ZAMONAVIY INNOVASION LOYIHALARNING MAZMUN-MOHIYATI VA UNING UMUMIY TUSHUNCHALARINI ANIQLASH
Abstract
Bu ilmiy maqolada zamonaviy loyihalarning mazmuni, mohiyati, ilmiy tushnchalar hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida innovasion faoliyat metologiyasi xalqaro standartlarga asoslanganligi aniqlovchi ilmiy izlanishlar natijasi keltirilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 198 UDK: 338.5 ZAMONAVIY INNOVASION LOYIHALARNING MAZMUN-MOHIYATI VA UNING UMUMIY TUSHUNCHALARINI ANIQLASH Aliyeva Nigora Bozor qizi Mirzayev Zafar Abdualimovich Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti o’qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.17897232 Annotatsiya. Bu ilmiy maqolada zamonaviy loyihalarning mazmuni, mohiyati, ilmiy tushnchalar hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida innovasion faoliyat metologiyasi xalqaro standartlarga asoslanganligi aniqlovchi ilmiy izlanishlar natijasi keltirilgan. Kalit so’zlar: Innovasiya, loyiha, investisiya, ixtiro, iqtisodiyot, standart, rejalashtirish, samara, struktura. Annotation. This scientific article presents the results of scientific researches that determine the content, essence, scientific concepts of modern projects, and the methodology of innovative activity in the market economy is based on international standards. Key words: Innovation, project, investment, invention, economy, standard, planning, efficiency, structure. Xulosa. Tadqiqot mazmuni shundan iboratki, zamonaviy innovasion loyihaning jalb etuvchanligini baholash usullari ikki guruhga: diskontlash konsepsiyasini qo’llashga asoslangan hamda diskontlash konsepsiyasini qo’llashni nazarda tutmaydigan usullarga bo’linishi bilan xususiyatlanadi. Demak ushbu usullar orqali loyihaning mutloq jalb etuvchanligini aniqlash imkonini yaratiladi. Kirish. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishi maqsadida innovasion loyihalarni keng jalb qilish muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni etish, rivojlanishning strategik dasturlarini amalga oshirish, yangi bozorlarni egallash qo’shimcha mablag’ qo’yilmalarini talab etadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun investisiya mablag’larini jalb qilish hal qiluvchi muhim ahamiyatga ega. Avvalom bor, jahon iqtisodiy adabiyotlarida "innovasiya" saloxiyatli ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning real hayotga joriy etilishi, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda namoyon bo’lish jarayoni sifatida tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya Innovasiya -foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli; darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o’rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o’rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo’lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo’ldi. “Innovasiya” tushunchasi o’zining yangi hayotini “innovasion kombinasiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o’zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo’llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 199 Innovasiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan loyiha sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdaninnovasiyalar kashfiyotlardan farq qiladi. [2]. Innovasiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi: Ilm-fan - bu ma’lum mablag’larni bilimlar va g’oyalarni loyihalarga aylantirish. Innovasiyalar - bu bilimlar va g’oyalarni mablag’larga aylantirishdir. Ixtiro - bu yangi konsepsiyani yaratish demakdir. Innovasiya - bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib kursatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirishdir. Innovasiyaning turli ta’riflarini tahlil qilish asosida yagona xulosaga kelish mumkinki, innovasiyaning xususiyatli mazmunini uzgarishlar tashkil qiladi va innovasion faoliyatning asosii funksiyasi bo’lib, o’zgarishlar funksiyasi qisoblanadi. Bunda, avstraliyalik olim I. Shumpeter besh asosiy o’zgarishlarni ajratgan: 1. Yangi texnikadan, yangi texnologik jarayonlardan foydalanish yoki yshlab chiqarishning yangi bozor ta’minotini ta’minlash. 2. Yangi; xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulotni joriy qilish. 3. Yangi xom - ashyoni qo’llash. D.Ishlab chiqarishni tashkil qilishda va uning moddiy-texnik ta’minotida o’zgarishlar. 5. Mahsulot sotishning yangi bozorini ochish. Bozor istisodiyoti sharoitida innovasion faoliyat metodologiyasi xalsaro standartlarga asoslanadi. Ana shu xalqaro standartlarga binoan innovasion faoliyatning yakuniy mahsuli bo’lmish, bozorga joriy qilingan yangi yoki takomillashgan mahsulot, amaliy faoliyatda qo’llaniladigan yangi yoki takomillashgan texnologik jarayon, yoki ijtimoiy xizmatlarga yangicha yondashish kabilar sifatida ta’riflanadi. Natijalar va muhokama Innovasiyaning zarur xususiyatlari bo’lib, fan - texnikada yangiligi, shlab chiqarishda qo’llanilishi mumkinligi va tijorat obyekti bo’lishi mumkinligidir, Innovasiya to’g’risida so’z ketadigan bo’lsa, quyidagi tushunchalarni o’zlashtirisshmiz lozim bo’dadi: Yangilik bu yangicha tartib, yangicha uslub, kashfiyot; yangilik kiritish - shu yangilikning amalda qo’llanilishi; innovasiya - yangilikning tarqatilishi. Yuqoridagi yangiliklarning amalga oshirilishidan oldin milliy korxonalar faoliyatiga innovasion loyihalarni kiritish, innovasion jarayon va yangi tovarga qaratilgan innovasion loyihalar yaratish, investision loyihalarga bulgan talablar, korxona tizimining vazifalari bugungi kunda dolzarb axamiyat kasb etmossa. Innovasion loyixa - bu anik innovasion g’oyani tijoratga yunaltirish buyicha strategik va taktik masalalarning rasmiy hujjat ko’rinishi bo’lib, uni boshkarishning asosiy funksiyalari orkali amalga oshiriladi: taxlil asosida rejalashtirish; tashkillashtirish va muvofiklashtirish; motivlash va rag’batlantirish; nazorat va natijalarni baholash. Xar qanday innovasion loyixa o’z xolicha noyob bulib, anik maksadlarga karatilgan bo’ladi. Shunga qaramay, innovasion loyihalarni ishlab chiqish va joriy qilish bosqichlarida o’xshashliklar mavjud. Aynan ushbu o’xshashliklar innovasion loyixalar boshkaruvida umumiylik xususiyatlari mavjud, deb ta’kidlashga asos bo’la oladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 200 Innovasion loyihalarni boshqarish tamoyillari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: korxonaning innovasion faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish jarayonida loyixalashtirish obyektining muqobilini tanlash; innovasion loyixani rejalashtirish; innovasion loyixaning maksadini innovasiyaning extimoliy natijasiga kiyoslash; innovasiyadan kutilayotgan samarani xarajatlar va tavakkalchilik xavfi bilan mutanosibligini baxolash; belgilangan maksad va tanlangan ri-vojlanish strategiya chegarasida loyixani boshkarish siklining to’likligiga erishish; innovasion loyixani boskichma-boskich amalga oshirish va nazoratni utoshtirish, kushimcha samarali e’tibor berish; innovasion loyixani boskichlari bo’yicha moliyalash va xavflarning taksimlanish dinamikasini o’rganish; innovasion loyixa ustida ishlash davrida innovasion jamoani yumshok, bezarar restrukturizasiya qilish. Innovasion loyixaning o’ziga xosligi uni amalga oshirish ustida bo’lishi mumkin. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Aliyeva N.B. Innovasion loyihalarga investisiyalarni jalb qilish va baholash usullarini takomillashtirish. Magistrlik dissertasiya ishi. Samarqand 2020. 99 bet. 2. Qarriyeva Ya. Va boshqalar. Xorijiy investisiyalar. O’quv qo’llanma. Toshkent. «Iqtisodiyot» 2025 yil. 260 bet. 3. Investment Appraisal: Methods and Modees – Uwe Gotze, Deryl Northcott Peter Schuster – 2015.