scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YASHIL IQTISODIYOTGA O'TISHDA BARQAROR IQTISODIYOT O'SISHINI TA'MINLASH YO'NALISHLARI

Djurayeva Maxzuna Azamovna; Shodiyeva Parizoda Shaxobovna

Abstract

Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga o’zbek olimlarining yondashuvlari, yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish jihatlari bilan bog’liq jihatlari yoritib o’tilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 276 YASHIL IQTISODIYOTGA O’TISHDA BARQAROR IQTISODIYOT O’SISHINI TA’MINLASH YO’NALISHLARI Djurayeva Maxzuna Azamovna SamDAQU “Iqtisodiyot” kafedrasi oʻqituvchisi. ORCID: 0009-0007-1967-176Х Shodiyeva Parizoda Shaxobovna SamDAQU Iqtisodiyot yo’nalish talabasi. E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17902387 Annotatsiya. Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga o’zbek olimlarining yondashuvlari, yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish jihatlari bilan bog’liq jihatlari yoritib o’tilgan. Tayanch so’zlar: Yashil iqtisodiyot, energiya, barqaror rivojlanish, BMT, UNEP, integratsiya, o’sish strategiyalari, resurslar, global iqlim o’zgarishlari, uglerod chiqindilari, innovatsion rivojlanish, energetika, Global Green Economy Index, Environmental Performance Index, global iqlim, ekologik turizm, qishloq xo’jaligi, tabiiy resurs, energetik inqirozlar, ekologik barqarorlik, ekologik tanqislik, ekotizim, infratuzilma. Kirish. Yashil iqtisodiyot - bu iqtisodiy o’sish, ekologik barqarorlik va ijtimoiy adolatni uyg’unlashtirgan model bo’lib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, havoni va suvni ifloslantirishni nazorat qilish, energiya samaradorligini oshirish kabi omillarga asoslangan. Jahonda iqlim o’zgarishi, resurslarning cheklanganligi va ekologik muammolar kengayayotgani sababli, davlatlar yashil iqtisodiyotga o’tishni strategik yo’naltirish sifatida qabul qilishmoqda. O’zbekiston ham 2019-2030 yillarda yashil iqtisodiyotga o’tish strategiyasini belgilab, sohalarda mos siyosatlar, moliyalashtirish manbalari va qonunchilik asoslarini shakllantirishgan. Ushbu ishda biz yashil iqtisodiyotga o’tish shartlarini tahlil qilib, barqaror o’sishni ta’minlovchi yo’nalishlarni aniqlashga harakat qilamiz. METODOLOGIYA. Yashil iqtisodiyot – ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot. U ekologik iqtisodiyot bilan chambarchas bogʻliq, lekin asosan siyosiy termin sifatida foydalaniladi. [1] Yashil iqtisodiyot tushunchasi BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) tomonidan 2008yilda rasman ilgari surilgan. Ushbu dasturda yashil iqtisodiyot "inson farovonligi va ijtimoiy adolatni ta’minlaydigan, ayni paytda ekologik xavflarni va atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni kafolatlaydigan iqtisodiyot" deb ta’riflanadi. Bu iqtisodiyot modeli uglerod chiqindilarini kamaytirishga, energiya va resurslardan samarali foydalanishga, barqaror qishloq xo’jaligi, yashil texnologiyalar va ekologik toza sanoatga e’tibor qaratadi. [2] ASOSIY QISM Yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan omillar: ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 277 1. Iqlim o’zgarishi. XXI asrning boshlarida global iqlim o’zgarishining jiddiy oqibatlari yaqqol namoyon bo’ldi, bu esa ekologik masalalarni yechishda yangicha yondashuvlarni talab qildi. 2. Energetik inqirozlar. Neft inqirozi va energiya resurslarining cheklanganligi dunyo iqtisodiyoti uchun yangi energiya manbalariga ehtiyoj tug’dirdi. Yashil energetika - quyosh, shamol, biogaz kabi qayta tiklanadigan energiya manbalariga e'tibor kuchaydi. 3. Xalqaro tashabbuslar. 1992-yilgi Rio-de-Janeyrodagi "Yer sammiti" kabi global anjumanlar ekologik barqaror rivojlanishni rag’batlantirdi va hukumatlar, tadbirkorlar hamda notijorat tashkilotlar yashil iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlay boshladilar. 4. Ekologik faolli va jamiyatchilikning bosimi. Ko’plab ekologik harakatlar va faollar atrofmuhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga ko’proq e’tibor qaratilishini talab qilin chiqishdi. 1-jadval Xorijlik olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari Olim / Mutaxasis nomi “Yashil iqtisodiyot”ga yondashuv Manbaasi Pearce, D. (1989) Yashil iqtisodiyot g’oyasini rivojlanishga ekologik mulohazalar integratsiyalashgan iqtisodiy model sifatida kiritdi. Blueprint for a Green Economy [3] Barbier, E. (2011) Yashil iqtisodiyotni iqtisodiy o’sishini ekologik salomatlik bilan muvozanatlash orqali barqaror rivojlanishga erishish vositasi sifatida belgilaydi. The Policy Journal of the UNEP Green Econmy Initiative [4] Jacobs, M. (1991) Ekologik barqarorlikni kengroq ijtimoiy adolat va iqtisodiy islohotlar bilan bog’lash orqali yashil o’sishni targ’ib qiladi. The Green Economy: Environment, Sustainable Development and the Politics of the Future UNEP (2011) Yashil iqtisodiyot inson farovonligi va ijtimoiy tenglikni yaxshilash bilan birga ekologik xavflarni sezilarli darajada kamaytiradigan iqtisodiyot sifatida qaraydi. United Nations Environment Programme (UNEP), Green Economy Report [5] Costanza, R. (1997) Yashil iqtisodiyotni ekologik va iqtisodiy tizimlarni birlashtirish orqali haqiqiy ijtimoiy farovonlikka erishishga qaratilgan iqtisodiyot sifatida talqin qiladi. Ecological Economics: The Science and Management of Sustainability [6] OECD (2012) Yashil o’sish strategiyalariga e’tibor qaratiladi, innovatsiyalarga, resurslardan samarali foydalanishga va o’sishni atrof-muhitning tanazzulidan ajratishga urg’u beradi. OECD Green Growth Studies [7] Schmalensee, R. & Stavins, R. Yashil iqtisodiyotga o’tish vositasi sifatida uglerod narxini belgilash kabi bozorga asoslangan yechimlarni ta’kidlaydi. The Review of Environmental Economics and Policy ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 278 Birlashgan Millatlar Tashkiloti yashil iqtisodiyotni “past uglerodli, resurslardan samarali va ijtimoiy jihatdan qamrab oluvchi” deb ta’riflaydi. Yashil iqtisodiyotda ish bilan bandlik va daromadning o’sishi uglerod chiqindilari va ifloslanishini kamaytirish, energiya va resurslar samaradorligini oshirish, shuningdek, biologik xilma-xillik va ekotizm xizmatlarining yo’qolishining oldini olish imkonini beruvchi iqtisodiy faoliyat, infratuzilma va aktivlarga davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali oshiriladi.[8] 2-jadval “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga o’zbek olimlarining yondashuvlari Olimlarning familiyasi Yondashuvi Manbaasi Yuldashev I. Yashil iqtisodiyotni mamlakat resurslaridan samarali foydalanish va ekologik muammolarni kamaytirish yo‘lidagi strategiya deb qaraydi. Yuldashev I., “O’zbekistonda yashil iqtisodiyot: rivojlanish yo’nalishlari”, 2020. [9] Yuldashev M. “Yashil iqtisodiyot” bu iqtisodiy tizim bo’lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan, inson hayoti va sog’lig’I uchun zarur bo’lgan resurslarni, atrofmuhit va ekologiyalarni barqaror toza musaffo havo bo’lishini ta’minlagan holda saqlab qolish ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari bilan bog’liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo’nalishidir deb izohlangan. O’zbekistonda yashil iqtisodiyotga o’tishning iqtisodiy, tashkiliy huquqiy asoslarining yaratilishi va rivojlantirilishi. 2024. [10] To’raev Sh. Yashil iqtisodiyotni qishloq xo’jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish uchun muhim yo’nalish deb ta’riflaydi. To’raev Sh., “Qishloq xo’jaligi va yashil iqtisodiyot: ilmiy yondashuvlar”, 2019. [11] Karimov A. Infratuzilmani yangilash va qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanishni yashil iqtisodiyotning asosiy vazifalari sifatida ko’radi. Karimov A., “Yashil iqtisodiyotda infratuzilma masalalari”, 2021. [12] Nasimov F. Yashil iqtisodiyotni sanoatning uglerod chiqindisini kamaytirish va barqaror ishlab chiqarishga o’tish jarayoni deb baholaydi. Nasimov F., “Sanoat va yashil iqtisodiyotning o’zaro aloqalari”, 2022. [13] Mahkamov J. Barqaror rivojlanish uchun yashil iqtisodiyotni innovatsion texnologiyalar va moliyalashtirish masalalari bilan bog’laydi. Mahkamov J., “Yashil iqtisodiyot va innovatsiyalar: O’zbekistondagi muammolar va yechimlar”, 2021. [14] ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 279 2-jadvaldan ko’rinadiki, o’zbek olimlari yashil iqtisodiyot tushunchasini turli yo’nalishlarda talqin qiladilar. I. Yuldashev va M. Yuldashevlar yashil iqtisodiyotni bizga berilgan resurslardan samarali foydalanish, ekologik muvozanat va inson salomatligini ta’minlash bilan bog’laydilar. TAHLIL VA NATIJALAR. Sh.To’raev yashil iqtisodiyotni qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirishni, A.Karimov esa infratuzilma va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini asosiy vazifa sifatida ko’rsatadi. F.Nasimov sanoat chiqindilarini kamaytirishga urg’u berar ekan J.Mahkamov innovatsiya va moliyaviy mexanizmlarning ahamiyatini ta’kidlaydi. Shu bois, yashil iqtisodiyotga oid qarashlar qishloq xo’jaligi, sanoat, energetika va innovatsion rivojlanishni qamrab olgan kompleks yondashuvni aks ettiradi. Yashil iqtisodiyotga o’tish, global iqlim o’zgarishlari, tabiiy resurslarning kamayishi va atrof-muhitning yomonlashuvi kabi muammolarni hal qilishda muhim qadamdir. Ushbu jarayon, iqtisodiyotni barqaror rivojlanish tamoyillari asosida qayta shakllantirishni, ya’ni energiya va resurslarni samarali ishlatishni, ekologik zararlarni kamaytirishni hamda ijtimoiy tenglikni ta’minlashni o’z ichiga oladi. Yashil iqtisodiyot, resurslardan samarali foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy adolatni ta’minlashni maqsad qilgan iqtisodiy tizim sifatida keng tarqalmoqda. Ushbu o’tish jarayoni, iqlim o’zgarishiga qarshi kurashish, tabiiy resurslarni asrab-avaylash va kelajak avlodlar uchun barqaror rivojlanish sharoitlarini yaratishni o’z ichiga oladi. Yashil iqtisodiyotga o’tish uchun turli iqtisodiy mexanizmlar mavjud va ularning maqsadi ishlab chiqarish va iste’mol qilish tizimlarini ekologik mezonlarga moslashtirishdir. XULOSA. “Yashil” bo’lish mamlakatning tabiiy muhit va uning resurslarini saqlash va tiklash, shuningdek, fuqarolar salomatligiga qanchalik qayg’urishini aks ettiradi. Bu siyosat ishlab chiqish va joriy chora-tadbirlarning samaradorligi orqali namoyon bo’ladi. Biroq, biz ko’rib turganimizdek, ba’zi mamlakatlar atrof-muhitga boshqalarga qaraganda ko’proq ustunlik beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “United Nations Environment Programme (UNEP)” 2016-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. 2. https://www.unep.org/explore-topics/resource-efficiency/what-we-do/policy-andstrategy/green-economy 3. BLUEPRINT FOR A GREEN ECONOMY a report by David Pearce Anil Markandya Edward B.Barbier. https://www.taylorfrancis.com/books/mono/10.4324/9781315070223/blueprint-1-edwardbarbier-david-pearce-anilmarkandya 4. https://www.researchgate.net/publication/230221479.The_PolicyChallenge_for_green_eco nomy_andSustainable_ Development 5. https://whygreeneconomy.org/information/unep-green-economyreport