PSIXIKANING BOSQICHLAR
Full text
252 PSIXIKANING BOSQICHLAR Jabborberganova Shodiyona Zokirjon qizi Chirchiq davlat pedogogika universiteti Maktabgacha va Boshlag‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qtuvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17897410 Annotatsiya Ushbu tezisda inson psixikasining paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi yoritilgan. Yana psixika murakkab muommalardan biri ekanligi, uning mohiyati, rivojlanish bosqichlari, kimlar tomonidan o‘rganganligi, kimlar qanday ishlar va taqqiqotlar olib borganligi, rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar ham keltirib o‘tilgan. Ontogenezning ham psixologiyadagi ahamiyati juda katta. Ontogenezning vazifalari va ahamiyati, psixikaga ta’siri, tabiat qonunlaridagi mohiyati, uning xususiyatlari ham maqola davomida yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Psixika, ontogenez, psixologiya, rivojlanish, organizm, omillar. Abstract: This thesis describes the emergence and development of the human psyche. Also the fact that psychology is one of the complex problems, its essence, the stages of devolepment, who studied it, who conducted what works and researchers, and the factors affecting its devolepment were also mentionted. Ontogeny is also very important in psychology. The tasks and importance of ontogenesis, its effect on the psyche, its essence in the laws of nature, and its features are also covered in the article. Key words: Psyche, ontogenesis, psycholgy, development, organism, factors. KIRISH Barchamizga ma’lumki kishi psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi eng murakkab muommalardan biri bo‘lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muommo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Materialistik yo‘nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo‘lishi uzoq vaqt davom etgan materiya rivojlanishining natijasi deb izohlaydilar. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilishar ekan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o‘ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli shakllarini o‘ganadilar. Harakatsiz, ya’ni mutlaqo harakatlanmaydigan materiya umuman bo‘lmaydi. Psixik rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar: Inson shaxsning tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning muommosi o‘z mohiyati jihatdan g‘oyaviy harakterga ega. Shu bois, bu masalani hal qilishda bir - biriga qarama - qarshi bo‘lgan turli oqimlar, yo‘nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogepetik kontseptsiya, nazariya bo‘lsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik kontseptsiyadir. Abu Nasr Farobiyning inson va uning psixikasi haqidagi qarashlari. «Ideal shahar aholisining fikrlari» «Masalalar mohiyati» «Falsafiy savollar va ularga javoblar» «Jism va aktsidentsiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi» «Sharxlardan» «Xikmat ma’nolari» «Aql manolari to‘g‘risda kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxon Beruniy o‘zining «O‘tmish yodgorliklari» kitobida
253 inson hayotiga doir xilma - xil ma’lumotlarni keltiradi. Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizimning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Ontogenez - organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir bo‘ladigan ketma - ket o‘zgarishlar majmuidir. Ontogenez psixologiyada nimani anglatadi - Ontogenez jarayoni organizmdagi hayotiy faoliyatning eng past darajadan yuqori darajalariga ketma-ket o‘zgarishi bilan belgilanadi. Shaxsning tarkibiy va funksional takomillashuvi mavjud. Ontogenez tadqiqotlari bir qancha ilmiy fanlarda amalga oshiriladi. Demak, masalan, morfofiziologik ontogenez biologiya fanining tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. O‘z navbatida, aqliy va ijtimoiy ontogenez psixologiyasining turli sohalarida o‘rganiladi. Psixikaning ontogenezda rivojlanish bosqichlari Yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri. Go‘daklik davri. Ilk bolalik davri. Maktabgacha yosh davri. Kichik maktab yoshi davri. O‘smirlik daavri. O‘spirinlik davri. Inson psixologiyasining ontogenezi psixika faoliyatining ichki va tashqi sharoitlarini birlashtirish jarayonida amalga oshiriladi. Psixikaning ontogenezda rivojlanishi - inson tug‘ilgan vaqtidan boshlab voyaga yetgunga qadar murakkab psixik rivojlanish yoshidan o‘tadi. Agar bolaning tug‘ilgan birinchi yilIdagi psixikasi 5 - 6 yildan so‘nggi psixika bilan taqqoslasak, uning ma’lumot qabul qilishi nafaqat miqdorda, balki sifatida farq bo‘ladi. Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o‘rtasida katta farq bor. Hayvonlar tili bilan inson tilini bir jihatdan taqqoslab bo‘lmaydi. XULOSA Psixikaning ontogenetik rivojlanishi insonning tug‘ilishidan boshlab ketma - ket shakllanadi. Har bir bosqichda bola faoliyati, idrok, xotira va nutqi rivojlanib boradi. Shu bois psixik rivojlanishni bosqichma-bosqich o‘rganish tarbiyaviy va pedogogik jarayonni to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. A.K. Shamshetova, R.N.Melibayeva, X.E. Usmanova, I.O.Xaydarov. Umumiy psixologiya. O‘quv qo‘llanma. 2. T.: «Barkamol fayz media» 2018 - 272 b. 3. WWW.Arxiv.uz. 4. OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000 - yil. 5. Elkonin.D.B. Psixologiya razvitija. - Ontogenez bosqichlarining chuqur tahlili. 6. Bozhovich.L.I. Shaxsning shakllanish psixologiyasi. 7. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079