YASHIL IQTISODIYOTINING GLOBAL MIQYOSDA RIVOJLANISHI
Abstract
Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga o’zbek olimlarining yondashuvlari, yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish jihatlari bilan bog’liq jihatlari yoritib o’tilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 310 YASHIL IQTISODIYOTINING GLOBAL MIQYOSDA RIVOJLANISHI Djurayeva Maxzuna Azamovna Samarqand davlat arxetiktura-qurilish universiteti o`qituvchisi. ORCID: 0009-0007-1967-176Х E-mail: [email protected]/uz Turdinazarova Madinabonu Elyorovna Samarqand davlat arxetiktura-qurilish universiteti talabasi. E-mail: [email protected]m https://doi.org/10.5281/zenodo.17903007 Annotatsiya. Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga o’zbek olimlarining yondashuvlari, yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish jihatlari bilan bog’liq jihatlari yoritib o’tilgan. Tayanch so’zlar: Yashil iqtisodiyot, energiya, barqaror rivojlanish, BMT, UNEP, integratsiya, o’sish strategiyalari, resurslar, global iqlim o’zgarishlari, uglerod chiqindilari, innovatsion rivojlanish, energetika, Global Green Economy Index, Environmental Performance Index, global iqlim, ekologik turizm, qishloq xo’jaligi, tabiiy resurs, energetik inqirozlar, ekologik barqarorlik, ekologik tanqislik, ekotizim, infratuzilma. Kirish. Yashil iqtisodiyot - bu iqtisodiy o’sish, ekologik barqarorlik va ijtimoiy adolatni uyg’unlashtirgan model bo’lib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, havoni va suvni ifloslantirishni nazorat qilish, energiya samaradorligini oshirish kabi omillarga asoslangan. Jahonda iqlim o’zgarishi, resurslarning cheklanganligi va ekologik muammolar kengayayotgani sababli, davlatlar yashil iqtisodiyotga o’tishni strategik yo’naltirish sifatida qabul qilishmoqda. METODOLOGIYA. Xitoy ham yashil iqtisodiyotga sarmoya kiirtayotgan davlatdan biri hisoblanadi. 2020yilda Xitoy hukumati 2060-yilgacha uglerod neytralligiga erishish rejalarini e’lon qildi va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga sarmoyalarni oshirishga harakat qilmoqda. AQSh esa yashil energiya va uglerod chiqindilarini kamaytirish bo’yicha turli qonun va dasturlarni ishlab chiqmoqda. Sobiq president Jo Baydenning “Toza energiya rejasi” yashil iqtisodiyotni qo’llabquvvatlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida muhim o’rin tutadi. BMT, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi kabi xalqaro tashkilotlar yashil iqtisodiyot tamoyillarini targ’ib qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Xususan, BMTning Atrof-muhit bo’yicha dasturi yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga oid ko’plab tashabbuslarni ilgari surmoqda. 2015-yilda qabul qilingan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) ham ekologik muvozanat va uglerod chiqindilarini kamaytirishga asoslangan iqtisodiyotga o’tish zaruratini ta’kidlaydi. Barqaror rivojlanish maqsadlari – bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda qabul qilingan va 2030-yilgacha erishilishi rejalashtirilgan 17 ta global maqsaddan iborat dasturdir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 311 Ushbu dastur amalda o’z natijalarini ko’rsatmoqda. 1-rasm. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi bo’yicha O’zbekistonda ijobiy natijalar (2023) Manba: BMT O’zbekistondagi vakolatxonasi, 2023. ASOSIY QISM Kelajakda yashil iqtisodiyotning global miqyosda rivojlanishi yanada jadallashishi kutilmoqda. Xususan, yangi texnologiyalar, ekologik innovatsiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi yashil iqtisodiyotning asosiy drayverlariga aylanadi. Davlatlar va xalqaro tashkilotlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida global iqtisodiy tizim yanada ekologik barqaror va resurslarni samarali boshqarishga asoslangan shaklga kelishi mumkin va bu o’z natijasini bermoqda. O’zbekistonda yashil iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish bosqichlari. O’zbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat bo’lsa-da, an’anaviy iqtisodiy modelning ekologik muammolarga olib kelayotgani sababli yashil iqtisodiyotga o‘tish zaruratga aylandi. O’zbekistonda yashil iqtisodiyotni shakklantirish va rivojlantirish bosqichlarining tahlil qilinishi [17]: 1. Yashil iqtisodiyotga o’tishning zaruriyati. O’zbekistonda yashil iqtisodiyotga o’tish quyidagi omillar bilan bog’liq: Ekoligik muammolar: iqlim o’zgarishi, yerlarning degradatsiyasi, suv tanqisligi va havo ifloslanishi. Resurslarning cheklanganligi: neft, gaz va ko’mir kabi an’anaviy energiya manbalarining tugashi. Sanoat va qishloq xo’jaligi ta’siri: sanoat chiqindilarining ortishi, suvdan samarali foydalanish masalalari. Xalqaro majburiyatlar: O’zbekiston xalqaro ekologik kelishuvlar, doirasida barqaror rivojlanishni ta’minlashga intilmoqda. 2. Rivojlanish bosqichlari: Dastlabki bosqich (2010-2020-yillar). Bu bosqichda O’zbekiston hukumati ekologik muammolarga e’tibor qaratib, quyidagi dasturlarniishlab chiqdi: 2017-yilda “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasini ishlab chiqish;
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 312 Muqobil energetika manbalaridan foydalanishni kengaytirish; 2019-yilda Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to’g’risidagi qonunni qabul qilish. Jadal rivojlanish bosqichi (2021-2030-yillar). Ushbu davrda quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilangan: - Iqtisodiyotni “yashil” texnologiyalar bilan modernizatsiya qilish; - Sanoat va transport sektorida ekologik toza texnologiyalarni joriy etish; - Qayta tiklanuvchi energiya ulushini 25%ga yetkazish; - Ekologik turizmni rivojlantirish. Uzoq muddatli rivojlanish bosqichi (2030-yildan keyin): - to’liq “yashil iqtisodiyot” modeliga o’tish; - uglerod neytrallikka erishish; - ekologik toza transport tizimini joriy etish; - barqaror qishloq xo’jaligini rivojlantirish. TAHLIL VA NATIJALAR. Global iqlim o’zgarishlari va O’zbekiston. Global iqlim o’zgarishlari butun dunyoga ta’sir qilayotgani kabi O’zbekistonga ham ta’sir ko’rsatmoqda. Havo haroratining ko’tarilishi va suv tanqisligi qishloq xo’jaligi, ichimlik suvi ta’minoti hamda ekologik muvozanatga salbiy ta’sir qilmoqda. Xususan, Amudaryo va Sirdaryo suvi kamayib, cho’llashuv jarayoni tezlashmoqda. Bu esa o’rmonlar qisqarishiga va bioxilma-xillikning kamayishiga olib kelmoqda. O’zbekiston ushbu muammolarni hal qilish uchun yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, ayniqsa, quyosh va shamol energiyasidan foydalanish kengaymoqda. Qishloq xo’jaligida suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilmoqda. Shuningdek, cho’llashuvga qarshi daraxt ekish dasturlari amalga oshirilmoqda. 1-jadval O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining iqlim bilan bog’liq faoliyatga ajratilgan ulushi (%) [18] Jami iqlim o’zgarishi bilan bog’liq ijobiy harajatlar Iqlim ta’sirini yumshatish bilan bog’liq harajatlar Iqlim o’zgarishiga moslashish bilan bog’liq harajatlar Iqlim o’zgarishi bilan bog’liq salbiy harajatlar Milliard so’m 26302,4 612,7 25414,8 1006,0 Davlat budjetida % ko’rinishida 11,1% 0,3% 10,7% 0.4% Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va xarajatlari tahlili (inacademy.uz,2023) 3-jadvalda berilgan raqamlarni tahlil qilganimizda, O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining iqlim bilan bog’liq faoliyatga ajratilgan ulushini va harajatlarni quyidagicha o’rganish mumkin. Jami iqlim o’zgarishi bilan bog’liq ijobiy harajatlar26 302,4 milliard so’m. Bu, jami davlat bidjetining 11,1% ini tashkil etadi. Demak, davlatning umumiy xarajatlarining sezilarli qismi iqlim o’zgarishi bilan bog’liq ijobiy faoliyatlarga, ya’ni, iqlim ta’sirini yumshatish va iqlim o’zgarishiga moslashishga qaratilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 313 Iqlim ta’sirini yumshatish va iqlim o’zgarishiga moslashishga qaratilgan. Iqlim ta’sirini yumshatish (carbon mitigation) – ya’ni uglerod chiqindilarini kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish kabi faoliyatlarga ajratilgan mablag’larning ulushi jami budjetining atigi 0,3% ni tashkil etadi. Bu, iqlimga qarshi kurashish uchun hali ham past darajadagi sarmoyani ko’rsatadi., bu soha uchun ko’proq resurslar ajratilishi mumkin. Iqlim o’zgarishiga moslashish (climate adaption) – bu soha, ya’ni suv ta’minoti, qishloq xo’jaligi va hududiy infratuzilma kabi sohalarga moslashishni ta’minlashga ajratilgan mablag’larning ulushi 10,7% ni tashkil etadi. Bu, iqlim o’zgarishining salbiy ta’sirlaridan (qurg’oqchilik, to’fonlar, suv tanqisligi) himoyalanishga katta e’tibor qaratilayotganini ko’rsatadi. Iqlim o’zgarishi bilan bog’liq salbiy harajatlar – 1006,0 milliard so’m. Iqlim o’zgarishining salbiy ta’sirlariga qarshi kurashish, ya’ni iqlim o’zgarishining zararlarini bartaraf etishga ajratilgan mablag’lar 0,4% ni tashli etadi. Bu ham past ko’rsatkich bo’lib, bu sohadagi faoliyatning ko’payishi kerakligini ko’rsatadi. XULOSA. O’zbekiston iqlim o’zgarishiga qarshi kurashishda va iqlimga moslashishda faoliyatini davom ettirmoqda, lekin ba’zi sohalarda, masalan, iqlim ta’sirini yumshatish va salbiy ta’sirlarga qarshi kurashishda ko’proq mablag’ ajratilishi zarur. Bu, ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga sarmoyalar va karbon chiqindilarini kamaytirishning yanada samarali usullari uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “United Nations Environment Programme (UNEP)” 2016-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. 2. https://www.unep.org/explore-topics/resource-efficiency/what-we-do/policy-andstrategy/green-economy 3. BLUEPRINT FOR A GREEN ECONOMY a report by David Pearce Anil Markandya Edward B.Barbier. https://www.taylorfrancis.com/books/mono/10.4324/9781315070223/blueprint-1-edwardbarbier-david-pearce-anilmarkandya 4. https://www.researchgate.net/publication/230221479.The_PolicyChallenge_for_green_econ omy_andSustainable_ Development 5. https://whygreeneconomy.org/information/unep-green-economyreport