scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"YASHIL IQTISODIYOT"NI RIVOJLANTIRISHDA DARYO SUVLARIDAN MAQSADLI FOYDALANISHNI IZCHIL AMALGA OSHIRISH

Islamov Karim Sayidmuradovich

Abstract

Ushbu maqolada Amudaryo oʻrta oqimidagi toʻgʻonsiz suv olish inshshoti quyi soxasida kechayotgan deformasion jarayonlarini tahlil qilish uchun dala tadqiqot ishlari natijalari keltirilgan. Olib borilgan tadqiqot ishlarida daryo oqimining morfometrik koʻrsatkichlari aniqlangan. Shuningdek toʻgʻonsiz suv olish sohasidagi deformasion jarayonlarining oldini olish uchun oqiziqlar jarayonlari oʻrganilib, daryoning gidrodinamikasi tahlil qilingan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 283 “YASHIL IQTISODIYOT”NI RIVOJLANTIRISHDA DARYO SUVLARIDAN MAQSADLI FOYDALANISHNI IZCHIL AMALGA OSHIRISH Islamov Karim Sayidmuradovich Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17902523 Annotasiya. Ushbu maqolada Amudaryo oʻrta oqimidagi toʻgʻonsiz suv olish inshshoti quyi soxasida kechayotgan deformasion jarayonlarini tahlil qilish uchun dala tadqiqot ishlari natijalari keltirilgan. Olib borilgan tadqiqot ishlarida daryo oqimining morfometrik koʻrsatkichlari aniqlangan. Shuningdek toʻgʻonsiz suv olish sohasidagi deformasion jarayonlarining oldini olish uchun oqiziqlar jarayonlari oʻrganilib, daryoning gidrodinamikasi tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: stvor, oʻzan, suv sathi, chuqurlik, qoʻl loti, reyka, oqiziqlar, quyi oqim. Аннотация. В данной статье представлены результаты натурных исследований по анализу деформационных процессов, происходящих в нижнем рукаве бесплотинного водозабора в среднем течении Амударьи. В ходе проведенных исследований определены морфометрические параметры речного стока. Также с целью предотвращения деформационных процессов в районе водозабора без плотин были изучены стоковые процессы и проанализирована гидродинамика реки. Ключевые слова: створ, узел, уровень воды, глубина, ручной лот рейка, наносы, нижний бьеф. Annotation. This article presents the results of field research for the analysis of the deformation processes taking place in the lower branch of the damless water intake in the middle stream of Amudarya. The morphometric parameters of the river flow were determined in the conducted research. Also, in order to prevent deformation processes in the area of water intake without dams, discharge processes were studied and hydrodynamics of the river were analyzed. Key words: stvor, uzan, water level, depth, hand lot, reka, discharge, downstream. Kirish Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy siyosatida mamlakatning oziq ovqat bilan ta'minlash, aholi va iqtisodiy sohani toʻliq suv zaxiralari bilan kafolatlash, shuningdek suv ob’ektlarini va meliorativ tarmoqlarni qurish, rekonstruksiya qilish, birinchi darajali echimga muhtoj masalalar hisoblanib, iqtisodning suv xoʻjaligi meliorasiya sektori oldidagi eng muhim vazifalardan biridir. Shu munosabat bilan toʻgʻonsiz suv olish inshootlari elementlari uchun yangi va mavjud gidravlik sxemalarni takomillashtirish, aloxida konstruktiv echimlar qabul qilish, bundan tashqari, suv oluvchi gidrouzel inshootlari uchun kerakli suv sarflarini eng kichik miqdordagi choʻkindilar oʻtkazuvchi suv oluvchi kanallar oʻzanlarini tanlash va amaliyotga tavsiya qilish lozim. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, jumladan suv olish inshootining ishlash sharoitini yaxshilash, kanal oʻzani ishini ishonchliligini oshirish gidrotexnika inshootlari qurilishida eng dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Amudaryoda toʻgʻonsiz suv olish inshootlarining oqimning dinamikasi va gidrodinamik xususiyatlariga ta'sirini bashorat qilish kanal gidravlikasining muhim vazifalaridan biridir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 284 Toʻgʻonsiz suv olish holatida oʻzan jarayonining rivojlanishi suv olish inshootining ishonchliligi va ishlashiga salbiy ta'sir qiladi. Tadqiqot ob'ekti boʻlgan Qarshi magistral kanali – QMK Amudaryoning toʻgʻonsiz suv olish xududining bir qismi xisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi: Tadqiqot jarayonida geodezik va gidrometrik oʻlchov ishlari, dala-kuzatuv usullari hamda gidravlikada umumiy qabul qilingan uslublar, gidromexanika qonunlari asosida matematik modellar tuzish va ularni soniy hisoblash usullaridan foydalanish hisoblanadi. Tahlil va natijalar: Toʻgʻonsiz suv olish inshootlari sohasida daryo oʻzani va qayirlarida barpo etiladigan himoya rostlash inshootlari sohasida harakatlanayotgan oqimning asosiy gidrodinamik parametralarini aniqlash usullari, ushbu himoya rostlash inshootlari soxalardagi oʻzandagi jarayonlarni bashorat qilish va toʻgʻonsiz suv olish inshootlari sohasida daryo oʻzani va qayirlarida barpo etiladigan himoya rostlash inshootlari joylashishi konstruktiv sxemalari gidravlik asoslangan xolda ishlab chiqilgan. Asosiy qism: Tadqiqot ob’ekti oʻzani tez yuviladigan gruntlardan oʻtadigan Amudaryo havzasi oʻrta oqimida joylashgan boʻlib, Respublikaning Qashqadaryo viloyati sugʻorish maydonlariga suv etkazib beradigan Qarshi Magistral kanalining toʻgʻonsiz suv olish xududi xisoblanadi. Dastlab Amudaryoning asosiy xarakteristikasini oʻrganamiz. Amudaryo Markaziy Osiyoning eng katta daryolaridan biri boʻlib, Afgʻonistonning Xindikush tepaligining sharqiy yonbagʻir nishabliklaridan boshlanib, shimolga va shimoliy gʻarbga tomon oqadi. Amudaryo Vaxsh, Baxandaryo, Pomir va Panj daryolari birlashishidan paydo boʻlib, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston mamlakatlari xududlari orqali oqib oʻtadi. Daryolar birlashgan stvordan 1437 km masofada oqib, Orol dengiziga quyiladi. Amudaryoning havzasi umumiy maydoni 465 ming km2ni tashkil qiladi. Suv yigʻiladigan maydoni esa 216 ming km2ni tashkil qiladi. Qarshi magistral toʻgʻonsiz suv olish sohasida gidrometrik oʻlchov ishlari olib borildi. Buning uchun dastlab gidrologik suv oʻlchash joylari tanlab olindi. Tanlangan suv oʻlchash joyida oʻlchov stvorlari belgilandi. Toʻgʻonsiz suv olish sohasida belgilangan stvorlarda Suv satxi.Suvning chuqurligi, suv tezligi suvning loyqaligi darajasi va boshqa gidrometrik oʻlchov ishlari shuningdek meteorologik kuzatuv ishlari olib borildi. 1-rasm. QMK suv olish sohasida oʻlchov stvorlari. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 285 Suv sathlari kuzatish ishlari kun davomida uch marotaba 8:00, 12:00 va 18:00 vaqtlarda olib borildi. Kuzatilgan suv sathlarini oʻzaro taqqoslash maqsadida ular shartli gorizontal tekislikka keltirildi, bu tekislik gidrologik suv oʻlchash joyini «0» grafigi deb ataladi. 2-rasm. Suv sathini oʻlchash reykasi. Suv sathining «0» grafikga nisbatan baladligini aniqlash uchun suv oʻlchash reykasidan olingan xisobga keltirish qiymati qoʻshildi. Oʻrtacha kunlik suv sathi oʻlchangan miqdorlarning oʻrtacha arifmetik qiymatga teng deb olindi: 3 181206 HHH Hўрт   (1) 3-rasm. Oʻrtacha kunlik suv satxlarini oʻzgarish grafigi. KMK kirish sohasida. Amudaryo QMK suv olish sohasida chuqurlik oʻlchash ishlari topografik xaritadan foydalanilgan xolda asosan 4 stvorda olib borildi. Chuqurlik oʻlchash ishlaridan maqsad toʻgʻonsiz suv olish sohasida daryo tubining tuzilishini aniqlash va oʻzan jarayonlari dinamikasini oʻrganish, shuningdek KMK suv olish sharoitini yaxshilash xisoblanadi. Chuqurlik oʻlchash ishlari stvorlar boʻyicha har 5 kunda olib borildi. Dastlab barcha stvorlarda chuqurlik boʻylama va koʻndalang qirqimlar boʻyicha gidrometrik shtanga va qoʻl loti yordamida oʻlchandi. Chuqurlik oʻlchash ishlari standart ogʻirligi 4,5 kg, diametri 56 mm va uzunligi 100 mm, kanop arqonning uzunligi esa 15 m boʻlgan qoʻl lotidan foydalanildi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 286 4-rasm. Gidrometrik shtanga tayorlash va chuqurlik oʻlchash ishlari. 5-rasm. QMK suv olish hududida chuqurlik oʻlchash ishlari. Daryoda ayrim vaqtlarda suvning oqish tezligi katta boʻlgan holatlarda qoʻl loti ogʻirligini oshirishga toʻgʻri keldi. Daryo tubining murakkab holatini yaxshiroq aks ettirish uchun chuqurlik oʻlchash ishlarini ikki marta (chap qirgʻoqdan oʻng qirgʻoqgacha boʻlgan yoʻnalishda va aksincha) olib borildi. Oʻlchangan chuqurlik ma'lumotlari asosida daryoning morfometrik parametrlari aniqlandi. Daryoning kengligi ga teng. Daryoning kengligi boʻyicha oʻlchangan vertikallar orasidagi masofalarning yigʻindisi 3-stvorda m tashkil qildi. Belgilangan stvorlar boʻyicha daryoning koʻndalang kesim yuzasi quyidagicha aniqlandi. 22 ... 22 1 1 2 2111 nn n nn bh b hh b hhbh F        (2) Unga koʻra 3stvorda tashkil qildi. Daryoning oʻrtacha chuqurligi 1 stvorda quyidagicha Oʻlchangan chuqurlik ma'lumotlari asosida hisoblash ishlari 4 stvor uchun olib borildi. Tadqiqot sohasida suv sathi egriligining qiyaligi 0,0002 : 0,00025 qiymatni tashkil etgan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 287 6-rasm. QMK toʻgʻonsiz suv olish hududida quyi qismi Amudaryo oʻzani tubi koʻndalang kesim dinamikasi 6.09.2021y. 6-rasmdan koʻrinib turibdiki, toʻgʻonsiz suv olish bosh inshootining ta’sirida oqim qayta taqsimlanib, oʻng va oʻrta irmoqlarda oʻzan tubi balandlik belgisi koʻtarilib, irmoqlarning qayta shakllanish jarayoni kechmoqda. Dala tadqiqotlarida chuqurlik oʻlchash ishlarida ma'lum boʻldiki, fizik-geografik omillardan eroziya negizi muhim oʻrin tutadi, chunki u daryoning sayozlashishini belgilaydi. Daryoning bir xil sayozlashishida uning tubi boʻylama profili daryoning ilon izi kabi egribugrilanishiga bogʻliq holda turli masshtablarda oʻzgarishi mumkin. Bu egri-bugrilik oqiziqlar sarfi bilan qandaydir shaklga bogʻliqdir. Oqiziqlarning kirib kelishining oshishi, oqimdan bu oqiziqlarni transport qilish uchun barcha mumkin boʻlgan eroziya bazisi-negizi bilan aniqlanadigan oʻzan tubi nishabligini me'yoriy qiymatini talab qiladi. Bunday holatda oʻzanning toʻgʻri shaklda boʻlishi va uning egri-bugri sohalarida toʻgʻrilanishi kuzatiladi. 7-rasm. QMK suv olish xududi 2 oʻlchov stvorida chuqurliklarni oʻzgarishi. Ta'kidlash lozimki, Amudaryo oʻzining loyqalanganligi boʻyicha dunyoda ikkinchi daryo hisoblanadi. Shuni inobatga olgan xolda, undan kanalga juda katta miqdorda oʻzan tubi boʻylab sudralib unga goh urilib, goh undan uzulib va suv oqimi tarkibida muallaqlashgan nanos zarrachalari kirib keladi. Bu oqiziqlarning ma'lum qismi sugʻorish kanalidan oʻtib ekin maydonlarigacha etib boradi. Bu ham nasos stansiyalari ish rejimini murakkablashtiradi. Oqiziqlar oqimining oʻzanga kirib kelishining oshishi, oʻzanda harakatlanayotgan suv oqimining chuqurligini kamayishiga va oʻzan kengligini oshishiga sababchi boʻladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 288 Bu vaziyat esa oʻz navbatida dinamik muvozanatni paydo boʻlishiga olib keladi. Oʻzan kengligining kengayishi oqiziqlarni koʻchish fronti kengligining oshishiga olib keladi va ularning transport qilinishini ta'minlaydi. QMK suv olish sohasida belgilangan stvorlar boʻyicha chuqurlik oʻzgarishi solishtirib borildi. Chuqurlik oʻlchash natijalariga koʻra sohada oqim judayam beqarorligi va yuqori harakatchanligi, qisqa vaqt ichida oʻzanning katta oʻzan jarayonlari sodir boʻlishi mumkinligi bilan izohlanadi. Bu esa daryoning gidravlik rejimi oqimning tezligi, chuqurligi va kengligini sezilarli darajada qayta taqsimlanishini koʻrsatadi. Xulosa: 1. Amudaryoning QMK toʻgʻonsiz suv olish sohasidagi olib borilgan dala tadqiqot oqimning gidravlik parametrlarini oʻrganish natijalariga koʻra toʻgʻonsiz suv olish bosh inshootining ta'sirida oqim qayta taqsimlanib, oʻng va oʻrta irmoqlarda oʻzan tubi balandlik belgisi koʻtarilib, irmoqlarning qayta shakllanish jarayoni kechmoqda. 2. Toʻgʻonsiz suv olish inshooti ishonchliligini ta'minlash uchun suv olish kanaliga loyqa choʻkindilar hajmining kirishini kamayishini ta'minlovchi usullar asosida gidravlik va konstruktiv sxemalar ishlab chiqish lozim. 3. Daryo oʻzanida defarmasion jarayonlarining oldini olish uchun birinchi navbatdagi vaqtinchalik chora-tadbirlarni, ya'ni qirgʻoq ximoyalovchi dambalar va shporalar tizimini qurish zarur. Temir-beton buyumlarni ishlab chiqarish va transportirovka qilish xarajatlarini hisobga olgan holda, kelajakda temir beton konstruksiyalarga ega mahalliy toʻgʻonlarni (shpora) mustahkamlash va qurish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Базаров Д.Р. Исследование гидравлического режима реки при бесплотинном водозаборе. Дисс. на соискание уч. степ. к.т.н., М. 1992 г. с.120 2. Базаров Д.Р. Численные исследования переформирования русла реки Амударьи на участке бесплотинного водозабора Каршинского магистрального канала. Ж. Проблемы безопасности при чрезвычайных ситуациях. (в печати). 3. Базаров Д. Р. Научное обоснование новых численных методов расчета деформации русел рек, сложенных легкоразмываемыми грунтами. Диссертационная работа на соискание ученой степени д.т.н. по специальности 05.23.16-Гидравлика и инженерная гидрология.М. 2000, с. 250. 4. Базаров Д.Р., Норқулов Б.Э., Вохидов О., Улжаев Ф., Ишанкулов З. “Two-dimensional flow movement in the area of protective regulatory structures”. IOP Conference Series: Materials Science and Engineering, 2020, www.scopus.com. 5. Норқулов Б.Э., Крутов А., Мавлянова Б. ”Simulation of spreading of non-conservative passive substances in water bodies”. IOP Conference Series: Materials Science and Engineering, 2020, www.scopus.com. 6. Великанов М.А. Динамика русловых потоков. М. Гостехиздат, 1954, с.112-119. 7. Великанов М.А. Морфометрия равнинных рек как основа моделирования руслового процесса//Тр. ИИ Гидрол. съезда. Л.: Гидрометеоиздат. 1960 Т.5, с. 268-270.