scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA LOYIHALASHTIRISH TEXNOLOGIYALARINING INNOVATSION BOSHQARUVDA TUTGAN O'RNI

Nabijonova Sabina Akmaljon qiz

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loyihalashtirish va texnologik ta’lim jarayonlaridan innovatsion boshqaruvning samarali vositasi sifatida foydalanish masalalari yoritiladi. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi talablari asosida 3–7 yoshli bolalar bilan loyiha faoliyatini tashkil etish bosqichlari tahlil qilinadi. Loyiha uslubining ta’lim jarayonini boshqarish, tarbiyachi faoliyati samaradorligini oshirish, jamoada hamkorlik psixologiyasi va tashkilotning innovatsion rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab beriladi.

Full text

2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 139 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA LOYIHALASHTIRISH TEXNOLOGIYALARINING INNOVATSION BOSHQARUVDA TUTGAN O‘RNI Nabijonova Sabina Akmaljon qiz Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17909393 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loyihalashtirish va texnologik ta’lim jarayonlaridan innovatsion boshqaruvning samarali vositasi sifatida foydalanish masalalari yoritiladi. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi talablari asosida 3–7 yoshli bolalar bilan loyiha faoliyatini tashkil etish bosqichlari tahlil qilinadi. Loyiha uslubining ta’lim jarayonini boshqarish, tarbiyachi faoliyati samaradorligini oshirish, jamoada hamkorlik psixologiyasi va tashkilotning innovatsion rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: innovatsion boshqaruv, maktabgacha ta’lim, loyiha texnologiyasi, tashkilot psixologiyasi, “Ilk qadam” dasturi, jamoaviy hamkorlik, pedagogik innovatsiyalar. Ta’lim tizimida innovatsion boshqaruv texnologiyalarining jadal joriy qilinishi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan ham samarali boshqaruv, yangicha yondashuv va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni talab qilmoqda. Loyiha asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni nafaqat bolalarning rivojlanishiga xizmat qiladi, balki tashkilot ichki boshqaruvi, jamoaviy hamkorlik, tarbiyachilar kompetensiyasini oshirish kabi masalalarda ham muhim o‘rin tutadi. Texnologik va loyihalashtirish jarayonlari ta’lim tashkiloti madaniyatini yangilash, tarbiyachilar faoliyatida innovatsion muhit yaratish, boshqaruvning psixologik komponentlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi samarali mexanizmdir. 1 “Texnologik jarayon” deyilganda oddiy materiallar (daraxt, yog‘och, qog‘oz, karton, mato, tabii y materiallar)dan foydalanib, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan buyumlar yaratish jarayoni tushunilishi mumkin. “Loyihalashtirish” esa bolalarning o‘z tasavvurlarini asosida yangi tushuncha va uni amalda ijodiy ko‘rsatish, natijani baholashni o‘z ichiga oladi. 2023-yildan boshlab O‘zbekistonda qabul qilingan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ham texnologik faoliyat va loyihalashni alohida yo‘nalish sifatida belgilab berishidir. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar bilan texnologik va loyihalashtirish jarayonini tashkil qilishning asosiy bosqichlari haqida batafsil bayon qilib boramiz. Har qanday loyiha muommoli vaziyatda kelib chiqadi. Bolalar bilan ishlaganda bu muammo ularning hayotiy tajribasiga yaqin, qiziqarli, tushunarli, quvnoq tarzda bo‘lishi lozim. Misollar. “Onamga sovg‘a tayyorlaylik, lekin qanday sovg‘a bo‘lsa, ular xursand bo‘ladi?”, “Bog‘imizda o‘yinchoq mashina yo‘q, o‘zimiz yasaylikmi?” Tarbiyachi bolalarga savollar berib, ularning shaxsiy fikrlarini va g‘oyalarini tinglaydi, muammo haqida suhbat olib boradi. 1 “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, 2023. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 140 Bu bosqichda bolalar o‘z hohish-istaklarini ifoda etishini, muammoni aniqlashni o‘rganib oladilar. Rajalashtirish va loyiha tasavvurini yaratishda bolalar “Nima yasaymiz?”, “Qanday materiallar kerak bo‘ladi?” degan savollarga javob izlaydilar. 2 Usullar: Kollaktiv muhokama (aqli hujum) Chizma (eskiz) chizish-hatto 3-4 yoshli bolalar ham oddiy chizmalar orqali o‘z tasavvur va tushunchalarini ifoda qila oladilar. Eng uzoq va asosiy bosqich amaliy ish hisoblanadi. Bolalar oldindan rejalashtirilgan ishni amaliy tarzda bajaradilar. Texnologik jarayon quyidagi kichik bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Materiallarni tayyorlash (kesish, yopishtirish, bo‘yash oldidan); 2. Belgilash (o‘lchash, chizish); 3. Shakl berish (qaychi bilan kesish, yig‘ish, bo‘yash, yelimlash); 4. Bezash va tamomlash ishlari. Xavsizlik qoidalariga qat’iy amal qilinadi. Kichik yoshdagi bolalarga xavfsiz qaychi, yelim tayoqchasi beriladi, katta yoshdagilarga esa, tarbiyachi nazorati ostida asboblar foydalaniladi. Masalan: “Mening shaharcham” loyihasida bolalar karton qutilardan uychalar yasashadi, yo‘llarni chizishadi, daraxtlarni yelim bilan yopishtirishadi. Jarayonda ular o‘lchashni, simmetriyani, ranglarni tanlashni o‘rganib oladilar. Yasalgan buyumni sinab ko‘rish loyihaning eng qiziqarli qismi hisoblanadi. Agar buyumda kamchilik bo‘ladigan bo‘lsa, bolalar o‘zlari xulosa chiqaradilar: “Tomini mahkamroq yopishtirish kerak ekan”, “G‘ildiraklarini bir xil qilib bo‘yashni va mahkamroq yasash kerak ekan”. Bu bosqichda xato qilishlari orqali o‘rganish bolalarni rag‘batlantiradi. Taqdimot va baholash bosqichida loyiha tugagach, bolalar o‘z ishlarini boshqa guruh bolalariga o‘rtoqlariga, ota-onalariga ko‘rsatishadi. Baholashda “yaxshi-yomon” emas, balki jaraayon va harakat baholab olinadi. “Sen juda sabrli bo‘lding” kabi ijobiy fikr va mulohazalarini aytib o‘tadilar. Yosh xususiyatlariga ko‘ra bosqichlarning soddalashuvi: 1) 3-4 yosh: motivatsiya va yig‘ish (Lego, Duplo, tayyor shablonlar bo‘yicha yelimlash ishlari); 2) 4-5 yosh: oddiy eskiz chizish, qaychi bilan kesish; 3) 5-6 yosh: murakkab maketlar, o‘lchash, bir necha materiallarni birlashtirish, kichik guruhlarda ishlash; 4) 6-7 yosh: mustaqil loyiha rejalashtirish, uzoq muddali loyihalar (1-2 hafta), xavfsiz asboblardan foydalanish kabilar. Xulosa sifatida aytish mumkinki, maktabgacha ta’limda loyihalashtirish texnologiyalari: innovatsion boshqaruvni takomillashtiradi, tarbiyachilar faoliyatida ijodkorlik va tashkiliy samaradorlikni oshiradi, jamoada psixologik muhitni yaxshilaydi, bolalarda asosiy kompetensiyalarni shakllantiradi, ta’lim tashkilotining innovatsion rivojlanishiga xizmat qiladi. Demak, loyiha texnologiyasi nafaqat mazmunan pedagogik jarayon, balki maktabgacha ta’lim tashkilotida samarali boshqaruvning strategik vositasidir. 2 R.R. Xalilova. “Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan konstruksiyalash va loyihalashtirish faoliyati”. T. 2022 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 141 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, 2023. 2. R.R. Xalilova. “Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan konstruksiyalash va loyihalashtirish faoliyati”. T. 2022 3. L.A. Paramonova “Konstruirovanie v detskom sadu”. Moskva 2021 4. Nishonalieva. N. To‘ychiyeva. G. Maktabgacha yoshda loyiha faoliyati. –T. 202