scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARNING NUTQINI O'STIRISHI USULLARI

Qulmatova, Dildora; Abdunazarova, Zaynab

Abstract

The importance of methodological guidelines aimed at developing students' speech in teaching native language lessons in primary grades, the need to understand the process of speech and its result, the need to take into account the specific development of students' cognitive activities, especially the need to pay sufficient attention to work related to their mental and physiological characteristics, as well as a number of recommendations aimed at developing speech are shown. This article provides suggestions and recommendations on this topic, namely, the requirements for students' speech and the work that should be performed by the teacher at school

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 86 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIDA O’QUVCHILARNING NUTQINI O’STIRISHI USULLARI Termiz davlat pedagogika insituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3bosqich talabasi Qulmatova Dildora Ilmiy rahbar: Abdunazarova Zaynab Annotatsiya: Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarini o’qitishda o’quvchilarning nutqini o’stirishga qaratilgan metodik ko’rsatmalar ahamyati, nutq deganda so’zlash jarayoni va uning natijasi tushunilishi, o’quvchilarning bilish faoliyatlarining o’ziga xos taraqqiy etishini hisobga olish, ayniqsa, ularning ruhiy, fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarga yetarli ahamiyat qilish lozimlig , shuningdek nutqni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha tavfsiyalar ko’rsatilgan.Ushbu maqolada shu mazmundagi, ya’ni oʻquvchilarning nutqiga qoʻyiladigan talablar va maktabda oʻqituvchi tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan takliflarva tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar : nutq ,ona tili, o’qish , nutq o’stirish metodikasi, fiziologik bosqichlari , bilish faoliyati. Abstract: The importance of methodological guidelines aimed at developing students' speech in teaching native language lessons in primary grades, the need to understand the process of speech and its result, the need to take into account the specific development of students' cognitive activities, especially the need to pay sufficient attention to work related to their mental and physiological characteristics, as well as a number of recommendations aimed at developing speech are shown. This article provides suggestions and recommendations on this topic, namely, the requirements for students' speech and the work that should be performed by the teacher at school. Keywords: speech, native language, reading, speech development methodology, physiological stages, cognitive activity. Ma'lumki, til jamiyat a'zolari o'rtasida aloqa aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr mahsulini og'zaki hamda yozma ravishda berishi, o'z ichki kechinmalarini bayon qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda ona tili darslari maqsadini belgilar ekanmiz, darslarda asosan o'quvchilarni mustaqil fikrlashga va o'z fikrini savodli qilib, chiroyli ifodalashga o'rgatishimiz zarur. Bu boradagi usullardan biri ijodiy matn yaratishga o'rgatishdir. O'z INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 87 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us fikrini ijodiy matn tarzida ifodalash ona tili darslariga qo'yilgan talablarning barchasini o'zida mujassamlashtirgan eng samarador usul bo'lib, unda o'quvchining tafakkuri rivojlanadi, so'z boyligi ortadi va so'zdan o'rinli foydalanish jihatidan birbiridan farq qiladi. Nutq deganda so’zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Aslida - chi, nutq – bu insonnning eng oliy, murakkab, ruhiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Odamning ijtimoiy mehnat jarayonida kishilar o’rtasida o’zaro fikr almashinuv vositasi sifatida vujudga kelgan spetsifik funksiyasi. Inson tashqi olamdagi predmetlar va hodisalarni sezgi organlari yordamida va nut vositasida idrok etadi. So’z signalizatsiyasi, ya’ni nutq tufayli odam borliqni umuman, fikran idrok etishi mumkin. Nutq organlari, odam organizmining nutq tovushlari hosil bo’lishida qatnashadigan turli qismlari. Aktiv nutq organlariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv nutq organlariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun bo’shlig’i kiradi. Nutqning tashqi va ichki, og’zaki va yozma turlari bor. Tashqi nutq asosan aloqa bog’lash maqsadlariga xizmat qiladi, shuning uchun u tinglovchilarga tushunarli qilib tuziladi. So’zlanmaydigan va yozmaydigan ichki nutq, ya’ni o’zi uchun bo’lgan nutq ong? O’zini bilish, tafakkur jarayonlarida g’oyat muhim ro’l o’ynaydi. Yozma nutq (xat yozish va o’qish) funksional jihatdan ichki nutq (yozilajak narsani ichida inchirlash, tovush chiqarmasdan o’qish) bilan chambarchas bog’liqdir. O’qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O’qish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo’ladi, o’qishni bilmagan odamning ko’zi ojiz kishidan farqi yo’q. boshlang’ich sinfda o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatishning yo’l – yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasining kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar borliq fanlar yutugi asosida shakllanib boradi. Masalan, eski maktablarda quruq yod olish metodida o’rganilagan bo’lsa, hozirgi maktablarda o’qish izohli o’qish metodida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, mazmunini tushuntirishga, oqilganini qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuzga, qiroat bilan o’qishga, katta e’tibor berilgan. Shuning uchun, hozir maktablarda o’qish izohli o’qish olib borilyapti. O’qish darslarida o’quvchilar tabiat, jamiyat, unda yashovchi, kishilar hayoti, ularning o’tmishi, hozirgi yashash tarzi, mashhur kishilari haqida, vatanning tabiati: ob-havosi, boyliklari, hayvonot dunyosi va boshqalar haqidagi bilimlarni egallaydilar. Sinfda o’qish darslari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O’qish malakasinitakkomillashtirish. O’quvchilarda yaxshi, to’g’ri o’qish sifatlari: to’g’ri tez, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish. INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 88 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us 2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o’rgatish, ya’ni kitob bilan ishlashni biladigan, chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonalarni yetishtirish. 3. O’quvchilarni tevarak – atrof, borliq haqidagi bilimlarni kengaytirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish. 4. O’quvchilarni axloqiy, estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. 5. O’quvchilarning nutqini va tafakkurini o’stirish. 6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish. Bu vazifalarni bajarishning aniq yo’li, yaxshi o’qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llaridir. Yaxshi o’qish malakalarining sifatlariga to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qish kiradi va ular o’qish darslarida o’zaro bog’liq holda takomillashtiriladi, bu to’rt o’qish sifati bir – biri bilan uzviy bog’liq. Chiroyli soʻzlashni, savodli, to’g’ri narsani, o’z fikrini savodli va aniq bayon etishni bilmagan o’quvchilar bilimlarni muvaffaqiyat bilan o’zlashtira olmadi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq va ravon bo’lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo’ladi. Nutq orqali odamzot o’zining ichki hissiyotlarini bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda to’la tuzilishi yoki shakllangan bo’lavermaydi. Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to‘g‘ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to‘g‘ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so‘zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarini ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo‘lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi strategiyasi."Adolat" milliy huquqiy axbarot markazi.-T.:2022 y.-152 b.O'zbekistonning taraqqiyot 2. Ona tili: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik, I qism. /M.E. Toirova-Toshkent: "Novda Edutainment", 2023. 88 b. 3. Abdullayeva, M. "Boshlang'ich ta'lim metodikasi." Toshkent: O'zR TA, 2020. 4. Vygotsky, L.S. "Pedagogik psixologiya." Moskva, 1991. 5. Qurbonova, G. "Til o'rganishda interfaol metodlar." O'zMU nashriyoti, 2022. 6. Mavlonova, R. "Ona tili ta'limida innovatsion texnologiyalar." TDPU, 2021.