PSIXOLOGIYA FANINING NAZARIY TAHLILI
Full text
231 PSIXOLOGIYA FANINING NAZARIY TAHLILI Abduxamidova Zarnigor Abdumurod qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 1 - kurs talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qtuvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17897130 Annotatsiya Ushbu maqolada psixologiya fanining nazariy tahlili yoritilgan bo‘lib, psixologiya fanining predmeti, asosiy tushunchalari, ilmiy nazariyalari va tadqiqot metodlari haqida ma’lumot beriladi. Maqolada bixeviorizm, gestalt psixologiyasi, psixoanaliz, kognitiv va gumanistik yondashuvlarning mohiyati haqida maʼlumot beriladi. Shuningdek, psixologiya fanining nazariy ahamiyati, uning Inson ruhiyati va shaxs rivojlanishidagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Maqolada psixologiya fanining ilmiy asoslari sodda va tushunarli tarzda izohlab beriladi. Kalit soʻz: psixologiya, metod, tadqiqot, ruhiyat, shaxs, predmet, nazariya, kognitiv. Abstract: This article covers the theoretical analysis of psychology, provides information about the subject, basic concepts, scientific theories and research methods of psychology. The article provides information about the essence of behaviorism, gestalt psychology, psychoanalysis, cognitive and humanistic approaches. It also shows the theoretical significance of psychology, its role in the human psyche and personality development. The article explains the scientific foundations of psychology in a simple and understandable way. Keywords: psychology, method, research, psyche, personality, subject, theory, cognitive. KIRISH Psixologiya fani insonning ruhiy jarayonlari, xulq - atvori va shaxs rivojlanishini o‘rganadigan murakkab va ko‘p qirrali ilmiy soha hisoblanadi. Zamonaviy psixologiyada turli nazariy yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular inson psixikasini tushuntirishga turlicha qarashlarni taklif etadi. Bixeviorizm inson xulq-atvorini kuzatish orqali izohlashni maqsad qilgan bo‘lsa, gestalt psixologiyasi idrokning yaxlitligi va tizimlilik tamoyillariga urg‘u beradi. Psixoanaliz inson ruhiyati tubida yotgan ongsiz jarayonlarni o‘rganadi, kognitiv yondashuv esa tafakkur va bilish jarayonlarining mohiyatini tahlil qiladi. Gumanistik psixologiya esa insonning ichki imkoniyatlari, o‘zini rivojlantirish va o‘zini anglash jarayoniga alohida e’tibor qaratadi. Psixologiya fanining nazariy tahlili - bu psixik hodisalarni tushuntirishda turli yo‘nalishlar, qarashlar va ilmiy maktablarning o‘ziga xos tamoyillarini o‘rganishdir. Har bir nazariy yondashuv inson ruhiyati va xulq - atvorini alohida jihatdan izohlaydi. Quyida psixologiya sohasida eng muhim va ta’sirli bo‘lgan nazariy yo‘nalishlar kengroq yoritiladi. Bixeviorizm nazariyasi: Bixeviorizm XX asr boshida J.Uotson tomonidan asos solingan bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi - psixologiya faqat tashqi kuzatiladigan xulq - atvorni o‘rganishi kerak, degan fikrga tayanadi. Bu yondashuvga ko‘ra: ichki kechinmalar ilmiy o‘lchanmaydi; xulq - atvor muhit ta’siri natijasida shakllanadi; “stimulus - reaksiya” tamoyili asosiy tushuncha hisoblanadi. Bixevioristlarning fikricha, insonning barcha harakatlari o‘rganilgan odatlardir. Gestalt psixologiyasi: Gestalt maktabi nemis olimlari M. Vertxaymer, K. Koffka va V. Kyolerlar tomonidan rivojlantirilgan. “Gestalt” so‘zi “yaxlit ko‘rinish”, “butun obraz” ma’nosini anglatadi. Bu
232 yondashuvga ko‘ra: inson idroki alohida elementlardan emas, balki yaxlit tuzilmadan tashkil topadi; ong har doim ma’lumotni tartiblaydi va tizimga soladi; idrok jarayoni obrazlilikka asoslanadi. Psixoanaliz yondashuvi: Psixoanaliz Sigmund Freyd tomonidan shakllantirilga bo‘lib, inson ruhiy hayotining asosiy qismi ongsiz jarayonlar bilan bog‘liq, degan g‘oyani ilgari suradi. Ushbu yo‘nalishda: ruhiyat uch darajadan iborat: ong, ongosti, ongsizlik; bolalikda olingan tajribalar shaxs rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi; ichki ziddiyatlar ruhiy muammolarning asosiy sababidir. Freydning fikricha, Insonning istaklari, qo‘rquvlari va konfliktlari ong ostida yashirin bo‘ladi. Ularni aniqlash uchun psixoanalitik suhbat, tushlarni tahlil qilish, assotsiatsiyalar kabi usullar qo‘llanadi. Psixoanaliz klinik psixologiya, psixoterapiya va shaxs psixologiyasida keng qo‘llanilmoqda. Kognitiv psixologiya: Kognitiv yondashuv 1960 - yillarda shakllanib, insonning bilish faoliyatiga e’tibor qaratadi. Bu nazariyaga ko‘ra, xulq - atvor ong orqali boshqariladi. Kognitiv psixologiyada quyidagi jarayonlar o‘rganiladi: idrok qilish, xotira, tafakkur, nutq, qaror qabul qilish, e’tibor. Kognitiv psixologiya insonning ma’lumotni qanday qabul qilishi, qayta ishlashi va saqlashini o‘rganadi Gumanistik psixologiya: Gumanistik yondashuv insonni erkin, ijodkor va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qodir mavjudot sifatida talqin etadi. Bu yo‘nalish A. Maslou va K. Rojerslarning ishlari orqali rivojlangan. Gumanistik psixologiyaning asosiy g‘oyalari: insonning tabiati ijobiy va ezgulik tomon intiladi; har bir shaxsda o‘zini anglash va rivojlantirish salohiyati mavjud; ichki uyg‘unlik va ruhiy muvozanat shaxs farovonligini ta’minlaydi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, psixologiya fanining nazariy tahlili inson ruhiyati, xulq-atvori va shaxs rivojlanishini turli nuqtai nazarlardan tushuntiruvchi yondashuvlarni umumlashtiradi. Bixeviorizm xulq - atvorga tashqi muhitning ta’sirini ko‘rsatadi, gestalt psixologiyasi idrokning yaxlit va tizimli shakllanishini izohlaydi. Psixoanaliz inson ruhiyatidagi ong osti jarayonlarining ahamiyatini ochib beradi, kognitiv yondashuv fikrlash va bilish jarayonlarining xulqqa ta’sirini tahlil qiladi, gumanistik psixologiya esa shaxsning o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish jarayoniga e’tibor qaratadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. S.R.Mirzayeva, Sh.R.Samarova, O.U.Avlayev. Umumiy psixologiya: Darslik. - Toshkent: yangi chirchiq book, 2022. 2. G‘aniyev B. Psixologiya asoslari. - Toshkent: Fan nashriyoti, 2014. 3. Usmonxo‘jayeva R. Jahon psixologiyasi tarixi. - Toshkent: Universitet, 2017. 4. Qo‘shqarova X. Psixologiya tarixi. - Toshkent: Innovatsiya - Ziyo, 2020. 5. To‘xliyeva N. Kognitiv psixologiya asoslari. - Toshkent: Ziyo, 2021. 6. Ismoilov S. Psixologiya faniga kirish. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2013. 7. Ergashev O. Gumanistik psixologiya asoslari. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. 8. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved fromhttps://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079