scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PSIXIKANING FILOGENEZ TARAQQIYOT VA INSTINKTDA TUSHUNCHASI

Kamoliddinova Xusnora Habibullo qizi; Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li

Full text

254 PSIXIKANING FILOGENEZ TARAQQIYOT VA INSTINKTDA TUSHUNCHASI Kamoliddinova Xusnora Habibullo qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 25/5 guruh talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17897445 Annotatsiya Maqolada psixikaning filogenez rivojlanishi, sodda sezgirlikdan murakkab ong jarayonlarigacha bo‘lgan bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Darvin, Pavlov, Anokhin, Lorenz va Tinbergenning nazariyalari asos qilib olingan. Instinktlar, idrok, perceptiv va intellektual psixika bosqichlari, shuningdek nerv tizimi murakkablashuvi bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: psixika, filogenez, instinkt, idrok, perceptiv psixika, intellektual psixika, evolyutsiya. Annotation: The article analyzes the phylogenetic development of the psyche, from simple sensitivity to complex mental processes. The study is based on the theories of Darwin, Pavlov, Anokhin, Lorenz, and Tinbergen. It highlights the stages of instincts, perception, perceptive, and intellectual psyche, as well as their connection with the complexity of the nervous system. Keywords: psyche, phylogenesis, instinct, perception, perceptive psyche, intellectual psyche, evolution. KIRISH Psixikaning filogenez bo‘yicha rivoji tirik mavjudotlarda sodda sezgirlikdan tortib, murakkab ong jarayonlarigacha bo‘lgan evolyutsion o‘zgarishni tushuntiradi. Dastlab oddiy reflekslar shakllanadi, keyinchalik hayvonlarda idrok, o‘rganish va orientatsiya paydo bo‘ladi. Evolyutsiyaning yuqori bosqichida esa primatlar va boshqa rivojlangan hayvonlarda muammoli vaziyatni hal qilish va aqliy faoliyat kuchayadi. Instinktlar tug‘ma xatti - harakat sifatida psixikaning rivojlanishida asosiy biologik psixikaning poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Filogenez bo‘yicha taraqqiyoti tirik mavjudotlarning sodda hayot shakllaridan tortib, eng murakkab ong jarayonlarigacha bo‘lgan evolyutsion rivojlanishini ifodalaydi. Filogenez psixikaning qanday paydo bo‘lganini, qanday bosqichlardan o‘tganini va hayvonlar xulq - atvori orqali ongning shakllanish mexanizmlarini o‘rganuvchi muhim psixologik yo‘nalishdir. Bu jarayon Darvinning evolyutsion nazariyasi, Pavlovning reflekslar haqidagi ta’limoti, A. Anoxinning funksional tizimlar nazariyasi hamda K. Lorens va N. Tinbergenning etologik tadqiqotlariga tayanadi. Psixikaning paydo bo‘lishi organizmning atrof - muhitga moslashish ehtiyojidan kelib chiqqan bo‘lib, dastlab eng sodda sezgirlik shaklida namoyon bo‘ladi. Bir hujayrali mavjudotlar faqat tashqi qo‘zg‘atuvchiga javob qaytarish orqali mavjud bo‘lgan bo‘lsa, evolyutsiya davomida psixika yanada murakkablashib, idrok qilish, fazoviy orientatsiya va ongli harakatlar paydo bo‘la boshladi. Gidra, mollyuska va sodda organizmlarda psixika elementar reflekslar orqali ifodalanadi, chunki ularning nerv tizimi oddiy va faqat tashqi muhitga mos reaksiyalar bermoqqa mo‘ljallangan. Keyingi bosqichlarda esa baliqlar, qushlar va sudralib yuruvchilar kabi hayvonlarda 255 perceptiv psixika shakllanadi, ya’ni ular atrofni yaxlit idrok eta oladi, rangni, shaklni, tovushni farqlaydi va oddiy o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Nerv tizimining murakkablashishi bilan birga psixik jarayonlar ham chuqurlashib boradi. Evolyutsiyaning yuqori bosqichida, xususan primatlar, delfinlar va fillarda intellektual psixika shakllanib, hayvonlar muammoli vaziyatlarni hal qilish, tajribani umumlashtirish, vositali faoliyatni qo‘llash, predmetlar bilan maqsadli harakat qilish kabi aql belgilarini namoyon eta boshladi. V. Ko‘hler o‘tkazgan tajribalar shimpanzelarning qarorga “birdan anglash” yo‘li bilan kelishini isbotlab, psixikaning yuqori pog‘onaga ko‘tarilganini ko‘rsatib berdi. Bu bosqichda psixika faqat tashqi ta’sirlarga javob berishdan iborat bo‘lmay, balki muhitni oldindan tasavvur qilish, vaziyatni tahlil qilish, maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni rejalashtirish kabi murakkab jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Evolyutsion rivojlanish jarayonida psixikaning murakkablashuvi nerv tizimining takomillashuvi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, organizm qanchalik faol va murakkab hayot tarziga ega bo‘lsa, uning psixik faoliyati ham shunchalik rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun odam psixikasi hayvonlar psixikasidan sifat jihatdan farq qiladi: insonda nutq, abstrakt tafakkur, ijtimoiy ong, muloqot va mehnat faoliyati asosiy omil sifatida shakllangan. Psixikaning filogenezini o‘rganishda instinkt tushunchasi alohida o‘rin tutadi. Instinkt - bu tug‘ma, nasldan-naslga o‘tuvchi, organizmning biologik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xulq - atvor dasturi bo‘lib, Pavlov tomonidan shartsiz reflekslar sifatida ilmiy asoslab berilgan, K. Lorens va N. Tinbergen tomonidan esa murakkab biologik xatti-harakat sifatida chuqur o‘rganilgan. Instinktlar avtomatik bo‘lib, ma’lum qo‘zg‘atuvchi ta’sirida faollashadi, o‘zgarmaydigan xattiharakat ketma - ketligidan iborat va ongli nazorat qilinmaydi. Unga oziqlanish, o‘zini himoya qilish, ko‘payish, juftlashish, ona instinkti, uy qurish va hududni himoya qilish kabi xulqlar kiradi. Instinktlar barcha hayvon turlari uchun umumiy bo‘lib, ularning tur ichida barqaror va nasldannaslga uzatiladi. O‘rganilgan xatti - harakatlardan farqli ravishda instinkt tug‘ma bo‘lib, tajriba asosida emas, balki genetik dastur orqali amalga oshadi. Evolyutsiya davomida instinktlar ongning rivojlanishiga asos bo‘lgan, psixikaning yuqori shakllari uchun zamin yaratgan va barcha tirik mavjudotlarning muhitga moslashishida hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qilgan. Shunday qilib, filogenez jarayonida psixika sodda sezgirlikdan murakkab ong jarayonlarigacha bo‘lgan bosqichma - bosqich rivojlanishni bosib o‘tgan bo‘lib, instinktlar esa bu rivojlanishning tabiiy, tug‘ma mexanizmlaridan biridir. XULOSA Psixikaning filogenetik rivoji tirik mavjudotlarda oddiy sezgirlikdan murakkab ong jarayonlarigacha bosqichma - bosqich shakllanganini ko‘rsatadi. Nerv tizimi rivojlangani sari idrok, o‘rganish va intellektual faoliyat kuchaygan, instinktlar esa ushbu taraqqiyotning asosiy biologik poydevori bo‘lib xizmat qilgan. Bu jarayon ongning asta - sekin takomillashib borishini ilmiy asoslaydi. Shuningdek, inson psixikasining hayvonlardan sifat jihatidan ustunligi ham aynan shu evolyutsion rivojlanish bilan izohlanadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. G‘oziev.E Umumiy psixologiya Toshkent: O‘qituvchi, 2002. 2. Karimov.L.Psixologiya asoslari. Toshkent: Fan, 2010. 3. Rasulov.R.Rivojlanish psixologiyasi. Toshkent: Universitet, 2017. 4. Yo‘ldoshev.J. Ong va faoliyat psixologiyasi. Toshkent: TDPU nashriyoti, 2015.To‘raqulov.S. 256 Hayvonlar psixologiyasi va etologiya. Toshkent: Fan va texnologiya, 2011. 5. Muminov.O. Psixologiya tarixidan ma’ruzalar. Toshkent: Universitet, 2014. 6. Abdullayeva.N, Umumiy psixologiya bo‘yicha ma’ruzalar to‘plami. Toshkent, 2018. 7. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Psixika, ong, instinkt haqida maqolalar. Toshkent: OME, 2000 - 2005. 8. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079