AN'ANAVIY MADRASA TA'LIMI METODLARI VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARNING UYG'UNLIGI
Full text
3 64 4 7.2 AN’ANAVIY MADRASA TA’LIMI METODLARI VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARNING UYG‘UNLIGI Norqulov Nurzod Saidmurodovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ta’lim sifatini taminlash bo‘lim boshlig‘i Toshkent, O‘zbekiston ORCID: 0009-0004-9051-1206 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17904290 Annotatsiya. Ushbu maqolada an’anaviy madrasa ta’limida qo‘llanilgan metodlar – ilmi sharh, ilmi g‘ariba, mushohada, munozara, ustoz–shogird an’anasi va boshqalar – zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xususan Frayer modeli, INSERT, klaster, brainstorming kabi metodlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Mazkur metodlarning didaktik asoslari, kognitiv tamoyillari, o‘quvchini faollashtirishdagi o‘rni hamda Sharq mutafakkirlarining ilmiy qarashlari bilan mushtarak jihatlari yoritiladi. Kalit so‘zlar. An’anaviy madrasa ta’limi, ilmi sharh, ilmi g‘ariba, mushohada, munozara, ustoz– shogird an’anasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, Frayer modeli, INSERT metodi, klaster, aqliy hujum, tanqidiy fikrlash, kognitiv yondashuv. Abstract. This article compares the methods used in traditional madrasa education - ilmi sharh, ilmi g'ariba, mushohada, debate, mentor-student tradition and others - with modern pedagogical technologies, particularly methods such as the Fryer model, INSERT, cluster, brainstorming. The didactic foundations of these methods, their cognitive principles, their role in activating the student, and their commonalities with the scientific views of Eastern thinkers are highlighted. Keywords. Traditional madrasa education, ilmi sharh, ilmi g'ariba, mushohada, discussion, teacherstudent tradition, modern pedagogical technologies, Fraer model, INSERT method, cluster, brainstorming, critical thinking, cognitive approach. Аннотация. В данной статье проводится сравнительный анализ методов, используемых в традиционном медресе - илми шарх, илми гариба, мушохада, мунозара, традиция учитель-ученик и другие - с современными педагогическими технологиями, в частности, такими методами, как модель Фрайера, INSERT, кластер, мозговой штурм. Освещаются дидактические основы, когнитивные принципы, роль этих методов в активизации учащегося и их общие аспекты с научными взглядами восточных мыслителей. Ключевые слова. Традиционное медресе образование, комментирование, изучение, наблюдение, дискуссия, традиция учитель-ученик, современные педагогические технологии, модель Фрейера, метод INSERT, кластер, мозговой штурм, критическое мышление, когнитивный подход. Kirish. An’anaviy madrasa ta’limi metodlari va zamonaviy pedagogik yondashuvlarning uyg‘unligi masalasi bugungi kunda ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. An’anaviy madrasa tizimida asosiy maqsad bilimni chuqur o‘zlashtirish, uni amalda qo‘llash va axloqiy yetuklikni shakllantirishdan iborat bo‘lgan. Ushbu tizimda “ustoz-shogird” an’anasi muhim rol o‘ynagan, shaxsiy yondashuv, tarbiyaviy ta’sir va bilvosita kuzatuv ustuvor bo‘lgan. Shu bilan birga, savol-javob, bahsmunozara, tahliliy fikrlash va mantiqiy dalillash orqali bilim berish usullari qo‘llanilgan. Bu metodlar bugungi kunda tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarda yechim topish va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi.
3 65 4 7.2 Adabiyotlar sharhi. An’anaviy madrasa ta’limi va zamonaviy pedagogik yondashuvlar o‘rtasidagi uyg‘unlikni ilmiy asoslash uchun ko‘plab tadqiqotlar va manbalar tahlil qilingan. An’anaviy usullar – ilmi sharh, ilmi g‘ariba, mushohada, munozara, ustozshogird an’anasi – Sharqning buyuk mutafakkirlari tomonidan asoslangan va o‘quv jarayonida bilimni chuqur anglash hamda axloqiy yetuklikni shakllantirishga qaratilgan (Ҳусанбоева, Ниёзметова, 2020). Ilmi sharh usulida matn qatlamlarga bo‘linib sharhlanadi, har bir ibora va jumla tafsir qilinadi, grammatik va semantik tahlil orqali mazmun chuqurlashtiriladi. Masalan, Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” asaridagi iboralar ilmi sharh yordamida individual tushunchalar, sinonimlar, misollar va kontekstual qo‘llanmalar bilan tahlil qilinadi. Ilmi g‘ariba esa qadimiy matnlardagi kam ishlatiladigan, noaniq yoki ko‘p ma’noli so‘zlarni kontekstda tushuntirishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy metodlar bilan yaqinlikka ega. Masalan, “shahid” so‘zi lug‘aviy, Qur’ondagi va mumtoz adabiyotdagi ma’nolari orqali tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar: Frayer modeli, INSERT, klasterlash va aqliy hujum (brainstorming) – o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida o‘rganishga yo‘naltiradi. Frayer modeli tushunchalarni to‘rt jihatdan tahlil qilishni (ta’rif, xususiyatlar, misollar va qarama-qarshi misollar) taklif qiladi, bu esa an’anaviy ilmi sharh va ilmi g‘ariba metodlari bilan mazmunan uyg‘un. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Frayer modeli o‘quvchilarning tushuncha boyligini oshirish va bilimni mustahkamlashda samarali (Frayer, Frederick va Klausmeier, 1969). INSERT (Interactive Noting System for Effective Reading and Thinking) metodida o‘quvchi matnni o‘qish jarayonida tushungan, tushunmagan, qarshi yoki yangi ma’lumotni belgilar bilan ifodalaydi. Ushbu metod an’anaviy madrasadagi ustoz-shogird munosabatida shakllangan og‘zaki savol-javob, mushohada va sharh jarayonlariga ilmiy-metodik jihatdan mos keladi. Tarixiy manbalarda ham bu uslubning ildizlari ko‘rsatilgan: Imom G‘azzoliy (1058–1111) ilmni yodlashdan ko‘ra tushunish va mushohada orqali egallashni ta’kidlagan, Abu Nasr Forobiy matnni tahlil qilishda shubha va qarama-qarshilikni bilimga yetish yo‘li sifatida ko‘rsatgan, Burhoniddin Marg‘inoniy esa ilmni eshitishdan ko‘ra so‘rash va izlash orqali egallashga urg‘u bergan (G‘azzoliy, “Kimyo as-saodat”; Forobiy, “Fozil odamlar shahri”; Marg‘inoniy, “Hidoya”). Tadqiqot metodologiyasi va empirik tahlil. Ilmi sharh usulida matnning har bir iborasi, so‘zi, hatto grammatik shakli izohlanadi. Asosan Qur’on va hadislarni talqin qilishda, shuningdek, badiiy asarlardagi murakkab ifodalarni tushuntirishda qo‘llanilgan. Masalan, Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asaridan quyidagi jumla: “Odam atoni yaratib, unga ruh kirguzdi.” Ilmi sharhda bu jumla quyidagicha tahlil qilinadi: “Odam ato” – insoniyatning ilk vakili. “Yaratdi” – Xudoning qudrati bilan mavjud bo‘lishi. “Ruh kirguzdi” – tiriklik belgisini anglatadi.
3 66 4 7.2 Ilmi tahlil – tahliliy fikrlash usuli. Asardagi voqealar zanjiri, obrazlar, ramzlar va badiiy g‘oyalar tahlil qilinadi. Bu usul tafsir, mushohada, fikr yuritishga asoslanadi. Xoja asaridagi bir hikoyatda: “O‘rgimchak o‘z uyini peshonaga qurdi.” Ilmi tahlilga ko‘ra bu ibora: O‘rgimchak – pastkash inson ramzi. Uy – hiyla-nayrang belgisi. Peshona – inson sha’ni, e’tibori. INSERT texnikasida o‘quvchi ajablanarli va yangi bo‘lgan fikrlarni belgilar bilan qayd etadi. Ilmi g‘ariba – qadimiy, hozirgi til tizimida ishlatilmaydigan, noaniq yoki ko‘p ma’noli so‘zlarni sharhlash va kontekst asosida tushuntirish. Masalan, “Shahid” so‘zi: - Lug‘aviy ma’no – guvoh bo‘lgan. - Qur’ondagi ma’no – Alloh yo‘lida jon bergan. - Mumtoz adabiyotda – haqiqat uchun kurashgan. Zamonaviy usullar: “Meni top”, “Birgamiz, birga emasmiz”, “Men aslida…”, “Kim ko‘p yozadi?” (ushbu metodlar lug‘at bilan ishlash topshiriqlari qismida batafsil yoritilgan.) Frayer modeli – tushuncha va atamalarni chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan grafik tashkilotchidir. U 1969-yilda Viskonsin universitetining Kognitiv o‘qitish bo‘yicha tadqiqot va rivojlantirish markazi olimlari Dorothy Frayer, Herbert Klausmeier va Wayne Frederick tomonidan ishlab chiqilgan. Frayer modeli tushunchalarni o‘zlashtirish va ularni amaliyotda qo‘llashni osonlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu model o‘quvchilarga so‘z yoki tushuncha haqida quyidagi to‘rt jihatni aniqlashni taklif etadi: 1. Ta’rif: Tushunchaning aniq va qisqa izohi. 2. Xususiyatlar: Tushunchaning asosiy belgilarini sanab o‘tish. 3. Misollar: Tushunchaga mos keladigan holatlar yoki obyektlar. 4. Qarama-qarshi misollar: Tushunchaga mos kelmaydigan, ya’ni uning aksi bo‘lgan holatlar yoki obyektlar. Bu yondashuv o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantiradi va ularni faqatgina so‘z yodlashdan ko‘ra, tushunchaning mazmunini chuqurroq anglashga undaydi. Madrasalarda o‘qitish jarayonida “ilmi g‘ariba” va “ilmi sharh” kabi usullar mavjud bo‘lib, ular kam ishlatiladigan so‘zlarni izohlash va grammatik hamda semantik tahlil qilishga qaratilgan. Frayer modeli ushbu an’anaviy usullar bilan uyg‘unlashadi, chunki u ham tushunchalarni chuqur tahlil qilish va ularni kontekstda o‘rganishga yo‘naltirilgan. Frayer modelining samaradorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar uning o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishda va tushunchalarni chuqurroq o‘zlashtirishda foydali ekanligini ko‘rsatgan. Masalan, bir tadqiqotda Frayer modeli yordamida o‘rgatilgan o‘quvchilar yangi so‘zlarni yaxshiroq tushunishlari va eslab qolishlari aniqlangan. Frayer modeli va madrasa
3 67 4 7.2 taʼlimidagi “ilmi g‘ariba” va “ilmi sharh” usullari o‘rtasidagi o‘xshashliklar ilmiy-metodik jihatdan asoslaymiz. Dorothy Frayer tomonidan ishlab chiqilgan bu model “so‘z tushunchasini to‘rt tomonlama: ta’rif, sifatlar, misollar va qarama-qarshi misollar orqali tushuntirish”ga asoslanadi. Bu model: - kognitiv ong faoliyatini faollashtiradi; - tushunchani qatlamlab anglashga, tahlil qilishga imkon beradi; - o‘rganilgan bilimni mustahkamlab, uni yangi kontekstlarda qo‘llashga yo‘naltiradi. Ilmi g‘ariba usuli madrasa ta’limida Qur’on, hadis va mumtoz matnlardagi kam ishlatiladigan, murakkab yoki “g‘arib” so‘zlarni izohlash va kontekstda tushuntirishga qaratilgan. Jumladagi so‘z ma’nosi etimologiyasi, morfologiyasi, qo‘llanish jihatlari bilan o‘rgatiladi. Sharh yozish (tafsir, lug‘aviy izoh) asosiy mashg‘ulotlardan biri hisoblangan. Ilmi sharh usuli matnni qatlamlarga bo‘lib sharhlash, ya’ni har bir ibora, jumla yoki satrga tafsir, sabab va izoh berish. Bu jarayonda ta’rif, xususiyat, mazmun, zohiriy va botiniy ma’no ajratilgan. Frayer modeli va ilmi g‘ariba/ilmi sharhning qiyosiy jadvali. Mezoni Frayer modeli Ilmi g‘ariba / ilmi sharh Maqsadi Tushunchani tushunish va amaliy tahlil So‘zning lug‘aviy, semantik, ruhiy ma’nosi Yondashuv Konstruktiv, interfaol, grafik yondashuv Matnli, tahliliy, mantiqiy yondashuv Ta’lim shakli Interfaol guruhli ish / mustaqil ish Sharhlovchi, ustoz–shogird asosidagi yondashuv Tushuncha tahlili Ta’rif, sifat, misol, qarama-qarshi misol Etimologiya, sinonim, antonim, kontekstual izoh Kontekst asosida o‘rganish Bor Bor Natija O‘quvchi tushunchani har tomonlama biladi Shogird matndagi chuqur ma’noni tushunadi Kognitiv psixologiya (J.Bruner, D.Ausubel): Frayer modeli kognitiv tuzilmalarni (bilim bloklarini) mustahkamlashga xizmat qiladi – ayni shunday maqsad ilmi g‘aribada ham kuzatiladi, faqat an’anaviy shaklda. Sotsiokultural yondashuv (Vygotsky): Har ikkala metodda bilim ijtimoiy kontekstda, ya’ni ustoz–shogird, guruh-shaxs munosabatida shakllanadi. Frayer modelida bu interfaollik orqali, madrasa ta’limida esa muloqot asosida amalga oshadi. Didaktik konsepsiyalar (Zimnyaya, Lerner, M.Klarin): Frayer modelida didaktik birlik sifatida bir tushuncha tanlanadi, u ustida tizimli, bosqichli ish olib boriladi. Madrasada ham “bir kalima” ustida tahliliy va ruhiy mushohada yuritiladi. Frayer modeli zamonaviy fan asosida ishlab chiqilgan, ammo madrasaviy metodikadagi “ilmi sharh” va
3 68 4 7.2 “ilmi g‘ariba”ning didaktik tamoyillarini zamonaviy, vizual grafik shaklga o‘tkazgan deyish mumkin. Ustoz-shogird tajribasi va zamonaviy pedagogikaning integratsiyasi orqali bu metodlar maktab adabiyot darslarida samarali tatbiq etilishi mumkin. Aqliy hujum (Brainstorming) metodi. “Aqliy hujum” metodi muammoni hal qilishda o‘quvchilarning erkin fikr va g‘oyalarini to‘plashga asoslangan. Bu metodda o‘quvchilar berilgan muammo yuzasidan o‘z fikrlarini erkin bildiradilar, bu fikrlar tanqid qilinmaydi va baholanmaydi, natijada ko‘plab g‘oyalar yuzaga keladi. O‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, muammoni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish, guruhda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish. Bu metod 1940-yillarda reklama sohasi mutaxassisi Alex Osborn tomonidan ishlab chiqilgan. U ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish va muammolarga innovatsion yechimlar topish maqsadida bu usulni taklif qilgan.(Conference Publication) Madrasalarda “bahs-munozara” usuli mavjud bo‘lib, bunda talabalar muayyan masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildiradilar va bu fikrlar ustoz tomonidan tahlil qilinadi. Bu jarayon “aqliy hujum” metodiga o‘xshab, erkin fikr almashinuvi va muammoni turli jihatdan ko‘rib chiqishga asoslanadi. INSERT (Interactive Noting System for Effective Reading and Thinking) metodi. INSERT metodi o‘quvchilarning matnni o‘qish jarayonida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan. O‘quvchilar matnni o‘qib chiqib, o‘zlarining tushunish darajasini belgilovchi belgilarni qo‘yadilar: “+” – bilgan maʼlumot, “–” – qarama-qarshi fikr, “?” – tushunarsiz joy, “!” – qiziqarli yoki yangi maʼlumot. O‘quvchilarning o‘qishdagi faoliyatini kuzatish, tushunishni chuqurlashtirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish. Bu metod 1980-yillarda AQShda ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘quvchilarning o‘qishdagi faoliyatini kuzatish va tushunishni chuqurlashtirishga qaratilgan. Madrasalarda matnni o‘qish va uni tahlil qilishda “ilmi sharh” usuli qo‘llaniladi. Bunda talabalar matnni o‘qib, uning grammatik va semantik tahlilini amalga oshiradilar. INSERT metodi ham matnni o‘qish jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirokini taʼminlaydi, bu jihatdan u “ilmi sharh” usuliga o‘xshashdir. Zamonaviy metodlar va madrasa taʼlimi amaliyoti Zamonaviy metod Mohiyati Didaktik maqsadi Madrasa usuli bilan o‘xshashlik Ulug‘ mutafakkirlar Izoh Aqliy hujum (Brainstorming) Muammo ustida erkin va tanqidsiz fikrlar bildirish Ijodiy va erkin fikrlashni rivojlantirish Munozara, mushohada, istifsor (savol berish orqali fikr olish) Imom G‘azzoliy, Nasriddin Tusi, Forobiy G‘azzoliy “Ihyo ulumiddin”da bilim olishda fikr erkinligini, ixtilofni haqiqatga eltuvchi vosita deb biladi. Forobiy esa "ideal jamiyatda" erkin fikr
3 69 4 7.2 Zamonaviy metod Mohiyati Didaktik maqsadi Madrasa usuli bilan o‘xshashlik Ulug‘ mutafakkirlar Izoh almashinuvi zarur deb hisoblaydi Imom G‘azzoliy ilmda “fikr xilma-xilligi”ni ma’rifat manbai deb ataydi. U o‘z asarlarida talaba va ustoz o‘rtasidagi “ixtilofli muloqot”ni ilmiy haqiqatga eltuvchi vosita sifatida ko‘rsatgan. Forobiy “Fozil shahar ahli” asarida ijtimoiy fikrlash, erkin muloqot va fikrlar qarama-qarshiligi orqali haqiqatga yetishni ideal jamiyat mezoni sifatida ko‘rsatadi. Nasriddin Tusi esa ilmiy metodda “savol-javob” va “fikrni fikr bilan to‘ldirish” tamoyillarini ilgari suradi – bu aynan “aqliy hujum” metodining tarixiy-madaniy ildizidir. INSERT va madrasa usullari Mezoni INSERT metodi (zamonaviy) Madrasa usullari (an’anaviy) Ma’lumotga munosabat Belgilar bilan ifodalanadi (+, –, ?, ★) Og‘zaki tahlil, izoh, savol-javob orqali Tushunishni nazorat qilish O‘quvchi o‘zi nazorat qiladi (metakognitsiya) Ustoz va guruh a’zolari orqali baholanadi Erkin savol berish O‘quvchi savolni belgilar orqali bildiradi Talabalar og‘zaki savollar beradi, ustoz yo‘naltiradi Matn bilan muloqot O‘quvchi matn bilan “ichki dialog”da bo‘ladi Matn ustoz tomonidan sharhlanadi, shogirdlar izohlaydi O‘quvchi roli Faol va tahlilchi (mustaqil baholovchi) Eshituvchi va izohlovchi (ustozga ergashuvchi) Fikrni ifoda qilish Belgilar va keyingi tahlilda matn bilan ishlash Og‘zaki fikrlar, savollar, bahslar orqali Yondashuv turi Interfaol, kognitiv, o‘quvchi markazli Traditsion, ustoz markazli INSERT metodi zamonaviy kognitiv va metakognitiv pedagogika asosida qurilgan bo‘lsa-da, u madrasaviy “ilmi sharh” va “mushohada” metodlari bilan mazmunan uyg‘un. Farqi shundaki, INSERTda fikrni belgilar orqali kuzatish mavjud, madrasa usullarida esa bu og‘zaki sharh va savol-javob shaklida olib borilgan. INSERT metodini madrasa ta’limi usullariga qiyosiy o‘rganishda, biz nafaqat metodik jihatlarni, balki Sharq mutafakkirlarining ilm olish, fikr yuritish va matnni tahlil qilishga doir qarashlarini ham asos sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Quyida INSERT metodining asosiy komponentlariga mos keluvchi mutafakkirlar fikri ilmiy asos sifatida keltiriladi: INSERT metodi asoslari: - Metakognitsiya (bilim ustidan fikr yuritish) - Tushunishga faol yondashuv - Fikrni belgilar bilan ifodalash
3 70 4 7.2 Imom G‘azzoliy (1058–1111) “Haqiqiy bilim – yodlagan emas, anglagan, tushungan va fikr yuritilgan bilimdir.”“Kimyo as-saodat” asarida G‘azzoliy ilmni uch darajaga ajratadi: 1. Yodlash orqali bilim olish – yuzaki. 2. Tushunish orqali bilim – o‘rta daraja. 3. Mushohada va tajriba orqali o‘zlashtirish – chuqur bilim. Bu aynan INSERT metodining “o‘quvchi o‘zini kuzatadi, savol beradi, yangi ma’lumotlarni belgilaydi” tamoyiliga to‘g‘ri keladi. Abu Nasr Forobiy (870–950) “Bilimga yo‘l tafakkur, savol va muhokama bilan boshlanadi.” “Fozil shahar ahli” asarida Forobiy: – Har bir aql egalari matnni tahlil qilishda shubha, qarama-qarshilik va dalil izlashga majbur bo‘lishi kerakligini aytadi. – “O‘qigan narsaga shubha bilan qarash – uni chinakam anglashga boshlaydi.” Bu fikr INSERTning ✖ va ❓ belgilariga mos keladi – o‘quvchi o‘qigan narsani avtomatik qabul qilmaydi, balki o‘z bilimiga solishtiradi. INSERT metodida o‘quvchi o‘ziga savol beradi – bu “❓” belgisida yaqqol namoyon bo‘ladi. Burhoniddin Marg‘inoniy (XII asr): “Ilm eshitishdan emas, so‘rash va izlashdan hosil bo‘lur.” “Hidoya” asarining so‘zboshi va tafsirlarida: “Savol berilmagan ilm qalbda joylashmaydi” degan mashxur ibora mavjud. INSERT savolga asoslangan o‘qish usuli bo‘lib, bu jihatdan Marg‘inoniyning yondashuviga to‘g‘ri keladi. INSERTda belgilar orqali o‘quvchi matn bilan ichki dialogga kiradi, bu esa o‘z-o‘zini baholashga olib keladi. Abdulla Avloniy (1878–1934) “O‘quvchi matn ustida fikr yuritmasa, u matn unga tegishli emas, uni qayta so‘zlamaydi.” “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida Avloniy: Har bir matnni o‘quvchi o‘z ichki fikriga solishtirib o‘qishi kerakligini, bunda his qilish, shubhalanish va yangilik izlash zarurligini urg‘ulaydi. INSERT metodidagi “★ – yangi va ajablanarli ma’lumot” belgisi Avloniyning tushunchasi bilan to‘g‘ri keladi. Natijalar. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy madrasa metodlari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar maqsad, kognitiv tamoyillar, shaxsga yo‘naltirilganlik, tanqidiy fikrlash va axloqiy tarbiya jihatidan uyg‘unlikka ega. Frayer modeli va ilmi sharh, INSERT va sharhlash metodlari bir-birini to‘ldiradi, o‘quvchini matnni chuqur tushunishga, tahlil qilishga va mustaqil fikrlashga yo‘naltiradi. Xulosa va munozara. Kuzatishlardan kelib chiqib aytish mumkinki, qadimiy pedagogik metodlarni zamonaviy interfaol usullar bilan uyg‘unlashtirish ta’lim samaradorligini oshiradi. An’anaviy madrasalardagi “ustoz–shogird” yondashuvi va matnni chuqur o‘rganish metodlari zamonaviy Frayer modeli, Brainstorming va INSERT metodlari bilan birgalikda qo‘llanilganda o‘quvchilarning bilim, tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuv
3 71 4 7.2 ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, bu uyg‘unlik metodologik jihatdan pedagogik innovatsiyalarni qadimiy meros bilan bog‘lash imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Frayer, D., Frederick, W., Klausmeier, H. (1969). A Schema for Testing the Level of Cognitive Mastery. Wisconsin Research and Development Center. 2. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. 3. Форобий. Илмларнинг келиб чиқиши.- // Т.: Халқ мероси нашриёти, 1993. 4. Avloniy, Abdulla. Turkiy Guliston yoxud axloq. 5. Ҳусанбоева Қ., Ниёзметова Р. Адабиёт ўқитиш методикаси. Ўқув қўлланма. Тошкент: Инновация-Зиё, 2020. – 326 б. 6. Abdullayeva M.D. Adabiy ta’limda innovatsion yondashuv. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: 2024. B - 222.