scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHI YOSHLARNING MUSIQIY BILIMINI OSHIRISHDA MUSIQIY TO'GARAKLARNING AHAMIYATI

Andijоn davlat pedagоgika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar ta'limi kafedrasi Oqituvchisi Raimova Dilfuza Ijtimoiy va amaliy fanlar Fakulteti Musiqiy ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabalari Abdullayeva Shaxnoza

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchi-yoshlarning musiqiy savodxonligini rivojlantirish, estetik didini shakllantirish hamda ularning ijodiy salohiyatini oshirishda musiqiy to‘garaklarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Musiqiy to‘garaklarning o‘quvchi shaxsining har tomonlama kamolotiga ta’siri yoritilgan. Kalit so‘zlar: musiqiy to‘garak, estetik tarbiya, ijodiy rivojlanish o‘zbek xalq cholg‘ulari, to‘garak mashg‘ulotlari, musiqa ta’limi, ijrochilik, ma’naviyat.

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 30 O‘QUVCHI YOSHLARNING MUSIQIY BILIMINI OSHIRISHDA MUSIQIY TO’GARAKLARNING AHAMIYATI Andijоn davlat pedagоgika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar ta’limi kafedrasi Oqituvchisi Raimova Dilfuza Ijtimoiy va amaliy fanlar Fakulteti Musiqiy ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabalari Abdullayeva Shaxnoza Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchi-yoshlarning musiqiy savodxonligini rivojlantirish, estetik didini shakllantirish hamda ularning ijodiy salohiyatini oshirishda musiqiy to‘garaklarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Musiqiy to‘garaklarning o‘quvchi shaxsining har tomonlama kamolotiga ta’siri yoritilgan. Abstract: : This article analyzes the importance of music clubs in improving students’ musical literacy, shaping their aesthetic taste, and enhancing their creative potential. The impact of music clubs on students’ holistic development is also discussed. Аннотация: В данной статье проанализирована роль музыкальных кружков в повышении музыкальной грамотности учащихся, формировании эстетического вкуса и развитии их творческого потенциала. Освещено влияние музыкальных кружков на всестороннее развитие личности учащегося. Kalit so‘zlar: musiqiy to‘garak, estetik tarbiya, ijodiy rivojlanish o‘zbek xalq cholg‘ulari, to‘garak mashg‘ulotlari, musiqa ta’limi, ijrochilik, ma’naviyat. Key words: music club, aesthetic education, creative development Uzbek folk instruments, extracurricular club, music education, performance skills, cultural values. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 31 Ключевые слова: музыкальный кружок, эстетическое воспитание, творческое развитие узбекские народные инструменты, кружковая работа, музыкальное образование, исполнительство, духовность. KIRISH Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning ma’naviy-intellektual rivojlanishi eng muhim vazifalardan biridir. Ta’lim tizimida san’at, xususan musiqa, o‘quvchilarni estetik tarbiyalash, didini shakllantirish, ijodiy fikrlash va ruhiy dunyosini boyitishda beqiyos o‘rin tutadi. Maktab va tashkiliy muassasalardagi musiqiy to‘garaklar esa yoshlarning musiqaga bo‘lgan qiziqishi, iste’dodi va bilimini rivojlantirishda eng samarali mexanizmlardan biridir. Musiqiy to‘garaklarning asosiy vazifalari Musiqiy savodxonlikni oshirish O‘quvchilar notalarni o‘qish, musiqiy janrlarni farqlash, ritm, lad, temp kabi asosiy tushunchalarni chuqur o‘zlashtiradilar. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish To‘garaklar bolalarga kuylash, cholg‘uda ijro etish, kompozitsiya yaratish kabi ijodiy mahoratlarini shakllantirish imkonini beradi. Madaniy merosni asrash va targ‘ib qilish O‘quvchilar milliy kuy-qo‘shiqlarni, xalq musiqasi namunalarini o‘rganish orqali o‘z milliy o‘zligini anglaydi. Ijtimoiy faollikni oshirish Mazkur maqolada ushbu to‘garaklarning amaliy ahamiyati, o‘quvchi shaxsini rivojlantirishdagi o‘rni va samaradorlik mezonlari ilmiy tahlil qilinadi Musiqa madaniyati — bu o‘quvchilarga musiqiy savodxonlik, estetik tarbiya, milliy va jahon musiqasi haqida bilim berishga qaratilgan pedagogik fan. U nafaqat musiqani tinglash va tushunishni, balki uni his qilish, baholash, qadrlash madaniyatini shakllantiradi. Mazkur fan o‘zbek ta’lim tizimida ko‘p bosqichli tarixiy jarayonlar asosida shakllangan. Faning shakllanish tarixi Qadimgi davrlar (Ilk asoslar) O‘zbek xalqi musiqiy an’analari juda qadimiy bo‘lib, qadimgi Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm madaniyatlari bilan bog‘liq. Odamlar musiqani diniy marosimlar, urf-odatlar, bayramlarda qo‘llagan. Cholg‘u asboblari — nay, chang, doira, karnay kabi asboblar miloddan Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 32 avvalgi asrlardayoq ishlatilgan. Bu davr musiqasi rasmiy “fan” shaklida bo‘lmagan bo‘lsa-da, xalq og‘zaki ijodi orqali musiqiy madaniyat shakllangan. XIX asr – XX asr boshlarida musiqa ta’limi Xalq maktablarida musiqa alohida fan sifatida o‘qitilmagan, lekin qo‘shiq va cholg‘u amaliyotida mavjud bo‘lgan. 1918–1920-yillardan boshlab Turkiston o‘lkasida musiqa bo‘yicha birinchi maktablar ochila boshladi. Mashhur bastakorlar — Yunus Rajabiy, Mukarram Turdiyeva, Turg‘un Alimatov kabi ustozlar maktablar, studiyalarda xalq musiqasini o‘rgata boshladi. (1925–1991) — Musiqa madaniyati fanining shakllanishi Musiqa fani amalda o‘quv dasturiga kiritilishi 1930–40-yillardan boshlab umumta’lim maktablarida “Musiqa” deb ataluvchi fan paydo bo‘ldi. 1950–1960-yillarda muzika ta’limi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi, darsliklar yaratildi. O‘zbek bastakorlari maktab musiqasi uchun qo‘shiqlar yaratdi (Mutal Burxonov, Tolibjon Sodiqov, Ikrom Akbarov va boshqalar). 1970–80-yillarda “Musiqa” fani amaliy qo‘shiq aytish, ritmika, nota savodi, bolalar qo‘shiqlarini o‘rganishga asoslandi. Musiqa madaniyati faniga o‘tish 1985–1990-yillarda fan konsepsiyasi yangilanib, faqat qo‘shiq aytish emas, balki: musiqa tinglash, musiqani tahlil qilish, estetik tarbiya berish, milliy musiqiy merosni o‘rganish asosiy yo‘nalishga aylandi. Mustaqillikdan keyingi davr (1991–hozirgi vaqt) Yangilanish bosqichi Mustaqillikdan so‘ng fan nomi “Musiqa madaniyati” deb o‘zgartirildi. Milliy qadriyatlar, maqomlar, xalq cholg‘ulari, an’anaviy qo‘shiqlar darsliklarga kiritildi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida 2000–2010-yillarda darsliklar qayta ishlanib, yangi metodikalar yaratildi. Zamonaviy davr Hozirgi texnologiyalarga asoslangan musiqa ta’limi shakllandi: multimedia qo‘llanmalar, animatsion darslar, audio-video materiallar asosida o‘qitish, interaktiv metodlar. O‘quvchilar endi: musiqa tarixini o‘rganadi, turli janrlarni tinglaydi, o‘z fikrini aytadi, ijod qiladi. Maktabdan tashqari musiqa faoliyati Xalq cholg‘ulari ansambllari, Qo‘shimcha to‘garaklar, “Yosh ijodkorlar” klublari tashkil qilinmoqda. Hozirgi musiqa Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 33 madaniyati fanining ahamiyati O‘quvchilarda musiqiy savodxonlikni shakllantiradi. Milliy musiqiy merosni asrashga xizmat qiladi. Estetik didni o‘stiradi. O‘quvchilarda badiiy tafakkurni rivojlantiradi. Vatanparvarlik, madaniy ong, ijodkorlikni tarbiyalaydi. ASOSIY QISM Musiqiy to‘garaklarning ta’limdagi o‘rni. Musiqa to‘garaklari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilib, ularni ijodiy jarayonlarga jalb etadi. To‘garak mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilar musiqa nazariyasi, ritm, ohang, kuylash, cholg‘u chalish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bu jarayon ularning musiqiy savodxonligini oshiradi va umumiy madaniy dunyoqarashini kengaytiradi. Estetik did va ma’naviy tarbiyada ahamiyati. Musiqa san’ati o‘quvchilarning ruhiy olamiga bevosita ta’sir qiluvchi kuchli vositadir. To‘garakda turli janrdagi kuy va qo‘shiqlar bilan tanishish, ularni ijro etish orqali o‘quvchilarda estetik did, nafislikni his etish qobiliyati rivojlanadi. Shu bilan birga, milliy qo‘shiqlarni o‘rganish ularda vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantiradi. Ijodkorlik va shaxsiy salohiyatni rivojlantirish. Musiqiy to‘garaklar o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlaydi. Qo‘shiq kuylash, sahna madaniyati, cholg‘u ijrosi, jamoada ishlash kabi mashg‘ulotlar ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Konsertlar, tanlovlar va ijodiy festivallarda qatnashish esa iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish va rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli. To‘garak faoliyati o‘quvchilarning jamoada ishlash, o‘zaro hurmat, mas’uliyat, tashabbuskorlik kabi muhim ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kollektiv ijro – xor, ansambl yoki orkestrda ishtirok etish jarayonida o‘quvchilar bir-biriga moslashish, tinglash, hamkorlik qilish kabi kompetensiyalarni egallaydilar. Bu ko‘nikmalar ularning kelajak hayotida ham zarur bo‘ladi. Psixologik rivojlanishga ijobiy ta’siri. Musiqiy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning emotsional barqarorligini mustahkamlaydi. Kuylash va cholg‘u chalish ruhiy Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 34 tetiklikni oshiradi, stressni kamaytiradi, o‘zini erkin ifoda etishga yordam beradi. Musiqa terapiya sifatida ham o‘quvchini ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. NATIJA VA MUHOKAMA O‘quvchi yoshlarning musiqiy bilimini tizimli ravishda rivojlantirishda musiqiy to‘garaklarning o‘rni beqiyosdir. Tadqiqot jarayonida aniqlanishicha, musiqiy to‘garaklar doimiy mashg‘ulotlar, ijodiy muhit va interfaol usullar orqali o‘quvchilarning musiqa fani bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi. To‘garak ishtirokchilari va oddiy o‘quvchilar o‘rtasida qiyosiy tahlil o‘tkazilganda, to‘garakka qatnashgan o‘quvchilarda: ritm va ohangni his etish, musiqa savodxonligi, ijro mahorati, sahna madaniyati, jamoaviy ishlash ko‘nikmasi kabi kompetensiyalarning ancha yuqori ekani kuzatildi. Shuningdek, musiqiy to‘garaklar yoshlarning estetik didi, ijodkorlik qobiliyati, emosional olami va shaxsiy rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar nafaqat musiqani o‘rganadilar, balki o‘zlariga bo‘lgan ishonch, tashabbuskorlik, qat’iyat, mas’uliyat kabi shaxsiy fazilatlarni shakllantiradilar. Bunday jarayonning samaradorligi to‘garak rahbarining tajribasi, dars metodlari, musiqiy asboblar bilan ta’minlanganlik darajasi va o‘quvchi qiziqishining uyg‘unligiga bog‘liqdir. Olib borilgan tahlillar asosida quyidagi xulosalarga kelindi: Musiqiy to‘garaklar o‘quvchilarning musiqaga bo‘lgan qiziqishi va intilishlarini oshiradi. To‘garakda muntazam mashg‘ulotlar o‘quvchini fanga yanada yaqinlashtiradi. Nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unlashadi. O‘quvchilar nota savodi, ritm mashqlari, qo‘shiq ijro etish, cholg‘u chalish kabi ko‘nikmalarni puxta egallaydi. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 35 Ijodiy fikrlash shakllanadi. O‘quvchilar o‘z kompozitsiyalarini yaratish, musiqiy asarlarni tahlil qilish, sahnada o‘zini erkin tutish kabi ijodiy jarayonlarda faol bo‘ladi. Sahnaga chiqish madaniyati rivojlanadi. Turli tadbirlar, konsertlar va festivallar o‘quvchilarning tajribasini boyitadi. Ijtimoiy-psixologik rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jamoaviy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning muloqot, hamkorlik, mas’uliyat kabi kompetensiyalarini mustahkamlaydi. Musiqiy to‘garaklar maktabdagi ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Chunki ular darsdan tashqari faoliyat sifatida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dodlarni kashf qilish va rivojlantirish imkonini beradi. Umuman olganda, musiqiy to‘garaklar o‘quvchi yoshlarning musiqiy bilimini oshirishda, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda, shaxs sifatida kamol topishida juda muhim omil bo‘lib, zamonaviy ta’lim tizimida o‘zining mustahkam o‘rniga ega. XULOSA Xulosa qilib aytganda, musiqiy to‘garaklar o‘quvchi-yoshlarning musiqiy savodxonligini oshirishda, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, estetik didi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda beqiyos ahamiyatga ega. Ta’lim muassasalarida bunday to‘garaklarni kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali mutaxassislarni jalb qilish kelajak avlodning komil inson sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktab ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi” PQ–4884-son qarori. – Toshkent, 2020. 3. Karimov, I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 36 4. Abdurahmonova, U. Musiqa ta’limi nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015. 5. Yo‘ldosheva, D. “Musiqa madaniyati fanida o‘quvchilarning estetik tarbiyasi.” // Pedagogika va psixologiya jurnali, №3, 2019. 6. Hasanov, A. Bolalar musiqasi va ijodiy rivojlanish. – Toshkent: Innovatsiya, 2021. 7. Xotamov, N., & Qosimova, G. Pedagogika nazariyasi. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2019. 8. Campbell, P.S. Teaching Music Globally. — USA: Oxford University Press, 2004. 9. Elliott, D. J. Music Matters: A New Philosophy of Music Education. — New York: Oxford University Press, 1995. 10. Swanwick, K. Music, Mind and Education. — London: Routledge, 2002.