scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ TILIDA SO'Z BOYLIGINI OSHIRISHNING ENG SAMARALI STRATEGIYALARI

Abdurazzoqova Mushtariy Maqsud qizi Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti talabasi

Abstract

Annotatsiya: Maqolada ingliz tilida so'z boyligini oshirishning ilmiy asoslangan metodlari va ularning o'zbek tilida so'zlashuvchilar uchun ahamiyati tahlil qilingan. Kontekst orqali o'rganish, kollokatsiyalar, oraliqli takrorlash prinsipi, phrasal verblar va idiomalar, keng o'qish hamda multimedia vositalaridan foydalanish usullari chuqur o'rganilgan. Maqola til o'rganuvchilar va o'qituvchilar uchun amaliy qo'llanma bo'lib, lug'at zaxirasini samarali kengaytirish strategiyalarini taqdim etadi. Kalit so'zlar: ingliz tili, so'z boyligi, kontekstual o'rganish, kollokatsiyalar, oraliqli takrorlash, phrasal verblar, multimedia vositalari.

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 281 INGLIZ TILIDA SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHNING ENG SAMARALI STRATEGIYALARI Abdurazzoqova Mushtariy Maqsud qizi Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti talabasi Annotatsiya: Maqolada ingliz tilida so'z boyligini oshirishning ilmiy asoslangan metodlari va ularning o'zbek tilida so'zlashuvchilar uchun ahamiyati tahlil qilingan. Kontekst orqali o'rganish, kollokatsiyalar, oraliqli takrorlash prinsipi, phrasal verblar va idiomalar, keng o'qish hamda multimedia vositalaridan foydalanish usullari chuqur o'rganilgan. Maqola til o'rganuvchilar va o'qituvchilar uchun amaliy qo'llanma bo'lib, lug'at zaxirasini samarali kengaytirish strategiyalarini taqdim etadi. Kalit so'zlar: ingliz tili, so'z boyligi, kontekstual o'rganish, kollokatsiyalar, oraliqli takrorlash, phrasal verblar, multimedia vositalari. Аннотация: В статье анализируются научно обоснованные методы расширения словарного запаса в английском языке и их значимость для узбекоязычных учащихся. Глубоко изучены такие подходы, как контекстное обучение, коллокации, принцип интервального повторения, фразовые глаголы и идиомы, обширное чтение и использование мультимедийных средств. Статья служит практическим руководством для изучающих язык и преподавателей, представляя эффективные стратегии расширения лексического запаса. Ключевые слова: английский язык, словарный запас, контекстное обучение, коллокации, интервальное повторение, фразовые глаголы, мультимедийные средства. Abstract: The article analyzes scientifically-based methods for expanding vocabulary in English and their significance for Uzbek-speaking learners. It Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 282 thoroughly examines approaches such as contextual learning, collocations, spaced repetition principle, phrasal verbs and idioms, extensive reading, and the use of multimedia tools. The article serves as a practical guide for language learners and teachers, presenting effective strategies for vocabulary expansion. Keywords: English language, vocabulary, contextual learning, collocations, spaced repetition, phrasal verbs, multimedia tools. Ingliz tilini o‘rganish jarayoni tilning barcha komponentlarini o‘z ichiga oluvchi murakkab tizim bo‘lib, unda so‘z boyligi alohida ahamiyatga ega. Tilni puxta egallash faqat grammatik qoidalarga amal qilish bilan emas, balki lug‘at zaxirasining kengligi orqali ham belgilanadi. So‘z boyligi o‘quvchining nutqni anglash, o‘qish, tinglash, fikrni ifodalash, yozma va og‘zaki nutqda ravonlikka erishish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu bois ingliz tilida so‘z boyligini samarali oshirish usullarini chuqur o‘rganish, ularning o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar uchun qanchalik mos kelishini tahlil qilish dolzarb masala hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha ingliz tili xalqaro muloqot, ta’lim, texnologiya va ilm-fan tili sifatida keng qo‘llanadiganligi sababli, uni o‘rganishga bo‘lgan talab tobora oshib bormoqda. Ingliz tilini o‘rganish jarayonida so‘z boyligi o‘rganuvchining umumiy til kompetensiyasini belgilab beradigan muhim omillardan biridir. Tilni o‘zlashtirish faqat grammatik qoidalarga tayanib emas, balki nutqda faol qo‘llanadigan so‘z va iboralarni egallash orqali shakllanadi. So‘z boyligining kengligi o‘quvchi uchun tinglab tushunish, ravon gapirish, yozma nutqni to‘g‘ri ifodalash, matnlarni aniq idrok etish va tarjima qilish kabi barcha til ko‘nikmalarini rivojlantirishda asosiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli ingliz tilida so‘z boyligini oshirish metodlarini ilmiy asoslangan holda o‘rganish, ularni o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar uchun qay darajada samarali ekanini tahlil qilish alohida ahamiyatga ega. So‘z boyligini oshirishning eng avvalo samarali usullaridan biri bu so‘zlarni kontekst orqali o‘rganishdir. Tilni egallash jarayonida so‘zlarni alohida holda yod olish ko‘pincha qisqa muddatli bo‘lib, ularni nutqda qo‘llashda qiynchilik tug‘diradi. Kontekst orqali o‘rganish esa so‘zning faqat lug‘aviy ma’nosini emas, balki uning Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 283 qanday holatlarda ishlatilishini, qanday semantik ranglarga ega ekanini, qaysi fe’llar yoki otlar bilan birga kelishini o‘rgatadi. Masalan, “run” fe’li ingliz tilida juda ko‘p ma’nolarga ega bo‘lib, uni faqat “yugurmoq” deb yodlash yetarli emas. Turli matnlarda uchragan “run a business”, “run out of time”, “run smoothly” kabi iboralar uning mazmunini kengaytiradi. Bu jarayon so‘zning ko‘p ma’noliligini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Shuningdek, kontekst asosida yodlash orqali so‘zning nutqda ishlatiladigan tabiiy shakllari ongda mustahkamlanadi. Kontextual o‘rganishning yana bir muhim jihati shundaki, so‘zning emotsional bo‘yoqlari ham anglashiladi. Ingliz tilidagi ko‘plab so‘zlar ijobiy, salbiy yoki neytral konnotatsiyaga ega bo‘ladi, biroq ularni lug‘atdan o‘rganish bu nozik farqlarni sezishga imkon bermaydi. Matn yoki dialog ichida uchratilganda esa bu jihatlar tabiiy ravishda esda qoladi. Shuning uchun badiiy adabiyotlar, hikoyalar va maqolalar orqali so‘z boyligini oshirish eng qulay va samarali manbalardan biridir. So‘z boyligini kengaytirishda collocations, ya’ni tabiiy so‘z juftliklari alohida o‘rin tutadi. Ingliz tilida ko‘plab so‘zlar ma’lum juftlikda ko‘proq uchraydi: “make a mistake”, “do homework”, “strong tea” yoki “heavy rain”. Bu birikmalarni o‘zlashtirmagan o‘rganuvchi grammatik jihatdan to‘g‘ri gap qurishi mumkin, ammo uning nutqi tabiiylikdan uzoq bo‘ladi. O‘zbek tilida bu kabi kollokatsiyalar unchalik qat’iy bo‘lmagani sabab, ingliz tilidagi birikmalarni aynan shu holatda yodlash zarur. Kollokatsiyalarni o‘rganish yanada ravon va tabiiy nutqni shakllantiradi, ayniqsa akademik yozuvda, og‘zaki suhbatda va tinglab tushunishda juda katta yordam beradi. Ingliz tilida lug‘at zaxirasining katta qismi aynan kollokatsiyalardan tashkil topgan bo‘lib, ularni o‘zlashtirish so‘z boyligini sezilarli kengaytiradi. Kollokatsiyalarning asosiy turlari va misollar 1-jadval Kollekatsiya turi O'zbek tilida Ingliz tilida (to'g'ri) Keng tarqalgan xato Qo'shimcha misollar Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 284 Verb + Noun Xato qilmoq ✓ make a mistake ✓ do homework ✗ do a mistake ✗ make homework make a decision, do research, make progress Adjective + Noun Kuchli choy ✓ strong tea ✓ heavy rain ✗ powerful tea ✗ strong rain strong coffee, heavy traffic, light rain Adverb + Adjective Juda charchagan ✓ completely exhausted ✓ deeply concerned ✗ very exhausted ✗ strongly concerned highly unlikely, bitterly disappointed Verb + Adverb Jiddiy gapirmoq ✓ speak seriously ✓ work hard ✗ speak hardly ✗ work hardly whisper softly, argue strongly Noun + Noun Vaqt oralig'i ✓ time slot ✓ window seat ✗ time distance ✗ window place food chain, memory card Verb + Preposition Qarab turmoq ✓ look at ✓ wait for ✗ look on ✗ wait to depend on, care about, search for O'zbek tilida ko'plab kombinatsiyalar erkin birlashadi, ammo ingliz tilida qat'iy qoidalar mavjud. Masalan, "kuchli choy" o'zbek tilida mantiqiy bo'lsa-da, ingliz tilida "strong tea" degani to'g'ri, "powerful tea" esa xato hisoblanadi. So‘z boyligini oshirishda oraliqli takrorlash prinsipi – spaced repetition ham ilmiy asoslangan eng samarali metodlardan biri sifatida tan olinadi. Inson ongida har qanday yangi ma’lumot bir necha kun ichida unutilishga moyil bo‘ladi. Hermann Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 285 Ebbinghausning unutilish egri chizig‘iga ko‘ra, yangi so‘zlar muntazam takrorlanmasa, 7–10 kun ichida deyarli yo‘qoladi. Oraliqli takrorlash tizimi esa so‘zlarni ma’lum vaqt oralig‘ida qayta takrorlash orqali ularni uzoq muddatli xotiraga o‘tkazadi. Masalan, birinchi kun yangi so‘z yodlanadi, uchinchi kuni takror qilinadi, bir haftadan keyin yana takrorlanadi, ikki haftadan so‘ng yana bir bor ko‘rib chiqiladi. Bunday usul orqali so‘zlar mustahkam qo‘llaniladigan darajaga yetadi. Ingliz tilida phrasal verblar va idiomalar juda katta o‘ringa ega, ammo ularni o‘rganish o‘zbek o‘rganuvchilari uchun eng mushkul jihatlardan biridir. Chunki phrasal verblar ko‘pincha o‘zbek tilida bir butun fe’l sifatida tarjima qilinadi va uning tarkibidagi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi umumiy mazmundan butunlay farq qilishi mumkin. Misol tariqasida “give up” iborasi “bermoq” yoki “tepmoq” ma’nosida emas, balki “taslim bo‘lmoq”, “voz kechmoq” ma’nolarini bildiradi. Ana shunday farazlar o‘rganuvchilarni chalkashtiradi. Shu sababli phrasal verblarni mavzular bo‘yicha o‘rganish samaraliroq hisoblanadi. Kundalik hayotga oid phrasal verblar, ish jarayoniga tegishli birikmalar yoki hissiyotlarni bildiruvchi iboralar alohida guruhlanib o‘rganilsa, ularning yodda qolishi osonlashadi. Idiomalarning o‘rganilishi esa ingliz tili madaniyatiga chuqurroq kirib borish imkonini beradi, chunki idiomalar ko‘pincha milliy mentalitetga, tarixiy jarayonlarga yoki xalq tafakkuriga bog‘liq bo‘ladi. Ingliz tilida keng o‘qish - reading so‘z boyligini oshirishning eng samarali usullaridan biridir. Kitob, maqola, ilmiy matn, yangiliklar, hikoyalar kabi turli janrdagi materiallar o‘quvchiga so‘zlarning tabiiy qo‘llanilish jarayonini kuzatish imkonini beradi. O‘qish orqali so‘zlar passiv lug‘at zaxirasidan faol lug‘at zaxirasiga ko‘chadi va ularni nutqda qo‘llash osonlashadi. Bunda graded readers, ya’ni til darajasiga moslashtirilgan kitoblar juda qulay manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, BBC, VOA News, Oxford Bookworms kabi platformalardan foydalanish ham o‘quvchining so‘z boyligini sezilarli kengaytiradi. So‘z boyligini rivojlantirishda shaxsiy lug‘at daftari yuritish ham juda foydali. Bu daftar aynan o‘rganuvchining o‘z tajribasida uchragan so‘zlarni yig‘ib borishni, Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 286 ularni tartiblashni va muntazam ravishda takrorlab turishni ta’minlaydi. Yozib borilgan so‘z yoniga uning talqini, grammatik toifasi va misol gap yozilishi esda qolishni yanada kuchaytiradi. Har haftada ushbu daftardagi so‘zlarni qayta ko‘rib chiqish orqali o‘rganuvchi o‘z bilimlarini nazorat qiladi va bo‘sh joylarni to‘ldiradi. Multimedia vositalari ham so‘z boyligini kengaytirishda katta rol o‘ynaydi. Videodarslar, podkastlar, audio materiallar, ingliz tilidagi filmlar va seriallar so‘zlarni eshitish orqali idrok etish ko‘nikmasini mustahkamlaydi. Bunda talaffuz, intonatsiya va nutq tezligini tushunish imkoniyati ham oshadi. YouTube’da “English with Lucy” yoki “BBC Learning English” kabi kanallar ingliz tilini o‘rganish uchun juda qulay bo‘lib, ular o‘rganuvchilarga so‘zlarning real hayotdagi qo‘llanilishini ko‘rsatadi. Podkastlar esa ayniqsa tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib, ular mobil o‘rganishga imkon beradi. Shu tarzda ingliz tilida so‘z boyligini oshirish ko‘plab metodlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Har bir o‘rganuvchi o‘ziga eng mos metodlarni tanlab qo‘llashi zarur. Eng muhimi, jarayon muntazam bo‘lishi va o‘rgangan so‘zlar amaliyotda qo‘llanib borilishi kerak. So‘z boyligini o‘rganish birdaniga amalga oshmaydi, u vaqt talab qiladi. Ammo to‘g‘ri yondashuv bilan o‘rganuvchi qisqa muddat ichida sezilarli natijalarga erishishi mumkin. Ingliz tilida so‘z boyligini oshirish til o‘rganish jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, o‘rganuvchidan muntazamlik, to‘g‘ri metod tanlash va amaliyotga tayangan yondashuvni talab qiladi. Kontekst asosida o‘rganish so‘zlarning nutqdagi tabiiy qo‘llanilishini ochib beradi, kollokatsiyalar nutqni ravonlashtiradi, oraliqli takrorlash esa so‘zlarni uzoq muddatli xotirada saqlab qolishga yordam beradi. Phrasal verb va idiomalar ingliz tilining madaniy xususiyatlarini anglashga imkon yaratadi, keng o‘qish esa lug‘atni tez va samarali kengaytiradi. Multimedia vositalaridan foydalanish o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli, oson va samarali qiladi. Shuningdek, shaxsiy lug‘at daftarining yuritilishi o‘rganilgan so‘zlarni tizimlashtirishga yordam beradi. Bu metodlarning barchasi Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 287 birgalikda qo‘llansa, o‘rganuvchi ingliz tilida boy lug‘atga ega bo‘lib, ravon nutqga erishadi va tilni egallash jarayonida sezilarli yuksalishga erishadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ebbinghaus, H. (1885). Über das Gedächtnis: Untersuchungen zur experimentellen Psychologie. Leipzig: Duncker & Humblot. 2. Nation, I. S. P. (2001). Learning vocabulary in another language. Cambridge: Cambridge University Press. 3. Schmitt, N. (2000). Vocabulary in language teaching. Cambridge: Cambridge University Press. 4. Lewis, M. (1993). The Lexical Approach: The state of ELT and a way forward. Hove: Language Teaching Publications. 5. BBC Learning English. Retrieved from https://www.bbc.co.uk/learningenglish Anki - Powerful, intelligent flashcards. Retrieved from https://apps.ankiweb.net