scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI ARXEOLOGIYADA OCHIQ MANBALI VOSITALARNING QOʻLLANILISHI: ARTIFACT3-D, SEAHORS, FABRYKA VA GRANULIZER PLATFORMALARINING ILMIY SALOHIYATI VA ULARNING OʻZBEKISTON HUDUDIDAGI QADIMGI YODGORLIKLARNI OʻRGANISHGA QOʻSHADIGAN HISSASI

Sodiqova, Dilnoza Odiljon qizi

Abstract

Arxeologiyada raqamli yondashuvlarning keng qoʻllanilishi qadimgi qatlamlarda artefaktlarning qanday joylashgani, ularga qanday tabiiy va texnologik jarayonlar taʻsir qilganini aniqroq tushuntirish imkonini bermoqda. Ushbu maqolada Artifact3-D, SEAHORS, fabryka va granulizeR kabi ochiq manbali platformalarning ilmiy salohiyati tahlil qilinadi. Bertran, Lenoble, de la Peña va Mahalanobis tomonidan ishlab chiqilgan nazariy yondashuvlar bilan bogʻlangan holda, ushbu vositalarning Oʻzbekistonning paleolit va neolit davrlariga oid yodgorliklarini zamonaviy talqin qilishdagi oʻrni koʻrsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ushbu platformalar murakkab geomorfologik sharoitga ega yodgorliklarni aniqroq tahlil qilish, artefaktlarning joylashuvi va shakllanish jarayonlariga doir xulosalarni mustahkamlashga yordam berishini koʻrsatdi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 138 DOI: https://10.5281/zenodo.17898022 RAQAMLI ARXEOLOGIYADA OCHIQ MANBALI VOSITALARNING QOʻLLANILISHI: ARTIFACT3-D, SEAHORS, FABRYKA VA GRANULIZER PLATFORMALARINING ILMIY SALOHIYATI VA ULARNING OʻZBEKISTON HUDUDIDAGI QADIMGI YODGORLIKLARNI OʻRGANISHGA QOʻSHADIGAN HISSASI Sodiqova Dilnoza Odiljon qizi O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi 2-kurs tayanch doktoranti E-mail: sodikova.diln[email protected]u ANNOTATSIYA Arxeologiyada raqamli yondashuvlarning keng qoʻllanilishi qadimgi qatlamlarda artefaktlarning qanday joylashgani, ularga qanday tabiiy va texnologik jarayonlar taʻsir qilganini aniqroq tushuntirish imkonini bermoqda. Ushbu maqolada Artifact3-D, SEAHORS, fabryka va granulizeR kabi ochiq manbali platformalarning ilmiy salohiyati tahlil qilinadi. Bertran, Lenoble, de la Peña va Mahalanobis tomonidan ishlab chiqilgan nazariy yondashuvlar bilan bogʻlangan holda, ushbu vositalarning Oʻzbekistonning paleolit va neolit davrlariga oid yodgorliklarini zamonaviy talqin qilishdagi oʻrni koʻrsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ushbu platformalar murakkab geomorfologik sharoitga ega yodgorliklarni aniqroq tahlil qilish, artefaktlarning joylashuvi va shakllanish jarayonlariga doir xulosalarni mustahkamlashga yordam berishini koʻrsatdi. Kalit soʻzlar: Raqamli arxeologiya; litik tahlil; Artifact3-D; SEAHORS; fabryka; granulizeR; taphonomiya (topilmalarning keyingi holati); qatlam shakllanish jarayonlari; granulometriya (zarralar); fazoviy tahlil; orientatsiya (artefaktning topilgan joyidagi holati) tahlili; Mahalanobis masofasi (ikki artefakt orasidagi masofani emas, balki bir-biriga o‘xshash tipdagi artefaktlar oraliq masofalari); Oʻzbekiston arxeologiyasi; qadimgi davrlarga oid topilmalar joylashuvi. ABSTRACT Digital technologies have increasingly transformed archaeological research, offering new ways to examine site formation processes, artifact distribution, and the impact of natural agents on ancient deposits. Tools such as 3D modelling, spatial–statistical analysis, orientation studies, and granulometric methods provide INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 139 clearer insights into how archaeological layers formed and how lithic materials were modified over time. This paper reviews the capabilities of four open-source platforms—Artifact3-D, SEAHORS, fabryka, and granulizeR—and evaluates their potential for advancing the study of Paleolithic and Neolithic sites in Uzbekistan. The discussion integrates established theoretical frameworks, including the granulometric studies of Bertran and colleagues, Lenobleʻs models of layer formation, de la Peñaʻs experimental reduction research, and the statistical foundations of Mahalanobis distance. These digital tools offer significant opportunities to enhance analytical precision and bring research on Uzbekistanʻs complex prehistoric sites in line with contemporary international standards. Keywords: digital archaeology; lithic analysis; Artifact3-D; SEAHORS; fabryka; granulizeR; taphonomy; layer formation processes; granulometry; spatial analysis; orientation analysis; Mahalanobis distance; archaeology of Uzbekistan; early human occupation patterns. KIRISH Arxeologik qazishmalar jarayonida topilmalar koʻpincha uzoq vaqt davomida kechgan tabiiy kuchlar va inson faoliyatining oʻzaro taʻsiri natijasida hozirgi holatiga keladi. Qatlamdagi artefaktlarning dastlabki joyi oʻzgarishi, ularning sinishi, yuvilish yoki siljish jarayonlari tadqiqotchining ilmiy talqinini murakkablashtiradi. Shu sababli topilmalar joylashuvi va unga taʻsir etgan omillarni ilmiy asosda tushuntirish uchun aniq, qayta tekshiriladigan va obyektiv metodlar zarur. Soʻnggi yillarda 3D modellashtirish, fazoviy-statistik tahlil, orientatsion oʻlchovlar va granulometrik yondashuvlar arxeologiyada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bertran va hamkorlarining granulometriya boʻyicha tadqiqotlari (2006; 2012) mayda boʻlaklar taqsimoti orqali majmualarning shakllanish jarayonlarini aniqlash mumkinligini koʻrsatgan. Lenoble (2005) esa topilmalar yoʻnalishi orqali ularga taʻsir qilgan tabiiy kuchlarni aniqlash imkonigin bergan. De la Peña va boshqalar (2022) eksperimental maydalashdan olingan zarracha spektrining texnologik bosqichlarga bogʻliqligini aniqlagan. Mahalanobis (1936) esa artefaktlar oʻzaro qanchalik farqlanishini matematik asosda baholash imkonini yaratgan. Mazkur nazariy asoslar hozirgi kunda qoʻllanilayotgan bir qator ochiq manbali platformalarning ilmiy kuchini belgilaydi. Oʻzbekiston arxeologiyasida raqamli tahlil vositalaridan foydalanish hali toʻliq shakllanmagan boʻlsa-da, mavjud boy daliliy bazani chuqurroq oʻrganish uchun bu vositalar nihoyatda muhim imkoniyat yaratadi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 140 METODLAR Tadqiqot jarayonida har bir platformaning rasmiy sahifalari, texnik hujjatlari va metodik qoʻllanmalar koʻrib chiqildi. Asosiy eʻtibor ularning funksional imkoniyatlariga, oʻlchovlarning aniqligi va qoʻllanish sohalariga qaratildi. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan ilmiy tadqiqotlarning metodologik tamoyillari platformalarning ishlash mantigʻi bilan solishtirildi. Oʻzbekistonning geomorfologik tuzilishi, togʻoldi hududlaridagi sel, yuvilish jarayonlari va qatlamlarning koʻp marotaba buzilish ehtimoli hisobga olingan holda platformalarning amaliy qoʻllanishi baholandi. NATIJALAR 3.1 Artifact3-D: Litik artefaktlarning hajmiy va shakl koʻrsatkichlarini aniq oʻlchash vositasi (1-rasm va havola) Artifact3-D 3D skanerlardan olingan modellar asosida artefaktlarning uzunlik, kenglik, qalinlik, hajm, sirt maydoni, ogʻirlik markazi joylashuvi va izlarning shakliy koʻrsatkichlarini avtomatik hisoblaydi. Mahalanobis masofasi yordamida artefaktlar oʻzaro qanchalik yaqin yoki farqli ekanligi matematik asosda aniqlanadi. Bu metod Oʻzbekistonning paleolit va neolit davriga oid majmualarida — ayniqsa Levallua, prizmatik, bipolar (yuqoridan zarba olgan mayda tosh qurollar) kabi texnologiyalarni farqlashda — juda muhim ilmiy vosita boʻla oladi. 3.2 SEAHORS: Artefaktlarning joylashuviga asoslangan fazoviy tahlil vositasi (2-rasm va havola) SEAHORS topilmalar koordinatalari asosida sayt ichidagi faoliyat zonalarini, zichlik boʻlaklarini, refit guruhlarini hamda topilmalar qanchalik siljiganini aniqlaydi. Bu vosita yodgorlik ichidagi jarayonlarning qaysi darajada tabiiy kuchlar taʻsirida boʻlganini aniqlashga yordam beradi. Koʻp qatlamli, murakkab strukturalarga ega Oʻzbekiston yodgorliklarini oʻrganishda SEAHORS arxeologik talqinning aniqligini sezilarli oshiradi. 3.3 fabryka: Artefaktlarning yoʻnalish koʻrsatkichlari orqali tabiiy jarayonlarni aniqlash (3-rasm va havola) Fabryka artefaktlarning qaysi tomonga yuzlanganini (azimut) va qanchalik ogʻganini (dip) aniqlaydi. Bu koʻrsatkichlar suv oqimlari, sel, soliflyuksiya va boshqa jarayonlar topilmalar joylashuviga qanchalik taʻsir qilganini aniqlab berishi mumkin. Oʻzbekistonning togʻoldi hududlarida joylashgan yodgorliklar uchun fabryka platformasi juda muhim: u topilmalar dastlabki oʻrnida turibdimi yoki tabiiy kuchlar taʻsirida siljiganmi — shu savolga javob beradi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 141 3.4 granulizeR: Zarracha oʻlchamlariga asoslangan texnologik va shakllanish jarayonlarini ochish vositasi (4-rasm va havola) GranulizeR litik fragmentlarning oʻlchamini hisoblaydi va ularning taqsimotini grafik va statistik shaklda beradi. Bertran va de la Peña tadqiqotlari asosida zarracha oʻlchamlari boʻyicha topilmalar qanday sharoitda sinib maydalanishi yoki texnologik jarayonning qaysi bosqichida yuzaga kelganini aniqlash mumkin. Bu yondashuv Oʻzbekiston ustaxonalarida uchraydigan juda koʻp mayda boʻlaklarni tizimlashtirishda ayniqsa muhim ahamiyatga ega. MUHOKAMA Tahlil shuni koʻrsatadiki, ushbu platformalar Oʻzbekiston arxeologiyasi uchun bir necha jihatdan strategik ahamiyatga ega: 1. Topilmalar joylashuvi va shakllanishiga oid talqinlarning aniqligi oshadi. 2. Subyektiv fikrlar kamayib, obyektiv raqamli tahlil etakchi ahamiyatga ega boʻladi. 3. Texnologik jarayonlar toʻgʻrisida ancha chuqur xulosalar chiqarish mumkin boʻladi. 4. Koʻp qatlamli yodgorliklarning buzilish darajasini ilmiy asosda aniqlash imkoniyati paydo boʻladi. Oʻzbekiston yodgorliklarining koʻpchiligi tabiiy jarayonlar kuchli boʻlgan hududlarda joylashgan. Shu sababli orientatsion, granulometrik va fazoviy tahlillar yurtimiz arxeologiyasi uchun alohida dolzarbdir. XULOSA Artifact3-D, SEAHORS, fabryka va granulizeR platformalari (1-jadval) Oʻzbekiston arxeologiyasini yangi metodologik bosqichga olib chiqishga qodir. Ular yordamida artefaktlarning shakli, joylashuvi, yoʻnalishi va zarracha oʻlchamiga doir maʻlumotlar obyektiv, aniq va takrorlanuvchi tarzda tahlil qilinadi. Bu yondashuv nafaqat ilmiy talqinlarni mustahkamlaydi, balki yosh tadqiqotchilarning raqamli metodologiyalar bilan ishlash malakasini ham oshiradi. 1-rasm va havola https://sourceforge.net/projects/artifact3-d/ INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 142 2-rasm va havola https://aurelienroyer.shinyapps.io/Seahors/ 3-rasm va havola https://marchaeologist.shinyapps.io/fabryka/ 4-rasm va havola https://marchaeologist.shinyapps.io/granulizeR/ INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 143 1-jadval Platforma Nima qiladi? (asosiy yo‘nalishi) Qanday ma’lumot beradi? Qayerda ishlatiladi? Artifact3-D 3D shaklni o‘lchash Artefaktning uzunligi, qalinligi, burchagi, hajmi, sirtidagi izlar Litik qurollarni taqqoslash va tahlil qilish SEAHORS Fazoviy tahlil Qaysi joyda nechta topilma borligi, guruhlanishlar, faoliyat zonalari Qazishma maydonini tahlil qilish Fabryka Yo‘nalishlarni o‘lchash Artefaktlarning qaysi tomonga qiyaligi va qanday siljiganini ko‘rsatadi Tabiiy jarayonlarning ta’sirini aniqlash GranulizeR Maydalanish darajasini o‘lchash Topilmalar donacha o‘lchamiga qarab texnologik yoki tabiiy sinishni farqlaydi Ustaxona chiqindilari va maydalangan bo‘laklarni tahlil qilish FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Bertran, P., Claud, É., Detrain, L., Lenoble, A., Masson, B., & Vallin, L. (2006). Composition granulométrique des assemblages lithiques: Application à lʻétude taphonomique des sites paléolithiques. PALEO, 18, 7–36. 2. Bertran, P., Lenobl, A., Todisko, D., Derozye, P., & Sorensen, M. (2012). Prakticheskoye raspredeleniye kamennыx skopleniy po razmeram i tafonomiya paleoliticheskix pamyatnikov. Journal of Archaeological Science, 39(10), 3148– 3166. 3. de la Peña, P., Thomas, M., & Molefyane, T. (2022). Particle size distribution: Experimental study using reduction methods in South Africa. PLOS ONE, 17(12). 4. Lenoble, A. (2005). Erosion and formation of prehistoric sites: Reference framework and application examples. British Archaeological Reports. 5. Mahalanobis, P. C. (1936). On the generalized distance in statistics. Sankhyā: Indian Journal of Statistics, Series A, 80.