scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZGA TILLI SINFLARDA ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINING OʻRGANILISHI

Iroda Ishonxanova

Full text

3 72 4 7.2 OʻZGA TILLI SINFLARDA ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINING OʻRGANILISHI Iroda Ishonxanova, Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU oʻqituvchisi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD) E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17904299 Annotatsiya: She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijodi umumiy oʻrta ta’lim maktablari adabiyot fani dasturlaridan mustahkam oʻrin olgan. Oʻquvchilar boshlang‘ich sinflardan boshlab shoir ijodi bilan tanishadilar. Bundan tashqari, yurtimizdagi ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda ham Alisher Navoiy shaxsiyatini oʻrganishga alohida e’tibor beriladi. Ushbu maqolada ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarning adabiyot darsliklari koʻrib chiqilgan. Bu darsliklardagi Alisher Navoiyga taalluqli boʻlgan mavzular borasida mulohazalar bildirilgan. Kalit soʻzlar: adabiyot, darslik, oʻquv mashgʻuloti, doston, gʻazal, ruboiy, hikmatli soʻz, fard. Аннотация: Жизнь и творчество султана поэтического сословия Алишера Навои прочно укоренились в программах предмета литературы общеобразовательных школ. С творчеством поэта учащиеся знакомятся с младших классов. Кроме того, особое внимание уделяется изучению личности Алишера Навои в школах, где образование ведется на других языках. В данной статье рассмотрены учебники литературы школ, в которых обучение ведется на русском языке. Были высказаны замечания по темам, касающимся Алишера Навои в этих учебниках. Ключевые слова: литература, учебник, учебное занятие, эпос, газель, рубаи, афоризмы, фард. Abstract: The life and work of the Sultan of the poetic estate, Alisher Navoi, are firmly rooted in the literature subject programs of secondary schools. Students have been getting acquainted with the poet's work since elementary school. In addition, special attention is paid to studying the personality of Alisher Navoi in schools where education is conducted in other languages. This article examines the textbooks of literature of schools where instruction is conducted in Russian. Comments were made on topics related to Alisher Navoi in these textbooks. Keywords: literature, textbook, educational lesson, epic, ghazal, rubai, aphorisms, fard. Kirish. Ulug‘ oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy nafaqat Sharq she’riy olami, balki jahon madaniyati va adabiyotida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ijodkordir. Uning asarlari jahonning koʻplab tillariga tarjima qilinishi bilan birga, turli millat olimlari tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga doir ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Shuningdek, dunyoning koʻplab mamlakatlarida ta’lim tizimining turli bosqichlarida Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga oid manbalar oʻrganiladi. Ushbu mavzularni oʻrganish uchun ma’lum soatlar ajratilgan. Shu jumladan, Oʻzbekistondagi ta’lim rus tilida olib boriladigan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining “Литература” darsliklarida ham gʻazal mulkining sultoniga tegishli ma’lumotlar aks etgan. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda ta’lim rus tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining adabiyot darsliklarida Alisher Navoiy hayoti va 3 73 4 7.2 ijodining o‘rganilish darajasi tahlil qilindi. Metod sifatida taqqoslama, tavsifiy va tahliliy yondashuvlar qo‘llanildi. Darsliklardagi Navoiy asarlaridan olingan parchalar, hikmatli so‘zlar, ruboiy va dostonlardan namunalar mazmuniy, badiiy va didaktik jihatdan tahlil etildi. Shuningdek, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslik va o‘qitish samaradorligini baholashga e’tibor qaratildi. Tahlil va natijalar. Keyingi yillarda jamiyat hayotida katta oʻzgarishlar yuz bermoqda: yangicha texnologiyalar koʻplab sohalarning isloh qilinishiga zamin boʻlib xizmat qilmoqda. Bunday islohotlar, oʻz navbatida, ta’lim tizimida ham yangilanishlarni boshlab bermoqda. Turli yillarda nashr etilgan darsliklarni koʻzdan kechirganimizda, oxirgi yillardagi nusxalari avvalgilaridan ancha farq qilishini kuzatamiz. Ayniqsa, adabiyot darsliklarida sezilarli oʻzgarishlar boʻldi. Badiiy adabiyotning ma’naviyatga, tafakkurga, madaniyatga, nutq boyligiga qanchalik samarali ta’sir koʻrsatishi umumiy oʻrta ta’lim maktabi darsliklarida aks ettirildi. Bu holat adabiyot oʻquv mashgʻulotlarining qiziqarli hamda mazmunli oʻtishida juda muhim ahamiyatga ega. Biz oʻz mavzumiz doirasida, ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarning “Adabiyot”( “Литература”) darsliklarini koʻrib chiqdik. Rusiyzabon oʻquvchilarga Alisher Navoiy haqida ma’lumot berish 6-sinf darsligidan boshlanadi. Darslikda Alisher Navoiy shoir, musiqachi, rassom va davlat arbobi sifatida tanishtiriladi. Uning oʻziga xos xususiyati sifatida oʻzbek she’riyati quyoshi hamda oʻzbek adabiy tilining asoschisi ekanligi aytib oʻtiladi. Shu oʻrinda darslikda “zullisonayn” soʻzining qoʻllanishi hamda izohi berilishi diqqatga sazovordir. Chunki bu soʻz umumiy oʻrta ta’lim tizimida juda kam ishlatiladi va koʻp oʻquvchilar ma’nosi haqida ma’lumotga ega emas. Darslikda Alisher Navoiyning sevimli janrlaridan biri ruboiy boʻlganligi aytib oʻtilgan hamda ruboiylardan namunalar keltirilgan. Здесь розы нет, а мне о ней твердят! Пройти б у сада – вдоль его оград – Пусть прелесть розы очи не узрят, Зато вдохну чудесный аромат! (Gul zikrin eshiturmen-u, yoʻq guldin asar, Bu bog‘ eshigidin istaram oncha guzar. Kim, topmasa gul jamolidin bahra nazar, Bore isidin yetsa dimog‘img‘a xabar.) Кто службой шаху добывает хлеб, Тот может быть и хром, и глух, и слеп. Но тайну скрыть и быть немым, что склеп, - Труднейшая из всех земных судеб. (Kim istasa saltanat, saxodur anga shart, 3 74 4 7.2 Har va’daki aylasa vafodur anga shart. Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart, Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.) Ruboiylar matnidan soʻng ijodiy topshiriqlar berilgan. Rusiyzabon oʻquvchilarga Alisher Navoiy haqida ma’lumot berish 7-sinf darsligida davom etadi. n boshlanadi. «Алишер Навои. Афоризмы» mavzusida aforizmlar haqida nazariy ma’lumotlar berilgan, mashhur kishilarning mutolaa va tafakkur haqidagi hikmatli soʻzlaridan namunalar keltirilgan. Soʻng Alisher Navoiyning hikmatli soʻzlari berilgan. Masalan: Язык является духовной сокровищницей замком, а слово – к этому замку ключом. (Koʻngil xazinasining qulfi — til; u xazinaning kalitini — soʻz bil.) Посеешь горечь – горек плод, От сладких зёрен – сладкое взойдет. (Kishi xanzal eksa, achig‘ bar topar, Va gar nayshakar eksa, shakkar topar.) Hikmatli soʻzlardan soʻng shunday amaliy topshiriqlar berilgan. Topshiriqlar oʻquvchilarning mustaqil fikrlashi hamda oʻz mulohazalarini erkin bayon eta olishiga asoslangan. Bunda bola hikmatli soʻzlar mazmunini chuqurroq tushunishga harakat qiladi. Yana shu darslikda Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan parcha berilgan. Я славлю жемчуг слова! Ведь оно Жемчужницею сердца рождено. Четыре перла мирозданья – в нём, Всех звезд семи небес блистанье – в нём… Ведь слово – дух, что в звуке воплощён, Тот словом жив, кто духом облачён… С булатным ты язык сравнил клинком, С алмазным слово я сравню сверлом. (Soʻz guharig‘a erur oncha sharaf, Kim boʻla olmas anga gavhar sadaf. Toʻrt sadaf gavharining durji ul, Etti falak axtarining burji ul. Jon oʻlub ul, run aning qolibi, Kim tanida ruh, aning tolibi. 3 75 4 7.2 Gar xud erur xanjari poʻlod til, Suftidog‘i injulari soʻzni bil.) Darslikda fard haqida nazariy ma’lumot berilgan va Alisher Navoiy fardi namuna sifatida keltirilgan. Друг обвинит – молчи; он хочет, чтоб в зеркало упал твой взгляд, Коль мутно в зеркале, не думай, что в этом друг твой виноват. Ushbu fard shoirning Kishi aybing desa, dam urmag’ilkim, ul erur koʻzgu, Chu koʻzgu tiyra boʻldi, oʻzga aybing zohir aylarmu? fardi tarjimasidir. Fardda payg’ambarimizning: «Musulmon musulmonga koʻzgu», - degan hadislari shoir tomonidan oʻziga xos tarzda badiiy shaklga solingan. Lekin biz rus tilidagi(Vsevolod Rojdestvenskiy tarjimasi) variantini koʻrib chiqsak, mazmuni biroz farq qiladi: Doʻsting ayblasa – sukut saqla, u nigohing koʻzguga tushishini xohlaydi. Agar koʻzgu xiralashsa, bunda doʻstingni aybdor deb oʻylama. Mantiqan olib qaralganda, tarjima mazmuni ham farddagi gʻoya ifodasiga xizmat qiladi. Chunki koʻzgu xira boʻlsa, ya’ni aybini koʻrsatmasa, doʻst aybdor boʻlmaydi. Aybini eshitgisi kelmayotgan kishi aybdor, chunki u koʻzguni oʻz nafasi orqali xiralashtiradi. Darslikda keltirilgan bu fard 7-sinf oʻquvchilari yoshi hamda fikrlash doirasiga mos deb hisoblaymiz. Ta’lim rus tilida olib boriladigan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 8-sinf adabiyot darsligida Alisher Navoiy hayot yoʻliga keng oʻrin berilgan. Mashhur shoirimiz Hamid Olimjonning Alisher Navoiy haqidagi she’ri epigraf sifatida qoʻllanib, soʻz mulkining sultoni hayot yoʻli haqida ma’lumotlar keltirilgan. 8-sinf darsligiga Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidan parchalar kiritilgan. Не два понадобилось слова ей, — Пять слов служило тут основой ей: «Фирак» — разлука. «Ах» — стенаний звук, «Рашк» ревность, корень самых горьких мук, «Хаджр» — расставанье. «Дард» печали яд. Сложи пять первых букв, прочтешь: «Фархад». (Anga farzona Farhod ism qoʻydi, Hurufi ma’xazin besh qism qoʻydi. Firoqu rashku hajru oh ila dard, Birar harf ibtidodin aylabon fard.) Agar Farhod ismidagi harflarning ketma-ketligini kuzatsak, rus tilidagi tarjimada biroz oʻzgarishni koʻramiz. Arab tilidagi “alif” harfining “o” va “a” unlilarini ifodalashi haqidagi ma’lumotni qabul qilish rus kitobxonlariga qiyinchilik tugʻdirmasligi uchun shu 3 76 4 7.2 koʻrinish ma’qul koʻrilgan deb hisoblaymiz. Ushbu tarjima 1968-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan Alisher Navoiyning rus tilidagi 10 tomlik asarlarining 4-tomidan oʻrin olgan. Darslikda berilgan boblarda Farhodning bolaligi, uning zehri oʻtkir va bilimli boʻlib yetishgani, xotirasi kuchliligi, “Qur’on”ni juda qisqa muddatda yod olgani haqida hikoya qilinadi. Bu holatlar 8-sinf oʻquvchilari uchun namuna vazifasini oʻtaydi, ular Farhoddan ibrat oladilar. Ayniqsa, Farhodning iqtidorlari sanab oʻtilgan parchalarga alohida e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz. Masalan: Фархад особенным ребенком рос: Как муравей питаясь, львенком рос. В год – у него тверда была нога, В три – не слова низал, а жемчуга, И речь его не речью ты зови, - Зови ее поэмою любви. В три года он, как в десять, возмужал, Все взоры этим чудом поражал… (Icharda moʻrdin oʻksuk g‘izosi, Topib qut onchakim, arslon bolosi. Bu yanglig‘ chun bir oʻldi yoshi oning, Sharaf durrig‘a yetti boshi oning. Qadam urdiyu tarki mahd qildi, Qoʻyub emgak yururga jahd qildi. Chu uch yoshig‘a chekti davri aflok, Takallum qildi andoqkim duri pok. Ajabdur uch yoshida koʻzga atfol, Nechukkim oʻn yoshida oʻzga atfol.) Yuqoridagi misralarda Farhodning boshqalarga oʻxshamaydigan xususiyatlari haqida gapiriladi. Dostonda bunday oʻrinlar juda koʻp. Xususan, Farhodning tez savod chiqargani, “Qur’on”ni yod olgani haqidagi misralar ustida ishlansa, oʻquvchilarga samarali ta’sir koʻrsatadi. Тот день был первым днем его побед, - Он в первый день освоил весь абджед. Умом пытлив и прилежаньем рьян, Он через год знал наизусть Коран. Знал все построчно, постранично он, Ни слова не читал вторично он. Но, раз прочтя, все закрепит в мозгу, 3 77 4 7.2 Как бы резцом наносит на доску… (Ham avval kunda berdi sarvi gulxad Atog‘a hadyai ta’limi abjad Uchunchi oy ravon boʻldi savodi, Burung‘i yilda Qur’on boʻldi yodi. Agar bir qatla koʻrdi har sabaqni, Yana ochmoq yoʻq erdi ul varaqni. Ne soʻznikim oʻqub koʻngliga yozib, Dema koʻngliki, jon lavhiga qozib.) Parchalardan soʻng berilgan savol va topshiriqlar oʻquvchilarning mustaqil fikrlari hamda asar yuzasidan taassurotlarini bilishga xizmat qiladi. Shu oʻrinda bir mulohazani aytib oʻtishni joiz deb bilamiz. Darslikda berilgan parchalar Farhod va Shirinning oʻlimi bilan yakunlanadi: В парче, в шелках желанный гость лежал, Как будто сон сладчайший он вкушал… Залюбовавшись гостя чудным сном, Столь сладостным и не пробудным сном, Ширин глядела – и хотелось ей Таким же сном забыться поскорей, И с милым другом ложе разделить, И жажду смерти так же утолить. (Bu yanglig‘ uyqu koʻrgach sarvi cholok, Anga hamxobaliq qildi havasnok. Qoʻyubon roʻy-barroʻ, doʻsh-bardoʻsh, Boʻlub oʻz bedili birla hamog‘ush. Koʻnguldin shu’laliq ohe chiqordi, Koʻzi hamxobadek uyqug‘a bordi.) Bu darslikda berilgan parchaning oxirgi misralari. Unda Shirinning jonsiz Farhodni koʻrganda oʻzi ham oʻlishni istagani aks etgan. Sevgi yoʻlida oʻzlarini halok qilganlar haqidagi hikoyat maktab oʻquvchilariga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Shu sababli Farhod va Shirinning oʻlimi bilan bogʻliq parchalarni darslikka kiritmaslik ma’qul boʻlardi. Rus sinflarining 9-sinf adabiyot darsligida Alisher Navoiy shaxsiyatiga alohida toʻxtab oʻtilmagan boʻlsa ham, gʻazal haqida nazariy ma’lumot keltirilganida, shoirning gʻazali misol tariqasida keltirilgan. Сиянием твоего лица, его огнем обожженны, - Черны и брови, и глаза твои, и родинки твои черны. Из раны сердца моего ты вылетел, мой скорбный вздох, И опалил моей тоской сердца людские всей страны… 3 78 4 7.2 Беда и скорбь! Небытию скорей предайте Навои: Он от печали изнемог, он жаждет вечной тишины. Gʻazaldagi quyosh, oy, gul, qimmatbaho tosh kabi timsollarga sevikli yorning xususiyatlarini qiyoslagan shoir betakror obraz yaratganining guvohi boʻlamiz. Birinchi baytning mazmuni shunday: yuzing shu’lasi shunchalik oʻtkirki, uning olovidan kuygani uchun yorning qoshi, koʻzi va xoli qop-qoradir. Qizning yuzi nurli hamda qosh-koʻzlari qoraligiga shoir va oshiq shunday izoh beryapti. “Husni ta’lil”ga keltirilgan bu chiroyli namuna oʻquvchilarga ham ijobiy ta’sir koʻrsatadi deb oʻylaymiz. Yuqorida sanab oʻtilgan darsliklarda Alisher Navoiyning hikmatli soʻzlari, ruboiylari, bir gʻazali, bir fardi, “Hayrat ul-abror” hamda “Farhod va Shirin” dostonlaridan olingan parchalar mavjudligini koʻrib chiqdik. Nazarimizda, biz Navoiyni koʻproq gʻazal janri ustasi deb bilganimiz sababli rus sinflarida ham shoir gʻazallariga alohida soat ajratilishini maqsadga muvofiq deb bilamiz. Rusiyzabon oʻquvchilar ham Alisher Navoiyning dunyoga mashhur gʻazallaridan namunalar yod olishlari zarur. Chunki har yili respublika miqyosida “Gʻazalxon yoshligim”, “Navoiy vorislari” kabi koʻrik-tanlovlar oʻtkaziladi. Shu oʻrinda yana bir mulohazani aytib oʻtish zarur deb hisoblaymiz. Alisher Navoiy haqida xalq orasida ma’lum va mashhur boʻlgan rivoyatlar “El desa Navoiyni” nomi bilan chop etilgan. Odatda, adabiyot fani oʻqituvchilari ushbu toʻplamdan unumli foydalanadilar. Rusiyzabon oʻquvchilarni ham bunday rivoyatlardan bahramand etish foydadan xoli boʻlmaydi, nazarimizda. Xulosa. Soʻz mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiyning ijodi oʻzining jozibasi bilan butun dunyoni oʻziga jalb qilgan. Uning asarlari dunyoning turli tomonlarida sevib oʻqiladi hamda tadqiq qilinadi. Shu jumladan, yurtimizdagi ta’lim rus tilida olib boriladigan ta’lim muassasalarida ham bunga alohida e’tibor qaratilgan. Yuqorida rus sinflarining adabiyot fani darsliklarini koʻrib chiqdik. Shu narsaga amin boʻldikki, rusiyzabon sinflarda ham soʻz dahosi hayoti va ijodiga ma’lum soatlar ajratilgan. Alisher Navoiyning turli janrdagi asarlaridan namunalar keltirilgan. Ularni tushunish, tahlil qilish hamda fikrmulohazalar bildirish uchun turli savol va topshiriqlar ham berilgan. Agar fan oʻqituvchisi ulardan unumli foydalansa hamda oʻzi ham boshqa qoʻshimcha ma’lumotlarni oʻquvchilar diqqatiga havola qilsa, oʻquv mashgʻulotlari samarali va qiziqarli boʻladi. Yana bir diqqatga sazovor joyi shundaki, ba’zi darsliklarda Alisher Navoiy oʻquvchilarga musiqachi, rassom sifatida tanishtirilgan oʻrinlari bor. Bu ma’lumotlar Alisher Navoiy shaxsini yuksaltirish bilan birga, oʻquvchilarning unga boʻlgan qiziqishini orttiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Navoiy Alisher. Toʻla asarlar toʻplami. 10 jildlik. 6-jild. Hayrat ul-abror. Farhod va Shirin. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nashriyoti, 2013. – 812b. 2. Варфоломеев И.П., Миркурбанов Н.М. Литература: учебник для 8-класса в двух частях для школ общ. средн. образов. с рус. яз. обуч., II часть. – Ташкент: «Узбекистан», 2019. – 240 с. 3 79 4 7.2 3. Камилова С.Э., Ротанов А.Н. Литература: учебник для 6-класса. – Ташкент: Республиканский центр образования, 2022. – 224 с. 4. Каминская Е.М., Балтаева А.М. Литература: учебник для 7-класса. – Ташкент: Республиканский центр образования, 2022. – 224 с. 5. Навоий Алишер. Маҳбуб ул-қулуб. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 1983. – 112б. 6. Навоий Алишер. Хазойин ул-маоний. – Тошкент: “Тамаддун” нашриёти, 2011. – 732б. 7. Навоий Алишер. Ҳайратул-аброр. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 1974. – 145б. 8. Навоий Алишер. Ҳикматлар. – Тошкент: “Ўзбекистон” нашриёти, 2013. – 256б. 9. Петрухина Н.М., Гарипова Г.Т. Литература: учебник для 9-класса в двух частях для школ общ. средн. образов. С рус.яз.обуч., II часть. – Ташкент: «Узбекистан», 2019. – 240 с. 10. http://slovo.nx.uz/alisher-navoi 11. https://tafakkur.net/kishi-aybing-desa/alisher-navoiy.uz 12. https://www.google.com