TOʻPNI PASTDAN QABUL QILISH TEXNIKASINI URGATISH METODIKASI
Abstract
Pastdan to'pni qabul qilishning oʻziga xos afzalligi oʻyinchining harakatlarni dastlabki holatda turgan tarzda amalga oshirishi va buning natijasida keyingi oʻyin vaziyatlari jarayonilariga tayyor turishi bilan izohlanadi [18]. Dastlabki holatda o'yinchining oyoqlari tizza va to'piq boʻg'imlaridan bir oz bukilgan, gavdasi esa nisbatan old tomonga egilgan boʻladi. Qo'llar tirsak hamda kaft qismi boshlanadigan boʻg'imlardan toʻgʻirlan.
Full text
Dekabr, 2025-Yil 83 TOʻPNI PASTDAN QABUL QILISH TEXNIKASINI URGATISH METODIKASI Mamutov Islam Urgenishbaevich Berdaq atindaǵi Qaraqalpaq mámleketlik universiteti. Dene madeniyati teoryasi ham metodikasi kafedrasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17916188 Annotatsiya. Pastdan to'pni qabul qilishning oʻziga xos afzalligi oʻyinchining harakatlarni dastlabki holatda turgan tarzda amalga oshirishi va buning natijasida keyingi oʻyin vaziyatlari jarayonilariga tayyor turishi bilan izohlanadi [18]. Dastlabki holatda o'yinchining oyoqlari tizza va to'piq boʻg'imlaridan bir oz bukilgan, gavdasi esa nisbatan old tomonga egilgan boʻladi. Qo'llar tirsak hamda kaft qismi boshlanadigan boʻg'imlardan toʻgʻirlan. Kalit so`zlari: Pastdan to'pni qabul qilish, Zamonaviy voleybol, Pastdan toʻpni qabul qilish texnikasi. Kirish Zamonaviy voleybolda katta tezlikda uzatilgan birinchi to'p aksariyat hollarda ikki qo'1 yordamida pastdan, juda kam holatlarda bir qo'l yordamida qabul qilinadi. Ma'lumki, kuchli zarba bilan himoyachiga qarab amalga oshiriladigan turli tezlik va trayektoriyaga ega boʻIgan to'plarni qabul qilish usullari texnikasi bir-biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun yuqorida e'tirof etilgan omillarni hisobga olgan holda pastdan toʻpni qabul qilish texnikasini differensial nuqtayi nazardan koʻrib chiqish zarur. Pastdan toʻpni qabul qilish texnikasi dastlabki holat hamda izchillik bilan bajariladigan tayyorgarlik, asosiy (ishchi), yakuniy hamda harakatlardan so'ng amalga oshiriladigan bosqich singari toʻrtta fazani oʻz ichiga oladi. Pastdan to'pni qabul qilishning oʻziga xos afzalligi oʻyinchining harakatlarni dastlabki holatda turgan tarzda amalga oshirishi va buning natijasida keyingi oʻyin vaziyatlari jarayonilariga tayyor turishi bilan izohlanadi[18]. Dastlabki holatda o'yinchining oyoqlari tizza va to'piq boʻg'imlaridan bir oz bukilgan, gavdasi esa nisbatan old tomonga egilgan boʻladi. Qo'llar tirsak hamda kaft qismi boshlanadigan boʻg'imlardan toʻgʻirlan. Dastlabki holatdan keyin amalga oshiriladigan tayyorgarlik holatida oʻyinchining oyoq boʻg'imlari bukilishi ortadi va gavdasi toʻgʻirlana boshlashi bilan qoʻllari pastorqa tomonga tushiriladi. Mana shu holatdan boshlab oyoqlarning faol bukilishi, tananing toʻgʻirlanishi hamda qo'llarning oldinga va yuqoriga siljish harakati boshlanadi. 89 Qo'Ining to'pga qarab amalga oiriladigan harakati tezligi qancha yuqori bo'lsa, to'pning uchish tezligi ham shuncha baland bo'ladi. Biroq qoʻl bilan to'pning to'qnashuviga qadar ularning harakati havodagi harakatlari sezilarli tarzda pasayadi. Bu qo'llarning yelka boʻg'imidan amalga oshiriladigan harakatlarining sekinlashuvi hamda gavdaning to'g'irlanishi, oyoqlar bukilishi holatlarining tormozlanganligi hisobiga sodir boʻladi. Mazkur holatdagi tezlikning pasayishi to'pga yangi trayektoriya berish bilan ham izohlanadi. To'p oʻyinchining yelkalarini siqqan holda o'ziga xos tarzda juftlanib to'g'irlagan qoʻllariga kelib tegadi. To'p qabul qilingandan keyin qo'llar tananing toʻg'irlanishi, oyoqlarning bukilishi natijasida oldinga va yuqoriga siljiydi, qo'llarning yelka boʻgʻimida amalga oshiriladigan harakatlari o'zgarishsiz qoladi. Toʻpga zarba berish harakatini amalga oshirish jarayonida yelkadagi ikkiboshli va uchboshli mushaklar faoliyati dinamik tarzda ortadi, zarba berilib bo'lingach e'tirof etilayotgan mushaklar faolligi sekin pasayishi kuzatiladi.
Dekabr, 2025-Yil 84 O'rtacha tezlikda uchayotgan to'pga zarba berish paytida boshqa mushaklarning elektr faolligi "erkin" holatdaligi kuzatiladi. Mazkur texnika usulida to'pni qabul qilishda oʻyinchining yerdan uzilish paytida tanasiga aylanma harakat berganligi ham barcha holatning nafis kechishini ta'minlashga xizmat qiladi. Toʻpni qabul qilishning yakuniy bosqichida (to'pga yoʻnalish berish bilan bog'liq) oyoq va tananing barcha boʻgʻimlardan amalga oshiriladigan to'gʻirlanishi natijasida ularning faolligi sezilarli tarzda ortadi[20]. Shunday qilib, katta tezlikda harakatlanayotgan to'pni qabul qilish texnikasi gavda va oyoqlarning faol egilgan holatida toʻg'irlangan qo'llarning ohista harakati orqali amalga oshiriladi. Qoʻllarning bunday ohista harakati koptok bilan boʻlgan dastlabki lahzalarda uning tormozlanishini ta'minlaydi. Dastlabki holatda o'yinchining oyoqlari bo'gʻ'imlardan bukilgan, qo'llari toʻgʻirlangan va to'pni qabul qilishga tayyor holga keltirilgan, tana bir oz oldinga tashlangan, nigohlar toʻpga qaratilgan boʻladi. To'pning o'ziga nisbatan beldan past trayektoriyada uchib belidan past qismiga yetib kelishining hisobini olgan sportchi tayyorgarlik bosqichida barcha bo'g'imlarini ishga tushirish orqali tana og'irlik 90 markazini pastga tushiradi. Bunda dastlab qoʻllarning past-orqa tomonga, soʻngra past-old tomonga olib oʻtilishi sodir boʻladi. Qoʻllarning harakat tezligi asta-sekin pasaya borishi natijasida bu koʻrsatkich tezligi toʻpga tegish paytida nolga teng boʻladi. Toʻp qabul qilingandan keyin qoʻllarning havodagi siljish tezligi ortadi, harakat yoʻnalishi yuqoriga qaratiladi. Bu holatdagi qoʻllar harakatining tezlashuvi boʻgʻimlar harakati faolligi hisobiga amalga oshmasdan, balki oyoqlarning yerdan siltanib ajralishi va gavdaning toʻgʻirlanishi, tana vaznining orqa-yuqori tomonga yoʻnaltirilishi hisobiga roʻy beradi. Yuqorida koʻrib oʻtilgan usulni bajarish texnikasida oʻyinchining sakrashi natijasida markazdan qochuvchi tana vaznini yuqori va orqa tomonga yoʻnaltirishi e'tirof etildi, biroq bu harakat u yerda nisbatan oldin boshlanadi. Texnik usulning bir muddat kechikib boshlanishi oyoqlarning bukilish darajasining belgilangan normadan ortib ketishi bilan xarakterlanadi. Toʻpning uchish trayektoriyasining pasayishining asosiy sharti oyoqlarning boʻgʻimlarda bukilish darajasining ortishi hisoblanadi, oyoqlar bukilishining kech amalga oshirilishi boshqa harakatlarning ham kechikishiga yoki chalkashib ketishiga sabab boʻladi[10]. Barcha harakatlar yerdan kuchli itarilish orqali uzilish natijasida yuzaga keladigan muallaq holatdagi harakat muvozanatini saqlash paytidagi qoʻl va oyoqlarning oʻzaro almashinishi hamda oʻyinchining yerga tushishi bilan yakun topadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947 сонли Фармони. 2. Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. - Т.: Ўзбекистон, 1997. – 326 б. 3. Каримов И.А. «Ўзбекистон болалар спортини ривож лантириш жамғармасини тузиш тўғрисида"ги // Халқ сўзи2002.-24 октябр Ўзбекистон Республикасининг 2000 йилда қабул қилинган Жисмоний тарбия ва спорт тўғрисидаги» қонуни янги таҳрири. 4. Ўзбекистонда «Жисмоний тарбия ва спортни янада ривожлантириш чоратадбирлари тўғрисида»ги 1999 йил 27 майдаги қарори.
Dekabr, 2025-Yil 85 5. Айранетянц Л.Р., Волейбол Учебник для висших учебних заведений Т. «Зар қалам» 2006 йил. 6. Айрапетянц Л.Р., Пўлатов А.А., Исроилов Ш.Х. Волейбол оили ўқув юртлари талабаларига мўлжалланган ўқув услубий қўлланма. – ЎзДЖТИ Наширёти 2009 й.