scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING O'RNI

Ergasheva Zilola Sadirdin qizi

Full text

PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) O‘QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING O‘RNI Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Ergasheva Zilola Sadirdin qizi Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida fanlararo integratsiyaning mazmunmohiyati, uning samarali mexanizmlari va ta’lim jarayoniga ta’siri ilmiynazariy jihatdan tahlil qilinadi. Integrativ darslarning afzalliklari, real o‘quv jarayonidan misollar hamda innovatsion yondashuvlar asosida kreativ fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Kreativ fikrlash, fanlararo integratsiya, innovatsion ta’lim, divergent tafakkur, STEAM yondashuvi, muammoli ta’lim, integrativ dars, loyihaviy metod, o‘quv faoliyati, kompetensiya, ijodkorlik. Bugungi kunda ta’lim jarayoni oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi, yangicha g‘oyalar yaratishga qodir, kreativ tafakkurga ega shaxs sifatida tarbiyalashdir. XXI asrda axborot oqimining keskin kuchayishi, yangi texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimidan o‘quvchini faqat bilim bilan qurollantirishni emas, balki uni kreativ fikrlash, muammo yechish, tahlil qilish, innovatsion qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishini talab qilmoqda. Shu nuqtai nazardan fanlararo integratsiya — bilimlarni yaxlit tizim sifatida o‘zlashtirishning samarali shakli bo‘lib, o‘quvchilarning kreativ salohiyatini rivojlantirishda muhim omilga aylandi. Integratsiya jarayoni PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) o‘quvchining ayrim fanlarni alohida emas, balki o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rishiga yordam beradi. Bu esa real hayotiy vazifalarni kompleks tarzda yechish, yangi g‘oyalar yaratish, tasavvurni kengaytirish imkonini beradi. Kreativ fikrlash tushunchasi va uning pedagogik ahamiyatini ko‘rib chiqamiz. Kreativ fikrlash — mavjud bilimlar, tasavvurlar yoki tajribalar asosida yangicha, original, samarali g‘oya va qarorlar yaratish qobiliyatidir. U quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi: - divergent fikrlash (bir muammoning ko‘plab yechimlarini topish); - moslashuvchanlik (fikrni bir yo‘nalishdan ikkinchisiga o‘tkaza olish); - originallik (kutilmagan, noodatiy yechimlar yaratish); - tasavvur boyligi; - analitik fikrlash. - Pedagogik nuqtai nazardan kreativ fikrlash o‘quvchining bilimlarni mustaqil qo‘llashi, - noodatiy vaziyatlardan chiqish yo‘lini topishi, - tanqidiy fikrlashi, - innovatsion qarorlarga ochiqligi kabi sifatlarni shakllantiradi. Fanlararo integratsiya tushunchasi va uning didaktik asoslari — bu bir nechta o‘quv fanlari mazmunini ma’lum bir pedagogik maqsad yo‘lida yagona tizim sifatida uyg‘unlashtirish, ularning o‘zaro bog‘liqligini ochib berish jarayonidir. Integratsiya didaktik tamoyillarga bo‘linadi va bular quyidagilarni tashkil etadi. 1. Sistemalilik — turli fanlar o‘rtasidagi ichki bog‘liqlikni ochib berish. 2. Mantiqiy ketma-ketlik — integratsiya jarayoni o‘quvchining yoshiga va tayyorgarligiga mos bo‘lishi. 3. Amaliy yo‘naltirilganlik — real hayotga tatbiq etish PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) imkoniyatini yaratish. 4. Muammoli-ta’limiy yondashuv — o‘quvchini mustaqil fikrlashga undash. 5. Kreativlik tamoyili — yangicha g‘oyalarni shakllantirish uchun sharoit yaratish. Fanlararo integratsiyani joriy etishda uchraydigan muammolar o‘qituvchi va fanlar o‘rtasida hamkorlikning yetarli bo‘lmasligi, dars jadvali va o‘quv dasturi moslashmaganligi, metodik qo‘llanmalarning kamligi, o‘quvchilar tayyorgarlik darajasining farqli bo‘lishi, texnik vositalarning yetishmasligi kabilardir. Bartaraf etish yo‘llari esa metodik markazlar faoliyatini kuchaytirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, integrativ o‘quv qo‘llanmalar yaratish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlas. Fanlararo integratsiya — zamonaviy ta’limning strategik yo‘nalishlaridan biridir. U o‘quvchini real hayotdagi murakkab muammolarni ko‘p fan asosida tahlil qilishga, kreativ va innovatsion fikr bilan yondashishga o‘rgatadi. Integratsiyalashgan darslar o‘quvchilarni faollikka undaydi, yangicha qarashlar yaratadi, ularni mustaqil ijod qilishga ruhlantiradi. Shunday qilib, ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyani keng joriy etish o‘quvchilarning kreativ fikrlash salohiyatini oshiradi, ularni kelajakdagi raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Fanlararo integratsiya o‘quv materiallarini bir-biri bilan uyg‘unlashtirish, bir fan bilimlarini boshqasiga tatbiq etish va real hayotiy jarayonlarni kompleks yondashuv orqali o‘rgatishni anglatadi. Bunday yondashuv o‘quvchilarda mavzularni chuqurroq anglash, turli nuqtai nazardan tahlil qilish, mantiqiy va ijodiy fikrlashni uyg‘unlashtirish, bilimlarni amaliy hayotga tadbiq eta olish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Integratsiya jarayonida o‘quvchi faqat ma’lumotni qabul qilmaydi, balki uni qayta ishlaydi, PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) taqqoslaydi, o‘z mulohazasini bildiradi va ijodiy yechimlar izlaydi. Fanlararo integratsiya kreativ fikrlashni rivojlantirishda bir nechta muhim jihatlar bilan ajralib turadi: 1. Muammoga turli fan nuqtai nazaridan qarash imkoniyati Masalan, ekologiya masalasini geografiya, biologiya, kimyo va hatto informatika bilan bog‘lab o‘rganish o‘quvchiga kompleks fikrlashni rivojlantiradi. Bu esa ijodiy yechim topish uchun keng imkoniyat yaratadi. 2. Amaliy topshiriqlar orqali ijodkorlikni oshirish Bir necha fan asosida yaratilgan loyihalar – maket, tajriba, ilmiy izlanish yoki dastur yaratish – o‘quvchilarda yangilikka intilish va ijodiy tashabbusni kuchaytiradi. 3. O‘quv jarayonini qiziqarli va faol qilish Integratsiyalashgan darslarda turli faol metodlar qo‘llaniladi: guruhlar bilan ishlash, qo‘shma loyihalar, ijodiy vazifalar, tajribalar, o‘yinlar. Bu jarayon o‘quvchini faollikka undaydi va yangi g‘oyalar tug‘ilishiga yordam beradi. 4. Mantiqiy va kreativ fikrlashni uyg‘unlashtirish Masalan, matematika va informatika fanlarini integratsiya qilish o‘quvchida mantiqiy fikrlashni mustahkamlaydi, shu bilan birga algoritmik va kreativ yondashuvni birlashtiradi. 5. Haqiqiy hayotga mos bilimlar berish Real hayotda muammolar birgina fan doirasida hal bo‘lmaydi. Fanlararo yondashuv esa o‘quvchini hayotiy vaziyatlarda kreativ yechim topishga o‘rgatadi. Fanlararo integratsiya o‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning eng samarali usullaridan biridir. Integratsiyalashgan darslar o‘quvchilarning bilimini chuqurlashtiradi, ularda mustaqil izlanish, tahlil qilish, taqqoslash, yangi g‘oya yaratish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Zamonaviy ta’lim PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) jarayoni integratsiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki u o‘quvchini real hayotda uchraydigan murakkab vaziyatlarga tayyorlaydi va ijodiy fikrlashga yo‘naltiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Azizxo‘jayeva N.N. Ta’lim jarayonida interfaol metodlar va kreativ yondashuvlar. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021. 2. Abdullayeva M. Integrativ ta’limning o‘quvchilarning tafakkuriga ta’siri. — “Pedagogik izlanishlar” jurnali, №2, 2021. 3. Fogarty R. Integratsiyalashgan ta’lim modeli va uning o‘quvchi rivojiga ta’siri. — (o‘zbekcha tarjima), Toshkent: “Ilm Ziyo”, 2019. 4. Yo‘ldoshev J., Qodirov A. Fanlararo integratsiya: nazariya va amaliyot. — Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020.