi. Xotira jarayoni kodlash, konsolidatsiya, saqlash va qayta tiklash bosqichlaridan iborat bo‘lib, insonning o‘rganish va ongli faoliyatini ta’minlaydi. Kalit so‘zlar: xotira, nerv - fiziologik asoslar, neyronlar, sinaptik bogʻlanishlar, neyroplastiklik, gippokamp, miya po‘stlogʻi, amigdala (migdala bezlari), axborotni kodlash, xotirani mustahkamlash (konsolidatsiya), axborotni saqlash, axborotni qayta tiklash, kognitiv jarayonlar, o‘rganish, oliy nerv faoliyati Annotation: This article explores the neuro-physiological foundations of memory. Memory is the process of receiving, storing, and retrieving information, which is ensured by synaptic connections between neurons, neuroplasticity, and the interaction of brain structures (hippocampus, cortex, amygdala). The memory process includes the stages of encoding, consolidation, storage, and retrieval, supporting human learning and conscious activity. Keywords: Memory, neurophysiological foundations, neurons, synaptic connections, neuroplasticity, hippocampus, cerebral cortex, amygdala, information encoding, memory consolidation, information storage, information retrieval, cognitive processes, learning, higher nervous activity. KIRISH Xotira - biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayoni. Xotira - shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bogʻlash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bogʻlanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas. Xotira individning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Forobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, Xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida ta’kidlagan. Shunday qilib, xotira - bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira koʻlami, axborotlarning uzoq vaqt va mustahkam 208 saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chiqish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining koʻpayib borishi hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq, muddatli xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli xotirada axborotlar bir necha daqiqadan bir necha oʻn daqiqagacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (masalan, elektr shok, narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli xotirada axborotlar odam umri boʻyi saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Qisqa muddatli xotira asta - sekin uzoq muddatli xotiraga aylanadi. Xotira ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi xotira ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, feʼl - atvori va shu kabilar bilan uzviy bogʻliq. Xotira namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional xotira (his - tuygʻuni esda tutish), obraz xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻz - mantiq xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan hodda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz - mantiq xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir - birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz xotirada bunday maqsad boʻlmaydi - biror faoliyatda (masalan, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻz - oʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy xotira ixtiyorsiz xotiradan samaraliroq. Fanda xotira bilan bogʻliq ravishda unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat berilmoqda. “Normal” unutishni psixik kasalliklardagi xotira buzilishidan farq qilmoq kerak. Bu kasalliklarda xotira susayishi (gipomneziya), yoʻqolishi (amneziya) yoki bir tomonlama kuchayishi (gipermneziya) kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda u sifat jihatdan buziladi: bemorga boʻlmagan voqealarni goʻyoki oʻz boshidan kechirgandek tuyuladi, yoki qachonlardir boʻlib oʻtgan voqealarni kecha yoki bugun roʻy bergan deb oʻylaydi (konfabulyatsiya, psevdoreminssensiya). Bunday soxta xotiralar kishida jiddiy ruhiy xastaliklar oqibatida kelib chiqadi. Bunday kasalliklarga bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, shikastlanish, miyaga qon quyilishi holatlari, ogʻir zaharlanishlar oqibati (masalan, alkogolizmda uchraydigan psixoz) va shu kabilar kiradi. Xotira buzilganda uni keltirib chiqaruvchi asosiy kasallikni davolashga eʼtiborni qaratish kerak [1] Xotira - bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi».Xotiraning nerv fiziologik asosida bosh miya po‘stida hosil bo‘ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bogʻlanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo‘lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo‘lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo‘ladi. Asosiy nerv jarayonlari: Neyron impulslari - axborot elektr signallar ko‘rinishida uzatiladi. Sinapslar faoliyati - xotiraning asosiy “joyi” sinapslarda. U yerda kimyoviy moddalar (neyromediatorlar) orqali axborot mustahkamlanadi. Uzoq muddatli potentsiallanish (LTP) - bir sinaps uzoq vaqt davomida kuchayib qolishi. Bu xotiraning fiziologik markeri hisoblanadi. 209 Neyroplastiklik - miya yangi bogʻlanishlar yaratish qobiliyati; o‘rganish va xotira aynan bunga asoslanadi. XULOSA Xotiraning nerv - fiziologik asoslari neyronlarning o‘zaro bogʻlanishiga, sinaptik kuchayish va neyroplastiklikka tayanadi. Xotira jarayoni gippokamp, korteks, amigdala kabi tuzilmalar hamkorligida amalga oshadi. Xotira nazariyalari esa bu jarayonni turli tomondan izohlaydi: assotsiativ, reflektor, biokimyoviy va zamonaviy Hebb prinsipiga asoslangan nazariyalar. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Gippenreyter, Yu. B. (2017). Psixologiya: Insonni tushunish san’ati. Moskva: Eksmo. 2. Nemov, R. S. (2005). Psixologiya: Darslik uch tomlikda. Moskva: Vlados. 3. Rahimova, M. (2021). Kognitiv psixologiya va xotira jarayonlari. Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 4. Sokolov, E. N. (2001). Neyropsixologiya va xotira jarayonlari. Moskva: Eksmo. 5. Vigotskiy, L. S. (1984). Psixologiya rivojlanishining asoslari. Moskva: Pedagogika. 6. “Xotira”, “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” (X-harfi). Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”Davlat ilmiy nashriyoti, 2000 – 2006 yillar. 7. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110–113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079