O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA ORGANLARINING TASHKIL TOPISH TARIXI VA HOZIRGI PAYTDAGI O'RNI
Abstract
Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasida Prokuratura organining tarixiy shakllanish bosqichlari, ularning davlat hokimiyati tizimidagi o’rni va hozirgi davrdagi faoliyat yo’nalishlari yoritilgan. Shuningdek, mustaqillikdan keyin prokuratura tizimida amalga oshirilgan islohotlar ham tahlil qilingan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 368 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA ORGANLARINING TASHKIL TOPISH TARIXI VA HOZIRGI PAYTDAGI O’RNI Bunyod G’ulomov Abu Rayhon Beruniy universiteti “Huquqshunoslik va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” fakulteti 1-kurs talabasi. Botirov G’ani Ilmiy rahbar. https://doi.org/10.5281/zenodo.17914298 Annotatsiya. Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasida Prokuratura organining tarixiy shakllanish bosqichlari, ularning davlat hokimiyati tizimidagi o’rni va hozirgi davrdagi faoliyat yo’nalishlari yoritilgan. Shuningdek, mustaqillikdan keyin prokuratura tizimida amalga oshirilgan islohotlar ham tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Prokuratura, prokuror nazorati instituti, Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi (XPA), “Prokuratura to’g’risida”gi Qonun, Departament, protest, lavozim, unvon, H.M.Q.A. “Mustabid tuzum davrida odamlar prokuratura organlari xodimlarini faqat qoralovchi, jazolovchi tizim vakillari sifatida bilardi. Biz ushbu soha faoliyatini xalqaro talablar darajasida qayta tashkil qilishda ijobiy natijalarga erishmoqdamiz. Prokuratura organlari kundalik hayotimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qilish, aholininghuquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilish zarur.” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 7 -yanvar prokuratura organlari xodimlari kunidagi nutqi. Lotin tilida “Procuratio (Procuro)” so’zi “g’amhorlik qilish, boshqarish”, “Prokurator (Procuro)” so’zi “boshqaruvchi, idora qiluvchi, rais, ishonchli vakil, vakolatli, boshqaruvchi degan ma’nolarni anglatadi. “Prokuro” so’zidan esa “g’amxorlik qilmoq, boshqarmoq, parvarish qilmoq, boshlab bormoq” degan ma’no tushuniladi. Prokuratura deganda nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi yoki bunga vakolat bergan mansabdor shaxs tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi prokuraturasining, uning idoralarining roli va ahamiyati favqulodda keng va yuqoridir, prokuraturaning nazorat faoliyati davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini o’z ichiga oladi. Uning samarali va maqsadga muvofiq olib boradigan faoliyatiga ko’pincha fuqarolarning sog’lig’i, hayoti, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlarning, davlat va jamiyat hayotinig boshqa subyektlarining tinchligi va xavfsizligi, jamoat tartibini, ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar bevosita bog’liq bo’ladi. XIX asrning 2 yarmiga kelib, Rossiya tomonidan Buxoro amirligi, Xiva va qoqon xonligidan iborat O’rta Osiyo bosib olgunga qadar, bu yerda prokuratura yoki shunga o’xshash idora bo’lgan emas. Chunki islom qonunchiligida shariat normalarining bajarilishi ustida nazorat qiluvchi maxsus alohida organ tuzilishi ko’zda tutilgan. Bosh Prokuror lavozimining kiritilishi ham 1722-yilda Pyotr I tomonidan amalga oshirildi. Bosh Prokurorga Senat faoliyatidagi qonunchilik, keyinchalik esa barcha davlat organlari tomonidan qonunchilikka rioya qilinishi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 369 ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. Prokuratura nazorat instituti 1867-yilda qabul qilingan Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi vaqtinchalik Nizom loyihasida nazarda tutilgan, xolos. Lekin bu davrda prokuratura maxsus organ sifatida hali tashkil etilmagan edi. 1926-yilda 29-sentabr kini O’zSSR Sovetlarining MIQ (Milliy Ijtimoiy Qo’mita) tomonidan tasdiqlangan va 15-fevral 1927-yili amalga kiritilgan O’zSSR sud tuzilishi to’g’risidagi Nizom, 1925-yilgi AXK haqidagi Nizomni rivojlantirib, prokuraturaga qonun buzilishiga yo’l qo’ygan aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy va ma’muriy ta’qib qilish huquqini berib, prokurorga jinoyat ishlari bo’yicha kassatsiya instansiyada xulosa berish huquqini ham berib, jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi barcha organlar faoliyati ustidan umumiy nazoratni amalga oshirish huquqini belgilab berdi. Xalqaro miqyosida ham prokurorlarning turli xil tashkilotlari bo’lib, ulardan biri Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi (XPA) bolib, u 1995-yil 6-iyunda Venadagi BMT vakolatxonasida tashkil qilingan. Nodavlat tashkiloti hisoblangan Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasiga 54 ta davlat a’zo bo’lgan.2017-yilning 8-iyunida Yevropaning 20 ta davlati tomonidan Yevropa prokuraturasi tuzilishi va uning faoliyatini belgilaydigan qonun qabul qilish lozimligi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi prokuraturasi, viloyat va Toshkent shahar prokuraturalari, viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O’zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, tuman prokuraturasiga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar, O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi Soliqqa va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo’linmalari O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimini tashkil etadi. 2001yilni 6-iyuldan Bosh prokuratura huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti va uning joylardagi bo’linmalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 2016yil 23-sentabrda Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” deb nomlana boshlangan bo’lsa (hozirda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti) hisoblanadi. Quyidagi sohada prokurorga keng vakolatlar berilgan: ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo’natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarga va voyaga yetmaganlarning maxsus o’quvtarbiya muassasalarga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, shuningdek, jinoiy jazo yoki jinoyathuquqiy ta’sirning boshqa choralari qo’llanishiga asos bo’lgan hujjat bilan tanishishga haqli. Qonun buzilishining darajasi (xarakteri)ga qarab, prokuror tegishli prokuror nazorati hujjatini qabul qiladi. Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruvchi prokuror nazorati hujjatlaridir. Qonunga zid bo’lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organ yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiradi. Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o’n kunlik muddatdan kechiktirmay ko’rib chiqilishi shart. Qununbuzarliklarni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko’rib chiqishining qisqartirilgan muddatini
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 370 belgilashga haqli. Protestni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi. Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek, protest qonunda belgilangan muddat ichida ko’rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g’ayriqonuniy deb e’tirof etish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to’g’risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko’rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddatda o’tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qo’yiladigan talablar O’zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunida belgilab berilgan. Qonun (43-modda) talablariga ko’ra, oliy yuridik ma’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo’lgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog’lig’i imkon beradigan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar va ish o’rganuvchilar lavozimiga tayinlanadi. Prokuratura organlarining xodimlari uchun haqiqiy Davlat adliya maslahatchisi (O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuroriga beriladigan darajali unvon) dan tortib, 3-darajali yuristgacha darajali unvonlar belgilab qo’yilgan. 2022-yilda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etishni ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Qununga zid bo’lgan 24888 ta qarorlar bekor qilindi. Prokuror tashabbusi bilan 124 nafar shaxs oqlandi. Zarur protsessual harakatlarni o’tkazish haqida 59327 ta yozma ko’rsatmalar berildi. 67432 nafar shaxsga nisbatan 53706 ta jinoyat ishi o’rganib, tegishli sudga yuborildi. 2022-yilda Sudlarda ishlar ko’rilishida prokuror vakolatlarini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiridi. Pokuror tomonidan 292585 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tikandi. 26000 dan ziyod prokuror nazorati hujjatlari qo’llanildi. Sudlarga qariyb 14 mlrd.so’m zararni undirish borasida arizalar kiritildi. 47756 ta jinoyat, 9899 ta fuqarolik, 3387 ta iqtisodiy hamda 11850 ta ma’muriy ishlarning sudlarda ko’rilishida prokuror ishtiroki taminlandi. Qonun buzilishi sabablarini bartaraf etish borasida 3900 dan ortiq taqdimnomalar yuborildi. Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi – prokuratura va tergov-surishtiruv organlari uchun kadrlarni yagona yondashuv asosida tayyorlaydigan, taʼlimning uzluksiz bakalavriat, magistratura, doktorantura hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga ega boʻlgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yilning 24-yanvarida „Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida“gi 33-son qarori bilan 1992yilda Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi huzurida Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuror-tergov xodimlarining malakasini oshirish markazi tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-727-sonli qaroriga asosan Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuror-tergov xodimlarining
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 371 malakasini oshirish markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslari tashkil etildi. Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish, shuningdek, prokuratura organlarining ilmiy-tahliliy salohiyatini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi „Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF–5438-son Farmoni qabul qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Дворецкий И.Х.Латинско – русский словарь. 5-С439. –М.1998 2. M.H. Rustamboyev, Y.E.N. Nikiforova. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari 2007-yil 3. Raximov F.X Prokuratura organlari va uning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi. –T. 2018-yil 4. Y.f.d. professor M.X.Rustambayev Konstitutsiyaviy huquq darslik. 2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.