scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

REPLICATION AND TRANSPARENCY ISSUES IN DISTRIBUTED DATABASES

Xakimov, Kamronbek; Uktamjonov, Otabek; Zokirov, Sanjar

Abstract

This article analyzes the problems of replication and transparency in distributed databases, as well as the theoretical and practical aspects of their management. The article considers the benefits and risks of storing data copies in multiple locations through replication, and also highlights the transparency requirements for a distributed storage structure that presents itself in a centralized way for the system user and programmer. The research results show that there are problems such as the complexity of managing replication and transparency in DDB systems, ensuring data consistency, latency and resource costs, which require a balanced approach in future design and architectural decisions.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 450 DISTRIBYUTIV MA'LUMOTLAR BAZASIDA REPLIKATSIYA VA SHAFFOFLIK MUAMMOLARI Xakimov Kamronbek Hatamjon o‘g‘li Farg‘ona davlat texnika universiteti Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabasi [email protected] Uktamjonov Otabek Mohirjon o‘g‘li Farg‘ona davlat texnika universiteti Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabasi [email protected] Zokirov Sanjar Ikromjon o‘g‘li Farg‘ona davlat texnika universiteti, fizika-matematika fanlari falsafa doktori(PhD), dotsent mailto:[email protected] Annotatsiya.Ushbu maqolada distribyutiv ma'lumotlar bazalarida replikatsiya va shaffoflik (transparency) muammolari, shuningdek ularni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada replikatsiya orqali ma'lumot nusxalari bir nechta joyda saqlanishining foyda va xavflari ko'rib chiqiladi, shuningdek tizim foydalanuvchisi va dasturchi uchun tarqatilgan saqlash strukturasining o'zini markazlashgan ko'rinishda taqdim etuvchi shaffoflik talablari yoritiladi. Tadqiqot natijalari DDB tizimlarida replikatsiya va shaffoflikni boshqarish murakkabligini, ma'lumotlar uyg‘unligini ta'minlash, kechikish va resurs xarajatlari kabi muammolar mavjudligini ko'rsatadi, bu esa kelajakdagi dizayn va arxitektura qarorlarida muvozanatli yondashuvni talab qiladi. Kalit so‘zlar: distribyutiv ma'lumotlar bazasi, replikatsiya, shaffoflik, consistency, fragmentatsiya, DDBMS, MySQL, PostgreSQL. Abstract. This article analyzes the problems of replication and transparency in distributed databases, as well as the theoretical and practical aspects of their management. The article considers the benefits and risks of storing data copies in multiple locations through replication, and also highlights the transparency requirements for a distributed storage structure that presents itself in a centralized way for the system user and programmer. The research results show that there are problems such as the complexity of managing replication and transparency in DDB systems, ensuring data consistency, latency and resource costs, which require a balanced approach in future design and architectural decisions. Keywords: distributed database, replication, transparency, consistency, fragmentation, DDBMS, MySQL, PostgreSQL KIRISH Distribyutiv ma'lumotlar bazasi – bu ma'lumotlar bir nechta server yoki geografik joylarda saqlanadigan, lekin foydalanuvchi uchun yagona, markazlashgan tizim sifatida ko‘rinadigan bazadir. Replikatsiya – ma'lumotlarning bir nechta nusxalarini (kopiyalarini) turli tugunlarda saqlash va sinxronlashtirish jarayoni. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 451 Shaffoflik – foydalanuvchi va dasturlar uchun ma'lumotlar qayerda va qanday saqlanayotganini yashirish, ya'ni tizimni yagona va silliq ishlashini ta'minlashdir Zamonaviy axborot tizimlarida ma'lumot hajmi va foydalanuvchilar soni ortishi bilan an'anaviy markazlashgan ma'lumotlar bazalari barcha talablarni qondirishda cheklanishga duch keladi. Shu sababli Distributed Database Management System (DDBMS) yondashuvi keng qo'laniladi: ma'lumotlar tarmoq bo'ylab tarqaladi va bir nechta serverlardan iborat tizimlar tashkil etiladi. MySQL • Asinxron replikatsiya: Master (asosiy) server o‘zgarishlarni binlog’ga yozadi, slave (nusxa) serverlar bu loglarni o‘qib, o‘zida qo‘llaydi. Bu usulda replikatsiya kechikishi (lag) bo‘lishi mumkin, natijada ba'zi tugunlarda eski ma'lumotlar ko‘rinadi • Sinxron va yarim-sinxron replikatsiya: Yangi o‘zgarishlar barcha nusxalarda tasdiqlanmaguncha, tranzaksiya yakunlanmaydi. Bu kuchli shaffoflik va konsistensiyani ta’minlaydi, lekin ishlash tezligini pasaytiradi • Group Replication va NDB Cluster: Ko‘p tugunli (multi-master) replikatsiya, avtomatik konflikt aniqlash va hal qilish, avtomatik failover imkoniyatlari bilan yuqori darajada shaffoflik va ishonchlilikni ta’minlaydi PostgreSQL • Streaming (fizik) replikatsiya: WAL (Write-Ahead Log) fayllari asosida ishlaydi, asosan asinxron, lekin sinxron rejim ham mavjud. Sinxron rejimda barcha nusxalar bir vaqtda yangilanadi, lekin kechikish ortadi • Logik replikatsiya: Ma'lumotlarni tanlab (masalan, faqat ayrim jadvallar) replikatsiya qilish imkonini beradi. Bu usulda konfliktlarni hal qilish va shaffoflikni saqlash murakkabroq • Multi-master replikatsiya: Asosan uchinchi tomon kengaytmalari (masalan, BDR, Bucardo) orqali amalga oshiriladi va konfliktlarni hal qilish uchun maxsus qoidalar talab etiladi DDBMS tizimlari katta hajmli ma'lumotlarni boshqarish, yuqori mavjudlik, yukni tarqatish va moslashuvchanlik imkonini beradi. Biroq, ma'lumotlarni bir nechta joyda saqlash va ularga kirishni ta'minlash natijasida consistency, resurs ishlatilishi, tarmoq kechikishi va foydalanuvchiga tizimning tarqalganligi ko'rinmas bo'lishi kabi muammolar yuzaga keladi. Ushbu maqolada aynan replikatsiya va shaffoflik muammolari tahlil qilinadi. Shaffoflik turlari va muammolari • Replikatsiya shaffofligi: Foydalanuvchi uchun bir nechta nusxalar mavjudligi yashiriladi. Asinxron replikatsiyada lag tufayli ba'zan foydalanuvchi eski ma'lumotlarni ko‘rishi mumkin • Konsistensiya va izolyatsiya: Kuchli konsistensiya (masalan, sinxron replikatsiya) shaffoflikni oshiradi, lekin ishlash tezligini pasaytiradi. Asinxron replikatsiya esa ishlashni oshiradi, lekin vaqtincha nomuvofiqlik (inconsistency) yuzaga keladi • Tarmoq bo‘linishi va failover: Tarmoqda uzilish bo‘lsa, tugunlar o‘rtasida ma'lumotlar farqi paydo bo‘lishi mumkin. MySQL Group Replication va PostgreSQL klasterlari bunday holatlarni aniqlash va hal qilish uchun maxsus protokollardan foydalanadi • Konsensus protokollari: Facebook (Meta) MySQL uchun Raft protokolini joriy qilib, replikatsiya va failover jarayonlarini ancha shaffof va xavfsiz qilgan • Monitoring va avtomatlashtirish: AWS RDS, Google Cloud SQL kabi xizmatlar replikatsiya lagini avtomatik aniqlash, nusxalarni qayta yaratish va monitoring qilish imkonini beradi ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 452 • Kechiktirilgan replikatsiya: PostgreSQL uchun delayed replica (kechiktirilgan nusxa) yordamida, xatolik yoki noto‘g‘ri o‘zgarishlarni aniqlash va tiklash uchun vaqtli "undo buffer" yaratiladi • Avtomatik failover: Patroni, pg_auto_failover kabi vositalar yordamida klasterda liderni avtomatik aniqlash va o‘zgartirish, shaffof va ishonchli ishlashni ta’minlaydi Amaliy tajribalar va real case study Muammo/voqea Kompaniya/yechim Natija va saboq Murakkab va xatoga moyil failover Meta (Facebook) Raft protokoli integratsiyasi, failover 40s → 2s, shaffoflik va xavfsizlik oshdi Replikatsiya lag va resurs nomuvofiqligi AWS RDS, Google Cloud SQL Avtomatik monitoring, resurslarni moslashtirish, parallel replikatsiya Asinxron replikatsiyada ma'lumot nomuvofiqligi AWS RDS Konsistensiya sozlamalari (sync_binlog=1), ishlash tezligi va xavfsizlik balansi Kechiktirilgan replikatsiya orqali tiklash AWS RDS for PostgreSQL "Undo buffer" orqali xatolikdan tez tiklanish Avtomatik failover va monitoring Patroni, pg_auto_failover Klasterda ishonchli va shaffof lider o‘zgarishi Distribyutiv ma'lumotlar bazasi va shaffoflik tushunchasi Distribyutiv ma'lumotlar bazasida ma'lumotlar fizik jihatdan bir nechta server yoki tugunlarda saqlanadi, lekin foydalanuvchi yoki dasturchiga bu taqsim yoki nusxalar mavjudligi ko'rinmas bo'ladi. Shaffoflik tamoyili foydalanuvchiga tizim markazlashgan yagona ma'lumotlar bazasi sifatida ko'rinishini ta'minlaydi. Shaffoflik turlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: ● Fragmentation transparency - foydalanuvchi jadval fragmentlarga bo'linganini bilmaydi. ● Location transparency - foydalanuvchi fragment yoki ma'umotning qaysi serverda joylashganini bilmaydi. ● Replication transparencybir nechta nusxalar mavjud bo'lsa ham, foydalanuvchi bitta nusxa bilan ishlayotgandek ko‘rinadi. ● Transaction, failure va performance transparency - tarmoqli tranzaksiyalar, xatoliklar va ishlash samaradorligi foydalanuvchidan yashiriladi. ● Shaffoflik foydalanuvchi uchun qulaylik keltiradi, ammo tizim ichidagi murakkablik va resurs xarajatlarini oshiradi. Replikatsiya va uning muammolari Replikatsiya -ma'lumotlarning bir nechta nusxalarini turli tugunlarda saqlash jarayonidir. Bu ma'lumot mavjudligini oshiradi, tarmoq ishonchliligini yaxshilaydi va yukni taqsimlaydi. Replikatsiya ikki asosiy rejimda bo'lishi mumkin: ● Sinxron replikatsiya - yozish operatsiyasi barcha nusxalarga kiritilganidan keyin bajarilgan deb hisoblanadi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 453 ● Asinxron replikatsiya – asosiy nusxaga yoziladi, qolganlari keyin yangilanadi. Replikatsiya bilan bog‘liq muammolar: ● Consistency (uyg‘unlik) muammosi-nusxalar bir nechta joyda bo'lgani uchun yangilanishlar sinxron bo'lmasa, ma'lumotlar turlicha bo'lishi mumkin. ● kechikishasinxron replikatsiyada yoki tarmoq uzilishlarida ma'lumot barcha joylarda darhol yangilanmaydi. ● Murakkablik va muvofiqlikni saqlash - replikatsiya va fragmentatsiya aralash bo'ganda tranzaksiyalarni boshqarish qiyinlashadi. ● Replikatsiya modeli tanlashda consistency modeliga etibor berish kerak: kuchli consistency, eventual consistency, client-centric consistency va boshqalar mavjud. Shaffoflik va amaliy muammolar Shaffoflik foydalanuvchi va dasturchi uchun tizim murakkabliklarini yashirib, markazlashgan ma'lumotlar bazasi kabi ishlash imkonini beradi. Biroq, quyidagi muammolar yuzaga keladi: ● Ishlatish qulayligi vs tizim murakkabligi – foydalanuvchi ko'p narsalardan bexabarga bo'lish tizim dizaynini murakkablashtiradi. ● Performance transparency muammosi – tarmoq kechikishlari, nusxalar sinxronizatsiyasi tizim samaradorligini pasaytirishi mumkin. ● Transaction/failure transparency muammosi – tarmoqli tranzaksiyalar, tugun ishdan chiqqanda tizim barqarorligini saqlash qiyin. ● Meta-ma'lumot boshqaruvi – fragment va replikatsiya haqida ma'lumotlar katalogini boshqarish murakkab. ● Shaffoflik foydalanuvchi qulayligi keltirsa-da, tizim dizayni va boshqaruvi murakkab bo'ladi. Replikatsiya va shaffoflikni birga qo'llashda savdo-oflar mavjud: ● Asinxron replikatsiya va eventual consistency yuqori mavjudlik va past latency beradi, ammo consistency zaiflashadi. ● Strong consistency va sinxron replikatsiya tizimni sekinlashtiradi, resurs talabini oshiradi va performance transparency bilan ziddiyatga tushadi. ● Fragmentatsiya + replikatsiya + transparency boshqaruvi katalog va marshrutlash xarajatlarini oshiradi, foydalanuvchiga ko‘rinmaydi. ● DDBMS arxitekturasini loyihalashda talablar aniqligi savdo-oflarni optimallashtirishga yordam beradi. Xulosa Distribyutiv ma’lumotlar bazalarida replikatsiya va shaffoflik - zamonaviy tizimlarning asosiy tamoyillari bo‘lishiga qaramay, ularning birgalikda ishlashi ko'p muammolar va murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Replikatsiya ma'lumotlar mavjudligini va tarmoq ishonchliligini oshiradi, lekin consistency, kechikish, resurs overheadi kabi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Shaffoflik esa foydalanuvchi uchun qulaylik keltiradi, lekin arxitektura va boshqaruv qiyinchiliklarini oshiradi. Ideal DDBMS dizayni - replikatsiya va shaffoflikni balansda olib boradigan, consistency, mavjudlik, va ishlash samaradorligini muvozanatlaydigan yechim bo‘lishi lozim. Bunda, tizim talablariga (masalan, real -vaqt, yuqori yuk, geografik tarqalish, mavjudlik, xavfsizlik) qarab, mos consistency modeli, replikatsiya strategiyasi va transparency darajasi tanlanishi kerak. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 454 Kelajakda DDBMS arxitekturalarida, shuningdek, konfliktni boshqarish (masalan, Conflict-free Replicated Data Types, CRDT), adaptiv replikatsiya, quvvatli katalog va meta-ma’lumot boshqaruvi kabi yondashuvlar muhim roL o‘ynaydi. Distribyutiv ma'lumotlar bazalarida replikatsiya va shaffoflik muammolari – ayniqsa yirik va global tizimlarda – doimiy e'tibor va ilg‘or texnik yechimlarni talab qiladi. MySQL va PostgreSQL asosida qurilgan tizimlarda konsensus protokollari, monitoring, avtomatik failover va kechiktirilgan replikatsiya kabi amaliy yechimlar yordamida bu muammolar samarali hal qilinmoqda. Har bir arxitektura va replikatsiya strategiyasi o‘ziga xos afzallik va cheklovlarga ega, shuning uchun tizim dizayni va ekspluatatsiyasida muvozanatni topish muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdurahmanov, M. M. Maumotlar bazasi nazariyasi va amaliyoti Toshkent: O'zbekiston, 2015. 2. Islomov, Sh. Sh. Ma'motlar bazasini boshqarish tizimlari Toshkent: O'zbekiston, 2018. 3. Raximov, F. R. Kompyuter tarmoqlari va ma'lumotlar bazalari Toshkent, 2016. 4. Xolmatov, A. Yusupov, A. Mobil aloqa tizimlari va tarmoqlar asoslariToshkent: O‘zbekiston, 2021. 5. Toshpulatov, B. B. Maumotlar bazasi va tizimlar arxitekturasi Toshkent, 2019 6. Sanfoundry.com Data Partitioning and Transparencies in DBMS. 2024. 7. Ecomputernotes.com –Transparencies in DBMS. 2021. 8. arXiv.org – Sharif, H. N. va boshqalar: Consistency models in distributed systems. 2019. 9.Rajabova, D. (2025). SPECIFIC FEATURES AND FACTORS OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE INNOVATIVE ENVIRONMENT IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. Journal of Applied Science and Social Science, 1(2), 474-479. 10.Rajabova, D. (2025). SYSTEMIC PROBLEMS OF THE CURRENT STATE OF THE INNOVATION ENVIRONMENT IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 638-643. 11.Rajabova, D. (2025). WAYS TO IMPROVE INNOVATION ACTIVITIES IN INDUSTRIAL ENTERPRISES IN UZBEKISTAN. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 604-610. 12.Rajabova, D., & Usmonova, D. (2024). BIG DATA VA IQTISODIY TADQIQOTLARDA TAHLILIY IMKONIYATLAR. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 3(15), 16-23.