MAMLAKATIMIZDA INKLYUZIV TA'LIM IMKONIYATLARI
Abstract
Ushbu mаqоlаdа inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari, inklyuziv ta’lim imkoniyatlari kabi masalalar yoritib berilgan.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 417 MAMLAKATIMIZDA INKLYUZIV TA’LIM IMKONIYATLARI Shoimov Anvar Mamarizayevich, Xalqaro innovatsion universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti https://orcid.org/0009-0007-1812-1838 Xujaqulova Yulduzxon Jamolovna Qarshi davlat universiteti mustaqil izlanuvchi Аnnоtаtsiyа: Ushbu mаqоlаdа inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari, inklyuziv ta’lim imkoniyatlari kabi masalalar yoritib berilgan. Kаlit sоzlаr: Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari, nogironlik, qaror, nogironlik muammosi, nogironlikning kelib chiqish sabablari, nogironligi bo‘lgan insonlarni ximoya qiluvchi qonuniy asoslar, inklyuziv ta’lim imkoniyatlari. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunidanoq Respublika hukumati yosh avlodning sog‘lig‘i, ta'lim hamda tarbiyasi masalalariga jiddiy ahamiyat berib kelmoqda. Ushbu ishlarning amaliy yechimi bevosita uzluksiz ta'lim tizimi bo‘g‘ini bo‘lgan maktab bilan bog‘liq. Ta'limimiz diqqat markazida erkin, ongli, o‘z va dunyo mamlakatlari milliy va madaniy qadriyatlariga hurmatda bo‘lgan barkamol shaxsni tarbiyalash turadi. XXI asr umumiy o‘rta ta'lim maktablarining oldiga o‘z bitiruvchilariga jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan davr uchun zarur bo‘lgan mustahkam hamda tizimli bilim asoslarini berishi, shuningdek, ona Vataniga muhabbat va sodiqlik, dunyo xalqlari va elatlariga hurmatda bo‘lish kabi insonparvarlik g‘oyalarini mujassamlovchi milliy istiqlol ruhini singdirishi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar (o‘z-o‘zini boshqara olish, murakkab vaziyatlar va stressli holatlardan chiqib keta olish, kommunikatsiya (muloqot)ga kirisha olish va b.) bilan qurollantirish kabi muhim masalalarni hal qilish muammolarini qo‘ymoqda. Ushbu maqsadda olib borilayotgan islohotlar uzluksiz ta'limning ajralmas qismi bo‘lgan maxsus ta'lim tizimini ham bevosita qamrab oladi. Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning birlamchi va uning oqibatida yuzaga keluvchi ikkilamchi muammolari ular uchun tashkil qilinuvchi ta'limtarbiya jarayonining mazmuniga o‘zgacha yondashish lozimligini talab qiladi. Istiqlol davriga qadar nogiron bolalar ta'lim-tarbiyasi yopiq mavzu hisoblanib, ular asosan “o‘qitiladigan” va “o‘qitilmaydigan”lar toifasiga tabaqalashtirilar edi. Hozirgi kunda maxsus ta'lim tizimiga “anomal”, “nuqsonli”, “aqli zaif” kabi atamalar o‘rniga “alohida e'tiborga muhtoj”, “aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan”, “rivojlanishida chetga chiqishlari mavjud” atamalari kirib keldi. Bu hol bunday bolalarning reabilitatsiya, korreksiya, ijtimoiy hayotga moslashuvlari va integratsiyalashuv (uyg‘unlashuv)lari masalalariga bo‘lgan munosabatlarning o‘zgarishiga olib keldi. Asta-sekinlik bilan dunyoga yuz tutgan ta'lim tizimida ham yangi yo‘nalish ishlari boshlab yuborildi. Maxsus ta'lim tizimiga muqobil bo‘lgan yangi yo‘nalish maktablari – inklyuziv maktablari shakllana boshladi. 1996 yildan e'tiboran kirib kelgan va 2000 yildan e'tiboran xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda turli Loyihalar asosida tashkil etib kelinayotgan inklyuziv ta'lim muassasalari dastlab muvaffaqiyatlarga erishishiga qaramay, mazkur qo‘llab-quvvatlashlar yakunlangach, maktablarda qator depsinishlar yuzaga kelmoqda. Shu sababli
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 418 ham inklyuziv ta'limning me'yoriy-huquqiy va nazariy asoslarini puxta o‘rganish va u orqali inklyuziv ta'limning samarali tizimiga o‘tish xalq ta'limi tizimida dolzarb masala sanaladi. Inklyuziv ta’lim - fr. Inclusif – qamrab olaman, lot. Include - kiritaman, qo‘shaman degan ma’nolarni anglatadi. Umuman olganda inklyuziv ta’lim jismoniy va intellektual, ijtimoiy, hissiy va lingvistik kelib chiqishidan, shuningdek, irqidan, rangidan qat'iy nazar, har bir shaxsga umumta'lim muassasalarida o‘qish imkoniyati beriladigan ta'lim shaklidir. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mohiyati shundan iboratki, inklyuziv ta’lim asosida erta yosh davrlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy hayotga qo‘shish va ularni sog‘lom shaxslar qatorida ijtimoiy hayotda ishtirok etishini ta’minlashdir. Inklyuziv ta'lim –rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni umumta'lim jarayoniga olib kirish ma'nosida qo‘llanib, integratsiyadan farqli ravishda, rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar barcha sog‘lom bolalar bilan birgalikda ta'lim olsalarda, ShRD asosida o‘qitilib, o‘z imkoniyatlari doirasidagi bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollanadilar. Barcha bolalarning hamkorlikdagi ta'limi ikki tomonlama ijobiy xislatlarga ega. Agar, ushbu jarayon orqali alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarning o‘z oilalari, mahalladoshlari bilan birga o‘sib ulg‘ayishlari ta'minlansa, sog‘lom bolalarning rivojlanishlarida muammolari bo‘lgan bolalarning imkoniyatlarini ko‘rib, ular ham nuqsonli emas, balki o‘zgacha rivojlanishga ega bo‘lgan bolalar ekanliklarini anglashlari sodir bo‘ladi. Shu sababli ham bunday ta'limning g‘oyasi – “Inklyuziv maktablardan – inklyuziv jamiyat sari” shiori asosiga qurilgan. Ko‘p hollarda inklyuziv va integratsion tushunchalari bir xil ma'noda ishlatiladi. Bu ikkala tushuncha o‘rtasidagi tafovut yanada tushunarliroq bayon etilgan bo‘lib, quyidagicha ta'kidlanadi: Integratsiyalashgan ta'limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bola standart talablarni bajarishi kerak. Aks holda ikkinchi yilga qoldiriladi yoki maktabni tark etishiga to‘g‘ri keladi. Inklyuziv ta'limda esa ta'limni bolalarga moslashtirish muammosini o‘rganadi. Ya'ni bolani emas, ta'lim mazmunini o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bola o‘z imkoniyati darajasida o‘ziga xos yondashuv asosidagi ta'lim mazmunini egallashi nazarda tutiladi. Inklyuziv ta’limning maqsadi - aholining barcha qatlamlari uchun ta’limni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar va ularni ta’limidagi to‘siqlarni bartaraf etishga alohida e’tibor berishdir. Inklyuziv ta’limning vazifalari: ✓ alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni sinfdagi boshqa bolalar kabi qabul qilish. ✓ turli vazifalar qo‘yilgan bo‘lsa-da, ularni bir xil faoliyatga kiritish. ✓ o‘quvchilarni ta’limning jamoaviy shakllariga va guruhli muammolarni hal qilishga jalb etish. ✓ jamoaviy ishtirok etishning boshqa strategiyalaridan foydalanish - o‘yinlar, qo‘shma loyihalar, laboratoriya ishlari va boshqalar. Barcha toifadagi bolalarni qamrab olgan holda umumiy ta’lim tizimida o‘quvchilarni o‘qitish va ularning tengligini ta’minlash orqali nogironligi bo‘lgan bolalar kelajakda ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnilarini topishlari mumkindir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror asosida inklyuziv ta’limni targ‘ib va tashkil etish tartibi belgilanadi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 419 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 638-son qarori asosidagi inklyuziv ta‘limning maqsadi: Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo‘llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda to‘siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to‘laqonli uyg‘unlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 638-son qarori asosidagi inklyuziv ta‘limning vazifalari: 1. rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish; 2. jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini shakllantirish; 3. ta’lim jarayonida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish; 4. barcha o‘quvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratish; 5. o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy ko‘nikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 6. alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat yordami berish hamda ota-onalarni farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, pedagogik texnologiyalar, ta’lim-tarbiya metod va vositalarini qo‘llash sohasida xabardorlik darajasini oshirish, ularni psixologik-pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash. Inklyuziv ta’limning barcha uchun turli imkoniyatlari mavjud, masalan: • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quchilar uchun ijtimoiy va umumiy rivojlanishlari uchun optimal shart-sharoitlar yaratib beradi; • sog‘lom o‘quchilar uchun cheklovlarni yengish tajribasi, salomatlikni qadrlash, dangasalik yengishga yordam beradi; • maktab uchun imkoniyatlari - maktab yangi qadriyatlarga ega bo‘ladi, shuningdek, yangi jihozlar va yangi ta’lim texnologiyalar bilan ta’minlanadi; • jamiyat uchun imkoniyatlari - fuqarolik erkinliklari, teng huquqlilik ta’minlanadi va inson qadr-qimmati yuksaltiriladi; • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quchilarning ota-onalari uchun imkoniyatlari - alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quchilar hududiy maktabga borish oqibatida oilada qolish mumkin bo‘ladi, shu bilan birgalikda ota-onalar farzandlari uchun ta’lim shaklini tanlash huquqiga ega bo‘ladilar. Inklyuziv ta’limni yaxshi darajada va samarali tashkil etish uchun biz maxsus ta’lim muassasalari va nogironligi bo‘lgan bolalar haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak bo‘ladi. Demak, O‘zbekistondagi 86 ta imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘z faoliyatini yuritmoqda. Ulardan 14 tasi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, 19 tasi aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, 48 tasi eshitishida nuqsoni bo‘lgan
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 420 bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, 1 tasi nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati va 4 tasi Harakat-tayanchida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridir. Jumladan, quyidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktabinternatlarida statistikaning 2020 yil holatiga ko‘ra 21363 nafar bolalar ta’lim olmoqdalar. Demak-ki ularning 56 % aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar, 22 % kar va zaif eshituvchi bolalar, 16 % ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar, 6 % esa harakat-tayanchida nuqsoni bo‘lgan va nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalardir. Quyidagi ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida savol tug‘iladi: “21363 nafar bolalarning barchasi inklyuziv ta’lim jarayoniga kiritiladilarmi?” va “Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari kelajakda o‘z faoliyatini tugatadilarmi?”. Albatta yo‘q, chunki inklyuziv ta’lim jarayoniga og‘ir darajadagi bolalar qabul qilinmaydilar va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari qisqargan holatda o‘z faoliyatlarini davom ettiradilar. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kelajakdagi faoliyatini quyidagicha tasavvur qilishimiz mumkin: • imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab va maktab-internatlari inklyuziv ta’limga tayyorlab beruvchi muassasa sifatida xizmat qiladilar; • mazkur ta’lim mauassasalarida boshlang‘ich sinflar saqlanib qoladi; • ish o‘rinlari yo‘qolmayli, balki faolyait o‘zgartiriladi; • nogironligi bo‘lgan bolalar va ularni ota-onalarining istaklari inobatga olingan holda ta’lim shakli tashkil etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Shomaxmudova R. “Maxsus va inklyuziv ta’lim” /Toshkent “Chashmaprint” 2011. 2. Инклюзивное образование. Выпуск 1. – М.: Центр “Школная книга”, 2010. – 272 с. https://narfu.ru/upload/iblock/0f1/inklyuzivnoe-obrazovanie-vypusk-1.pdf 3. https://obraz.volgograd.ru/folder_5/folder_1/folder_19/folder_2/folder_9/folder_3/folder_1/fold er_4/folder_5/index_1.php 4. https://sch2090uv.mskobr.ru/resursnaya_shkola/o_proekte1