scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ASSOTSIATIV MAYDONNI HOSIL QILUVCHI LEKSIK BIRLIKLAR TAHLILI

Tajiboyev Botir Raximjonovich

Full text

3 25 4 7.2 ASSOTSIATIV MAYDONNI HOSIL QILUVCHI LEKSIK BIRLIKLAR TAHLILI Tajiboyev Botir Raximjonovich Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17903844 Annotatsiya. Maqolada ongda til birliklarining o‘zaro assotsiativ bog‘langan holda tashkil topishi, tayyor leksik birliklar, turtki so‘z va unga nisbatan til egasining lisoniy xotirasida “uyg‘onuvchi” til birliklari haqida so‘z boradi. Matn asosida assotsiativ maydonni ajratishning bir necha usullari ko‘rsatilib, assotsiativ maydonni ajratishning yanada soddalashtirilgan metodikasi tavsiya qilinadi: yirik matndan mavzuviy parchalar ajratilib, ularda matniy gaplar aniqlanadi, asosiy mazmunini shakllantirgan, semantik-sintaktik jihatdan tarkib topishiga xizmat qilgan tayanch birliklar olinadi. Tahlilga esa Muhammad Yusufning “Tilak” she’rining assotsiativ maydonini hosil qiluvchi til birliklari tortilgan. Kalit so‘zlar: lisoniy assotsiativ maydon, assotsiativ aloqa, turtki so‘z, assotsiativ tajriba metodi, matniy assotsiativ maydonning hosil qilinish mexanizmi, shaxs lisoniy ongi Аннотация. В статье рассматривается формирование языковых единиц в сознании ассоциативным путём, готовые лексические единицы, слово-триггер и языковые единицы, «пробуждающиеся» в языковой памяти носителя языка по отношению к нему. Показаны несколько методов выделения ассоциативного поля на основе текста, а также рекомендуется более упрощённая методика выделения ассоциативного поля: из объёмного текста выделяются тематические фрагменты, в них выделяются текстовые предложения и берутся базовые единицы, образующие его основное содержание и служащие для формирования его семантикосинтаксической структуры. В анализе рассматриваются языковые единицы, образующие ассоциативное поле поэмы Мухаммада Юсуфа «Тилак». Ключевые слова: языковое ассоциативное поле, ассоциативная связь, слово-триггер, метод ассоциативного эксперимента, механизм формирования текстового ассоциативного поля, языковое сознание личности. Annotation. The article discusses the formation of language units in the mind in an associative manner, ready-made lexical units, a trigger word and language units that “awaken” in the linguistic memory of the speaker of the language in relation to it. Several methods of separating the associative field based on the text are shown, and a more simplified methodology for separating the associative field is recommended: thematic fragments are separated from a large text, text sentences are identified in them, and the basic units that form its main content and serve to form its semantic-syntactic structure are taken. The analysis involves language units that form the associative field of Muhammad Yusuf’s poem "Tilak". Keywords: linguistic associative field, associative communication, trigger word, associative experiment method, mechanism of formation of textual associative field, linguistic consciousness of the individual. Kirish. Lisoniy assotsiativ maydon ongda bir-biri bilan assotsiativ bog‘langan holda “yashaydigan” til birliklaridan tashkil topadi. Shu jihatdan ham ular lisoniy assotsiativ maydon hisoblanadi. Bunday assotsiativ maydon uchun tilda tayyor holda uchraydigan leksik birliklar tayyor materiallardir. Shuningdek, frazeologik birliklar, maqol, matallar, turg‘un o‘xshatishlar, topishmoqlar, tez aytish, tasviriy ifoda kabi barqaror birikmalar ham til egalari lisoniy zaxirasidan o‘rin olgan tayyor til materiallari sanaladi. Bunday birliklar 3 26 4 7.2 ham muayyan kommunikativ sharoitda assotsiativ birliklar vazifasini o‘tashi mumkin. Ya’ni, bunday turg‘un birikmalar biror bir turtki so‘z bilan fonetik, leksik-semantik yaqinlik, yoki o‘xshashlik, bog‘liqlik asosida assotsiativ aloqaga kirisha oladi. Jumladan, xursand turtki so‘ziga nisbatan til egalari lisoniy xotirasida u anglatgan tushunchani aks ettiruchi og‘zi qulog‘ida, boshi osmonda assotsiatsiyalari tiklanishi mumkin. Bu assotsiyatsiya til egalarida birmuncha ko‘p takrorlanadi. Bunday assotsiativ aloqa leksema va frazeologizm o‘rtasidagi semantik umumiylik asosida yuz beradi. Ba’zan til egalari tomonidan aytilgan biror bir nutq parchasi ham xotirada assotsiativ tarzda verballashishi mumkin. Garchi bu birlik lisoniy ongda muqim yashamasa-da, nutq egasi tomonidan oldindan eslab qolinganligi sababli verbal assotsiatsiyalar sifatda xotirada tiklana oladi. Anglashiladiki, lisoniy assotsiativ maydonni, asosan, ongdan o‘rin olgan, nutqqa tayyor olib kiriluvchi birliklar tashkil qiladi va bu birliklar nutqiy xususiyatdan xoli bo‘ladi. Assotsiativ maydondan o‘rin olgan ayrim nutqiy birliklar doimiy xarakterga ega emas. Ular vaqt o‘tgach, inson xotirasidan o‘chib, assotsiativ maydondan chiqib ketadi. Adabiyotlar tahlili. Lisoniy assotsiativ maydonlarni belgilashda til egalari ustida o‘tkaziladigan assotsiativ tajriba metodiga asoslaniladi. Ayrim tilshunoslar agar assotsiativ maydon tarkibi ma’lum bo‘lsa, uning turini aniqlash oson bo‘lishini qayd etishadi. Masalan, T.P. Barkovaning fikricha, muayyan turtki so‘zning lingvistik assotsiativ maydonini belgilash, agar uning tarkibi ma’lum bo‘lsa, bitta noma’lum belgisiga asoslanib, aniqlash juda oddiy vazifa hisoblanadi [1]. Tilshunoslikda muayyan tilga mansub assotsiativ maydon tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlarda matniy assotsiativ maydonning hosil qilinish mexanizmi, uning tuzilishi, tarkibi, maydon qismlarining mohiyati, maydondan o‘rin olgan birliklarning lingvistik xususiyatlari haqida qiziqarli ilmiy-nazariy xulosalar taqdim etilgan. Jumladan, rus tilshunosi Y.Karaulov matnning assotsiativ maydonini hosil qilishning “DE” operatsiyasini taklif qilgan. D.Lutfullayevaning ma’lumot berishicha, Y.Karaulov bu operatsiyani quyidagi tartibda amalga oshirishni taklif etgan: 1) matnni bir qancha mustaqil parchalarga ajratish orqali dekompozitsiyalash; 2) har bir parchani delinerizatsiyalash va ularni nisbiy mustaqil, biri ikkinchisi bilan erkin bog‘lanuvchi gipermatn birliklari to‘plamiga aylantirish; 3) har bir gipermatn birligiga mansub so‘zshakllarini keyinchalik ularni propozitsiyalar to‘plamiga aylantirish asosida degrammatikalizatsiyalash; 4) propozitsiyalarni buzib yuborish orqali bu to‘plamni depropozitsiyalash va ularning tashkil etuvchilarini turli assotsiativ maydonlarga taqsimlash; 5) nutqiy harakatdagi shaxs diskursini depersonallashtirish [2]. 3 27 4 7.2 Albatta, matndan bu tartibda assotsiativ bog‘langan birliklarni ajratish va ular asosida assotsiativ maydonni hosil qilish mumkin. Shu bilan birga, ushbu maydon asosida yana matnning tayanch semantik-sintaktik strukturasini hosil qilsa bo‘ladi. T.P.Barkova ham matnning assotsiativ maydonini aniqlashga e’tiborini qaratgan. Uning fikricha, assotsiativ maydon tushunchasini matnga ko‘chirish va shunga mos ravishda matn assotsiativ maydonini yaratish (yoki oddiygina aniqlash) ikkita noma’lum sonli tenglamani yechish bilan teng, chunki bu holda nafaqat maydon nomini belgilash kerak, balki uning tarkibi (yoki boshqa ketma-ketlikda: avval maydon tarkibini, keyin esa uning nomini belgilash)ni aniqlash lozim bo‘ladi) [1]. T.P. Barkova “ikki noma’lum sonli tenglama” tipidagi matnning assotsiativ maydonini belgilash uchun T.Tolstoyning “Doira” (“Krug”) nomli hikoyasidan foydalangan. U hikoyadagi matniy assotsiativ maydonlarni ajratish uchun “chiziqli” matnni “chiziqsiz” o‘qish lozim deb hisoblaydi. Banda dastlabki matn qayta formatlanadi. Ya’ni matn (bu o‘rinda badiiy matn) unda tasvirlangan faktlar, voqealar, qahramonlar harakatlari, fikrlari, his-tuyg‘ularini aks ettiruvchi alohida bo‘laklarga ajratiladi. Bu nafaqat asarning biror bir syujet chizig‘i (motivlari)ni aks ettiruvchi yoki uning g‘oyaviy mazmunini ochib berishda ishtirok etuvchi bir-biriga semantik jihatdan yaqin bo‘lgan so‘z, so‘z birikmalarini aniqlashga, balki shu tarzda olingan natijalardan kelib chiqib, matniy assotsiativ maydon nomini aniqlashga imkon beruvchi birlikni ham topish imkoniyatini yaratadi. Tadqiqot metodologiyasi. Matniy assotsiativ maydonlar aniq muallif yaratgan biror bir matn asosida belgilanadi. Matnda o‘zaro assotsiativ bog‘langan birliklar matniy assotsiativ maydon birliklari sifatida ajratiladi. Matn mana shu assotsiativ birliklar asosida tashkil topadi. Xarakterli jihati, matniy assotsiativ maydonlar yakka muallif tasavvurlari asosida yuzaga kelsa-da, tildagi assotsiativ bog‘langan birliklarni ham qamrab oladi. Matn asosida assotsiativ maydonni ajratishning yanada soddalashtirilgan quyidagi metodikasini tavsiya qilamiz: 1) yirik matn alohida mavzuviy parchalar (qism, bo‘lak)ga ajratiladi; 2) ajratilgan har bir mavzuviy parcha o‘z ichida kichik propozitsiyalarni ifodalovchi matniy gaplarga ajratiladi; 3) har bir propozitsional strukuradan uning asosiy mazmunini shakllantirgan, semantik-sintaktik jihatdan tarkib topishiga xizmat qilgan tayanch birliklar ajratiladi. Bunday birliklar matn mavzusi bilan aloqador bo‘lgan birliklar, matnda aks etgan mavzuni yoritishga xizmat qilgan birliklar, matn g‘oyasini yuzaga chiqarishga xizmat qilgan birliklardir. Masalan, yulduz haqidagi biror bir she’rda osmon, quyosh, oy, koinot kabi kosmogonik atamalar uchrashi ma’lum. Bunday birliklar yulduzning joylashuv o‘rni, qachon osmonda ko‘rinishi, yondosh osmon jismlari bilan aloqasi kabilar haqida ma’lumot 3 28 4 7.2 tashiydi. Demak, bu so‘zlar she’rda tavsiflanayotgan yulduzning xususiyatlarini ochib berishda muhim o‘rin tutuvchi, uni semantik-sintaktik jihatdan shakllantiruvchi birliklardir; 4) propozitsional strukturadan ajratilgan har bir birlik grammatik shakllardan xoli birliklarga aylantiriladi; 5) matn tarkibidan uning qismlarini semantik-sintaktik jihatdan bog‘lovchi, qismlar uzviy aloqasini ta’minlovchi (masalan, takrorlar) birliklar ajratiladi. Masalan, matnning birinchi abzasida tabiatning to‘rt fasli haqida gapirilib, keyingi abzaslarda bahor faslining o‘ziga xos jihalari qalamga olingan deylik. Bunday she’rda eng ko‘p takror qo‘llangan fasl so‘zi matn qismlarini bog‘lovchi, uning qismlari o‘rtasidagi uzviy aloqasini ta’minlovchi birlik vazifasini o‘taydi. Matndagi boshqa so‘zlar esa uning atrofiga birlashadi. Demak, bunday takror so‘z matnning tayanch qurilish birligiga aylanadi. Sarlavhasiz matnlarda matnning tasvir obyektini tarkib toptiruvchi turtki so‘z vazifasini bajaradi. Tahlillar va natijalar. Matnning assotsiativ maydoni undan ajratilgan mana shunday birliklar majmuyi asosida hosil qilinadi. Bu birliklar turtki so‘z bilan assotsiativ bog‘langan birliklardir. Quyida Muhammad Yusufning “Tilak” she’rining assotsiativ maydonini ajratamiz: TILAK Har kimning ham sochlariga oq tushsin, Ajin tushsin yuzlariga, dog‘ tushsin. Har kimning ham quvvat ketib belidan, Qo‘llariga aso – bir tayoq tushsin. Imoni sof, yuzga kirib yorug‘ yuz, To‘ylar ko‘rib yelkasidan tog‘ tushsin. Jismiga so‘nggi safar oldidan O‘z bolasin qo‘lidan tuproq tushsin... Berilgan she’r boshdan oyoq tilak ifodasiga bag‘ishlanganligi uchun bir mavzudagi yaxlit parcha sanaladi. Ushbu she’rdan quyidagi tilak ifodalovchi yaxlit propozitiv strukturalar ajratiladi: 1. Har kimning ham sochlariga oq tushsin. 2. Ajin tushsin yuzlariga, dog‘ tushsin. 3. Har kimning ham quvvat ketib belidan, Qo‘llariga aso – bir tayoq tushsin. 4. Imoni sof, yuzga kirib yorug‘ yuz, To‘ylar ko‘rib yelkasidan tog‘ tushsin. 5. Jismiga so‘nggi safar oldidan O‘z bolasin qo‘lidan tuproq tushsin... Ko‘rinadiki, she’rda tilak ifodalovchi 5 ta propozitiv struktura mavjud. Bu propozitiv qurilmalarni shakllantiruvchi yadro birliklar quyidagilardan iborat: oq tushmoq (1), ajin 3 29 4 7.2 tushmoq, dog‘ tushmoq (2), qo‘llariga aso (tayoq) tushmoq (3), yelkasidan tog‘ tushmoq (4), bolasin qo‘lidan tuproq tushmoq (5). Ushbu birliklar she’rning assotsiativ maydonini tashkil qiladi: TILAK – oq tushsin, ajin tushsin, dog‘ tushsin, aso (tayoq) tushsin, yelkasidan tog‘ tushsin, bolasin qo‘lidan tuproq tushsin. E’tibor berilsa, har bir propozitiv gapning kesimi bir xil takrorlangan buyruq-istak maylidagi tushsin fe’lidan tashkil topgan. Ushbu fe’l she’rda 5 o‘rinda takrorlangan. Bu holat uning she’rda tilak bildirishda asosiy tayanch birlik vazifasini o‘taganligini anglatadi. Xulosa. Tilshunoslikda biror bir turtki so‘zning assotsiativ maydonini, ya’ni bu turtki so‘z bilan assotsiativ bog‘langan birliklar majmuini tajriba yo‘li bilan hamda matn orqali ajratish keng tarqalgan. Shunga ko‘ra lisoniy va matniy assotsiativ maydonni farqlash mumkin bo‘ladi. Lisoniy assotsiativ maydon o‘zaro assotsiativ bog‘langan, til egalari lisoniy xotirasida juft holda yashovchi birliklar, til egalari ustida o‘tkaziladigan assotsiativ tajribalar asosida aniqlanadigan birliklar majmui bo‘lsa, matniy assotsiativ maydonlar yakka shaxs tomonidan yaratilgan matnlar asosida ajratiluvchi, ushbu shaxs lisoniy ongidan o‘rin olgan assotsiativ bog‘langan birliklar yig‘indisidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Баркова Т. П. Текстовое ассоциативное поле и моделирование структуры концепта (на материале рассказа Т. Толстой «Круг») // Концепт. 2015. – № 11 // https://e-koncept.ru/2015/15405.htm 2. Лутфуллаева Д. Ассоциатив тилшунослик назарияси. – Тошкент: Meriyus, 2017. – Б.73. 3. Lutfullayeva D., Davlatova R., Tojiboyev B. Oʻzbek tili assotsiativ lugʻati (milliy-madaniy birliklar). – Toshkent: “NAVOIY UNIVERSITETI” nashriyot-natbaa uyi. 2019. 4. Нурмонов А. Структур тилшунослик: илдизлари ва йўналишлари (“Лингвистика” йўналишидаги магистрлар учун ўқув қўлланма). – Андижон. 2006. 5. Патсис М. Ассоциативное поле как инструмент анализа значения слова: Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – М., 2005 // http://www.dslib.net/jazyko-znanie/associativnoe-pole-kak-instrumentanaliza-znachenija -slova-na-materiale-grecheskogo.html