scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA SANOAT CHIQINDILARIDAN SAMARALI FOYDALANGAN XOLDA BAZALT SHLAKI ASOSIDAGI KAM SUV TALABCHAN SEMENTLARNING RASIONAL TARKIBINI TADQIQ QILISH

Babayev Sultonbek Sunnat o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida sanoat chiqindilaridan, xususan, metallurgiya ishlab chiqarishida hosil bo‘ladigan bazalt shlakidan samarali foydalanish yo‘llari o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — bazalt shlaki asosida kam suv talabchan sementlarning ratsional tarkibini aniqlash, ularning fizik-mexanik xususiyatlarini tahlil qilish hamda ekologik samaradorligini baholashdan iborat.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 262 YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA SANOAT CHIQINDILARIDAN SAMARALI FOYDALANGAN XOLDA BAZALT SHLAKI ASOSIDAGI KAM SUV TALABCHAN SEMENTLARNING RASIONAL TARKIBINI TADQIQ QILISH Babayev Sultonbek Sunnat o’g’li SamDAQU tayanch doktaranti. ORCHID raqami 0009-0003-7606-5601 https://doi.org/10.5281/zenodo.17902266 Annotatsiya. Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida sanoat chiqindilaridan, xususan, metallurgiya ishlab chiqarishida hosil bo‘ladigan bazalt shlakidan samarali foydalanish yo‘llari o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — bazalt shlaki asosida kam suv talabchan sementlarning ratsional tarkibini aniqlash, ularning fizik-mexanik xususiyatlarini tahlil qilish hamda ekologik samaradorligini baholashdan iborat. Kalit so’zlar: Sement, bazalt shlaki, siqilishdagi mustahkamlik, Superplastifikator. Аннотация. В данной статье рассматриваются пути эффективного использования промышленных отходов, в частности базальтового шлака, образующегося в металлургическом производстве, на основе принципов «зелёной» экономики. Цель исследования – определение рационального состава маловодных цементов на основе базальтового шлака, анализ их физико-механических свойств и оценка экологической эффективности. Ключевые слова: Цемент, базальтовый шлак, прочность при сжатии, суперпластификатор. Annotation. This article examines ways to effectively utilize industrial waste, specifically basalt slag generated in metallurgical production, based on green economy principles. The objective of the study is to determine the optimal composition of low-water cements based on basalt slag, analyze their physical and mechanical properties, and assess their environmental performance. Keywords: Cement, basalt slag, compressive strength, superplasticizer. KIRISh Bugungi kunda dunyo miqyosida ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va sanoat chiqindilarini qayta ishlash masalalari eng muhim global muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Iqtisodiy o‘sishni ekologik xavfsizlik bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan yashil iqtisodiyot konsepsiyasi ko‘plab mamlakatlarda, jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etilgan. Qurilish materiallari sanoati esa bu jarayonda muhim o‘rin tutadi, chunki u katta miqdorda xomashyo va energiya sarflaydi hamda chiqindilar hosil qiladi. Shu sababli, chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalarni joriy etish, ikkilamchi xomashyolardan foydalanish orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Sement ishlab chiqarish jarayoni energiya sig‘imi yuqori va karbonat angidrid chiqindilari ko‘p bo‘lgan sohalardan biridir. Shu bois kam energiya sarflovchi, suv talabchanligi past bo‘lgan, mustahkamligi yuqori yangi turdagi sement turlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 263 Ayniqsa, metallurgiya sanoati chiqindilari — bazalt shlaki kabi materiallardan samarali foydalanish ushbu yo‘nalishda istiqbolli yechimlardan biridir. Bazalt shlaki kimyoviy tarkibi jihatidan aktiv mineral qo‘shimcha bo‘lib, u sement tarkibiga kiritilganda mustahkamlik, suvga chidamlilik va ekologik samaradorlikni oshiradi. Mazkur tadqiqotning maqsadi — bazalt shlaki asosidagi kam suv talabchan sementlarning ratsional tarkibini ishlab chiqish va ularning fizik-mexanik hamda ekologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot natijalari sanoat chiqindilaridan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega qurilish materiallarini olish, resurslardan tejamkor foydalanish hamda yashil iqtisodiyot tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. “Sement klinkeri – bazalt toshi va bazalt shlaki –barxan qumi – superplastifikator va suv” tizimida sement zarralarini mexanik faollashtirish ta’sirini hisobga olgan holda, hosil bo‘lgan sement toshida yangi struktura hosil bo‘lish mexanizmi aniqlangan. - kam suv talabchan sement tarkibini optimallashtirishda hosil bo‘lgan sement toshining mustahkamligini, uning tashkil etuvchilarining miqdor va parametrlarga bog‘liqligini ifodalovchi matematik regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan. - kam suv talabchan sement asosidagi og‘ir betonlarni yuqori mustahkamlikka erishishidagi optimal tarkiblar aniqlangan. - kam suv talabchan sement-65 va kam suv talabchan sement-75 tipli sementlar va ular asosida olingan og‘ir betonlar sinov natijalariga ko‘ra beton sinfi B40...B80 bo‘lgan og‘ir betonlar olish imkoniyatlari aniqlangan. Adabiyotlar sharhi Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridan mineral bog‘lovchi moddalar yaratish va ulardan foydalanib, yuqori sifatli samarador betonlar ishlab chiqarishda keng foydalanish, ularning tarkiblarini ishlab chiqish, fizik-texnik xususiyatlarini yaxshilash va mustahkamligini oshirish muammolari bilan jahondagi yirik tadqiqotchilar jumladan: Batrakov V.G., Bajenov Yu.M., Dvorkin L.I., Bikbau M.Ya., Xozin V.G., Falikman V.R., Kalashnikov V.I., Bashlikov N.F, Xoxryakov O.V., Makarenko S.V., Rikert Y., Myuller K., Bolhassani M., James B., A.A. Ramezanianpour va boshqalar shug‘illanib, ushbu masalalarni hal qilishga katta hissa qo‘shganlar. Yurtimiz olimlari mahalliy homashyo va sanoat chiqindilari asosida bog‘lovchi moddalar va ular asosidagi betonlar tarkibini ishlab chiqish, strukturasi, xossalarini yaxshilash, samaradorligini oshirish masalalarini o‘rganishda bir qator tadqiqotlar olib borganlar. Otaqo‘ziyev T.A., Babayev N.X., Odilxo‘jayev A.I., Iskandarova M.I., Qosimov E.U., Nudelman B.I., Yusupov H.V., Karimov G.U. va boshqalar bu sohada o‘z tadqiqotlari asosida muhim natijalarga erishganlar. Tadqiqotning amaliy natijalari: - Texnogen chiqindisi, mahalliy xom ashyo va kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanib, ularni mexanik faollashtirish yo‘li bilan olingan kam suv talabchan sementlarni optimal tarkiblari ishlab chiqilgan; - Muqobil tarkibli kam suv talabchan sement 65 tipli sementlar asosidagi sement toshining mustahkamligi tashkil etuvchi komponentlar miqdoriga va sementning solishtirma yuzasiga bog‘liqligi asoslangan; ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 264 - kam suv talabchan sement-65, kam suv talabchan sement-75 va kam suv talabchan sement-75 tipli sement tarkiblari asosida yuqori sifatli, mustahkam og‘ir betonlar olinib, xossalari o‘rganilib, ishlab chiqarishga tavsiya etilgan. kam suv talabchan sementning xususiyatlarini Pussolan sement bilan taqqoslanganda, tubdan farq qilib, ularda faza hosil bo‘lishi, strukturasining shakllanishi, qotish kinetikasi, zichligining yuqoriligi va sulfatga chidamliligi kabi qator xususiyatlari ijobiy natijalarga ega ekanligi aniqlangan; Faol mineral va kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanib, mexanik faollashtirish hisobiga olingan kam suv talabchan sement-65 tipli sement asosidagi og‘ir betonlarning portlandsement SEM I 42.5 asosidagi betonlarga nisbatan yuqori zichlik va yuqori mustahkamlikka egaligi tasdiqlangan. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati faol mineral va kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanib, yuqori sifatli, mustahkam, samarali kam suv talabchan sement va ular asosidagi yuqori mustahkamli betonlarning optimal tarkiblarini ishlab chiqishdan iborat. kam suv talabchan sementni tayyorlashda tashkil etuvchi komponentlarni mexanik faollashtirish natijasida ishlab chiqarishda qo‘llanilgan sement klinkeri GOST 34850-2022 talablariga to‘liq javob beradi [56]. Sement klinkeri-tegishli tarkibidagi xomashyo aralashmani qovushqoqlikgacha pishirish natijasida olinadigan va asosan yuqori asosli silikatlar va yuqori yoki past asosli alyuminatlarni o‘z ichiga olgan, qisman erish natijasida qovushib, qotib qolgan maydayirik tosh bo‘laklaridir kam suv talabchan sementni tayyorlash bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlarda taqqoslash imkoni bo‘lishi uchun UCG “Qizilqumsement” AJning PS klinkeri va portlandsementlaridan foydalanigan bo‘lib, haqiqiy zichligi 3100 kg/m3, o‘rtacha zichligi esa 1300 kg/m3ga teng. kam suv talabchan sementlarni olishda Navoiy UCG “Qizilqumsement” AJ sement zavodining klinkeri va portlandsementi qo‘llanilib, ularning kimyoviy, minerologik tarkiblari va fizik xossalari 1 va 1.1 jadvallarda keltirilgan. 1-jadval Sement klinkerining kimyoviy tarkibi, (massa bo‘yicha % hisobida) CaO SiO2 Al2O3 Fe2O3 MgO SO3 Na2O3 63.28 20.72 6.24 6.12 2.34 0.32 0.61 kam suv talabchan sementlar tayyorlashda faol va mineral qo‘shimchalar sifatida bazalt shlaki ikkilamchi chiqindi, texnogen chiqindi bazalt toshi va bazalt shlaki, barxan qumi kabi faol va mineral qo‘shimchalar birgalikda mexanik faollashtirib, yuqori sifatli sementlar tayyorlashda qo‘llanilgan. 1.1-jadval Sement klinkerining minerologik tarkibi, (massa bo‘yicha % hisobida) S3S C2S C3A C4AF 43,3 26,7 6,2 18,6 Gips tosh. Olib borilgan tadqiqotlarda kam suv talabchan sementning qotish vaktini boshqarish maqsadida “Buxorogips” AJning gips toshidan foydalanildi. Foydalanilgan gips toshi asosan CaSO4∙2H2O dan tashkil topgan bo‘lib, GOST 4013-2019, talablariga javob beradi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 265 Sement ishlab chiqarishda tashkil etuvchi komponentlarni rolikli tegirmonlarda birgalikda maydalash, ya’ni mexanik faollashtirish va modifikatsiya qilish yo‘li bilan olingan sementlar va betonlarning fizikaviy va mexanik xususiyatlarini yaxshilash uchun ilmiy asoslangan yechimdir. Ushbu ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra sementlar va betonlarning belgilangan xususiyatlarini aniq shaklllantirish bilan sementga ko‘rsatadigan fizik-kimyoviy maqsadli ta’siriga bog‘liq. Kam suv talabchan sementlar ishlab chiqarishda tashkil etuvchi komponentlarni shunday mexanik faollashtirish va modernizatsiyalash usuli yordamida olinadigan sementlar turiga kiradi va ularni tayyorlashda modifikatsiyalash uchun foydalaniladigan kimyoviy FMQlarning turi va xossalarini hisobga olish zarur. So‘nggi yillarda qattiq xom ashyolarga mexanik ta‘sir (maydalash) jarayonida yuzaga keladigan turli xil o‘zgarishlar, uning fizik-mexanik xossalarga va ular asosida qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasiga ta’siri masalalari, ayniqsa sement borasida keng qamrovli va batafsil o‘rganilmoqda. Noorganik kukun moddalarga mexanik usulda ishlov berish, zarrachaning butun hajmiga emas, balki maydalovchi jism yoki boshqa zarracha bilan aloqa qilish yuzasida kuchlanish maydonining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Mexanik faollashuv jarayonida kuchlanish maydonining paydo bo‘lishi jarayonlari ma’lum joylardagi mexanik ta’sir bilan o‘zgarib turadi. Shu bilan birga, mexanik faollashtiruvchi qurilmaning ishchi tanasida qattiq fazali jarayonlarning sodir bo‘lishi, bu esa maydalanadigan moddalarning fizik holati, kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini o‘zgartirishiga olib kelishi mumkin. Kam suv talabchan sement klinkeri, FMQ va maxsus modifikator, shuningdek gips toshini maydalash agregatlarida birgalikda mayin qilib tuyish natijasida olinishini xisobga olgan xolda belgilangan ilmiy shartlar asosida quyidagi vazifalar qo‘yildi: - Respublika hududida mavjud bo‘lgan texnogen chiqindisibazalt toshi, Bazalt shlaki va barxan qumi komponentlari bilan energiya tejamkor kam suv talabchan sement tarkibini ishlab chiqish; - Sement toshining fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xususiyatlarni har xil sharoitlarda va struktura hosil bo‘lish kinetikasi kesimida o‘rganilgan; - kam suv talabchan sementni tadqiq etish bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni tahlili kam suv talabchan sement ishlab chiqarish maqsadida kimyoviy qo‘shimcha sifatida tarkibi turli xil molekulyar og‘irlikdagi polimetilenftalenesulfat kislotalaridan tashkil topgan Megaplast JK-02 superplastifikatoridan foydalanildi. Ushbu qo‘shimchalar odatda kukun shaklida ishlab chiqariladi, ammo talablarga ko‘ra ular yuqori konsentratsiyali suyuq eritma shaklida yetkazib berilishi xam mumkin. Solishtirma yuzaning sementning normal quyuqligi va qotish vaqtiga ta’siri 1.2 - jadvalda keltirilgan. 1.2 -jadval PS-500 va kam suv talabchan sementning tarkibi va xossalari ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 266 T/r PS klinkeri miqdori, % gips toshi, % Mikrokremnezem, % uchuvchan kuli Barxan qumi JK-02 miqdori, % Solishtirma sirt yuzasi, m2/kg Suv-sement nisbati, % Mustahkamlik, MPa 3 kun 28 kun 1 95 5 0 0 0 0 320 25,6 15 51,9 2 65 5 10 15 5 0.8 550 17,0 29 68,7 3 55 5 15 15 10 0.8 550 18,0 26 59,2 4 45 5 15 20 15 1 570 19,0 19 50,8 Sementli kompozitsiyalarining fizikaviy va mexanik xossalari ularning xususiyatlaridan qanday foydalanilishiga bog‘liq. Shunday ekan keyingi izlanishlarimiz kam suv talabchan sement65 ning xossalariga solishtirma sirt yuzaning ta’sirini o‘rganishga qaratildi. Superplastifikatorni sementning massasiga nisbatan 0.6; 0.8 va 1 % qo‘shib, tarkibi 60% portlandsement klinkeri - 60% bazalt toshi - 15% basalt shlak - 10% barxan qumi - 5% va gips toshini qo‘shib, solishtirma sirt yuzasi 500 m2/kg bo‘lguniga qadar maydalangan. Maydalab tayyorlangan kam suv talabchan sementlardan normal quyuqlikdagi xamirlar tayyorlanib qotish vaqti va 4x4x16 sm o‘lchamdagi namunalar esa 1:3 nisbatdagi sement-qum aralashmasidan tayyorlanib siqilishda va egilishdagi mustahkamligi aniqlandi. Ma’lumki, sement kukunining maydalik darajasining ortishi va solishtirma sirt yuzasining ortishi bilan uning qotish vaqti tezlashadi. Shuningdek sement xamiri tarkibidagi suv miqdorining ortishi bilan uning qotish vaqti uzayadi, suv miqdorining kamayishi esa qotish vaqtini sekinlashtiradi. Buni superplastifikatorning sement-suvli xamiridagi qattiq zarralari orasida ta’sir qiluvchi tortishish kuchlarini pasaytirishi bilan tushuntirish mumkin. Superplastifikator sement zarralari yuzasida adsorbsion qatlam hosil qilib, elektrostatik itarish kuchini hosil qilish bilan birga va tizimning yopishqoqligini pasaytiradi. Shu bilan birgalikda superplastifikatorning sement xamiriga qo‘shilishi uning fizik xususiyatlari, jumladan mustahkamligi va solishtirma sirt yuzasiga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Ushbu tasirlar etiborga olingan holda tajriba va tadqiqot ishlari amalga oshirilib, quyida keltirib o‘tildi. 1.3-jadval Qizilqumsement SEM I 42.5 va kam suv talabchan sementning tashkil qiluvchi xomashyolar miqdori va tavsifi № Sement nomi PS klinkeri, % Mikrokrmnezem, % Bazalt shlak, % Barxan qumi, % Super. JK-02, % Gipstosh, % Solishtrma sirt yuzasi, m2/kg Normal quyuqlik, % Mustahkamlik Issiq-nam ishlovi berilgan, MPa 28 sut, MPa 1 SEM I 42.5 95 - - - 0,8 5 450 25,1 48,3 51,1 2 kam suv 50 15 15 15 0,6 4,4 578 17,8 50,8 52,3 ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 267 talabchan sement-50 3 kam suv talabchan sement-50 50 15 15 15 0,8 4,2 580 18,1 52,2 55,5 4 kam suv talabchan sement-50 50 15 15 15 1,0 4,0 579 17,3 51,9 53,8 5 kam suv talabchan sement-55 55 10 15 15 0,6 4,4 581 17,9 55,8 59,9 6 kam suv talabchan sement-55 55 15 10 15 0,8 4,2 580 17,9 59,2 63,5 7 kam suv talabchan sement-55 55 15 15 10 1,0 4,0 579 17,6 60,1 61,8 8 kam suv talabchan sement-60 60 5 15 15 0,6 4,4 580 18,6 60,2 63,3 9 kam suv talabchan sement-60 60 15 15 5 0,8 4,2 585 17,0 63,8 65,9 10 kam suv talabchan sement-65 65 15 5 15 1,0 4,0 587 17,3 62,1 64,5 11 kam suv talabchan sement-65 65 5 10 15 0,6 4,4 589 17,5 65,8 67,6 12 kam suv talabchan sement-70 70 15 10 5 0,8 4,2 590 17,9 67,4 70,1 13 kam suv talabchan sement-70 70 15 10 5 1,0 4,0 587 19,0 69,0 71,4 14 kam suv talabchan sement-75 75 5 15 5 0,6 4,4 595 17,4 70,2 73,9 15 kam suv talabchan sement-75 75 10 10 5 0,8 4,2 600 18,8 74,0 78,8 ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 268 16 kam suv talabchan sement-75 75 15 5 5 1,0 4,0 597 19,0 71,1 75,2 kam suv talabchan sement toshining mustahkamligini tabiiy sharoitda va issiq nam ishlovi berilgan tarkiblarda o‘rganildi. Olingan natijalar 1.3-1.4 rasmlarda keltirilgan. kam suv talabchan sement-55 tipli sementni tadqiqotlanganda besh va oltinchi tarkiblar issiq-nam ishlovi berilganda mos ravishda 55.8 va 59.2 MPa, 28 sutka qotganda esa mos ravishda 59.9 va 63.5 MPani tashkil etdi. Bunda beshinchi tarkibda bazalt toshi va bazalt shlaki va qoldiq kul bir xil 15 %ni tashkil etgan bo‘lsa, oltinchi tarkibda bazalt toshi va barxan qumi mos ravishda 10 va 15%ni tashkil etdi. Optimal kam suv talabchan sement-55 tarkibi bazalt toshi-15%, uchuvchan kul-15%, barxan qumi - 10% va superplastifikator - 1% dan iborat bo‘lib, solishtirma sirt yuzasi 579 m2/kg bo‘lib, normal quyuqlik 17.6%ni tashkil etib, issiq-nam ishlovi berilganda 60.1 MPa, 28 sutkada esa 61,8 MPa ni tashkil etdi . (1.3-grafik). Shuningdek ushbu rasmda kam suv talabchan sement-50 ning tarkib va xususiyatlari keltirilgan. kam suv talabchan sement-65, ya’ni portlandsement klinkeri - 65%, bazalt toshi - 5%, bazalt shlak10%, superplastifikator - 0.8% va gipstoshdan tashkil topgan - 4.2% tarkib issiq-nam ishlovi berilganda 65.8 MPani, 28 sutka tabiiy sharoitda qotganda esa 67.6 MPani tashkil etdi. Keyingi kam suv talabchan sement-65 tipli sement solishtirma sirt yuzasi 546 m2/kg va normal quyuqligi 17.9%ni tashkil etdi va issiq-nam ishlovi berilganda 67.4 MPa, 28 sutka tabiiy sharoitda qotganda 70.1 MPani tashkil etdi. Uchinchi tartibdagi namuna issiq-nam ishlovi berilganda 69.0, 28 sutka qotganda esa 71.4 MPani tashkil etdi, mustahkamlik yuqori bo‘lishiga asosiy sabab optimal tarkib miqdori bazalt toshi-15%, kul10% barxan qumi - 5%, superplastifikator - 0.8% va gipstoshdir - 4.2% (3.1.5grafik). Shu bilan birga kam suv talabchan sement-60 ning xususiyatlari ham ushbu rasmda qayd etilgan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 269 3.1.4-grafik. SEM I 42,5, kam suv talabchan sement-55 va kam suv talabchan sement-65 va ning vaqt bo‘yicha mustahkamligining o‘zgarishi. Tarkiblarning tartib raqami 1.3 – jadval bo‘yicha. kam suv talabchan sement-70 tipli sementni tarkibida PS klinkeri - 70%, bazalt toshi va bazalt shlaki - 20%, barxan qumi - 5% va solishtirma yuzasi – 595 m2/kg, 0,6% superplastifikator qo‘shildi. Tayyorlangan kam suv talabchan sement-70 tipli sement toshiga issiq-nam ishlov berilganda mustahkamlik 70.2 MPa, va tabiiy sharoitda 28 sutka saqlangach, 73.9 MPani tashkil etdi. kam suv talabchan sement-70 hosil qilish uchun bu safar bazalt toshi va bazalt shlaki – 20%, barxan qumi – 5% va superplastifikator – 0.8% qo‘shilganda, normal quyuqligi 18.8%ni tashkil etdi va issiq-nam ishlovi berilganda 74 MPani, 28 sutka tabiiy sharoitda qotganda esa 78.8 MPani tashkil qildi va mavjud 3ta tarkiblar ichida optimal tarkib bo‘ldi, (3.1.6grafik). 3.1.5grafik. kam suv talabchan sement-65 va kam suv talabchan sement-75 ning vaqt bo‘yicha mustahkamligining o‘zgarishi. Tarkiblarning tartib raqami 1.4 – jadval bo‘yicha. Oxirgi kam suv talabchan sement-70 tarkibida klinker - 70%, bazalt toshi va bazalt shlaki - 15%, kul - 5%, barxan qumi - 5%, solishtirma sirt yuzasi - 567 m2/kg holatdagi sementdan tayyorlangan namunalarga issiq-nam ishlovi berildi va mustahkamlik 71.1 MPani tashkil etdi. (3.1.6-grafik). Shuni alohida inobatga olish kerakki, 3.1.2jadval bo‘yicha 7-tartibdagi kam suv talabchan sement-55 tipli sement 28 sutkada mustahkalik bo‘yicha eng optimal ko‘rsatkich – 63.5 MPani ko‘rsatkichga erishdi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 270 1.3.1grafik. kam suv talabchan sement-45ning vaqt bo‘yicha mustahkamligining o‘zgarishi. Tarkiblarning tartib raqami 1.3 - jadval bo‘yicha. Shuni ta’kidlash kerakki, sement tarkibidagi superplastifikator va bazalt toshi miqdorining ortishi bilan sementning mustahkamligi ham ortib borishi kuzatildi. Normal quyuqlikdagi sement xamirini tayyorlash uchun sarf bo‘ladigan suv miqdorining pasayishi va shu bilan birga qotgan sement toshi g‘ovakligining pasayishi bilan izohlash mumkin. Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra erishilgan zamonaviy samarador kam suv talabchan sement portlandsementdan tubdan farq qilishi hamda ularda faza hosil bo‘lishi, strukturaning shakllanishi, qotish kinetikasi, yuqori zichlik, mustahkamlik kabi qator ijobiy xususiyatlar kam suv talabchan sement yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ishlanmalardan olingan natijalar 1. Mikrokremnezem yuqori dispersiyali, samarali mineral chiqindi hisoblanib, shishasimon tuzilishi va solishtirma sirt yuzasining yuqoriligi tufayli, sementlarda faol mineral qo’shimcha ekanligi adabiyotlar tahlilida aniqlandi. 2. kam suv talabchan sementlar bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarda kristallanish jarayonini va qotish tizimini yaratuvchi omillar sifatida sementning mayinligi va mustahkamligi ekanligi aniqlandi 3. Ilg’or texnologiyalar markazida kimyoviy tadqiqot usullaridan foydalanilgan holda tadqiqot ishlarida qo’llaniladigan xom ashyo va tarkibiy qismlarning xususiyatlari o’rganilgan va ilmiy tahlillar bajarilgan. 4. kam suv talabchan sementlarni solishtirma sirt yuzasi 550-600 m2/kg bo’lgan optimal parametrlari “Sement klinkeri, bazalt toshi va bazalt shlaki, kul, barxan qumi, superplastifikator” besh sistemali tizimda bazalt toshi va bazalt shlakili kam suv talabchan sement uchun xom ashyolarni mantiqiy va tarkibiy miqdorlarini tanlashning matematik regressiyasi ishlab chiqilgan. 5. Olib borilgan ilmiy tadqiqot tajribalarini matematik rejalashtirish usuli yordamida sement klinkeri 55-65%, bazalt toshi va bazalt shlaki – 25%, barxan qumi – 5% bo’lgan komponentlarni mexanik faollashtirib olingan kam suv talabchan sement tarkiblarini optimallashtirishga erishilgan. 6. Ilg’or texnologiyalar markazida o’tkazilgan tadqiqot natijalar tahlili shuni ko’rsatdiki, kam suv talabchan sementlarning boshlang’ich gidratasiyasi, sement toshida yangi strukturasini