scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA KORREKSION YORDAMNING O'RNI.

Norqo'ziyeva, Sevinch

Abstract

Correctional support is a comprehensive set of measures aimed at early identification, alleviation, elimination, and compensation of various deviations in a child’s physical, psychological, intellectual, or speech development. It is carried out through the collaboration of defectologists, speech therapists, psychologists, and medical specialists. This service helps foster the child’s interest in learning and supports their social adaptation through an individualized approach.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 38 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us O‘ZBEKISTONDA KORREKSION YORDAMNING O‘RNI. Termiz davlat Pedagogika insituti Maxsus pedagogika-Logopediya Yo'nalishi. 2-kurs talabasi Norqo'ziyeva Sevinch Anatasiya:O‘zbekiston mustaqillik yillarida ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar jarayonida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi va jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta’minlash masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Shu jarayonda korreksion yordam tizimi pedagogik, psixologik va tibbiy xizmatlar majmuasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Anatasiya:Correctional support is a comprehensive set of measures aimed at early identification, alleviation, elimination, and compensation of various deviations in a child’s physical, psychological, intellectual, or speech development. It is carried out through the collaboration of defectologists, speech therapists, psychologists, and medical specialists. This service helps foster the child’s interest in learning and supports their social adaptation through an individualized approach. Kalit so'z:Korreksiya, yordam, alohida yordamga muxtoj bolalar, Korreksion yordam Maxsus pedagogika, Inklyuziv ta’lim, Alohida ta’lim ehtiyojlari Erta diagnostika, Logopedik xizmat,Psixologik-pedagogik yordam,Defektolog faoliyati, Reabilitatsiya,Kompensatsiya jarayoni,Ijtimoiy moslashuv, Rivojlanishida og‘ishlar, Bolalar bilan individual yondashuv, Resurs markazlari, Tibbiy-psixologikpedagogik komissiya,Ta’lim tizimida qo‘llab-quvvatlash, Rivojlanish nuqsonlari Maxsus ehtiyojli bolalar,Pedagogik korreksiya Kirsh:O‘zbekistonda korreksion yordamning o‘rni -bu alohida yordamga muxtoj bolalarni qolab-qo‘llab-quvvatlash, ularga yordam berish jamiyatda oz ornini topish, ozlarini kemtik xis qilmaslik uchun mana shunday sohlara, yordamlar, yetuk mutaxassislar tayyorlash kabi ishlar olob kelinmoqda. Bunday ishlar mustaqillik davridaniyoq boshlanganbyurtimizda sovet itfoq davridan boshlab, shu alohida yordamga muxtoj bo'lgan bolalar bilan ishlay boshlashgan. Asosiy qismi:O‘zbekiston mustaqillik yillarida ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar jarayonida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi va jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 39 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us ta’minlash masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Shu jarayonda korreksion yordam tizimi pedagogik, psixologik va tibbiy xizmatlar majmuasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Korreksion yordamning mazmuni: Korreksion yordam — bu bolaning jismoniy, ruhiy, aqliy yoki nutqiy rivojlanishidagi turli og‘ishlarni erta aniqlash, ularni yumshatish, bartaraf etish va kompensatsiya qilishga qaratilgan kompleks faoliyatdir. Unda defektolog, logoped, psixolog, tibbiy mutaxassislar hamkorlikda ishlaydi. Ushbu xizmat bolaga individual yondashuv asosida ta’limga bo‘lgan qiziqish va ijtimoiy moslashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda alohida yordamga muxtoj bolalar bilan, ishlash ularga yordam ko’rsatish jamiyatda shaxs bo’lib shakllanishida hayotda o’z o’rnini topishda yordam berish uchun ularga keng ko’lamda sharoit va imkoniyatlar mavjuddir. Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto’g’ri tarbiya,ta’lim natijasida ham paydo bo’lishi mumkin masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o’qituvchining bolaga noto’g’ri munosabati va boshqa kopgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi o’zlashtira olmasligiga olib keladi. Biz yashayotgan jamiyatda biror bir bola e’tibordan chetda qolmaydi, bir bolaga yetti mahalla ota-onadir degan fikr buning isbotidir. Alohida e’tiborga muxtoj bolalar sirasiga nafaqat rivojlanishida nuhsoni bor bolalar, balki noto’liq oilada va oilaviy sharoiti talab darjasida bo’lmagan bolalar kiradi. Bu bolalar jamiatimiz tomonidan qo’llab quvatlanadi, ularga ma’naviy, iqtisodiy ijtimoiy psixologik pedagogik yordam ko’rsatiladi. Ularni manan yetuk shaxs barkamol avlod bo’lib, kelajakda o’z oilasi uchun va farzandlari uchun namunali inson bo’lishga ko’maklashish lozim. Maktab yoshidagi alohida yordamga muxtoj bolalar uchun barcha turdardagi ixtisoslashtirilgan maktab internotlar jumladan, aqli zaif bolalar uchun maktab-internotlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’rta umumiy ta’lim maktablarda bunday bolalar uchun sinflar, uzluksiz ta’lim tizimida alohida yordamga muxtoj bolalarni kasb xunarga o’rgatish to’garaklar tashkil qilingan. Hozirgi kunda ko’plab davlatlar qatori O’zbekistonda ham imkonyati cheklanga bolalarning ta’lim va tarbiya olishlari, tibbiy molajalar olib borishlari uchun imkoniatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlar va bolalarning haq-huquqlari qonun xujjatlari bilan mustahkamlab qo’yilgan va ximoya qilinmoqda. BMTning nogironlar huquqlari to’g’risidagi kongvensiyaning xalqaro standartlari, shuningdek, “nogiron” so’zi o’rniga “nogironligi bo’lgan shaxs” atamasidan foidalanishni nazarda tutuvchi “nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlari to’g’risida”gi qonun yurtimizda yuqoridagi toifaga mansub shaxslarning huquq va manfaatlarini ifodalashga xizmat qiladi. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 40 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Albatta bu jarayonlarda korreksion yordamning o‘rni kattadir. O‘zbekistonda korreksion yordamning rivojlanish yo‘nalishlari So‘nggi yillarda mamlakatda inklyuziv va maxsus ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish” bo‘yicha qarorlar hamda inklyuziv ta’lim konsepsiyasining tasdiqlanishi korreksion xizmatlar tarmog‘ini kengaytirdi. Bugungi kunda: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida logopedik punktlar, maktablarda psixologik-pedagogik xizmatlar, maxsus maktab-internatlar va resurs markazlari, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalar faoliyat yuritmoqda. Bu esa rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning erta diagnostikasi va kerakli yordamni o‘z vaqtida olishiga imkon bermoqda. Korreksion yordamning ta’lim jarayonidagi o‘rni Korreksion yordamning asosiy vazifasi — bolani o‘qitish jarayoniga tayyorlash, undagi kommunikativ, kognitiv va harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan korreksion ish: nutq buzilishlarini kamaytiradi, o‘quv jarayonini yengillashtiradi, shaxsiy faollikni oshiradi, ijtimoiy moslashuv va mustaqil hayotga tayyorgarlikni kuchaytiradi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va ota-onalarga metodik maslahatlar berilishi ham bolaning rivojlanishida muhim qo‘llab-quvvatlovchi omil hisoblanadi. Ota-ona va mutaxassislar hamkorligi Korreksion yordam samaradorligi ko‘p jihatdan ota-ona, pedagog va mutaxassislarning muntazam hamkorligiga bog‘liq. Ota-onalarga bolaning rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha tavsiyalar berilishi, uy sharoitida bajarilishi kerak bo‘lgan mashqlar ko‘rsatib o‘tilishi jarayonning uzluksizligini ta'minlaydi. Bu esa natijadorlikni sezilarli darajada oshiradi. Xulosa: O‘zbekistonda korreksion yordam tizimi bosqichma-bosqich takomillashib, alohida ehtiyojli bolalarning ta’limga bo‘lgan teng huquqi va imkoniyatlarini kafolatlashda muhim o‘rin egallamoqda. Korreksion pedagogika, logopediya va psixologiyaning integratsiyasi ta’lim jarayonining sifatini oshiribgina qolmay, balki bolalarning INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 41 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us jamiyatga moslashuviga, ularning kelajak hayotida mustaqil shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda. FOYDALINILGAN ADABIYOTLAR. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni. – Toshkent, 2020. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4860-son qarori – “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2020. “Inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori, 2021. To‘xliyeva, M., Raxmonova, M. Korreksion pedagogika asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2019. Yo‘ldosheva, S. Logopediya: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2021. Qodirova, D., Rasulova, M. Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim. – Toshkent: “Zamin nashr”, 2020. Shirinboyeva, N. Psixologik-pedagogik diagnostika asoslari. – Toshkent, 2018. Vygotskiy, L.S. Defektologiya asoslari. – Moskva: Pedagogika, 1995. Lubovskiy, V.I. Korrektsion pedagogika nazariyasi. – Moskva: Akademiya, 2018. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi materiallari – Korreksion yordam va inklyuziv ta’lim bo‘yicha metodik tavsiyalar, 2022. O’zbekistonda alohida yordamga muxtoj bolalarga yordam tashkil qilish yo’llari Nazira Abdullayeva Feruza Hasanova Ilmiy rahbar: S.Xaydarov TMC Insti.