BOBUR RUBOIYLARI TARJIMASIDA MAZMUN VA OHANG
Full text
3 72 4 7.2 BOBUR RUBOIYLARI TARJIMASIDA MAZMUN VA OHANG Azilova Zuhra Gulmon qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori [email protected] ORCID: 0009-0004-4834-7887 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17903888 Annotatsiya: Maqolada Bobur ruboiylari qoraqalpoqcha tarjimalari misolida mazmun va ohang saqlanishi masalasi ko‘rib chiqilgan. Unda asliyat matni bilan tarjima o‘rtasidagi tafovutlar ko‘rsatilgan bo‘lib, Bobur ruboiylarining asl nusxa va tarjimadagi tavsifnomasi katta o‘rin egallaydi. Ruboiylarning qiyosiy tahlili yuzasidan keng material keltirilgan. Tadqiqotda tarjimonning so‘z qo‘llash mahorati, interpretatsiyaviy mavqeyi kabi muhim muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildiriladi. Mavzuning mohiyatini ochishda muallif interpretatsiyaning ilmiy ta’rifini keltiradi. Kalit so‘zlar: she’riy asar, interpretatsiya, tafovut, badiiy tarjima, she’riy tarjima, vazn, qofiya. Аннотация: В статье рассматривается вопрос сохранения содержания и тона на примере каракалпакских переводов Бабура рубаи. Он показывает различия между текстом аслият и переводом, и описание Бабурских рубаи в оригинале и переводе занимает важное место. Представлен обширный материал по сравнительному анализу рубоев. В исследовании дается обратная связь по таким важным вопросам, как навыки использования слов, интерпретационная позиция переводчика.ннотация: В статье рассматривается вопрос сохранения содержания и тона на примере каракалпакских переводов Бабура рубаи. Он показывает различия между текстом аслият и переводом, и описание Бабурских рубаи в оригинале и переводе занимает важное место. Представлен обширный материал по сравнительному анализу рубоев. В исследовании дается обратная связь по таким важным вопросам, как навыки использования слов, интерпретационная позиция переводчика. Раскрывая суть темы, автор приводит научное определение интерпретации. Ключевые слова: поэтическое произведение, интерпретация, вариация, художественный перевод, поэтический перевод, вес, рифма. Annotation: The article examines the issue of preserving meaning and tone in the Karakalpak translations of Babur’s rubaiyat. It highlights the differences between the original text and its translations, with particular attention given to the description and characteristics of Babur’s rubaiyat in both the original and translated versions. The study provides extensive material based on the comparative analysis of the quatrains. It also offers insights into key issues such as the translator’s lexical mastery and interpretative approach. In revealing the essence of the topic, the author provides a scholarly definition of interpretation. Keywords: poetic work, interpretation, difference, literary translation, poetic translation, meter, rhyme. Kirish. Badiiy tarjimaning oliy shakli hisoblangan she’riy tarjima boshqa janrlardagi asarlar tarjimasidan o‘zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Boisi, she’riy asar tarjimasida muqobil vaznni topish, asliyat mazmunini, muallif uslubini saqlash, orginalga mos ohang, she’riy san’atlar, qofiya va radiflarni qayta yaratash lozim. Bir so‘z bilan aytganda, tarjimondan mahoratli shoir bo‘lish talab qilanadi. Mumtoz adabiyot namunasi bo‘lgan ruboiylarni tarjima qilish uchun shoirning o‘zi mazkur janrda yoza bilmog‘i darkor. Mazkur janrining ustasi bo‘lgan – Bobur ruboiylarini tarjima qilish ham tarjimondan janr xususiyatlarni chuqur bilishni, istedodni taqazo etadi.
3 73 4 7.2 Adabiyotlar tahlili. Tarjimashunoslik fanining otasi G‘aybulloh as-Salomov bu sohada ko‘plab izlanishlar olib borgan bo‘lib, ularda ruboiy janri tarjimashunosligi bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlarini bayon qiladi. Xususan, Navoiyning fors tilida yaratgan ruboiylarining o‘zbek tiliga tarjimasi, shuningdek, Navoiy va Bobur ruboiylarining rus tiliga tarjimalarini ilmiy jihatdan asliyat bilan qiyosiy tahlil qilgan. Shuningdek, Asliyatdagi ruboiylarni tarjima bilan qiyoslash jarayonida tarjimashunos olim E.Ochilovning “Ruboiy tarjimasida shakl va mazmun birligi” mavzusida yaratgan ilmiy tadqiqotiga tayanildi. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda Bobur ruboiylarining tarjimasida mazmun va ohangni tahlil qilish jarayoni ilmiy-nazariy va amaliy metodlar orqali amalga oshirildi. Tadqiqotning asosiy metodlari quyidagilardan iborat: 1. Matnli tahlil metodi: Bobur ruboiylarining asl matnlari va ularning turli tillarga (o‘zbek, rus) tarjimalari solishtirildi. Tarjimadagi mazmun, ohang, qofiya va radif elementlari aniqlanib, ularning asliyatga mosligi baholandi. 2. Qiyosiy tahlil metodi: Asl ruboiy matnlari va tarjimalar o‘rtasida mazmuniy va badiiy o‘xshashlik hamda farqlar aniqlash uchun qiyosiy tahlil olib borildi. Bu jarayon tarjimashunoslik olimi E.Ochilovning “Ruboiy tarjimasida shakl va mazmun birligi” tadqiqotiga tayangan holda amalga oshirildi. 3. Tarjimonlik tahlili: Tarjimondan talab qilinadigan badiiy uslub va poetik mahorat, janr xususiyatlarini anglash, shuningdek, ruboiy janrining struktura va ritmik o‘ziga xosliklari aniqlanib, tarjima jarayonidagi muammolar tahlil qilindi. 4. Ilmiy manbalarni tahlil qilish: G‘aybulloh as-Salomov va boshqa tarjimashunos olimlarning ilmiy-nazariy ishlari tahlil qilinib, Bobur ruboiylari tarjimasida shakl, mazmun va ohang birligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy qarashlar tadqiqotga asos bo‘ldi. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil bilan amaliy tahlil birlashtirilib, tarjima jarayonidagi murakkabliklar, ruboiy janrining o‘ziga xos poetik qoidalari va tarjimadagi estetik natijalar sistematik ravishda o‘rganildi. Natijalar asliyat va tarjima orasidagi moslikni aniqlash, tarjima sifatini oshirish hamda Bobur ruboiylarining o‘zbek va rus tillaridagi tarjimalarida mazmun va ohangni mukammal saqlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Tahlil va natijalar. Bobur ruboiylari qoraqalpoq tiliga S.Ibragimov tomonidan tarjima qilingan bo‘lib, “Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi 2022-yil 1-2-sonida Bobur ruboiylari tarjimasi bosilib chiqqan. Quyida shulardan 5 ta ruboiyni olib mazmun va ohang jihatidan asliyat bilan qiyosiy holda tahlil qilamiz. Asliyatda: Har zulfitin ey ko‘ngul parishon bo‘lma. Har yuzga ham asru zori hayron bo‘lma. Men senga demonki, tarki ishq et, lekin Andoq qilkim, so‘ngra pushaymon bo‘lma. Ruboiyning birinchi misrasida zulfitin so‘zi ikki xil ma’noni bildiradi: “1. Ayollarning ikki chakkasidagi kokili 2. Ayollar sochi” [2; 489]. “Parishon f.1. Har tamonga sochilgan, yozilgan, to‘zg‘igan. 2. ko‘ch. Tarqab ketgan, bo‘linib ketgan, to‘zib ketgan [2; 312]. Demak, misradan lirik qahramon ko‘ngliga yoki oshiqqa murojaat etib, har ayolga xayoling
3 74 4 7.2 bo‘laverma mazmuni anglashiladi. Ikkinchi misradagi asru – “juda, nihoyatda, g‘oyat darajada” [2; 36] degani bo‘lib, har yuz ya’ni qizga juda zor va hayron bo‘lmaslik ta’kidlanadi. Oxirgi misradagi “andoq” so‘zi “unday, undoq” degan ma’noni anglatadi. Men senga ishqni tark et demayman, lekin unday qilki, so‘ng pushaymon bo‘lma tarzida xulosalaydi. Ruboiydagi “zulf, ko‘ngul, yuz” so‘zlari istioradir. Sababi, bu so‘zlarni ko‘chma ma’noda ham o‘z ma’nosida ham tushunish mumkin. Istiora “adabiy asarda so‘zni o‘z ma’nosidan boshqa bir ma’noda, aniqrog‘i uni haqiqiy ma’nosida emas, balki majoziy bir ma’noda qo‘llash san’ati sanaladi”. [7;12]. Tarjimada mazkur so‘zlarning faqat bir ma’nosi – “zulf – nashar”, “yuz – basqasın kórmey” tarzida ifodalangan. Asliyatda misralarda ey ko‘ngul yorning chiroyli sochiga, yuziga aldanib qolma degan ma’noni ham ilg‘aymiz. Qofiyalari: parishon, hayron, pushaymon. Raviy: n tovushi. Radifi: bo‘lma. Tarjimada: Bir nashar, dep, áy kóńil, esawan bolma, Basqasın kórmey, asa kóp hayran bolma, Nasharǵa máyil qoyma, dep aytpaspan, Sol joldı tut, sońınan pushayman bolma. Qofiyalari: esawan, hayran, pushayman. Raviy: n tovushi. Radifi: bolma. Umuman aytganda, mazmun qayta yaratilgan. Asliyatda 1-2-3-misralar 12, 4-misra 11 bo‘g‘indan iborat bo‘lib aruz vaznida bitilgan. Tarjimada esa 1-2-4-misralar 12, 3-misra 11 bo‘g‘inni tashkil etib barmoq vaznida o‘girilgan. Tarjimon ruboiyning obyektiv ma’nosini aniqlab, uning mohiyatini interpretatsiyaviy mavqeidan kelib chiqib interpretatsiya qilgan. “Interpretatsiya lotincha interpretasio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish ma’nosini bildiradi” [1; 11]. Ya’ni tarjimon nimalarni o‘zgartirish zarurligini aniqlab, asliyatdagi badiiy talqinni qoraqalpoq tili vositalari yordamida qayta talqin qilib, tushuntirib bergan. Asliyatda: Eyki, yarolig‘ jismima marhamsen sen, Majruh ko‘nglumga nishtar hamsen sen. Gah shod-u gahi g‘amin esam ayb etma Kim, boisi shodmonlig‘-u g‘amsen sen. [3; 89-] “Marham a. Yaraga qo‘yiladigan dori, malham. [2; 235], shodmonlig‘ f. Shod. Shodxurram, xursand” [2; 513]. Asliyatda sen yarali ko‘nglimga malhamsan, majruh ko‘glimga nishtar hamsan, goh shod, goh g‘amgin bo‘lsam ayb qilma boisi sen shod-u xurramlig‘-u g‘amsan mazmuni ifodalangan. Tarjimada: Bul jaralı jismime málham senseń, Jaralı kóńlime nishter hám senseń, Gáhi shad, gáhi qapaman, ayıp kórme,
3 75 4 7.2 Shadlıq hám hásirettiń daregi senseń. Ko‘rinadiki, tarjimada ham asliyat mazmuni saqlangan. Tarjimada “jaralı” so‘zi ikki marta qo‘llaniladi. Asliyatda esa “yarolig” so‘zi bir marta qo‘llanilgan. Ikkinchi misrada “majruh ko‘ngil” ifodasi ishlatiladi. “Majruh” so‘zi “yarador, jarohatli, nogiron, mayib” degan ma’nolarni bildiradi. To‘g‘ri shoir bu joyda yarador ko‘ngilni nazarda tutgan. Bir so‘zni ikki marta takrorlamaslik uchun ham majruh so‘zini qo‘llagan. Asliyat va tarjimada qofiyalar: marhamsen – málham, hamsen–hám, g‘amsen – daregi. “G‘am” so‘zi – “hásirettiń daregi” tarzida tarjima qilingani bois, to‘rtinchi misra tarjimada qofiyalanmagan. G‘am so‘zining aynan o‘zi keltirilsa, misrada qofiyadoshlik, mazmun ham to‘liq saqlangan bo‘lar edi. Asliyatda birgina sen radifi “senseń” tarzida qo‘llaniladi. To‘g‘ri, asliyatda ham misralarda sen ikki marta takrorlanayapti. Ammo birinchi “sen” shaxs-son qo‘shimchasi – “san”ning mumtoz adabiyotdagi ko‘rinishi bo‘lib, qofiyaga qo‘shilib kelgan. Asliyatda sen so‘ziga urg‘u berilib, o‘zgacha bir ohang kasb etgan. Tarjimada esa bu qo‘shimcha radifga qo‘shilib, “sensan” degan ma’noni ifodalayapti. Asliyatda shod-g‘am, shodmon-g‘am so‘zlarida tazod aks etadi. Tarjimada esa “shad –qapa” so‘zlarida tazod saqlangan. Biroq “shadlıq-hásirettiń daregi” so‘zlari o‘zaro zid ma’noli emas. Asliyatda: Qayg‘ungni cheka-cheka qaribtur Bobur, Rahm aylaki o‘zidin boribtur Bobur, Noranj yubordi sangakim bilgaysen, Ya’niki, bu nav’ sarg‘aribtur Bobur. Ruboiydagi “qayg‘u chekmoq” – g‘am-qayg‘u chekish, xafa bo‘lish, afsuslanish ma’nolarini anglatadi. Qoraqalpoqcha tarjimada “háwes etip” deya beriladi. “Háwes so‘zi Bir nársege qumar, qushtar” [4; 476] deya izohlanadi. O‘zbek tilidagi “havas qilmoq” so‘ziga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash kerakki, asliyatdagi misradan qayg‘ungni cheka-cheka qaribdi Bobur mazmuni anglashilsa, tarjimada seni havas qilib qaridi Bobur tarzida o‘zgarishga uchraydi. Ikkinchi misrada rahm qil o‘zidan boribdi Bobur mazmuni tarjimada “Sennen mehir kútip sharshadı Babır” tarzida ifodalangan. Uchinchi misradagi “Noranj a. Issiq mamlakatlarda o‘sadigan, mevasi apelsinga o‘xshash, ammo nordon bir daraxt va uning sariq mevasi, turunj” [2; 287]; “Nav’ a. 1.Tur, xil. 2.Tarz, taxlit, yo‘l, tariqa, yo‘sin” [2; 274] deya izohlanadi. Misralardan senga noranj mevasini yuborganidan bilgaysanki, ya’niki bu xilda noranjga o‘xshab sarg‘ayibdi Bobur degan mazmun tushuniladi. Tarjimada: Seni háwes etip qartaydı Babır, Sennen mehir kútip sharshadı Babır, Náranj jiberdi saǵan, bilgeyseń, Usı miywe kibi sarǵaydı Babır.
3 76 4 7.2 Uchinchi va to‘rtinchi misra mazmuni aniq ifodalangan. Tarjimada ikkinchi misra qofiyalanmagan. Bobur radifi esa saqlangan. Agar ikkinchi misra “Rahm ayle ózinen barıptı Babır” tarzida tarjimalansa, asliyat ma’nosi aniq ifodalangan bo‘lar edi. Boburning quyidagi ruboiysi muvaffaqiyatli tarjima qilingan. Asliyatda Bobur, necha bu dahr meni zor aylar, Sabrimni kam-u g‘amimni bisyor aylar, To dahrdurur budur aning rasmikim, Ayrib kishini azizidin xor aylar Tarjimada: Babır, bul dúnya meni qansha zar áyler, Sabırımdı kem, qayǵımdı bisyar áyler, Bul dúnyanıń ázalden rásimi sol, Súygeninen ayırıp, bendeni xor áyler. Ruboiydagi “dahr – dunyo, olam, jahon” [2; 92] degan ma’noni bildiradi. Tarjimada uning aniq ekvivalenti qo‘llanilgan. Asliyatdagi nido san’ati tarjimada ham saqlangan. Asliyat mazmuni tarjimada ham adekvat qayta yaratiladi. Qofiya va radif ham aynan asliyatdagidek: zor-zar, bisyor-bisyar, xor-xor. Radifi: aylar-áyler. Tarjimon ikki til o‘rtasidagi yaqinlikdan mahorat bilan foydalangan. Kam-bisyor so‘zlaridagi tazod tarjimada ham kem-bisyar tarzida aks etgan. Asliyatda: Hammomki ark ichinda paydo qildim, Sog‘inmaki, suddin tabarro qildim, Sud ushbu emasmukim, bu tadbir bila Pokiza bandalarni tamosho qildim. Hammom – cho‘milish, yuvinish uchun issiq va sovuq suvlari, bir necha issiq va sovuq xonalari bo‘lgan maxsus bino. Bu so‘z “hawiz” deya tarjima qilingan. “Hawiz – dóńgelek hám tórt múyesh etip, tereńlep qazılǵan suw saqlaytuńın orın, suw saqlaǵısh, oy.[6; 469]. Ko‘rinadiki, bu so‘zlarning ma’nolari aynan bir xil emas. To‘g‘ri ikkilasi ham cho‘milish uchun mo‘ljallangan. “Hawiz” so‘zi o‘zbek tildagi hovuz so‘zining ekvivalenti hisoblanadi. Asliyatda shoir hovuzni emas, hammom qurdirganligini aytadi. “Sog‘inmoq – .. deb o‘ylamoq” [2; 384]; “Sud – foyda naf” [2; 385]. Shoir ark ichidagi g‘am-tashvishlarga qaramasdan go‘zallik va poklikni izlagan. Saroydagi fitna, fisq-u fujurlar orasida ham go‘zallik yaratishga harakat qiladi. Turmush qiyinchiliklariga qaramay to‘g‘ri ish yuritishga, vijdon pokligini saqlashga intilishi ifodalanadi. Shoir bu ish bilan qilgan foyda shuki, pokiza qalbli kishilarni ko‘rdim, ya’ni go‘zallikdan zavqlandim deya fikrini xulosalaydi. Tarjimada:
3 77 4 7.2 Sarayda ajep bir hawiz dúzettim, Jiyeklerin boylap sárwiler tiktim, Oylaǵanım boldı – bul tádbir menen Pákize bádenlerdi támasha ettim. Jiyek – bir nárseniń aylana dógeregi, ernegi. [5; 205]. Sárwi – subtropikalıq aǵashtıń atı, aq terekke usaǵan iyne japıraqlı mudamı jasarıp turatuǵın aǵash kiparis. Tarjimadan esa saroyda ajib bir hovuz tuzatdim, yoqasiga sarvi daraxtlarini o‘tqazdim o‘ylaganim bo‘ldi bu tadbir bilan pokiza badanlarni tomosha qildim ma’nosi anglashiladi [6; 192]. Uchinchi misra o‘zgarishga uchraganligi sababli asliyat ma’nosi xiralashgandek ko‘rinadi. Tarjima dahosi V.A.Jukovskiyning fikricha, “She’riy asarni tarjima qilganda grammatikadan xabardor bo‘lish, asar qanday tildan qaysi tilga tarjima qilinayotgan bo‘lsa, har ikki tilni ham bilish zarur; bundan tashqari, tarjimon she’r yozish zakovatiga ham ega bo‘lishi lozim. Binobarin, tarjimonning iste’dodi shoirning badiiy kamolot darajasiga qanchalik yaqin bo‘lsa, shuncha yaxshi. Asarni tarjima qilishga kirishishdan oldin tarjimon o‘z-o‘zidan: shoirning qalbida alangalanib yotgan otashni men ham o‘z qalbimda his etamanmi; asl nusxada aks etgan ma’no nozikliklarini men ham tarjimada bera olamanmi; grammatikani bilamanmi; she’r tuzulishidan xabardormanmi; nafosat bilan qo‘pollikni farqlay oladiga quloq menda bormi? – deb so‘rashi kerak. Ana shu savollarga tarjimonning vijdoni ijobiy javob qaytargan taqdirdagina u ishni qo‘lga olishi mumkin. [4; 17] Bundan ko‘rinadiki, ruboiy tarjimasi mutarjimdan ikki xalqning mumtoz adabiyoti, tilini mukammal bilishni, shoirlik mahorati muallif darajasiga yaqin bo‘lishni, o‘zga tilda yaratilgan badiiy obidani o‘z tilida badiiy nafosat, ohang tovlanishlarini saqlagan holda yetkazib berishni taqazo etadi. Xulosa. Tarjimon imkon boricha asliyat mazmuni va ohangini qoraqalpoq o‘quvchisiga yetkazib berishga harakat qilgan. S.Ibragimov tarjimalarida Bobur qo‘llagan aksariyat she’riy san’atlar, qofiya va radif qayta yaratilgan. Umumiy olib qaraganda, asliyat va tarjima o‘rtasida mazmuniy tafovut yo‘q. Shu bilan bir qatorda “Bobur”, “Qildim” radifli ruboiylar tarjimasida asliyat ma’nosi biroz o‘zgarishi holatlari ham uchraydi, biroq ular asl ma’no va mazmun talqiniga teskari ta’sir qilmaydi. Tarjimalar orqali shoirning Bobur ruboiylarining haqiqiy ixlosmandi ekanligining guvohi bo‘lish mumkin. Tarjima jarayoni ijodkorga mahorat maktabi vazifasini o‘tagan. Zero S.Ibragimov tarjimalarida asliyatdagi kabi mazmun-mohiyat, badiiy ifoda hamda ohangdorlik yorqin aks etgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ochilov E. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Toshkent sharqshunoslik instituti. 2012. – 124 b. 2. Yusuf, B. (2010). Mumtoz adabiy asarlar lug‘ati. Toshkent: Sharq. 3. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. (1994). Девон. Тошкент: Фан нашриёти. 4. Саломов Ғ. Тил ва таржима. – Тошкент: Фан, 1966. – 385 б. 5. Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. II том. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1984. – 389 б.
3 78 4 7.2 6. Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. IV том. Нөкис Қарақалпақстан, 1992. 633 б. 7. Ҳожиаҳмедов А. Шеър санъатларини биласизми? – Тошкент: Шарқ нашриёт-матбаа концерни бош таҳририяти, 2001. – 238 б. 8. Ibragimov, S. Rubayılar. Qaraqalpaq ádebiyati, 2022. 1-2. 133-134.