scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ISHSIZLIK YOSHLAR HAYOTIGA QANDAY TA'SIR KO'RSATMOQDA

Davronova Munisa Alisher qizi Samarqand Davlat Chet Tillari Instituti talabasi

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqola yoshlar hayotiga qanday ta’sir o’tkazishi bilan bog’liq bo’lgan psixologik jarayonlar, tadqiqotlar hamda ishsizlik yoshlar hayotiga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida ma’lumot beradi. Ishsizlik yoshlar hayotida qanday o’zgarishlar keltirib chiqishi, tadqiqotlarda ko’rib chiqilgan va bu tadqiqot bir nechta sabablarni aks ettirgan. Masalan,ishsizlik yoshlarning kelajakdagi rejalarini o’zgartirishi yoki kelajak uchun harakat qilmasligini ham misol qilgan. Ishsizlik natijasida yoshlar mehnatga layoqatsiz bo’lib qolishi ham tasdiqlangan.Ishsizlik yoshlarda nafaqat jismoniy balki ruhiy tomonlama ham susayish mumkinligini inkor etmaydi. Yoshlar orasida ishsizlik bugungi kunda ko’plab davlatlar uchun dolzarb muammolardan biridir. Ish topa olmaslik nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va hayotga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Kalit so’zlar: o’zgarishlar, tadqiqotlar, kelajak rejalar, harakat qilmaslik, layoqatsiz, jismoniy, ruhiy, susayish, muammo.

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 21 ISHSIZLIK YOSHLAR HAYOTIGA QANDAY TA’SIR KO’RSATMOQDA Davronova Munisa Alisher qizi Samarqand Davlat Chet Tillari Instituti talabasi [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqola yoshlar hayotiga qanday ta’sir o’tkazishi bilan bog’liq bo’lgan psixologik jarayonlar, tadqiqotlar hamda ishsizlik yoshlar hayotiga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida ma’lumot beradi. Ishsizlik yoshlar hayotida qanday o’zgarishlar keltirib chiqishi, tadqiqotlarda ko’rib chiqilgan va bu tadqiqot bir nechta sabablarni aks ettirgan. Masalan,ishsizlik yoshlarning kelajakdagi rejalarini o’zgartirishi yoki kelajak uchun harakat qilmasligini ham misol qilgan. Ishsizlik natijasida yoshlar mehnatga layoqatsiz bo’lib qolishi ham tasdiqlangan.Ishsizlik yoshlarda nafaqat jismoniy balki ruhiy tomonlama ham susayish mumkinligini inkor etmaydi. Yoshlar orasida ishsizlik bugungi kunda ko’plab davlatlar uchun dolzarb muammolardan biridir. Ish topa olmaslik nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va hayotga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Kalit so’zlar: o’zgarishlar, tadqiqotlar, kelajak rejalar, harakat qilmaslik, layoqatsiz, jismoniy, ruhiy, susayish, muammo. Annotation:This article provides information on the psychological processes, research and how unemployment affects the lives of young people. The changes that unemployment causes in the lives of young people have been examined in research, and this study has reflected several reasons. For example, unemployment can change the future plans of young people or prevent them from working for the future. It has also been confirmed that young people become unfit for work as a result of unemployment. Unemployment does not deny that young people can be weakened not only physically but also mentally. Unemployment among young people is one Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 22 of the current problems for many countries today. The inability to find a job has a great impact not only on economic, but also on social and life. Keywords: changes, research, future plans, inaction, incompetence, physical, mental, decline, problem. Аннотация: В данной статье представлена информация о психологических процессах, исследованиях и влиянии безработицы на жизнь молодых людей. В ходе исследований были изучены изменения, которые безработица вызывает в жизни молодых людей, и в этом исследовании было отражено несколько причин. Например, безработица может изменить планы на будущее молодых людей или помешать им работать в будущем. Также было подтверждено, что молодые люди становятся нетрудоспособными в результате безработицы. Безработица не отрицает того, что молодые люди могут быть ослаблены не только физически, но и умственно. Безработица среди молодежи является одной из актуальных проблем для многих стран сегодня. Неспособность найти работу оказывает большое влияние не только на экономическую, но и на социальную и жизнь. Ключевые слова: изменения, исследования, планы на будущее, бездействие, нетрудоспособность, физическое, умственное, ослабление, проблема. Ishsizlikbir qism iqtisodiy faol aholining o’ziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. O’zbekistonda ishsizlik tushunchasi rasman 1992-yil “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan me’yoriy kuchga ega bo’ldi (1998-yil 1-mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi). Ishsizlik inson manfaatlariga to’g’ridan to’g’ri tasir qiladigan yirik ijtimoiyiqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yo’qotish ko’p kishilar uchun oilaviy turmush darajasining pasayishini, shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy ta’sir ko’rsatadi. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 23 Amaldagi iqtisodiy hayotda ishsizlik ish kuchi taklifning unga bo’lgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon bo’ladi. Ishsizlik sababi turlicha: texnik rivojlanish bilan mehnat unumdorligi ortadi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ish kuchiga ham talabni qisqartirib yuboradi, natijada ish kuchining bir qismi ortiqcha bo’lib qoladi; iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ish kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak bo’lmay qoladi; aholi ishchilarga nisbatan tez o’sgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bo’lib, ishsiz qoladi. Ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash: Mahallada yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi ishsiz yoshlar va mehnat bozoriga kirib kelishi kutilayotgan bitiruvchilarning “fuqarobay” bandligini ta’minlash bo’yicha “Yoshlar bandligi dasturlari”ni ishlab chiqib, xalq deputatlari sessiyalarida tasdiqlash choralarini ko’radi. Aniqlanishicha, yil boshidan buyon jami 1,5 milliondan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilganligiga qaramay, “Yoshlar balansi”ga kiritilgan 105 ming yoshlar bandligi ta’minlangan bo’lsa, 180 mingdan ortiq yoshlar esa ishsiz qolmoqda. Jami 9 million nafar “yaxshi”, “o’rta”, “og’ir” toifalarga ajratilgan. O’rganishlar o’tkazilgan hududlarda ayrim muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo’yicha yordam ko’rsatiladi. Xususan, “og’ir” toifadagi 364 ming nafar yoshlarning murojaatlaridan 17%i hal etilmagan. Respublika kommisiyasi a’zolari “qizil” toifadagi yoshlar bilan birma-bir muloqot qilib, 4,3 ming nafar yoshning muammolari joyida hal etildi. Bundan tashqari, bor-yo’g’i 374 ming nafar yoshlar o’zini o’zi band qilgan. Joriy yilda 309 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib kelishi inobatga olinsa, sektor rahbarlari, yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari o’rtasida amaliy hamkorlik yetarli emas, degan xulosaga kelingan. Xulosa Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 24 “ Ishsizlik yoshlar hayotiga qanday ta’sir o’tkazadi ?” - bu savolga talaygina javoblar bor, chunki yoshlar hozirdan ilm olib, ish bilan ta’minlanmasa , ularning olgan bilimlari hech qanday foyda bermaydi. Natijada ilm olish uchun sarflangan vaqt va xarajat hech qanday foyda bermaydi va bunday holat ijtimoiy va siyosiy jihatdan samarasiz deb tan olinadi. Shuning uchun yoshlar ilm olgandan so’ng , ularni ish yoki vaqtinchalik sinov mashg’ulotlari bilan ta’minlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar shaxsda ishlash va hunar o’rganishga moyillik bo’lsa, uni o’zi xohlagan hunarini o’rganishga sharoit yaratish lozim, chunki hunar o’rganish ham ishsizlik darajasini pasaytirishga hissa qo’sha oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://www.wikipedia.org 2. https://kun.uz 3. Abdullayev, S., & Jo’rayev, B. Mehnat bozori iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. – Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2020. 4. Xudoyberdiyev, A. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda ishsizlikning o’rni va roli. – “Ijtimoiy tadqiqotlar” jurnali, 2021.